1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VETERINARIYA TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-397-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Veterinariya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya — hayvonlarni kasalliklardan muhofaza qilish hamda ularni davolash, ishlab chiqarish va aholining yuqori sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning hayvonga ham, insonga ham xos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etishga doir davlat, jamoat, xo‘jalik va maxsus veterinariya tadbirlari majmuidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Veterinariyaning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar veterinariyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilar, hayvonot bog‘laridagi, tajribaxonalar va boshqa shu kabilardagi jonivorlarni) kasalliklardan himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududini boshqa davlatlar hududidan hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni himoya qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya xodimlari tayyorlash va ularni malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan va texnika yutuqlarini veterinariya amaliyotiga tatbiq etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasida veterinariya ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Veterinariyaning tuzilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida davlat veterinariyasi, idoraviy va xususiy veterinariyalar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya bo‘limlari, ularning qaramog‘idagi hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari (tuman veterinariya stansiyalari), diagnostika markazlari, veterinariya shifoxonalari, laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash otryadlari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari va davlat veterinariya tarmog‘ining boshqa tashkilot va muassasalari amalga oshiradilar.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylardagi davlat va idoraviy veterinariya bo‘linmalarining tuzilishi va miqdori chorvachilikning rivojlanish xususiyatlarini, qushxona va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining joylashtirilishini hisobga olgan holda shakllantiriladi hamda bosh davlat veterinariya nozirlari bilan kelishilgan holda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va idoraviy veterinariya xizmati muassasalari qoshida qonunlarga muvofiq shartnoma asosida veterinariya xizmati ko‘rsatadigan qo‘shma korxonalar, kooperativlar va boshqa xo‘jalik hisobidagi birlashmalar tuzilishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasida hayvonlarning egalariga veterinariya xizmatlari ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 358, 17.08.1997-y.)ga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi veterinariya xizmatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi amalga oshiradi. Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi xalqaro veterinariya tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlarda va Toshkent shahrida veterinariya xizmatiga rahbarlikni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari amalga oshiradilar. Viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalariga tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman va shaharlarda veterinariya xizmatiga rahbarlikni tuman va shahar davlat veterinariya bo‘limlari amalga oshiradilar. Tuman va shaharlardagi veterinariya bo‘limlariga tegishli tuman va shahar hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat davlat veterinariya boshqarmalari tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat chegarasida va transportda veterinariya xizmatiga rahbarlikni davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi amalga oshiradi. Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tayinlaydigan boshliq boshchilik qiladi.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi veterinariya xizmatini boshqarish davlat idoralari vakolatlari doirasida tegishli hokimlarga va yuqori idoralarga bo‘ysunadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. VETERINARIYA XIZMATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Davlat veterinariya xizmatining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya xizmati idoralari o‘z vakolatlari doirasida idoraviy mansubligi hamda mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ishi ustidan, shuningdek ayrim shaxslarning faoliyati ustidan veterinariya-sanitariya nazoratini amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya xizmati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
epizootik vaziyatni baholaydi va o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida hayvonlarning egalariga yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni yo‘qotish tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududini chetdan hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan qo‘riqlash, mollar, hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyo, em-xashak, ozuqabop qo‘shimchalar va chorvachilikda qo‘llaniladigan boshqa vositalarni tayyorlash, tashish, xorijga chiqarish va xorijdan keltirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud bo‘lishining sabablarini tahlil qiladi, bunday hollarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, hayvonlarni davolash ishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarning kasalliklarini aniqlash, shuningdek em-xashak va ichimlik suv sifatini baholash maqsadida laboratoriya-klinik hamda boshqa tadqiqotlar o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarning yuqumli, invazion kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlash organlari va boshqa xizmatlar bilan birgalikda odamlar va hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklarning manbaiga barham beradi, shuningdek o‘zaro axborotlar ayirboshlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya-sanitariya jihatdan yuqori sifatli chorva mahsulotlari va xomashyosi ishlab chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha chorvachilik obyektlari, qushxonalar, go‘sht-sut va boshqa chorva mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar, bozorlar va xomashyo omborlarining veterinariya-sanitariya holatini nazorat qiladi, bu obyektlarning qurilishi va qayta qurilishini, shuningdek yer qazish ishlarini veterinariya ekspertizasidan o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan yuqumli kasalliklar yoyilib ketishining oldi olinishi va bartaraf etilishini ta’minlash tadbirlari o‘tkazilishini, shuningdek hayvonlarning epizootik holatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etishni talab qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqumli kasallik aniqlanganda yoki hayvonlarning o‘ta xavfli kasalligi mavjudligi haqida shubha paydo bo‘lganida yuridik va jismoniy shaxslarga mollarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash, chorvachilik mahsulotlari va hayvonotga mansub xomashyoni zararsizlantirish, ularni ishlovdan o‘tkazish yoki ulardan foydalanishga doir bajarilishi majburiy talablarni belgilab qo‘yadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat, idoraviy va xususiy veterinariya mutaxassislarining faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori hisoblanadi, uning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahrining Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa tegishincha viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat veterinariya inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i davlat chegarasi va transportdagi Bosh davlat veterinariya inspektori hisoblanadi, uning o‘rinbosarlari esa davlat chegarasi va transportdagi Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
(7-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar va tumanlar davlat veterinariya xizmatlarining boshliqlari tegishli shahar va tumanning davlat veterinariya inspektori hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari tegishli chegara uchastkasi va transportdagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining veterinariya mutaxassislari o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadilar.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, viloyatlar, Toshkent shahri, davlat chegarasi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Qonunga muvofiq yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari hamda davlat veterinariya inspektorlari o‘z vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek alohida shaxslarga zarur veterinariya-sanitariya tadbirlar va epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar beradilar;
(8-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT 2009-y., 52-son, 555-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi veterinariya bosh boshqarmasi belgilaydigan ro‘yxatdagi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan taqdirda bu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyoni yo‘q qilib tashlash, ishlovdan o‘tkazish yoki o‘zga tarzda foydalanish to‘g‘risida barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va alohida shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya nazorati ostidagi obyektlarga kecha-kunduzning istalgan paytida bemalol, mone’liksiz kiradilar va veterinariya qonunlarining buzilganligi hollarini bartaraf etish xususida hamma uchun majburiy ko‘rsatmalar beradilar;
(8-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
(8-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
holati veterinariya-sanitariya jihatidan qoniqarsiz yoki mollar sog‘lig‘iga, shuningdek mahsulotlar sifatiga zararli ta’sir ko‘rsatish xavfi bo‘lgan temir yo‘l vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik obyektlari, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyoni qayta ishlaydigan hamda saqlaydigan korxonalarning hayvonlarning yuqumli kasalliklari jihatidan nobopligi yoki veterinariya-sanitariya holati qoniqarsizligi aniqlanganda ulardan foydalanishni taqiqlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlar gigiyenasi normalari va veterinariya-sanitariya qoidalarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilgunga qadar chorvachilik fermalarida, hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyoni ishlovdan o‘tkazish hamda saqlash korxonalarida ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurilishini, qayta qurilishini, yangi qurilgan, tiklangan va qayta qurilgan obyektlarning foydalanishga topshirilishini to‘xtatib qo‘yadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunni, hayvonlar karantini qoidalarini, boshqa veterinariya-sanitariya talablarini buzganlik uchun mansabdor va o‘zga shaxslarga belgilangan tartibga muvofiq ma’muriy jazo beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarning egalari, hayvonotga mansub mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, shuningdek fuqarolar va veterinariya mutaxassislari ushbu Qonun, qonun asosida chiqarilgan hujjatlar va veterinariyaning boshqa talablarini bajarishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegara joylarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli tashkilotlar va idoralarni xabardor qiladilar, zarur tavsiyalar beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya dori-darmonlari, biologik, kimyoviy va boshqa dorilar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilik va veterinariyada foydalanilishini nazorat qiladilar, ularning hayvonlar sog‘lig‘i va hayvonotga mansub mahsulotlarning sifatiga ta’sirini baholaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlat veterinariya xizmatini moddiy va moliyaviy ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya xizmati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy budjet mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning mollarni sug‘urta qilish mablag‘laridan ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pulli xizmatlar ko‘rsatganlik uchun veterinariya korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oladigan mablag‘lar hisobiga ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun talablarini buzganlik uchun undiriladigan ma’muriy jarima pullari viloyatlar va Toshkent shahrining epizootik fondlariga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining taqdimiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlari budjet hisobidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Idoraviy veterinariya xizmati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy veterinariya xizmati vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tasarrufida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy veterinariya xizmatlarining veterinariya mutaxassislari o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya idoralarining uslubiy rahbarligi va nazorati ostida hayvonlarga idoraviy veterinariya nazoratini va veterinariya xizmati ko‘rsatishni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Idoraviy veterinariya xizmati veterinariya mutaxassislarining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraga qarashli veterinariya nazorati ostidagi obyektlarga kecha-kunduzning istalgan paytida bemalol, mone’liksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonunlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslardan epizootik kasalliklarning oldini olishni va ular bartaraf etilishini ta’minlaydigan tadbirlar o‘tkazishni, shuningdek idoraga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hayvonlarning epizootik holatini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Idoraviy veterinariya xizmat veterinariya mutaxassislarining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya to‘g‘risidagi qonunlarning bajarilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida idoraviy veterinariya nazoratini amalga oshirishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar, davolash va veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkazishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarda yuqumli kasalliklar borligi xususida shubha paydo bo‘lganida bu haqda davlat veterinariya xizmati idoralariga zudlik bilan xabar qilish va kasalliklarning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar, veterinariya-sanitariya va davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazish hamda veterinariya to‘g‘risidagi qonunlar buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor hamda boshqa shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga takliflar kiritishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan ishlar haqida davlat veterinariya xizmati oldida belgilangan tartibda hisob berib borishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Idoraviy veterinariya xizmatini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy veterinariya xizmati tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xo‘jaliklar hisobidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Xususiy veterinariya faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy veterinariya faoliyati bilan veterinariya vrachi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar shug‘ullanishga haqlidirlar. Veterinariya feldsherlari va texniklari veterinariya vrachi nazorati ostida xususiy ish bilan shug‘ullanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanayotgan veterinariya mutaxassislari belgilangan tartibda berilgan tegishli ruxsatnomalar (litsenziyalar)ga ega bo‘lishlari shart.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi veterinariya mutaxassislari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarning karantin yoki qonunlarda belgilangan cheklashlar qo‘llanadigan kasalliklarga chalinishi hollarini istisno etganda kasallikni aniqlab tashxis qo‘yish va davolash bilan shug‘ullanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari o‘tkazishga, shuningdek hayvonlarning egalariga maslahat berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlar sog‘lig‘iga doir veterinariya hujjatlari berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mollar va boshqa hayvonlarning yuqumli kasalliklarga chalinishi xavfi paydo bo‘lganida hayvonlarni, hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyoni, shuningdek em-xashakni obyektga chetdan olib kirish va obyektdan chetga olib chiqishni taqiqlab qo‘yishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi veterinariya mutaxassislari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarda yuqumli kasalliklar borligi xususida shubha paydo bo‘lganida bu haqda mahalliy davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishlari va kasalliklarning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasalliklar keng tarqalib ketganida davlat veterinariya xizmati ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda veterinariya tadbirlarini amalga oshirishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirayotgan ishlari haqida davlat veterinariya xizmati oldida belgilangan tartibda hisob berib borishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. HAYVON VA ChORVAChILIK MAHSULOTLARI EGALARINING HUQUQ HAMDA VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalarining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun davlat, idoraviy va xususiy veterinariya xizmatlari bilan shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya xizmatidan hayvonlarning kasallikka chalinish darajasi, epizootik vaziyat va hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlarini maxsus tadqiq etish natijalari haqida axborotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi belgilagan tartibda hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari, em-xashak, veterinariya dori-darmonlari sotib olish va sotish, shu jumladan xorijdan sotib olish va xorijga sotish;
(17-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy hokimiyat organlari, davlat, idoraviy veterinariya xizmatlari hamda xususiy veterinariya faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari va ko‘rsatmalari ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Hayvon va chorvachilik mahsulotlari egalarining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvon va chorvachilik mahsulotlarining egalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun va veterinariya to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z mablag‘lari hisobiga hayvonlar yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va veterinariya tadbirlarini amalga oshirishlari, budjetdan moliyaviy ta’minlanadigan tadbirlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasal hayvonni davolatishlari, zarur bo‘lganda veterinariya mutaxassisining ko‘rsatmasiga binoan so‘yish yoki yo‘q qilib tashlanishini ta’minlashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan moddalar yoki yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar bilan ifloslangan yoxud zararlangan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini istisno etuvchi xayvonlar gigiyenasi normalarini bajarishlari va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvon sotib olinganligi va ularning to‘satdan harom o‘lishi yoki g‘ayriodatiy xatti-harakati hollari to‘g‘risida muayyan hududga xizmat ko‘rsatuvchi tegishli veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya xizmatining hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish yuzasidan bergan taqdimnomalarini bajarishlari hamda karantinga doir tegishli tadbirlar va boshqa veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlashlari, shuningdek davolash-profilaktika ishlovlarini to‘liq hajmda o‘tkazishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik fermalarini, hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlari saqlanadigan binolar va boshqa inshootlarni, shuningdek yaylovlar, suv havzalari, mol haydab o‘tiladigan yo‘llar, temir yo‘l bekatlari, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, bozorlar, so‘yish punktlari, maydonchalar, go‘sht kombinatlari, separator bo‘limlari, sut punktlari va zavodlarini lozim bo‘lgan veterinariya-sanitariya holatida saqlashlari, ularda dezinfeksiyalash, dezinseksiyalash va deratizatsiyalash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazishlari, shuningdek o‘lgan hayvonlar jasadini yig‘ishtirib olishlari va yo‘q qilib tashlashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlari va xomashyosi savdo-sotig‘ini faqat davlat veterinariya xizmatining ruxsati bilan maxsus ajratilgan joylarda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya mutaxassislarining talabiga binoan hayvonlarni ko‘rikdan, diagnostik tekshiruvdan, ehtiyoti shart yo‘sinida emlashdan va davolash-profilaktika ishlovlaridan o‘tkazish uchun topshirilishini ta’minlashlari, veterinariya xodimlariga ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari evaziga haq to‘lagan holda veterinariya tadbirlarini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoit yaratib berishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi yoki chorva mahsulotlarining yaroqsizligi hayvon egalarining aybi bilan paydo bo‘lganligi sud tomonidan isbotlangan hollarda sog‘lomlashtirish tadbirlariga ketgan xarajatlarni davlat veterinariya xizmatiga to‘lashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanmagan biopreparatlar, dori-darmonlar, ozuqabop qo‘shimchalar, mikroelementlar, biologik kuchaytirgichlar va gormonlarni chorvachilikda qo‘llamasliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga hamda hayvonlar, hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyo hamda em-xashakni chet eldan sotib olish va chet elga chiqarish talablariga rioya etishlari shart.
LexUZ sharhi
Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari (ro‘yxat raqami 1302, 22.01.2004-y.)ga qarang.
(18-moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. HAYVONLARNING YuQUMLI KASALLIKLARI TARQALGANIDA KARANTIN BELGILASh VA UNI BEKOR QILISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganida karantin yoki cheklashlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalgani aniqlangan hollarda tuman (shahar) davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan ayrim podalar, otarlar, uyurlar, qo‘ralar, fermalar, xo‘jaliklar, korxonalar, temir yo‘l bekatlari, aeroportlar, daryo portlari, qishloq va qo‘rg‘onlarning hududlari hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb e’lon qilinadi hamda ularda karantin yoki zarur cheklashlar o‘rnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb e’lon qilish hamda ularda karantin yoki boshqa cheklashlar o‘rnatish tegishli bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga binoan viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatining vakillik organlari yoki viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlarni yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi batamom to‘xtaganidan keyin karantin yoki cheklashlar o‘rnatilgan hududda zarur veterinariya-sanitariya tadbirlari amalga oshirilgandan (kasalliklarga qarshi kurash qo‘llanmalarida ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan) so‘ng tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga binoan karantin yoki cheklashlar o‘rnatgan tuman, shahar, viloyat va Toshkent shahri hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlarning qarorlari bilan yohud O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan karantin yoki cheklashlar bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Epizootik kasalliklarga qarshi favqulodda komissiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlar yalpi kasallanishi hamda nobud bo‘lishining oldini olish va bartaraf etish yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga kundalik rahbarlik qilish hamda bu boradagi ishni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlar tomonidan o‘zining tasdiqlangan Nizomiga muvofiq ish olib boruvchi epizootik kasalliklarga qarshi favqulodda komissiyalar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. YAKUNIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 109-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 200-moddasiga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Veterinariya xodimlarining davlat sug‘urtasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya idoralarining xodimlari budjet hisobiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Xalqaro shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan o‘zgacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 3-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
935-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2009-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda)