Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARINI OʻZGARTIRISh VA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Veterinariya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan ilova etilayotgan oʻzgartirishlar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilova etilayotgan roʻyxatga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov
Toshkent sh.,
1994-yil 20-yanvar,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRning shahar va aholi punktlarida it, mushuk va yirtqich hayvonlarni saqlashni yanada tartibga solish choralari toʻgʻrisida” 1980-yil 4-iyundagi 400-son (OʻzSSR QT, 1980-y., 6-son, 22-modda) qarorining 4-bandi birinchi xatboshidagi “OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi ministrligi veterinariya xizmati kuchi bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya Bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligidagi davlat tasarrufida boʻlmagan boshqa tuzilmalarga texnik hamda zooveterinariya xizmati koʻrsatish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 7-apreldagi 174-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son 14-modda) qarorining 6-bandidagi “pulli” soʻzi “idoraviy va xususiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. SSSR Ministrlar Sovetining “Mamlakatda veterinariya ishini yaxshilash va davlat veterinariya nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1963-yil 27-sentabrdagi 1020-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 4-martdagi 127-son (OʻzSSR QT, 1964-y., 3-son, 17-modda) qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada hayvonlarning brutsellyoz va sil kasalliklari bilan kasallanishlarini tugatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1972-yil 2-fevraldagi 55-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 4-martdagi 127-son qarori bilan tasdiqlangan veterinariya muassasalarining namunaviy shtatlarini toʻldirish toʻgʻrisida” 1974-yil 21-yanvardagi 26-son qarori.
4. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Chorvachilikka veterinariya xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1978-yil 1-iyundagi 498-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 423-son qarori.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRning shahar va aholi punktlarida it, mushuk va yirtqich hayvonlarni saqlashni yanada tartibga solish choralari toʻgʻrisida” 1980-yil 4-iyundagi 400-son (OʻzSSR QT, 1980-y., 6-son, 22-modda) qarorining 5, 6-bandlari.
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika chorvachiligiga veterinariya xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1980-yil 30-oktabrdagi 746-son qarori.
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Foʻzaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish, elita—urugʻchilik xoʻjaliklarining dislokatsiyasi plani va 1961-yilda respublika kolxozlari va sovxozlarini urugʻlik chigit bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1981-yil 16-yanvardagi 23-son qarori.
8. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat xoʻjaliklarining jamoa chorvachiligi ehtiyojlari uchun qoʻshimcha don ajratish toʻgʻrisida” 1981-yil 9-yanvardagi 36-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 28-yanvardagi 71-son qarori.
9. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Qishloq xoʻjaligi hayvonlarining brutsellyoz va sil kasalliklari bilan kasallanishlariga qarshi kurashishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1981-yil 10-sentabrdagi 889-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 23-sentabrdagi 770-son qarori.
10. “SSSR Ministrlar Sovetining “Chorvachilikka veterinariya xizmati koʻrsatishni tashkil etishni yaxshilash va uning samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida” 1985-yil 3-yanvardagi 5-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 29-yanvardagi 48-son qarori.
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qishloq xoʻjaligi hayvonlarining brutsellyoz va sil kasalliklari bilan kasallanishlariga qarshi kurashishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1981-yil 23-sentabrdagi 770-son qarorining qanday bajarilayotganligi haqida” 1985-yil 28-oktabrdagi 540-son qarori.