Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 2-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2202-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-apreldagi 5-mh-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2202-6, 05.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202, 2011-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-dekabr,
22-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 22-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi “sud videofonografiya ekspertizasi” degan soʻzlardan keyin “, oziq-ovqatlar ekspertizasi, sud elektrotexnikaviy ekspertizasi, sud kompyuter-texnikaviy ekspertizasi, sud psixologiya ekspertizasi, sud avtomobil yoʻllar ekspertizasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 45-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Sud ekspertizasi tugatilgandan soʻng sud eksperti tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tadqiqot fayli shakllantiriladi va bu tadqiqot fayli sud eksperti xulosasi nusxasi bilan saqlanadi.”.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/2202-4/1136-son)