27.04.2021 yildagi O‘RQ-687-son
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
4) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo‘llanilgan va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko‘rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ham ko‘radi.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
 LexUZ sharhi
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligi prinsipi, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy prinsipning hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining ro‘yobga chiqarilishi asosida amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaviy sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2024-y., 03/24/917/0170-son)
Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, u e’lon qilingan manba, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va qonunining sharh berilishi lozim bo‘lgan qoidalari;
Hal etilishi Konstitutsiyaviy sud vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda, qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kiritilgan tegishli davlat organlariga, tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga besh kunlik muddatdan kechiktirmay yuboriladi.
murojaat ushbu Qonunning 27-moddasida ko‘rsatilmagan davlat organidan yoki shaxslardan kelib tushgan bo‘lsa;
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ishlarni sud majlislarida ko‘radi hamda hal etadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Konstitutsiyaviy sudning sudyasi ishni eshitish boshlanguniga qadar o‘zini o‘zi rad etishi to‘g‘risida arz qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2024-y., 03/24/917/0170-son)
Konstitutsiyaga muvofiqligi aniqlanishi yoki sharh berilishi lozim bo‘lgan tegishli hujjatni qabul qilgan davlat organi yoki mansabdor shaxs;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan davlat organlari va yuridik shaxslarning rahbarlari Konstitutsiyaviy sudda lavozimi bo‘yicha taraflarning vakili bo‘lishi mumkin. Lavozimi bo‘yicha taraflarning vakillari taraflarning manfaatlarini ishonchnomasiz ifoda etadi.
Konstitutsiyaviy sud mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining normalariga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi ishlarni og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan ko‘rishi mumkin. Bu haqda Konstitutsiyaviy sud ajrim chiqaradi va konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarini xabardor qiladi. Agar konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridan biri ishni og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan ko‘rishga qarshi e’tiroz bildirsa, ish umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi. Konstitutsiyaviy sud ishni og‘zaki eshituvlar o‘tkazmasdan ushbu bobning qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqadi.
Normativ-huquqiy hujjatning, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh berish to‘g‘risida ko‘rib chiqilgan ishning mohiyati bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning yakuniy to‘xtamlari qaror deb nomlanadi. Konstitutsiyaviy sud qarorni O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sud mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va ushbu Qonunning qaysi normalariga muvofiq ko‘rib chiqqan bo‘lsa, o‘sha normalari ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Konstitutsiyaviy sudning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi o‘zining amal qilishini tugatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat asosida qarorlar qabul qilgan davlat organlari ularni bir oy ichida qaytadan ko‘rib chiqishi kerak.
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligi xususida shubha tug‘dirgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan murojaatda ular to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida qaror chiqarishga haqli.
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini to‘liqligicha yoki uning bir qismini tekshirayotganda:
davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan vakolatlarning chegaralanishi nuqtai nazaridan;
Normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud qonunni yoki uning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topib, ularda mazkur qonunning yoki uning bir qismining amaliyotda noto‘g‘ri yoxud ziddiyatli tarzda qo‘llanilishiga olib kelgan noaniqliklar topilgan taqdirda, ushbu qonun normasiga rasmiy sharh berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy yoki boshqa majburiyatining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash chegaralari ishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(831-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 12-yanvardagi O‘RQ-895-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligini aniqlash chegaralari ishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ushbu Qonun 82-moddasining uchinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini yoki uning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topish to‘g‘risida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini yoki uning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash ularda normalarning amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilishiga olib kelgan noaniqliklar topilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaviy sudga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash haqidagi murojaatda Konstitutsiyada va qonunda ularning amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilishiga olib kelgan noaniqliklar mavjudligiga doir vajlar hamda dalillar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo‘llanilgan va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlari, agar sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ishni ko‘rib chiqish tugagan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmay beriladi.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi ustidan shikoyatda ko‘rsatilgan qonunning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash chegaralari ishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ushbu Qonun 82-moddasining uchinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Konstitutsiyaviy sud qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq emas deb topilgan buyrug‘i va (yoki) boshqa hujjati (individual xususiyatga ega bo‘lgan hujjat bundan mustasno) o‘zining amal qilishini tugatadi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi