Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikamizda keksa yoshdagi avlod vakillarini hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi pastligi ushbu yoʻnalishdagi xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ikkinchi jahon urushi faxriylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini soddalashtirish ularga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam turlarini shaffofligini va manzilliligini taʼminlash va samaradorligini oshirish maqsadida shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyundagi PQ-274-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlarini hamda zarur kiyim-kechak va poyabzallarini;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini bepul taqdim etish tartiblarini bekor qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-oktabr,
563-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
“a” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 2-ilovada:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Ijtimoiy muhofaza qilish choralariga doir tadbirlar ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimining masʼul xodimi bilan birgalikda belgilanadi va oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlashni, zaruriyat boʻlganda, nafaqalar va moddiy yordam olishda koʻmaklashishni oʻz ichiga oladi”.
4. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi “g” kichik bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 80-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 28-apreldagi 317-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmoni)” 2020-yil 20-maydagi 307-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 55-bandi “b” va “g” kichik bandlari hamda 74-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 366-bandi “b” kichik bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 5-avgustdagi 431-son qaroriga 3-ilovaning 20-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-maydagi 204-F-son farmoyishi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)