27.10.2022 yildagi 623-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugʻilish va oʻlim holatini kompleks davlat xizmati sifatida koʻrsatish tartibi joriy etildi va statistika organlariga qogʻoz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari haqidagi hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxivlarida qogʻoz tashuvchilarda saqlanayotgan qariyb 60 mln fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ushbu sohada ayrim tizimli muammolar mavjud. Xususan, fuqarolar tomonidan eksterritorial tamoyil asosida respublika boʻyicha oʻzlari xohlagan FHDY organiga murojaat qilinib, davlat xizmatlaridan foydalanishlari natijasida Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi FHDY boʻlimlariga fuqarolarning murojaatlari soni tobora ortib boryapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda, respublikada faoliyat yuritayotgan 8 ta nikoh uylarida esa jami 20 ta shtat birligi mavjud boʻlgan holda, ular tomonidan faqat nikohni qayd qilish bilan bogʻliq harakatlar amalga oshirilmoqda. FHDY boʻlimlarida esa nikohni qayd etish bilan birga, tugʻilish, nikohdan ajratish va oʻlimni qayd etish boʻyicha ham davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunga koʻra, ayrim hududlardagi FHDY boʻlimlarini respublikadagi mavjud nikoh uylari shtat birliklari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklari bilan taʼminlashga ehtiyoj yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish, ushbu sohada fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga muvofiq tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDY) boʻlimlari, nikoh uylari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining FHDY arxivlari FHDY organlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari faoliyati tugatilib, ushbu nikoh uylari FHDY boʻlimlari etib qayta nomlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan FHDY boʻlimlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yil yakuni bilan ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan FHDY boʻlimlarining ish hajmini oʻrgansin va zaruratga koʻra, xodimlar sonini belgilash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Moliya vazirligiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 27-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
623-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi sakkizinchi xatboshisidan “va nikoh uylari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi oʻn ikkinchi xatboshisidan, 2-ilovaning 6-bandi oʻninchi xatboshisidan hamda 3-ilovaning 6-bandi oʻninchi xatboshisidan “va nikoh uylari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy baza shakllantirilganligi hamda ushbu sohada qabul qilingan buyruq (qaror)lar asosida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)