Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.01.1994 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1994 YIL 21 YaNVARDAGI FARMONINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonining 2 va 3-bandlarini bajarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining majmuilari 1994-yilning 15-fevraligacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz tasarruflaridagi vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda xalq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqsinlar. Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda eʼtibor quyidagi masalalarni hal etishga qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta va yirik korxonalarning mulkchilik shakllarini oʻzgartirish, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk savdosi birjalarini tashkil etish hamda fondli birjalar barpo qilish va ularda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan obyektlarni auksion va tanlov asosida sotishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika fuqarolari va xorijiy fuqarolarning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida qatnashishlari, ularning tashkil etilayotgan va qayta tuzilayotgan aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini erkin sotib olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilayotgan korxonalarni respublikadagi, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga sotish yoki ijaraga berish uchun ularni baholashning eng soddalashtirilgan tartibini “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida” hamda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiqtisodiyot majmui (Hamidov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika koʻchmas mulk savdosi birjasi toʻgʻrisidagi va Respublika fondli birjasi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qisqa muddatli va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish hisobiga qiymatli qogʻozlar bozorini faollashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan korxona va tashkilotlarga aksiyalar va obligatsiyalar chiqarishni tashkil etishda hamda keyinchalik ularni fondli birja orqali tarqatishda yordam koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk asosida savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarini qurish va barpo etish uchun imtiyozli kreditlar hamda soliq solish boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Dehqonchilik sanoati majmui Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari band qiladigan yer uchastkalarini baholash va sotish tartibini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini umumlashtirish va ular asosida davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning davlat dasturini ishlab chiqish boʻyicha ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruhi tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhiga shu yilning 20-fevraligacha boʻlgan muddatda koʻrsatib oʻtilgan dastur loyihasini va uni amalga oshirishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 26-yanvar,

36-son