13.03.2023 yildagi KSQ-4-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qarorining (ilovasi bilan) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ish yuzasidan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiyaviy sud) rais M. Abdusalomov, sudyalar A. Gafurov, J. Balkibayeva, K. Davletova, R. Ismaylov, A. Raximov va A. Raxmanovdan iborat tarkibda, katta ekspert Sh. Majidovning kotibligida, tarafning vakili — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmita raisi J. Shirinov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmita raisi N. Umarov, tegishli davlat organlari va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining murojaati boʻyicha Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qarorini (ilovasi bilan) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya A. Gafurovning maʼruzasini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi J. Shirinov, Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi N. Umarov, adliya vaziri A. Toshqulov, Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari, huquqshunos olim va mutaxassislarning fikr va nuqtai nazarini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, 2023-yil 10-martda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 3017-IV-son qarorining (ilovasi bilan) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlashni soʻragan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 27-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjati shaklidagi normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining 1-bandi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 4-moddasi 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat va ilovalarda Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilishi lozim boʻlgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, murojaatni Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqishning huquqiy asoslari, asoslantirish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joylashgan eri, pochta manzili toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar hamda ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarga asosan murojaat “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 29-moddasida belgilangan Konstitutsiyaviy sudga murojaatga qoʻyiladigan talablarga javob beradi hamda uni koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etishga asoslar mavjud emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayon etilganlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud mazkur murojaatni koʻrib chiqish mumkin degan xulosaga keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan taqdim etilgan 2023-yil 10-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qarori (keyingi oʻrinlarda — Qonunchilik palatasi qarori) quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻn bir banddan va ilovadan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining matni 2022-yil 25-iyundan 1-avgustga qadar oʻtkazilgan umumxalq muhokamasida va undan keyingi jarayonlarda kelib tushgan takliflar, fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda maromiga yetkazilganligi hamda bu haqda masʼul qoʻmitalarning xulosasi olinganligini maʼlumot uchun qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining nomini “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” deb oʻzgartirish hamda uning matnini ilovaga muvofiq maʼqullash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazishni tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi referendumini 2023-yil 30-aprel — yakshanba kuni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi referendumida ovoz berish byulleteniga quyidagi matndagi masalani kiritish: “Siz “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash uchun qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining 9-bandiga asosan mazkur qaror hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi Konstitutsiyaviy sudga taqdim etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 82-moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini toʻliqligicha yoki uning bir qismini tekshirayotganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalar mazmuni boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatning shakli boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va mansabdor shaxslar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan vakolatlarning chegaralanishi nuqtai nazaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishi, imzolanishi, shuningdek rasmiy eʼlon qilinishi va amalga kiritilishi tartibi boʻyicha uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud kiritilgan murojaatni har tomonlama va toʻliq oʻrganib chiqish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining mazmuni boʻyicha Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish uchun quyidagi masalalarga aniqlik kiritishni maqsadga muvofiq deb hisobladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini qabul qilish tartibiga rioya qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan referendumni tayinlash tartibiga rioya etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referendumga qoʻyilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasida referendum predmeti boʻlishi mumkin boʻlmagan masalalar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu masalalarni oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini qabul qilish tartibiga rioya qilinganligi masalasi boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Konstitutsiyani qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibiga oid quyidagi normalar belgilangan: Konstitutsiyani qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiradi (78-modda birinchi qismi 1-bandi), Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi (127-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu konstitutsiyaviy normalarga rioya etilganligi holatini oʻrganganda quyidagilarni aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining 2022-yil 20-maydagi qoʻshma qarori bilan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan. Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham, Senat aʼzolari ham kiritilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini tayyorlash va maromiga yetkazishda Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-iyundagi qarori bilan “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilgan holda ikki bosqichda umumxalq muhokamasi oʻtkazilganligi, ushbu jarayonda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, qisqa raqamli koll-markazi, pochta aloqasi, mahallalar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolardan 220 mingdan ortiq fikr va takliflar qabul qilingan va tahlil qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi talablaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalari, “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasida eʼlon qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi talablaridan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — masʼul qoʻmitalar) Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib borgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ekspert, mutaxassis va olimlar ishtirokida tahlil qilingan. Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boʻyicha konferensiya, seminar va davra suhbatlari uyushtirilgan hamda kelib tushgan takliflar, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi maromiga yetkazilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi talablaridan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilgan. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-noyabrdagi 2703-IV-son Qarori qabul qilingan hamda masʼul qoʻmitalarga deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan ishlarni davom ettirish topshirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul qoʻmitalar tomonidan tayyorlangan qoʻshma xulosa 2023-yil 7-martda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan. Qoʻshma xulosada “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining nomini “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” deb oʻzgartirish taklif etilgan. 2023-yil 9-10-mart kunlari Qonunchilik palatasining yalpi majlisida masʼul qoʻmitalarning qoʻshma xulosasi, shu jumladan, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi nomini oʻzgartirish boʻyicha taklifi koʻrib chiqilgan hamda qoʻllab-quvvatlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi 3017-IV-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining nomi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” deb oʻzgartirilgan hamda uning matni mazkur qaror ilovasiga muvofiq maʼqullangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning hajmi va koʻlami, xususan, uning moddalari 128 tadan 155 taga koʻpayayotganligi, amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual oʻzgartirishlar kiritilayotganligini inobatga olib, Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangi tahrirda bayon etishni asosli deb hisoblaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining umumxalq muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari asosida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi maromiga yetkazilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy prinsipiga (7-modda) mos kelishiga eʼtibor qaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida bayon etilgan holatlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini qabul qilishning qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan, degan xulosaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan referendumni tayinlash tartibiga rioya etilganligini aniqlash masalasi yuzasidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi belgilangan boʻlib, unga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi referendum oʻtkazish tashabbusini koʻrsatish toʻgʻrisidagi materiallarni va masʼul qoʻmita xulosasini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referendumni tayinlash va uni oʻtkazishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum oʻtkazmasdan turib qabul qilish haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan maʼlumotlarning tahlil qilish asosida Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlis Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitalari referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi materiallarni va oʻz xulosalarini 2023-yil 7-martda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritganligini hamda 2023-yil 9 va 10-mart kunlari boʻlib oʻtgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida masʼul qoʻmitalarning ushbu tashabbusi maʼqullanganligini hamda Qonunchilik palatasining tegishli qarori qabul qilinib, Senatga yuborilganligini aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Oliy Majlis palatalarining referendumni oʻtkazish va referendum oʻtkaziladigan sanani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarida uni oʻtkazish sanasi belgilanadi hamda bunda ovoz berish palatalarning qarorlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir yarim oydan uch oygacha boʻlgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi referendum oʻtkazish masalasiga doir qarorida Oʻzbekiston Respublikasi referendumi 2023-yil 30-aprel — yakshanba kuni oʻtkazilishini belgilaganligi va bunda “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasida belgilangan talabga rioya etilganligini aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasida referendum oʻtkazilishini istisno etadigan holatlar belgilangan boʻlib, Konstitutsiyaviy sud mazkur masalani oʻrganib chiqdi va referendum oʻtkazilishini istisno etadigan holatlarni aniqlamadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud davlat organlari va mansabdor shaxslar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan vakolatlarning chegaralanishi nuqtai nazaridan quyidagilarni aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatda koʻrib chiqiladi. Mazkur konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi murojaatida koʻrsatilgan masala Senatning tegishli qarori bilan ham tasdiqlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilar asosida Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan referendumni tayinlash tartibiga rioya etilgan, degan xulosaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Referendumga qoʻyilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasida referendum predmeti boʻlishi mumkin boʻlmagan masalalar mavjudligi yuzasidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq quyidagi masalalar referendum predmeti boʻlishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amnistiya va afv etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi referendumga qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud tomonidan oʻrganib chiqilgan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasida belgilangan referendum predmeti boʻlishi mumkin boʻlmagan masalalar aniqlanmadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, Konstitutsiyaviy sud “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasida referendum predmeti boʻlishi mumkin boʻlmagan masalalar bor yoki yoʻqligi nuqtai nazaridan oʻrganganda quyidagilarni aniqladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi 11 ta moddadan iborat boʻlib, mamlakat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 1-moddasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, xususan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining muqaddimasi yanada rivojlantirilib, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida qayd etilgan, insonparvar demokratik davlat, ochiq va adolatli jamiyat barpo etish masʼuliyati aks ettirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning asosiy prinsiplarga oid birinchi boʻlimida (1 — 18-moddalar) Oʻzbekistonning “suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” sifatidagi huquqiy maqomi mustahkamlanmoqda (1-modda). Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligi, toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishi belgilab qoʻyilmoqda (15-modda), Oʻzbekistonning tashqi siyosati prinsiplari “davlatlarning hududiy yaxlitligi” prinsipi bilan toʻldirilmoqda (17-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagʻishlangan ikkinchi boʻlimida (19 — 64-moddalar) inson huquq va erkinliklarini taʼminlash — davlatning oliy maqsadi etib belgilanmoqda (54-modda). Inson va davlat organlari oʻrtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy taʼsir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib boʻlishi kerakligi (20-modda), insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilmoqda (26-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kengaytirilmoqda. Xususan, ekologiya (49-modda), sogʻliqni saqlash (48-modda), gender tenglik (58-modda), erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash, mamlakatdan chiqish va moneliksiz qaytish (32-modda), shaxsiy maʼlumotlar himoyasi (31-modda), tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy maʼlumot olish (51-modda), bepul yuridik yordam olish (29-modda), davlat xizmatiga kirishda tenglik (37-modda), uy-joyga ega boʻlish, undan mahrum etilganda kompensatsiya olish (47-modda), bank operatsiyalari va hisobvaraqlarining sir saqlanishi (41-modda), dam olish (45-modda), tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olish (48-modda), qonunchilikka oid taklif kiritish (98-modda) kabi yangi konstitutsiyaviy huquqlar kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning jamiyat va shaxs haqidagi uchinchi boʻlimida (65 — 82-moddalar) bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish (65-modda), qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash (67-modda) haqidagi qoidalar mustahkamlanmoqda. Mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida boʻlishi (65-modda), tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanmoqda (67-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila, bolalar va yoshlar huquqlari kafolatlari kuchaytirilib, davlatning bola huquq va erkinliklarini taʼminlash va himoya qilish (77 va 78-moddalar), yoshlarning huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish boʻyicha masʼuliyati belgilanmoqda (79-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati kafolatlari mustahkamlanib, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari kafolatlanmoqda, ular faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish javobgarlikka sabab boʻlishi belgilanmoqda (81 va 82-moddalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalariga taalluqli toʻrtinchi boʻlimi (83 — 90-moddalar) amaldagi tahrirda oʻzgarishsiz qoldirilmoqda, ushbu moddalarga oʻzgartirish kiritilmagan, faqatgina Konstitutsiya moddalarining soni koʻpayganligi munosabati bilan ushbu moddalarning tartib raqami oʻzgarmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning davlat hokimiyatining tashkil etilishi toʻgʻrisidagi beshinchi boʻlimida (91 — 153-moddalar) parlament palatalarining vakolatlari qayta koʻrib chiqilmoqda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish kabi vakolatlar Qonunchilik palatasiga oʻtkazilmoqda (94-modda). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari Senatga oʻtkazilmoqda. Xususan, Bosh prokuror, Hisob palatasi, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzodlar avval Senatda koʻrib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish organlari rahbarlari hamda Sudyalar oliy kengashining barcha aʼzolari Senat tomonidan saylanishi amaliyoti joriy etilmoqda (95-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning Oliy Majlis va Prezident oldidagi javobgarligi kuchaytirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatini Prezident tomonidan belgilab beriladigan ijro etuvchi hokimiyatning asosiy yoʻnalishlari doirasida amalga oshirishi (114-modda), Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilishi, Hukumat aʼzolari quyi palata roziligi bilan lavozimga tayinlanishi belgilanmoqda, Qonunchilik palatasiga Hukumat aʼzosining hisobotini eshitish va uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida taklif kiritish vakolati berilmoqda (118-modda). Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish vakolati chiqarilmoqda (120-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar daxlsizligi va muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi (136-modda), ularning xavfsizligini taʼminlash, sudlar faoliyatini moliyalashtirish faqat Davlat budjetidan amalga oshirilishi (140-modda) kabi konstitutsiyaviy normalar kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalarining vakolat muddati oʻzgartirilmoqda. Xususan, amaldagi qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari birinchi marta besh yilga, keyin oʻn yilga saylansa, yangi tartibga koʻra sudyalar qayta saylash huquqisiz oʻn yil muddatga saylanadi (132-modda). Bu norma Konstitutsiyaviy sud sudyalarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasida aks ettirilayotgan yuqorida qayd etilgan va boshqa oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlariga muvofiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 2 — 7-moddalarida uning kuchga kirishi, toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishi, davlat hokimiyati organlari va davlat hokimiyati mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllanilishi tartibi va muddatlari bayon etilgan. Xususan, Konstitutsiyaviy Qonunning davlat hokimiyati mansabdor shaxslarining vakolat muddatlari, saylanish (tayinlanish) tartibi va (yoki) shartlarini oʻzgartiruvchi va (yoki) boshqacha tarzda taʼsir qiluvchi qoidalari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda mazkur lavozimlarni egallab turgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi va ushbu shaxslar mazkur Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda koʻrsatilgan lavozimlarni egallaganligi va (yoki) egallab kelayotganligining surunkali muddatlari sonidan qatʼi nazar boshqa fuqarolar bilan teng ravishda Konstitutsiya, shu jumladan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Konstitutsiya, talablariga muvofiq ushbu lavozimlarga saylanish (tayinlanish) huquqiga ega boʻlishi belgilanmoqda. Yaʼni, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida saylash (tayinlash) tartibi va (yoki) muddati oʻzgarayotgan barcha davlat hokimiyati mansabdor shaxslariga bu qoida tegishli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binobarin, mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar Konstitutsiyaning 7-moddasida belgilangan xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, degan konseptual qoidaga muvofiq ravishda xalq muhokamasiga taqdim etilib, referendumga qoʻyilib, xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlansagina, konstitutsiyaviy-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 8 — 11-moddalari bilan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va uning tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini amalga oshirish, mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish, konstitutsiyaviy normalarni toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash yuzasidan yagona sud amaliyotini tashkil etish boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oliy sud va Vazirlar Mahkamasi oldiga vazifalar qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasiga muvofiq umumxalq ovozi — referendumga qoʻyilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunni loyihasi ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda yuridik kuchga ega boʻladi. Bunda roʻyxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan koʻpi referendumda ishtirok etgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni oʻtgan deb topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud mazkur Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining referendumga qoʻyilishini bevosita demokratiya, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy shakli va ifodasi, deb hisoblaydi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi referendumda xalq tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinsa, ushbu hujjatning oliy yuridik kuchi va maqomi yanada mustahkamlanadi, Konstitutsiyada belgilangan Oʻzbekistonning demokratik respublika ekanligi haqidagi tavsifi (1-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etishi (32-modda) haqidagi konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqadi hamda Konstitutsiyaga muvofiqdir, degan xulosaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining batafsil tahlili asosida loyihada referendum predmeti boʻlmaydigan masalalar mavjud emas, deb topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 1-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun 4-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 67, 69, 70, 72 va 82-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 3017-IV-son qarori Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi 3017-IV-son qaroriga ilova qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasida referendum predmeti boʻlmaydigan masalalar mavjud emas, shuningdek, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini referendumga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasini qabul qilish va referendumni tayinlash tartibiga rioya etilgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga yuborilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qaror “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 13-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KSQ-4-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2023-y., 12/23/4/0142-son)