23.03.2021 yildagi PF-6191-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi isloh qilinib, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtish muddatlari sezilarli ravishda qisqartirildi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan bir qator maʼlumotnomalar bekor qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, shu jumladan elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud boʻlgan maʼlumotlarni qogʻoz koʻrinishida soʻrab olish, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim boʻlmagan hujjatlarni talab qilish natijasida aholi va tadbirkorlik subyektlarini ovora qilish amaliyoti saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash va davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2021-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan yigʻim va davlat boji toʻlovlarini toʻlashda ularning vakili tomonidan naqd pul shaklida toʻlovni amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda unda odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish uchun qoʻshimcha toʻlangan yigʻimlar summasi (tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi. Bunda qaytarib berilgan mablagʻlar Vazirlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan regress tartibida undirib olinadi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatini koʻrsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali berilganda ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilinadi. Bunda, ushbu hujjatlar elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-maydan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining xohishiga koʻra koʻrsatilgan davlat xizmatining natijasi pochta aloqasi orqali yetkaziladigan davlat xizmatlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish va optimallashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov mazkur Farmonga 1-ilovada koʻrsatilgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda ularning idoraviy axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarida mavjud va davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov hamda vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron maʼlumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda elektron koʻrinishdagi hujjatlarni muddatida berish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlanganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manzil-maʼlumot axboroti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyning maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya va nafaqa miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi hujjatlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda soʻrash bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi va ish stajini, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda soʻrash bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan hujjat yoki maʼlumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-maydan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat boji toʻlovini elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkonini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-iyundan boshlab 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish hamda fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-iyuldan boshlab soliq organlarida soliq toʻlovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda amalga oshirishga oʻtish. Bunda, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini berish va fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat soliq qoʻmitasi Davlat personallashtirish markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mavjud soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini ularning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami bilan oʻzaro bogʻlash ishlarini yakunlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami mavjud boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat personallashtirish markazi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2021-yil 1-mayga qadar oʻzlarining axborot tizimlarini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga integratsiya qilishni taʼminlasin. Bunda, jismoniy shaxsning oʻlimi qayd qilingan kundan boshlab 10 kun ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi — vafot etgan shaxsning fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari, haydovchilik guvohnomalari hisobdan chiqarilishini, agar fuqaro qidiruvda boʻlsa, qidiruv va jinoyat-protsessual ishlariga (hujjatlariga) tegishli maʼlumotlar kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vazirligi — vafot etgan shaxs harbiy roʻyxatdan chiqarilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi — vafot etgan chet el fuqarolari va chet elda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻyicha tegishli xorijiy davlatga yoki uning Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga xabar berilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi — vafot etgan shaxs nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatidan chiqarilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — vafot etgan shaxs “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi hisobidan chiqarilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi — soliq qarzi mavjud boʻlmagan vafot etgan shaxs soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan chiqarilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi — vafot etgan shaxsga ilgari tayinlangan pensiya va pensiya bilan birgalikda toʻlanadigan boshqa toʻlovlarning toʻlovi toʻxtatilishini;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi — vafot etgan shaxsga ilgari tayinlangan nafaqalarning toʻlovi toʻxtatilishini;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi — vafot etgan yakka tartibdagi tadbirkorning Tadbirkorlik subyektlarining Yagona davlat reyestrida faoliyati tugatilgan maqomiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-maydan boshlab FHDY organlarining ushbu bandda belgilangan organlarga jismoniy shaxsning oʻlimi qayd qilinganligi haqidagi maʼlumotni taqdim etish majburiyati bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilinsin. Bunda, davlat statistika organlari “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga oʻzlarining elektron tizimlarini integratsiya qilgan holda ushbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida oladi va statistik hisobotlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligi va davlat xizmatlari markazlaridan soʻrash toʻxtatilsin. Bunda, mazkur tashkilotlar tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishini hamda barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur tizimdan foydalanish imkoni yaratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza-soʻrovnomalarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talabini bekor qilish hamda identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalarini joriy qilish orqali foydalanuvchilarga tizimga kirish va undan foydalanish uchun qulay imkoniyatlarni yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, vakolatli idoralar tomonidan oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan hamda rad etilgan murojaatlar boʻyicha, shuningdek, tezlashtirilgan tartibda davlat xizmati koʻrsatilmaganligi uchun qoʻshimcha undirilgan yigʻimlar summasini soddalashtirilgan tartibda qaytarish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish va optimallashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilishini, mazkur Farmonning oʻz vaqtida ijro etilishida masʼul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin, shuningdek, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov hamda adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 23-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6191-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maʼlumot va hujjatlar nomi

Maʼlumot va hujjatlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar

1.

Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot

3.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari

4.

Sudlanganlik haqida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

5.

“Manzil-maʼlumot”, shuningdek, yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (JSHSHIR, kadastr raqami orqali)

Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

6.

Jismoniy shaxslarga tegishli barcha turdagi mavjud hujjatlar (biometrik pasport, ID-karta, xorijga chiqish pasporti, eski namunadagi pasport) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

7.

Shaxsning fotosurati

8.

Soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot

Soliq qoʻmitasi

9.

Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumot

10.

Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot

Kadastr agentligi

11.

Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumot

12.

Kadastr hujjati maʼlumotlari

13.

Pensiya miqdori toʻgʻrisida maʼlumot

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

14.

Pensiya oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot

15.

Ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomasi

“Oʻzarxiv” agentligi, vazirlik va idoralar

17.

Oliy, kasbiy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomasi

Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

18.

Tugʻilish, oʻlim, nikohni qayd etish va nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Adliya vazirligi

19.

Nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

20.

Nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-maydan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining xohishiga koʻra koʻrsatilgan davlat xizmatining natijasi pochta aloqasi orqali yetkaziladigan davlat xizmatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta, oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisida hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanishi uchun yoʻllanmalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Haydovchilik guvohnomasini berish, almashtirish va yoʻqolganlari oʻrniga yangisini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Odamning immunitet tanqisligi virusi mavjud emasligi toʻgʻrisida sertifikat berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Avtomototransport vositalari va tirkamalarga (yarim tirkamalarga) roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish va qayd etish guvohnomasini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Avtomototransport vositalari va tirkamalarga (yarim tirkamalarga) tranzit roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun yoʻllanma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadigan shaxslarni akkreditatsiya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va reyestrdan koʻchirma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ipoteka hamda binolar va inshootlarga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kadastr ishini tayyorlash va koʻchmas mulk obyektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va reyestrdan koʻchirma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ixtiroga patent berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Foydali modelga patent berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sanoat namunasiga patent berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Seleksiya yutugʻiga patent berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnoma berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar yetkazib berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Keksa va nogironligi boʻlgan shaxsni yolgʻiz yashaydigan yoki yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Fuqarolik holatini qayd etish hujjatlarini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Davlat xizmatlarining natijasi pochta aloqasi orqali yetkazilganda pochta xizmatlari uchun amalga oshiriladigan toʻlovlar davlat xizmatidan foydalanuvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish va optimallashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

1.

Davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2021-yil may

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

D. Kalandarov,

E. Rustamov,

T. Rapikov

2.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini olish davlat xizmatini soddalashtirish, bunda:

xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani YIDXP orqali qabul qilish imkonini yaratish;

ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlamasdan yuborish imkoniyatini yaratish;

xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha davlat bojini elektron tarzda toʻlash imkoniyatini yaratish;

ariza-anketada ariza beruvchining rasmini joylashtirish talabini bekor qilish;

ariza-anketa YIDXP orqali qabul qilinganda ariza beruvchining yuzini raqamli formatda rasmga olish va qoʻl barmoqlarining elektron izlarini toʻplash uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga tashrif buyurish vaqti haqida darhol xabar berish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, kompleks chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Nazarov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

X. Berdibayev,

Sh. Rajabbayev,

O. Yakubbayev

3.

Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, bunda:

shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni olish uchun Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibini joriy etish;

guvohnomani QR-kod qoʻygan holda rasmiylashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil sentabr

Transport vazirligi,

(I. Mahkamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

A. Ramatov,

Sh. Abidov

4.

Transport vositalari haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida avtotransport vositalari uchun tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalardan foydalanishga ruxsatnoma berishni faqat YIDXP orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va unda:

jismoniy va yuridik shaxslarga tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish boʻyicha maʼmuriy reglamentni tasdiqlash;

tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnomani olish uchun undiriladigan yigʻimni elektron tarzda toʻlash imkonini yaratish;

ruxsatnomalarni QR-kod orqali rasmiylashtirishni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

X. Berdibayev,

Sh. Rajabbayev,

O. Yakubbayev

5.

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish tartibini takomillashtirish. Bunda:

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkentbayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

B. Musayev,

B. Onorboyev,

Sh. Rajabbayev

xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi hujjatni QR-kod qoʻygan holda tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyishni;

xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar reyestrini “Guvohnoma” axborot tizimlari kompleksida yuritishni barcha uchun ochiq shaklga oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida doimiy joylashtirib borishning huquqiy mexanizmlarini belgilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil avgust

6.

FHDY organlarida ish yuritishni takomillashtirish hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishda qonun normalari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash. Bunda:

fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni fuqarolarning yashash joyidan qatʼi nazar istalgan FHDY organida qayd etishni yoʻlga qoʻyish;

nikohni qayd etish muddatini qisqartirishga olib keladigan uzrli sabablarning aniq va tugal roʻyxatini belgilash;

FHDY organlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish boʻyicha fuqarolardan arizalarni elektron tartibda qabul qilishni yoʻlga qoʻyish hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish;

FHDY organlari tomonidan dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish, familiya, ism va otasining ismini oʻzgartirish, otalik, farzandlikka olish, nikohdan ajralganlik holatlarida dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasiga tegishli oʻzgartirish kiritish haqidagi xabarnomalarni FHDY arxiviga faqat elektron shaklda yuborish tartibini nazarda tutish;

fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali qayd qilinayotganligi asosida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini bir nusxada rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish;

fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Davlat statistika organlariga idoralararo elektron hamkorlik asosida elektron shaklda yuborish;

FHDY organlari oʻrtasidagi barcha yozishmalar, jumladan soʻrovnoma va xabarnomalarni elektron shaklda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali amalga oshirish tartibini joriy etish;

nikohga kirish va nikohdan ajratish haqida ariza kelib tushganda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarini elektron tizim orqali xabardor qilish tartibini joriy etish;

FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar va undirilgan toʻlovlar boʻyicha fuqarolarga SMS xabar berish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2021-yil iyul

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(R. Mamatov)

D. Kalandarov,

E. Rustamov,

B. Onorboyev

7.

Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini qayta koʻrib chiqish. Bunda:

vakolatxonalarni elektron tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;

hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini, akkreditatsiya uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdorini pasaytirish, vakolatxonaning akkreditatsiya muddatini, shu jumladan xodimlar akkreditatsiya kartochkasi muddatini qayta koʻrib chiqish;

vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat va belgilangan joylardan fotosuratga tushish talabini bekor qilish;

vakolatxonani tugatishning aniq tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov)

S. Umurzakov,

F. Rahimov

8.

Xususiy tadbirkor tomonidan oʻz xodimlarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibini takomillashtirish. Bunda:

xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni soliq organlarida hisobga qoʻyish boʻyicha murojaatlarni hamda soliq organlari tomonidan taqdim etilgan xodimni hisobga qoʻyish kartochkasini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborishni yoʻlga qoʻyish;

yollangan xodimni davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyish muddatini bir ish kuni etib belgilash;

xodimning 3x4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati va yollangan xodim pasportining nusxasini taqdim etishni bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil may

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

J. Qoʻchqorov,

E. Rustamov

9.

Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyotini bekor qilish.

Bunda, vazirlik va idoralarning ichki hujjatlarini muvofiqlashtirish, taʼlim muassasalari tomonidan oʻquvchi-talabalar taʼlim muassasasini tugatganda yoki koʻchirganda taʼlim muassasasi ichida turli majburiyatlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni (toʻlov shartnomasi boʻyicha majburiyat bajarilganligi, axborot resurs markazidan qarzi yoʻqligi, oʻquv boʻlimidan akademik qarzdor emasligi, talabalar turar joyidan qarzdor emasligi kabilar) ichki idoralararo elektron hamkorlik yoki oʻzaro axborot almashinuvi yoʻli bilan olish evaziga oʻquvchi-talabalardan talab qilishni bekor qilish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

tizimida taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

B. Musayev

B. Onorboyev

10.

18 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironligi boʻlgan shaxs deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibini elektronlashtirish, bunda:

tegishli tibbiy xulosalarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga shu kunning oʻzida elektron tartibda yuborish;

“TMEK” dasturida 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

B. Musayev

B. Onorboyev,

Sh. Rajabbayev

11.

Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni soddalashtirish. Bunda:

tegishli tibbiy xulosalarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi va Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga shu kunning oʻzida elektron tartibda yuborish;

fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ulardan ambulatoriya kartasini talab qilishni bekor qilish, majburiy statsionar davolanishda boʻlishni bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

B. Musayev,

B. Onorboyev,

Sh. Rajabbayev

12.

“TMEK” dasturini Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi va Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga integratsiya qilish hamda faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

B. Musayev,

B. Onorboyev,

Sh. Rajabbayev

13.

Mazkur Farmonning 1-ilovasiga kiritilgan ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda yuborishni yoʻlga qoʻyish. Bunda:

maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali taqdim etish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, veb-xizmatlar ishlab chiqish;

ishlab chiqilgan veb-xizmatlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasiga integratsiya qilish;

elektron maʼlumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda elektron koʻrinishdagi hujjatlarni muddatida taqdim qilib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

O. Umarov,

Sh. Rajabbayev

14.

Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʻyicha arizalarni elektron shaklda yuborish;

bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʻyicha xulosa muddatini uzaytirish uchun ariza berish tartibini bekor qilish. Bunda xulosa muddati tugashidan oldin vakolatli organ tomonidan bolaning tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etish;

komissiya tomonidan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish uchun bolani ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yuborish amaliyotini bekor qilish;

vakolatli organ tomonidan quyidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik orqali olishni yoʻlga qoʻyish:

bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi;

mutaxassislarning tegishli xulosalari bilan birga davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil may

Maktabgacha taʼlim vazirligi

(A. Shin),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

B. Musayev,

B. Onorboyev

15.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasidagi yer uchastkalarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda kelishish tartibini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil may

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F. Umarov),

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(A. Abduvaliyev)

J. Qoʻchqorov,

E. Rustamov

16.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berishni quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan soddalashtirish:

ariza berishda 3,5x4,5 sm oʻlchamli fotosurat talab etishni bekor qilish;

vakolatli organ tomonidan talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqishni avtomatlashtirish, yaʼni talabgor ariza berish jarayonida imtihon kunini tanlashi, vakolatli organ tomonidan imtihon boʻladigan kunlarni YIDXPga kiritib borish;

test sinovlari natijalarini ular yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;

toʻlovlarni elektron oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirish orqali kvitansiya talab qilishni bekor qilish;

test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali bevosita talabgorga yuborish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil iyun

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

B. Musayev,

B. Onorboyev,

Sh. Rajabbayev

17.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni birlashtirish orqali takomillashtirish. Bunda:

Davlat mukofotiga tavsiya etiladigan talabgorlardan olinadigan hujjatlarning aniq roʻyxatini tasdiqlash;

Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va asarlarini jamoatchilik tomonidan oshkora va xolisona baholanishini taʼminlash maqsadida baholash jarayonlarining shaffof mexanizmlarini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2021-yil avgust

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(R. Mamatov)

B. Musayev,

B. Onorboyev

18.

Budjet mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanma (order) olish tizimini takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

yoʻllanma (order) rasmiylashtirishning yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yaratish;

bemor tomonidan yashash joyi boʻyicha qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinikaning yoʻllanmasini va boshqa zarur hujjatlar tegishli tibbiyot birlashmasining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasiga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborish;

tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari tomonidan bemorning tibbiy hujjatlarini koʻrib chiqish va uni, zarur hollarda, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalarini, shuningdek, ular boʻyicha tuzilgan xulosani bemor murojaat qilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiyot tashkilotlari tomonidan tuman (shahar) tibbiyot tashkilotlari yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritgan maʼlumotlar asosida bemorni uch ish kuni ichida, zarur hollarda, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va unga yoʻllanma (order) berish yoxud uni olish uchun yagona integratsiyalashgan axborot tizimi orqali navbatga qoʻyish;

bemorlar tomonidan oʻz soʻrovlariga koʻra murojaatining koʻrib chiqilishi holatini hamda yoʻllanma (order) olish yoxud bepul davolanish uchun navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida elektron shaxsiy kabinet orqali, shuningdek, qisqa xabar (SMS) koʻrinishida olish;

budjet mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

B. Musayev,

B. Onorboyev

19.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirish:

fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish muddatini uch ish kunidan bir ish kuniga tushirish;

fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda ariza beruvchilardan davlat boji toʻlovlarini Yagona billing tizimi orqali qabul qilishga oʻtish va shu munosabat bilan davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani talab qilmaslik.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

X. Berdibayev,

O. Yakubbayev

20.

Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki MvaFRBga murojaat qilinganda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali olish hisobiga fuqarolardan talab qilishni bekor qilish:

35 x 45 mm oʻlchamdagi ikkita rasmni (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun);

uy-joy hujjatlarining asl nusxasini;

vaqtincha roʻyxatga olinganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

X. Berdibayev,

O. Yakubbayev

21.

Fuqarolarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

ish faoliyatini yuritayotgan xodimlarning amaldagi mehnat daftarchasidagi ish staji, oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqish va harbiy xizmat davrini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAK (YAMMT) dasturiga toʻliq kiritish;

YAMMT dasturiga kiritilgan xodimning mehnat stajini tegishli tashkilot tomonidan verifikatsiyalash hamda ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotlarini YAMMT dasturiga kiritilishini monitoring qilib borish hamda ijrosini taʼminlanmaganligi uchun javobgarlik belgilash;

YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqish davrini verifikatsiyalash;

YAMMT dasturiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalarida ishlagan fuqarolarning oylik ish haqi va mehnat staji hamda ularning turmush oʻrtoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan YAMMT dasturiga kiritish;

imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar boʻyicha (patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertizalari, moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasa, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida va boshqa) ishlagan fuqarolarni YAMMT dasturida qayd etish;

mehnat organlari tomonidan tuzilgan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida nogironlik dalolatnomasini (N-1 aktini) elektron bazasini yaratish;

texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

J. Qoʻchqorov,

E. Rustamov,

Gʻ. Israilov

22.

Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va toʻlovlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, bunda:

davlat xizmatlarini onlayn xizmatlar indeksi talablaridan kelib chiqqan holda elektron koʻrinishga oʻtkazish va optimallashtirish;

YIDXPni takomillashtirish hamda davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa toʻlovlarni tegishli bank va boshqa toʻlov tizimlari orqali onlayn tarzda toʻlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi alohida platforma ishlab chiqish va ishga tushirish;

aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan xabardor qilish xarakteridagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimiga integratsiya qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

vazirlik va idoralar

O. Umarov,

Sh. Rajabbayev

23.

Davlat xizmatlari koʻrsatishning minimal talablari va standartlarini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

D. Kalandarov

24.

Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlari koʻrsatayotgan davlat xizmatlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda ushbu xizmatlar roʻyxatini, undiriladigan toʻlovlar miqdorini va ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslari boʻyicha Adliya vazirligiga maʼlumotlar taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Vazirlik, idora va davlat tashkilotlari

Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari

25.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda:

davlat xizmatlarini toʻliq tanqidiy tahlil qilib, ularni optimallashtirish, birlashtirish va muhim boʻlmagan xizmatlarni bekor qilish;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi natijasida undiriladigan yigʻimlarning asosliligini oʻrgangan holda ularni maqbullashtirish;

davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish;

elektron raqamli imzo talab qilinmaydigan xizmatlar roʻyxatini shakllantirish va ayrim davlat xizmatlaridan YIDXPda elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda foydalanish imkoniyatini yaratish;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va normativ xarakterga ega boʻlmagan ichki hujjatlar asosida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatlar shaklida rasmiylashtirish boʻyicha aniq muddatlar va masʼul ijrochilari koʻrsatilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

D. Kalandarov,

E. Rustamov,

Sh. Rajabbayev

26.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan kuzatuvchi sifatida foydalanish imkonini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(X. Bobojonov),

zaruratga koʻra boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

O. Umarov,

Sh. Rajabbayev,

D. Kalandarov,

E. Rustamov

27.

Tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlar koʻrsatishni quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirish va kengaytirish:

tadbirkorlik subyektlarining taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritishda hamda joylashgan yeri joyi (pochta manzilining) oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazishda tadbirkorning xohishiga koʻra “yagona ariza” tamoyili boʻyicha roʻyxatga oluvchi organ tomonidan vakolatli organni YIDXP va “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabardor qilish;

vakolatli organ tomonidan tadbirkorlik subyektining litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlariga oʻzgartirishni qoʻshimcha ariza olmasdan bepul amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

D. Kalandarov,

Sh. Rajabbayev

28.

16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berishda ularni bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hamda fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyishni yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Nazarov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

AT “Xalq banki”

(F. Salamov)

X. Berdibayev,

E. Rustamov,

Sh. Rajabbayev,

O. Yakubbayev

29.

Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki” axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Nazarov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

AT “Xalq banki”

(F. Salomov)

X. Berdibayev,

E. Rustamov,

Sh. Rajabbayev,

O. Yakubbayev

30.

Aholi gavjum boʻlgan va jamoat joylarida interaktiv infokiosklar orqali oʻziga-oʻzi xizmat qilish tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

D. Kalandarov,

Sh. Rajabbayev

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 06/21/6191/0229-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)