Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2020 30.04.1998 yildagi 609-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Qonunning maqsad va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari amalga oshirilishining huquqiy asoslari va tartibini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el investitsiyalari kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga ko‘maklashishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, zamonaviy xorijiy texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan oqilona foydalanishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Chet el investitsiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalaridan olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnikaviy yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar reinvestitsiyalar deb e’tirof etiladi.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Chet ellik investorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
(4-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
(5-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
(5-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari birlamchi yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarining o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi mohiyati o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan o‘zlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg‘armasining kamida o‘ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri ushbu Qonun 4-moddasining ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan chet ellik investor bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta’sis etish yo‘li bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta’sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatiga olish, shuningdek zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning shu’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan shu’ba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalar va boshqa alohida bo‘linmalar tashkil etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Korxonalarning xo‘jalik birlashmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, konsorsiumlar va boshqa xo‘jalik birlashmalari tashkil etishi, amal qilib turgan birlashmalar tarkibiga to‘la huquqli a’zo sifatida kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari uchun huquqiy rejim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo‘yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida chet el investitsiyalari uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor xalqaro huquq prinsiplari va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o‘zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o‘ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O‘zbekiston Respublikasida patentlashtirish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
(10-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag‘lari jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z hisobvarag‘idagi milliy valyuta mablag‘laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o‘ziga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo‘yicha ta’min sifatida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar — jismoniy shaxslar, chet ellik investorlar — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda o‘z ulushlari (hissalari, aksiyalari) mavjud bo‘lgan butun davrda tegishli ko‘p martalik vizalar olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Chet ellik investorlarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashlari;
(11-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalash munosabati bilan o‘z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bo‘yicha javob berishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan sanitariya-gigiyena, ekologiyaga oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z raqobatchilariga nisbatan qo‘shimcha imtiyozlar va afzalliklar olish maqsadida investitsiya faoliyati bo‘yicha sheriklariga yoki davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bevosita va (yoki) bilvosita noqonuniy ta’sir o‘tkazishning har qanday shakllaridan o‘zlarini tiyishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etmaganlik uchun umumiy asoslarda javobgar bo‘ladi hamda o‘ziga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zining mol-mulki bilan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, ularning shu’ba korxonalari, filiallari va boshqa tuzilmalarini, shuningdek xo‘jalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etish, sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirish, ijara shartnomalari va boshqa shartnomalarini tuzish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan, chet ellik investorning pul shaklidagi hissasi kamida besh million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan korxonalar soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida ular davlat ro‘yxatiga olingan sanada amal qilib turgan, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga doir normalar hamda qoidalarni qo‘llashga haqlidir.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalari o‘zlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida qo‘llashga haqlidir. Mazkur huquq bojxona to‘lovlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlarga tatbiq etilmaydi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek chet el valyutasini olishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada o‘zini o‘zi qoplashi tuziladigan konsorsiumlar, birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham ta’minlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi.
(12-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qo‘shiladigan ixtirolarni patentlash va sanoat namunalarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlari ro‘yxatini, ularni vujudga keltirish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona xodimlarining pensiya ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(12-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalari sotib olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imoratlar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi boshqaga o‘tayotganda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda shu obyektlar bilan birgalikda yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berib qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob-kitobni va hisobotni amalga oshiradilar. Ular buxgalteriya daftarlari va yozuvlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida, shuningdek, o‘z xohishlariga ko‘ra, erkin ayrboshlanadigan valyutada yuritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Konsessiya shartnomalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlarga tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va ulardan foydalanish hamda boshqa xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun konsessiyalar berish chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsessiyalarga, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan bo‘lsa va tuziladigan konsessiya shartnomalarining maqsadlariga javob bersa, faoliyatning barcha sohalari va turlarida yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Chet ellik xodimlarni jalb etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasi amal qilishining butun davrida tegishli ko‘p martalik vizalar olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularga ta’tillar berish, ularni pensiya bilan ta’minlash masalalari ularning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi lozim. Bunday xodimlar ish haqi va qonuniy yo‘l bilan olgan o‘zga daromadlarini boshqa davlatlarga, qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin, biron-bir cheklovsiz o‘tkazishlari mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona chet ellik xodim doimiy yashaydigan mamlakatdagi tegishli fondlarga shu xodim uchun pensiya ta’minoti to‘lovlarini o‘tkazadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Yurish erkinligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va chet ellik xodimlar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida erkin yurish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida erkin yurishga cheklovlar belgilangan bo‘lsa, faqat milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarini ko‘zlab muayyan cheklovlar qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar va chet ellik investorlarning tavakkalchiligini sug‘urta qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar mamlakatning o‘z investorlari bilan teng ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday sug‘urta himoyasi huquqidan foydalanadilar. Chet el investitsiyalarini siyosiy va boshqa xavflardan sug‘urta qilish xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning eksport kredit agentliklari, boshqa sug‘urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalarini sug‘urta qilishni amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish siyosiy va boshqa xavflardan, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkning ekspropriatsiya qilinishini, shuningdek, mulkning olib qo‘yilishi yoki boshqa shaxsga o‘tkazilishiga, mulk yoki u orqali olinadigan daromadlar ustidan nazorat qilish imkoniyati yo‘qotilishiga olib keluvchi har qanday qonun chiqarishga oid yoki ma’muriy choralarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga o‘tkazishga cheklovlar joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga investorlarning ayrim guruhlariga nisbatan kamsitish tusidagi o‘zgartishlar kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining investorlarning shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urushlar, fuqarolarning g‘alayonlari yoki boshqa shu kabi hodisalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari bilan bog‘liq o‘zga turdagi siyosiy hamda boshqa xavflarni o‘z ichiga oluvchi xavflardan sug‘urta himoyasi va kafolatlarni ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Majburiyatlarni ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning mol-mulki va mulkiy huquqlaridan korxona zimmasidagi barcha turdagi majburiyatlarini ta’minlash, shu jumladan zayom mablag‘larini jalb qilish kafolati sifatida foydalanishi mumkin. Uning savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga, shuningdek joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda uy-joy binolariga bo‘lgan mulk huquqi, binolar, inshootlar, uskunalarga bo‘lgan mulkiy huquqlari hamda boshqa ashyoviy huquqlaridan majburiyatlarning ta’mini sifatida foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor o‘ziga mulk huquqida tegishli barcha mol-mulki va mulkiy huquqlaridan, ularning qayerda joylashganligidan qat’i nazar, o‘z majburiyatlarining ta’mini sifatida foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida o‘z ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilangan tartibda tugatiladi. Shu bilan birga o‘z ustav fondini belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmagan darajada kamaytirishi yoki o‘zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi,1999-y., 9-son, 229-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tugatilganida uning aktivlariga belgilangan tartibda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, basharti ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilari o‘rtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonadan chiqib ketgan yoki bu korxona tugatilgan taqdirda, korxona mol-mulkidagi o‘z ulushi pul yoki bozor bahosiga muvofiq ravishda tovar shaklida qaytarilishi huquqini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilganda mehnat shartnomalari bekor bo‘lgan xodimlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafolatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Chet el investitsiyalari bo‘yicha davlat majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari chet el investorlari bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda o‘z zimmasiga olgan, vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar imzolagan majburiyatlar bo‘yichagina javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat chet el investitsiyalarini jalb etayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, bunday majburiyatlar qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan kafolatlangan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Chet el investitsiyalarini jalb etishni amalga oshiruvchi organlarning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el investitsiyalarini jalb etish, ro‘yobga chiqarish va himoya qilish maqsadida hukumat tomonidan vakolat berilgan organ, davlat boshqaruvining boshqa organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek hukumatga qarashli bo‘lmagan manfaatdor tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining imkoniyatlari va shart-sharoitlari to‘g‘risida axborot tayyorlaydilar hamda tarqatadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
potensial investorlarga faoliyatning yuridik, iqtisodiy va boshqa jihatlari bo‘yicha maslahatlar beradilar hamda yuzaga keluvchi masalalarni hal etishda zarur yordam ko‘rsatadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellik investorlar faoliyatining huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el investitsiyalari masalalari bo‘yicha xalqaro munosabatlarda o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el investitsiyalarini jalb etish, ro‘yobga chiqarish va himoya qilishga qaratilgan boshqa vazifalarni bajaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Chet ellik investorlarning faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat organlarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi ustidan nazoratni soliq organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan boshqa davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi organ nazorat vazifalarini amalga oshirishda tijorat siri saqlanishini ta’minlashi shart. Tijorat sirini oshkor qilish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan ta’qib qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. O‘zaro zid qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonunning qoidalari bilan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o‘rtasida biron-bir nomuvofiqlik bo‘lgan holda, chet ellik investorlar uchun birmuncha qulay bo‘lgan qoidalar ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 30-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
609-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 86-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2012-y., 52-son, 584-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda)