Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3382]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-iyul,
12/02-22-22-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2022-yil 29-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 22-iyuldagi 12/02-22-22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, bojxona organiga taqdim etish, qogʻozda chop etiladigan nusxasini shakllantirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
I boʻlim. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tranzit deklaratsiyasi — tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjat;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan shaxs yoki tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
joʻnatuvchi — tovarlarni oʻz nomidan tashish uchun tashuvchiga taqdim etuvchi va u haqidagi maʼlumotlar transport hujjatlarida koʻrsatilgan shaxs;
qabul qiluvchi — yuk tashishni amalga oshirayotgan tashuvchi taqdim etishi lozim boʻlgan, tovarlarni oʻz nomidan qabul qilib oluvchi va u haqidagi maʼlumotlar transport hujjatlarida koʻrsatilgan shaxs, tovarlarning bojxona rejimi oʻzgargan hollarda esa — tranzit deklaratsiyasi taqdim qilinayotgan vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan soʻng deklaratsiyalanayotgan tovarlarni bojxona organlaridan oʻz tasarrufiga olish vakolatiga ega boʻlgan shaxs;
kuzatuv hujjatlari — tijorat va transport hujjatlari;
tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs;
transport hujjatlari — konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjatlar;
tranzit deklaratsiyasidagi xato — bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlardagi axborot va (yoki) bojxona organlarida mavjud axborot bilan tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlar orasidagi tafovut, shuningdek tranzit deklaratsiyasidagi notoʻgʻri maʼlumotlar;
tranzit deklaratsiyasidagi kamchilik — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning yetishmasligi yoki tranzit deklaratsiyasi bilan birga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarning toʻliq boʻlmasligi bilan bogʻliq holatlar;
tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish kiritish — tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritish;
tranzit deklaratsiyasiga qoʻshimcha kiritish — tranzit deklaratsiyasiga yangi maʼlumotlarni kiritish yoxud tegishli hujjatlarni qoʻshish;
tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish — tranzit deklaratsiyasini bojxona organida roʻyxatga olinganidan soʻng uni qaytarish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini toʻxtatish;
tranzit deklaratsiyasini bekor qilish — tranzit deklaratsiyasini bojxona organida roʻyxatga olinganidan soʻng bekor qilish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini toʻxtatish;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi — bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan va joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan “D” grafasida rasmiylashtirilganligini ifodalovchi bojxona organining tegishli belgilari qoʻyilgan tranzit deklaratsiyasi;
roʻyxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasi — bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan, ammo “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “ETranzit” AAT deb yuritiladi) orqali deklaratsiyalovchi shaxsga qabul qilinganligi maʼlum qilinmagan tranzit deklaratsiyasi;
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi — bojxona organi tomonidan roʻyxatga olinib, “ETranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxsga qabul qilinganligi maʼlum qilingan, rasmiylashtirilmagan tranzit deklaratsiyasi;
axborot almashish tizimi — axborot tizimlari orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda bojxona organlari va deklaratsiyalovchi shaxslar oʻrtasida elektron xabarlarni almashish, tegishli hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish vositasi.
2. Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, qogʻozda chop etiladigan nusxasini shakllantirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish “ETranzit” AAT orqali amalga oshiriladi.
3. Deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasini toʻldirish va uni bojxona organiga taqdim etish uchun “E-Tranzit” AATga oʻziga jismoniy shaxs sifatida biriktirilgan elektron raqamli imzo asosida kirishi va quyidagilardan birini tanlashi lozim:
tashuvchi yoki uning nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxs (haydovchi bundan mustasno) — “Tashuvchi” tugmasi;
tovar tashilayotgan yoki tovar sifatida olib oʻtilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs (haydovchi) — “Haydovchi” tugmasi;
deklarantga xizmat koʻrsatuvchi bojxona brokeri nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxs — “Bojxona brokeri xodimi” tugmasi;
yukni qabul qiluvchi yoki uning nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxs — “Yukni qabul qiluvchi” tugmasi.
Deklaratsiyalovchi shaxs “Bojxona brokeri xodimi” tugmasini tanlaganda, “Broker” nomli alohida ajratilgan maydonda bojxona brokerining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi), uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) qayd etiladi.
4. Deklaratsiyalovchi shaxs “Hujjatlarni taqdim etgan shaxs” nomli maydonda tranzit deklaratsiyasini toʻldirishga asos boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etgan hamda ulardagi maʼlumotlarga javobgar hisoblangan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, fuqaroligi va unga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (bundan buyon matnda JSHSHIR deb yuritiladi) qayd etadi.
Hujjatlarni taqdim etgan hamda ulardagi maʼlumotlarga javobgar hisoblangan shaxs JSHSHIRi mavjud boʻlmagan norezident boʻlsa, u holda shaxsning JSHSHIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi koʻrsatiladi.
5. “E-Tranzit” AATda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasi “Yangi deklaratsiya yaratish” tugmasi orqali tovar olib oʻtilayotgan yoki harakatlanayotgan transport turini tanlagan holda shakllantiriladi. Bunda, maʼlumotlar mavjud boʻlimlardagi alohida ajratilgan maydonlarda qayd etiladi va har bir boʻlimga qadamlar raqami boʻyicha ketma-ketlikda oʻtiladi.
Masalan, 1-qadamdagi “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimida qayd etilishi zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar koʻrsatilmaguniga qadar keyingi 2-qadamdagi “Transport toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimiga oʻtish imkoniyati boʻlmaydi.
“E-Tranzit” AATga bitta transport hujjati boʻyicha bitta transport vositasida olib oʻtilayotgan tovarlar haqida maʼlumot kiritilishi mumkin. Agar mazkur shartlardan birida farq boʻlsa, u holda maʼlumotlar “E-Tranzit” AATda alohida kiritiladi.
Masalan, tovarlar ikki xil (turli) transport vositasi yoki transport hujjati orqali olib oʻtilayotgan boʻlsa, barchasi bir vaqtning oʻzida “E-Tranzit” AATga kiritilmaydi.
6. “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasi:
avtotransport vositasida olib oʻtilayotgan tovarlar boʻyicha “Umumiy maʼlumotlar”, “Transport toʻgʻrisida maʼlumot”, “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot”, “Kafolat va yigʻimlar” va “Hujjatlarni generatsiyalash” boʻlimlari orqali;
temir yoʻl transport vositasida olib oʻtilayotgan tovarlar boʻyicha “Umumiy maʼlumotlar”, “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot”, “Yigʻimlar” va “Hujjatlarni generatsiyalash” boʻlimlari orqali shakllantiriladi.
7. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos boʻluvchi hujjatlar “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladi. Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 8-bandiga asosan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali shakllantirilgan hujjatlarga tegishli maxsus raqamni “E-Tranzit” AATda belgilangan maydonda koʻrsatish va saqlash bilan chegaralanadi.
8. Deklarant yoki uning nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxs oʻzining elektron raqamli imzosi orqali “E-arxiv” interaktiv xizmatiga elektron arxivni shakllantirish maqsadida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni joylashtiradi.
“E-arxiv” interaktiv xizmatiga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarant yoki uning nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
“E-arxiv” interaktiv xizmatiga joylashtirilgan hujjatlar deklarant yoki uning nomidan ish koʻruvchi vakolatli shaxs tomonidan oʻzgartirilishi va oʻchirilishi mumkin, bundan bojxona rasmiylashtiruvida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Bojxona rasmiylashtiruvida foydalanilgan hujjatlarni oʻzgartirish zaruriyati yuzaga kelganda, hujjatlar mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda takroran “E-arxiv” interaktiv xizmatiga joylashtiriladi.
Deklarant bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatlarga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali berilgan maxsus raqamni deklaratsiyalovchi shaxsga taqdim etishi mumkin.
9. Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. Bunda, tovarning bir nechta turkumi boʻyicha bitta tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun ular bir transport vositasida bitta transport hujjati bilan bitta joʻnatuvchidan bitta qabul qiluvchining manziliga tashilayotgan boʻlishi lozim.
10. Bojxona tranziti bojxona rejimi ostida tovarlarni yetkazib berish ichki va xalqaro tranzit yoʻnalishlariga boʻlinadi.
Tovarlarni chegara oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organidan respublikaning ichki hududida joylashgan bojxona organiga, respublikaning ichki hududida joylashgan bir bojxona organidan boshqasiga bojxona nazorati ostida yetkazib berish ichki tranzit hisoblanadi.
Tovarlarni chegara oʻtkazish punktida joylashgan joʻnatuvchi bojxona organidan respublikaning ichki hududida joylashgan bojxona organi orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tovar kelib tushadigan chegaradagi bojxona organiga bojxona hududi boʻylab yetkazib berish xalqaro tranzit hisoblanadi.
11. Tranzit deklaratsiyasi oʻzbek yoki rus tilida tushunarli toʻldirilgan boʻlishi lozim.
Tovarning kuzatuv hujjatlarida shaxslar, tovarlar, transport vositalari nomlanishlari va boshqa maʼlumotlarning lotin yoki boshqa (arab, xitoy va h.k.) alifbolar harflarida yozilganligi holatlari uchrasa, u holda bunday maʼlumotlar tranzit deklaratsiyada lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi nomlanishlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi.
Masalan:
shaxsning nomi — “Central global cargo Gmbh”, “Xinjiang zhongtai chemical Co., LTD”, “Magnitogorskiy metallurgicheskiy kombinat”, Kupriyanov Igor Mixaylovich;
avtotransport vositasining nomi — avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida guvohnoma yoki rasmiy maʼlumotlarga muvofiq “Toyota land cruiser”, “BMW 523i”, “MAN”, “KAMAZ”, “MAZ”;
tovarning nomi — “Mars”, “Adidas”, “Alyonka”, “Russkoye pole”.
12. Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish va uning qogʻozda chop etiladigan shaklida maʼlumotlarni shakllantirishda Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 3 — 16-ilovalaridagi tasniflagichlardan foydalaniladi.
13. Tranzit deklaratsiyasi deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi, bundan bojxona hududi turgan bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berishni nazorat qilish uchun taqdim etiladigan hollar mustasno.
Bojxona hududida turgan bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berishni nazorat qilish uchun tranzit deklaratsiyasi tovarlar transport vositasiga yuklanishidan avval taqdim etiladi.
14. Tranzit deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 184-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan muddat davomida saqlanadi.
15. Bojxona organlari tranzit deklaratsiyasini qogʻozga chop etmaydilar va qogʻozdagi tranzit deklaratsiyalar nusxalarini imzo va muhr bilan tasdiqlab bermaydilar, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan yoki tashuvchi yoxud haydovchi tomonidan talab etiladigan holatlar mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tranzit deklaratsiya qogʻozga chop etilganda, bojxona organining vakolatli xodimi tranzit deklaratsiyasining har bir varagʻiga tegishli shtamp qoʻyadi, uni oʻz imzosi va shaxsiy raqamli muhri (agar bojxona organi xodimiga shaxsiy raqamli muhr biriktirilmagan boʻlsa, bojxona organining muhri) bilan tasdiqlaydi, qogʻozning yuqori oʻng burchagini esa “Nusxa” yozuvi bilan belgilaydi.
Tashuvchi yoki haydovchining talabiga koʻra tranzit deklaratsiyasi qogʻozga chop etilganda, qogʻozning yuqori oʻng burchagiga “Nusxa” yozuvi qayd etilmaydi, uning nusxasi imzo va muhr bilan tasdiqlab berilmaydi.
II boʻlim. “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasini toʻldirish tartibi
1-bob. Avtotransport vositasida yetkazib berilayotgan tovarlar boʻyicha tranzit deklaratsiyasini toʻldirish
1-§. “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimidan foydalanish tartibi
16. “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimida maʼlumotlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “Transport turi”.
Maydonda Transport turlari tasniflagichidan tovarlar olib oʻtilayotgan yoki harakatlanayotgan avtotransport vositalarining texnik xususiyatlaridan kelib chiqib transport turi quyidagi tartib boʻyicha tanlanadi:
“10” — yengil avtomobil (haydovchi oʻrnini hisobga olmaganda 8 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa ega boʻlgan);
“21” — yuk avtomobil (yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnagacha boʻlgan);
“22” — yuk avtomobil (yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnadan 20 tonnagacha boʻlgan);
“23” — yuk avtomobil (yuk koʻtarish qobiliyati 20 tonnadan ortiq boʻlgan);
“31” — avtobus (haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 12 tagacha oʻrindiqqa ega boʻlgan);
“32” — avtobus (haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 13 tadan 30 tagacha oʻrindiqqa ega boʻlgan);
“33” — avtobus (haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 30 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan);
“40” — mikroavtobus (transport vositasining toʻla vazni 3,5 tonnadan kam va haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan );
“50” — traktor;
“60” — mototransport;
“70” — maxsus transport;
2) 2-maydon. “Joʻnatuvchi bojxona posti”.
Maydonda Bojxona postlari tasniflagichiga asosan tranzit deklaratsiyasi taqdim etiladigan bojxona postining kodi va nomi tanlanadi;
3) 3-maydon. “Yuk tashish boshlangan mamlakat”.
Maydonda yuk tashish boshlangan (tovarlar mazkur transport vositasiga yuklangan) mamlakatning nomi transport hujjatiga asosan Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
4) 4-maydon. “Yuk tashish tugallanadigan mamlakat”.
Maydonda transport vositasidan tovarlar tushiriladigan (yetkazib beriladigan) mamlakat Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi.
Tovarlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasida tushirib qoldiriladigan hamda qolgan qismi tranzit olib oʻtiladigan boʻlsa, maydonda “Oʻzbekiston” yozuvi koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Qoʻshimcha maʼlumotlar”.
Maydonda qayd etilgan quyidagi savollar boʻyicha “Ha” yoki “Yoʻq” qisqa javoblaridan biri tanlanadi:
a) “Transport yuk bilanmi?” — harakatlanayotgan transport vositasida tovar olib oʻtilayotgan boʻlsa “Ha” javobi, aksi boʻlgan holatda “Yoʻq” javobi tanlanadi;
b) “Transport tovar sifatidami?” — harakatlanayotgan transport vositasi tovar sifatida olib oʻtilayotgan boʻlsa “Ha” javobi, aksi boʻlgan holatda “Yoʻq” javobi tanlanadi;
v) “Transport vazn va gabaritlari meʼyorlarga mosmi?” — harakatlanayotgan transport vositasining vazn va gabaritlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida qayd etilgan meʼyorlarga mos boʻlsa “Ha” javobi, aksi boʻlgan holatda “Yoʻq” javobi tanlanadi;
g) “Tovar boshqa transportga qayta yuklanadimi?” — Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanayotgan transport vositasiga ortilgan tovarlarning toʻliq yoki maʼlum bir qismi boshqa transport vositasiga yuklanadigan boʻlsa “Ha” javobi, aksi boʻlgan holatda “Yoʻq” javobi tanlanadi;
d) “Oyna tusi oʻzgartirilganmi?” — harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasining old, orqa va yon oynalari tusining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) boʻlsa “Ha” javobi, aksi boʻlgan holatda “Yoʻq” javobi tanlanadi;
e) “Tovarga avval tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilganmi?” — tovarga avval bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan boʻlsa “Ha” javobi, aksi boʻlgan holatda “Yoʻq” javobi tanlanadi. Bunda, “Ha” javobi tanlansa, “Avvalgi hujjat” nomi ostidagi maydonda tovarga rasmiylashtirilgan avvalgi tranzit deklaratsiyasining roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
Tovarga avval bir nechta tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan boʻlsa, har birining roʻyxat raqami alohida yangi qatordan koʻrsatiladi.
2-§. “Transport toʻgʻrisida maʼlumotlar” boʻlimidan foydalanish tartibi
17. “Transport toʻgʻrisida maʼlumotlar” boʻlimi “Tashuvchi maʼlumotlari”, “Transport toʻgʻrisida maʼlumotlar”, “Haydovchi maʼlumotlari” nomli qismlardan iborat. Boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlar olib oʻtilayotgan yoki tovar sifatida oʻzi harakatlanuvchi transport vositasi va uning haydovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
18. “Tashuvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar” qismida tovarlarni yetkazib berishni amalga oshirayotgan tashuvchining yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi qayd etilgan holda unga tegishli maʼlumotlar koʻrsatiladi.
19. Tashuvchi yuridik shaxs boʻlgan taqdirda, maʼlumotlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “Roʻyxatga olingan davlat”.
Maydonda tashuvchi yuridik shaxs sifatida roʻyxatga olingan mamlakat kodi Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
2) 2-maydon. “STIR”.
Maydonda tashuvchiga tegishli STIR koʻrsatiladi.
Tashuvchi STIRga ega boʻlmagan norezident boʻlsa, “999999999” kodi koʻrsatiladi;
3) 3-maydon. “Tashuvchi nomi”.
Maydonda tashuvchining (tashuvchi tashkilotning) nomi koʻrsatiladi.
Masalan, “Vodiy trans” MChJ;
4) 4-maydon. “Telefon raqami”.
Maydonda tashuvchining telefon raqami koʻrsatiladi.
Masalan, +998999999999;
5) 5-maydon. “Elektron pochta”.
Maydonda tashuvchining elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
20. Tashuvchi jismoniy shaxs boʻlganda, maʼlumotlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “Fuqaroligi”.
Maydonda tashuvchining fuqaroligi boʻyicha mamlakat kodi Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan “000-nomaʼlum” yozuvi qayd etiladi;
2) 2-maydon. “JSHSHIR”.
Maydonda tashuvchiga tegishli JSHSHIR koʻrsatiladi.
Tashuvchi JSHSHIRga ega boʻlmagan norezident boʻlsa, “99999999999999” kodi koʻrsatiladi;
3) 3-maydon. “FIO”.
Maydonda tashuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Masalan, Raimov Bektemir Aminjonovich;
4) 4-maydon. “Telefon raqami”.
Maydonda tashuvchining telefon raqami koʻrsatiladi.
Masalan, +998999999999;
5) 5-maydon. “Elektron pochta”.
Maydonda tashuvchining elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi;
6) 6-maydon. “Pasport seriyasi va raqami”.
Maydonda tashuvchining xorijga chiqishda foydalanadigan pasport seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Tranzit deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining ichki hududidagi joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berish uchun taqdim etilayotgan hollarda tashuvchining xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud boʻlmasa, uning biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Agar tashuvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining seriya va raqami koʻrsatiladi.
Maʼlumot boʻsh joysiz (probelsiz), lotin alifbosi harflari va raqamlardan iborat boʻlishi lozim.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda seriya va raqami qayd etilgan pasport nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqamini qayd etiladi hamda saqlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasport nusxasi mustasno;
21. “Transport toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” qismida tovarlar olib oʻtilayotgan yoki tovar sifatida oʻzi harakatlanuvchi transport vositasi haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “Davlat raqami”.
Maydonda avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi koʻrsatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisidagi harflar qaysi alifboda boʻlsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi mavjud boʻlmagan hollarda “000000” yozuvi qayd etiladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi qayd etilgan transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnoma (texnik pasport) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi va saqlanadi;
2) 2-maydon. “Roʻyxatdan oʻtgan mamlakat”.
Maydonda avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtgan mamlakatning nomi Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi.
Avtotransport vositasi tovar sifatida harakatlanayotgan boʻlsa, Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali “000-nomaʼlum” yozuvi qayd etiladi;
3) 3-maydon. “Markasi va modeli”.
Maydonda avtotransport vositasining markasi va modeli koʻrsatiladi. Marka va model haqidagi maʼlumotlar transport hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
4) 4-maydon. “VIN raqami”.
Maydonda transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) koʻrsatiladi.
Agar tovarni tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarini (tirkamalarni, yarim tirkamalarni va h.k.) harakatga keltiruvchi avtotransport vositasiga tegishli identifikatsiya raqami (VIN raqami) koʻrsatiladi.
Transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomada (texnik pasportda) qayd etiladi. Maʼlumot boʻsh joysiz (probelsiz), lotin alifbosi harflari va raqamlardan iborat boʻlishi lozim.
Transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) 17 ta belgidan iborat yagona raqam boʻlib, ayrim hollarda “Shassi”, ayrimlarida “Kuzov” raqami qismida beriladi.
Agar transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomada (texnik pasportda) transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) 17 ta belgidan kam boʻlgan taqdirda, identifikatsiya raqami (VIN raqami) 17 ta belgiga yetguniga qadar uning oldiga nol raqamlari qoʻyiladi.
Masalan, transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomada (texnik pasportda) transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) “XX1234” shaklida koʻrsatilgan boʻlsa, u holda identifikatsiya raqami (VIN raqami) “00000000000XX1234” shaklida qayd etiladi;
5) 5-maydon. “Yuksiz vazni (kg)”.
Maydonda avtotransport vositasining yuksiz vazni kilogrammda koʻrsatiladi;
6) 6-maydon. “Dvigatel quvvati (ot kuchi)”.
Maydonda avtotransport vositasining dvigatel quvvati (ot kuchi) koʻrsatiladi;
7) 7-maydon. “Katta hajmli va ogʻir yuklarni tashish uchun ruxsatnoma raqami”.
Maydonda Oʻzbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yoʻnalish boʻyicha katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishga huquq beruvchi hujjat (maxsus ruxsatnoma) raqami koʻrsatiladi.
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma (maxsus ruxsatnoma)ni rasmiylashtirish talab etilmaydigan hollarda maydonda maʼlumotlar koʻrsatilmaydi;
8) 8-maydon. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit oʻtishi uchun ruxsatnoma raqami”.
Maydonda xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranzit oʻtishi uchun ruxsatnoma talab etiladigan hollarda ruxsatnoma raqami koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida avtotransport vositasi uchun ruxsatnoma talab etilmasligi belgilangan hollarda “istisno qilish” deb nomlangan maydoncha orqali uning sabablaridan biri maʼlumotnomadan tanlanadi;
9) 9-maydon. “Ishlab chiqarilgan yili”.
Maydonda avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili maʼlumotnomadan tanlash orqali koʻrsatiladi;
10) 10-maydon. “Tirkama va konteyner raqami”.
Maydonda tirkama va konteyner raqamlari quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
a) “Tirkama maʼlumotlari” boʻlmasi orqali alohida ajratilgan maydonchalarda tirkamaning roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami, identifikatsiya raqami (VIN raqami), yuksiz vazni, roʻyxatga olingan davlati haqidagi maʼlumotlar mazkur bandning 1, 2, 4, 5-kichik bandlarida belgilangan tartibda koʻrsatiladi;
b) “Konteyner maʼlumotlari” boʻlmasi orqali alohida ajratilgan maydonchalarda konteyner raqami, uning yuksiz vazni, konteyner ortilgan tirkama raqami va konteyner tovar sifatida olib oʻtilayotganligi yoki tovar sifatida olib oʻtilmayotganligi haqida maʼlumotlar qayd etiladi.
Tirkama va (yoki) konteyner mavjud boʻlmagan hollarda ularga tegishli maydonlarda maʼlumot koʻrsatilmaydi;
22. “Haydovchi maʼlumotlari” qismida maydonlar quyidagi tartibda toʻldiriladi:
1) 1-maydon. “Fuqaroligi”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) fuqaroligi koʻrsatiladi. Haydovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, maʼlumotnomadan “000-nomaʼlum” yozuvi tanlanadi;
2) 2-maydon. “Pasport seriyasi va raqami”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) xorijga chiqishda foydalanadigan pasporti seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Tranzit deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining ichki hududidagi joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berish uchun taqdim etilayotgan hollarda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud boʻlmasa, uning biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Agar avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs (haydovchi) fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasining seriyasi va raqami koʻrsatiladi.
Maʼlumot boʻsh joysiz (probelsiz), lotin alifbosi harflari va raqamlardan iborat boʻlishi lozim.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda seriya va raqami qayd etilgan pasport nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasport nusxasi mustasno;
3) 3-maydon. “JSHSHIR”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) JSHSHIRi koʻrsatiladi.
Avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs (haydovchi) JSHSHIRga ega boʻlmagan norezident boʻlsa, “99999999999999” kodi koʻrsatiladi;
4) 4-maydon. “Familiyasi”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) familiyasi koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Ismi”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) ismi koʻrsatiladi;
6) 6-maydon. “Telefon raqami”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) telefon raqami koʻrsatiladi;
7) 7-maydon. “Elektron pochta”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
3-§. “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimidan foydalanish tartibi
23. “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimi “Yuk kuzatuv hujjatlari”, “Tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar” va “Notarif choralar” nomli qismlardan iborat.
24. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida maʼlumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qoʻshish” tugmasi orqali koʻrsatiladi. Agar tovarlarni qabul qiluvchisi yoki joʻnatuvchisi ikki yoki undan ortiq boʻlsa, har biriga oid maʼlumotlar alohida koʻrsatiladi.
25. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida maʼlumotlar quyidagicha koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “CMR raqami”.
Maydonda avtotransport vositasiga tegishli xalqaro transport yuk xati (CMR) raqami koʻrsatiladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami koʻrsatilgan xalqaro transport yuk xatining (CMR) nusxasi “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi;
2) 2-maydon. “CMR sanasi”.
Maydonda avtotransport vositasiga tegishli xalqaro transport yuk xatining (CMR) sanasi koʻrsatiladi;
3) 3-maydon. “Invoys raqami”.
Maydonda tovarlarni joʻnatuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) raqami koʻrsatiladi. Invoys (hisob, hisob-faktura) raqamida harflar mavjud boʻlgan taqdirda, ular qaysi alifboda boʻlsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami koʻrsatilgan invoys (hisob, hisob-faktura) nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqami qayd etiladi hamda saqlanadi;
4) 4-maydon. “Invoys sanasi”.
Maydonda tovarlarni joʻnatuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) sanasi koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Yuk joʻnatuvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar joʻnatilgan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda joʻnatuvchi shaxs haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
joʻnatuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
joʻnatuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
6) 6-maydon. “Yuk qabul qiluvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar kelib tushadigan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda qabul qiluvchi shaxs haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
qabul qiluvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JSHSHIRi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
qabul qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri, STIRi, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
7) 7-maydon. “Joylar soni”.
Maydonda tovarlar joylashtirilgan oʻrinlar (joylar) soni koʻrsatiladi.
Tovarlar sochilgan, uyumlangan, quyilgan (oʻramsiz) holatda olib kirilayotganda, “0” raqami qayd etiladi;
8) 8-maydon. “Manzil bojxona posti”.
Maydonda tovarlar yetkazib beriladigan bojxona postining kodi va nomi Bojxona postlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
9) 9-maydon. “Yuk tushiriladigan bojxona ombori”.
Maydonda tovarlar yetkaziladigan (joylashtiriladigan, tushiriladigan) bojxona ombori koʻrsatiladi.
Tovarlar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan boshqa omborlarga joylashtiriladigan yoki chegara bojxona posti orqali respublika hududidan olib chiqib ketiladigan yoxud deklarantda tovarlar joylashtiriladigan bojxona ombori haqida maʼlumot mavjud boʻlmagan hollarda maydonni toʻldirish talab etilmaydi;
10) 10-maydon. “Qoʻshimcha hujjatlar”.
Maydonda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos boʻluvchi qoʻshimcha hujjatlar (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bunda, qoʻshimcha hujjatlar haqidagi maʼlumotlar “Qoʻshish” tugmasi orqali quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
“Hujjat turi” nomli maydonchada hujjatning turi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
“Hujjat raqami” nomli maydonchada hujjatning raqami koʻrsatiladi.
Hujjat raqamida harflar ishtirok etsa, ular qaysi alifboda boʻlsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
“Hujjat sanasi” nomli maydonchada hujjatning sanasi koʻrsatiladi;
Agar koʻrsatilishi lozim boʻlgan hujjatlar soni bir nechta boʻlganda, har bir hujjatga tegishli maʼlumotlar yangi qatorda koʻrsatiladi.
26. “Tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar” qismida tovarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qoʻshish” tugmasi orqali koʻrsatiladi. Agar tovarlar bir nechta boʻlsa, har biriga oid maʼlumotlar alohida raqam ostida koʻrsatiladi.
Agar tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur qismda koʻrsatilgan namuna asosida “excel” formatida tayyorlangan boʻlsa, ushbu maʼlumotni yuklab olish orqali ham maydonlar toʻldirilishi mumkin.
27. “Tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar” qismida maʼlumotlar quyidagicha koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “TIF TN kodi”.
Maydonda tovarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi. Tovarning TIF TN kodi invoysdan (hisob, hisob-fakturadan) olinadi.
Agar tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodini koʻrsatishni imkoni boʻlmasa, maydonda TIF TNga muvofiq tovarning kodi oltita raqamgacha koʻrsatilishi mumkin;
2) 2-maydon. “Tovar nomi va tavsifi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Maydonda tovarga tegishli invoysda (hisob, hisob-fakturada) mavjud boʻlgan tovarning nomi, belgilari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (milliy standartlar, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) koʻrsatiladi;
(27-band 2-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi 183-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3382-1, 18.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 10/24/3382-1/0837-son)
3) 3-maydon. “Qadoq turi”.
Maydonda tovarga tegishli oʻrov varagʻida qayd etilgan tovarning qadoq turi Qadoq turlari maʼlumotnomasidan tanlash orqali koʻrsatiladi (masalan, paket, qop va h.k.);
4) 4-maydon. “Oʻlchov birligi”.
Maydonda tovarning oʻlchov birligi tovarning TIF TNga muvofiq kodi asosida quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatilgan boʻlsa, maydon TIF TNda keltirilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq bojxona organi tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda toʻldiriladi;
tovarning TIF TNga muvofiq kodi oltita raqamgacha koʻrsatilgan boʻlsa, maydonda tovarning kuzatuv hujjatlaridagi oʻlchov birligi maʼlumotnomadan tanlash orqali koʻrsatiladi.
Masalan:
transport vositasida ogʻirligi 4200 kilogrammga teng 50 ta dona muzlatkich olib oʻtilayotgan boʻlsa — maydonda “796-sht” yozuvi koʻrsatiladi;
transport vositasida ogʻirligi 23000 kilogrammga teng 460 ta qopda bugʻdoy uni olib oʻtilayotgan boʻlsa — maydonda “166-kg” yozuvi koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Miqdori”.
Maydonda tovarning ushbu qismning 4-maydonida koʻrsatilgan oʻlchov birligidagi miqdori tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
6) 6-maydon. “Brutto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “brutto” ogʻirligi koʻrsatiladi;
7) 7-maydon. “Netto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “netto” ogʻirligi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
8) 8-maydon. “Faktura qiymati”
Maydonda tovarning invoysda (hisob, hisob-fakturada) qayd etilgan faktura qiymati koʻrsatiladi;
9) 9-maydon. “Valyuta turi”.
Maydonda tovarning faktura qiymatini invoysdagi (hisob, hisob-fakturadagi) hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta nomi boʻyicha valyuta turi Valyutalar tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
10) tovar sifatida avtotransport vositasi olib oʻtilayotgan hollarda alohida ajratilgan maydonlarda uning ishlab chiqarilgan yili, dvigatelning ish hajmi (quvvati, ot kuchi) koʻrsatiladi.
28. “Notarif choralar” qismida maʼlumotlar (tovar va transport vositalariga nisbatan mavjud taqiqlar, cheklovlar, chegara bojxona postida talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va h.k.) normativ-huquqiy hujjatlar asosida avtomatik tarzda shakllanadi.
Agar tovarga nisbatan talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni taqdim etmaslik uchun asos boʻluvchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda, “istisno” deb nomlangan maydonga belgi qoʻyish orqali ushbu hujjat haqida maʼlumot mazkur Nizomning 25-bandi 10-kichik bandi talablari asosida qayd etiladi.
4-§. “Kafolat va yigʻimlar” boʻlimidan foydalanish tartibi
29. “Kafolat va yigʻimlar” boʻlimi “Kafolat” va “Yigʻimlar” nomli qismlardan iborat boʻlib, taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi hamda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash usullariga oid maʼlumotlar koʻrsatiladi.
30. Taqdim etilgan maʼlumotlarga asosida “Kafolat” qismida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning dastlabki summasi bojxona organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi.
31. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagilar koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “Kafolat turini tanlang”.
Maydonda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash usullari maʼlumotnomadan tanlash orqali koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan boʻlsa, maʼlumotnomadan “Bojxona hamrohligida kuzatib borish” yozuvi tanlanadi.
Agar tovarlar yetkazib berish milliy tashuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, “milliy avtotashuvchi” yozuvi tanlanadi;
2) 2-maydon. “Raqami”.
Maydonda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami qayd etiladi.
Agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 223-moddasiga asosan milliy tashuvchi tomonidan yetkazib beriladigan hollarda tashuvchining litsenziya raqami qayd etiladi;
32. “Yigʻimlar” qismida qonunchilik hujjatlariga asosan undiriladigan yigʻimlarning soʻmdagi dastlabki miqdori “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashgan tartibda hisoblanadi.
5-§. “Hujjatlarni generatsiyalash” boʻlimidan foydalanish tartibi
33. “Hujjatlarni generatsiyalash” boʻlimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida tranzit deklaratsiyasi shakllantiriladi.
34. “E-Tranzit” AATga maʼlumot kiritgan deklaratsiyalovchi shaxs mazkur boʻlimda shakllantirilgan hujjatlarni qogʻozga chop etishi va yuklab olishi mumkin.
35. Deklaratsiyalovchi shaxsning xohishiga koʻra yigʻimlar bir vaqtning oʻzida “E-Tranzit” AAT orqali yaratilgan ilovalardan foydalangan holda “Toʻlovlarni amalga oshirish” boʻlmasiga belgi qoʻyish orqali toʻlanadi.
Agar vakolatli shaxs yigʻimlarni chegara bojxona postida toʻlasa, “E-Tranzit” AATdagi “Chegara bojxona postida toʻlash” boʻlmasiga belgi qoʻyadi.
36. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish “Deklaratsiyani tasdiqlayman va yuboraman” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Temir yoʻl transport vositasida yetkazib berilayotgan tovarlar boʻyicha tranzit deklaratsiyasini toʻldirish
1-§. “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimidan foydalanish tartibi
37. “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimida maʼlumotlar transport hujjatlariga asosan quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “Vagon raqami”.
Maydonda SMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xatida qayd etilgan temir yoʻl vagoni raqami koʻrsatiladi;
2) 2-maydon. “Indeks raqami”.
Maydonda transportning (poyezdning) indeks raqami koʻrsatiladi (mavjud boʻlsa);
3) 3-maydon. “Joʻnatuvchi bojxona posti”.
Maydonda Bojxona postlari tasniflagichiga asosan tranzit deklaratsiyasi taqdim etiladigan bojxona postining kodi va nomi tanlanadi;
4) 4-maydon. “Joʻnatuvchi stansiya”.
Maydonda SMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xatida qayd etilgan dastlabki joʻnatuvchi stansiyaning kodi koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Oxirgi stansiya”.
Maydonda SMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xatida qayd etilgan oxirgi manzil stansiyaning kodi koʻrsatiladi;
6) 6-maydon. “Konteyner maʼlumotlari”.
Maydondagi alohida ajratilgan maydonchalarda konteyner raqami, uning yuksiz vazni va konteyner tovar sifatida olib oʻtilayotganligi yoki tovar sifatida olib oʻtilmayotganligi haqidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
2-§. “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimidan foydalanish tartibi
38. “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimi “Yuk kuzatuv hujjatlari” va “Tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar” nomli qismlardan iborat.
39. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida maʼlumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qoʻshish” tugmasi orqali koʻrsatiladi. Agar tovarlarni qabul qiluvchisi va joʻnatuvchisi ikki yoki undan ortiq boʻlsa, ularning har biriga oid maʼlumotlar alohida koʻrsatiladi.
40. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida maʼlumotlar quyidagicha koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “CMGS raqami”.
Maydonda CMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xati raqami koʻrsatiladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami koʻrsatilgan CMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xatining nusxasi “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi;
2) 2-maydon. “Invoys raqami”.
Maydonda tovarlarni joʻnatuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) raqami koʻrsatiladi. Invoys (hisob, hisob-faktura) raqamida harflar mavjud boʻlgan taqdirda, ular qaysi alifboda boʻlsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami koʻrsatilgan invoys (hisob, hisob-faktura) nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi;
3) 3-maydon. “Invoys sanasi”.
Maydonda tovarni joʻnatuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) sanasi koʻrsatiladi;
4) 4-maydon. “Konteyner raqami”.
Maydonda tovarlar ortilgan konteyner raqami “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimida qayd etilgan konteynerlardan birini tanlagan holda koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Yuk joʻnatuvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar joʻnatilgan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda joʻnatuvchi shaxs haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
joʻnatuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
joʻnatuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
6) 6-maydon. “Yuk qabul qiluvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar kelib tushadigan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda qabul qiluvchi shaxs haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
qabul qiluvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JSHSHIRi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
qabul qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri, STIRi, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
7) 7-maydon. “Joylar soni”.
Maydonda tovarlar joylashtirilgan oʻrinlar (joylar) soni koʻrsatiladi.
Tovarlar sochilgan, uyumlangan, quyilgan (oʻramsiz) holatda olib kirilayotganda, “0” raqami qayd etiladi;
8) 8-maydon. “Manzil stansiya”.
Maydonda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tashuv tugallanadigan stansiya temir yoʻl stansiyalari maʼlumotnomasidan tanlash orqali quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
tovarlar ichki tranzit yoʻnalishi boʻyicha yetkazib berilayotgan boʻlsa — SMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xatining 5-grafasidagi temir yoʻl stansiyasi;
tovarlar xalqaro tranzit yoʻnalishi boʻyicha yetkazib berilayotgan boʻlsa — SMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xatining 6-grafasidagi temir yoʻl stansiyasi;
9) 9-maydon. “Manzil bojxona posti”.
Maydonda tovarlar yetkazib beriladigan bojxona postining kodi va nomi Bojxona postlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
10) 10-maydon. “Qoʻshimcha hujjatlar”.
Maydonda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos boʻluvchi qoʻshimcha hujjatlar (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bunda, qoʻshimcha hujjatlar haqidagi maʼlumotlar “Qoʻshish” tugmasi orqali quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
“Hujjat turi” nomli maydonchada hujjatning turi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi;
“Hujjat raqami” nomli maydonchada hujjatning raqami koʻrsatiladi.
Hujjat raqamida harflar ishtirok etsa, ular qaysi alifboda boʻlsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
“Hujjat sanasi” nomli maydonchada hujjatning sanasi koʻrsatiladi.
Agar koʻrsatilishi lozim boʻlgan hujjatlar soni bir nechta boʻlganda, har bir hujjatga tegishli maʼlumotlar alohida koʻrsatiladi.
41. “Tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar” qismida tovarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qoʻshish” tugmasi orqali koʻrsatiladi. Agar tovarlar bir nechta boʻlsa, har bir tovar haqidagi maʼlumotlar alohida raqam ostida koʻrsatiladi.
Agar tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur qismda koʻrsatilgan namuna asosida “excel” formatida tayyorlangan boʻlsa, ushbu maʼlumotni yuklab olish orqali ham maydonlar toʻldirilishi mumkin.
42. “Tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar” qismida maʼlumotlar quyidagicha koʻrsatiladi:
1) 1-maydon. “TIF TN kodi”.
Maydonda tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi. Tovarning TIF TN kodi invoysdan (hisob, hisob-fakturadan) olinadi.
Agar tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodini koʻrsatishni imkoni boʻlmasa, maydonda TIF TNga muvofiq tovarning kodi oltita raqamgacha koʻrsatilishi mumkin;
2) 2-maydon. “Tovar nomi va tavsifi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Maydonda tovarga tegishli invoysda (hisob, hisob-fakturada) mavjud boʻlgan tovarning nomi, belgilari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (milliy standartlar, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) koʻrsatiladi;
(42-band 2-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi 183-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3382-1, 18.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 10/24/3382-1/0837-son)
3) 3-maydon. “Oʻlchov birligi”.
Maydonda tovarning oʻlchov birligi tovarning TIF TNga muvofiq kodi asosida quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
tovarning TIF TNga muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatilgan boʻlsa, maydon TIF TNda keltirilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq bojxona organi tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda toʻldiriladi;
tovarning TIF TNga muvofiq tovarning kodi oltita raqamgacha koʻrsatilgan boʻlsa, maydonda tovarning kuzatuv hujjatlaridagi oʻlchov birligi maʼlumotnomadan tanlash orqali koʻrsatiladi.
Masalan:
transport vositasida ogʻirligi 4200 kilogrammga teng 50 ta dona muzlatkich olib oʻtilayotgan boʻlsa — maydonda “796-sht” yozuvi koʻrsatiladi;
transport vositasida ogʻirligi 23000 kilogrammga teng 460 ta qopda bugʻdoy uni olib oʻtilayotgan boʻlsa — maydonda “166-kg” yozuvi koʻrsatiladi;
4) 4-maydon. “Miqdori”.
Maydonda tovarning ushbu qismning 3-maydonida koʻrsatilgan oʻlchov birligidagi miqdori kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
5) 5-maydon. “Brutto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “brutto” ogʻirligi koʻrsatiladi;
6) 6-maydon. “Netto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “netto” ogʻirligi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida koʻrsatiladi;
7) 7-maydon. “Faktura qiymati”
Maydonda nomi tovarning invoysda (hisob, hisob-fakturada) qayd etilgan faktura qiymati koʻrsatiladi;
8) 8-maydon “Valyuta turi”.
Maydonda tovarning faktura qiymatini invoysdagi (hisob, hisob-fakturadagi) hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta nomi boʻyicha valyuta turi Valyutalar tasniflagichidan tanlash orqali koʻrsatiladi.
3-§. “Yigʻimlar” boʻlimidan foydalanish tartibi
43. “Yigʻimlar” boʻlimida qonunchilik hujjatlariga asosan undiriladigan yigʻimlarning soʻmdagi dastlabki miqdori E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashgan tartibda hisoblanadi.
4-§. “Hujjatlarni generatsiyalash” boʻlimidan foydalanish tartibi
44. “Hujjatlarni generatsiyalash” boʻlimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida tranzit deklaratsiyasi shakllantiriladi.
45. “E-Tranzit” AATga maʼlumot kiritgan deklaratsiyalovchi shaxs mazkur boʻlimda shakllantirilgan hujjatlarni qogʻozga chop etishi va yuklab olishi mumkin.
46. Deklaratsiyalovchi shaxsning xohishiga koʻra yigʻimlar bir vaqtning oʻzida “E-Tranzit” AAT orqali yaratilgan ilovalardan foydalangan holda “Toʻlovlarni amalga oshirish” boʻlmasiga belgi qoʻyish orqali toʻlanadi.
Agar vakolatli shaxs yigʻimlarni chegara bojxona postida toʻlasa, “E-Tranzit” AATdagi “Chegara bojxona postida toʻlash” boʻlmasiga belgi qoʻyadi.
47. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish “Deklaratsiyani tasdiqlayman va yuboraman” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
III boʻlim. Tranzit deklaratsiyasini qogʻozga chop etiladigan shaklida maʼlumotlarni shakllantirish tartibi
3-bob. Tranzit deklaratsiyasini qogʻozga chop etiladigan shakli
48. Qogʻozga chop etiladigan tranzit deklaratsiyasi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi tranzit deklaratsiyasining asosiy varagʻi, bir nechta tovarlarni deklaratsiyalashda esa ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi tranzit deklaratsiyasining qoʻshimcha varagʻidan iborat boʻladi.
Tranzit deklaratsiyasining asosiy varagʻida bitta tovar, bitta qoʻshimcha varagʻida esa uchta tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
49. Tranzit deklaratsiyasini qogʻozga chop etiladigan shakli deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 1 va 2-boblarida belgilangan tartibda koʻrsatilgan maʼlumotlarga va bojxona organi xodimi tomonidan qayd etilgan belgilarga asosan “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda toʻldiriladi.
4-bob. Tranzit deklaratsiyasini qogʻozga chop etiladigan shaklidagi grafalarning toʻldirish tartibi
50. Qogʻozga chop etiladigan shakldagi tranzit deklaratsiyasining quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 13, 14, 15, 15a, 17, 17a, 18, 19, 22, 23, 26, 29, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 46, 47, 50, 53, 54, “A” va “D”.
51. Tranzit deklaratsiyasini qogʻozga chop etiladigan shaklidagi grafalar quyidagi tartibda toʻldiriladi:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida bojxona tranziti operatsiyasi yoʻnalishining qisqa nomi quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
tovarlar ichki tranzit yoʻnalishi boʻyicha yetkazib berilayotgan boʻlsa — “VT”;
tovarlar xalqaro tranzit yoʻnalishi boʻyicha yetkazib berilayotgan boʻlsa — “MT”;
Grafaning ikkinchi boʻlmasida “80” kodi koʻrsatiladi;
2) 2-grafa. “Yukni joʻnatuvchi”.
Grafada bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni joʻnatuvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
joʻnatuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili;
joʻnatuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri;
3) 3-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida tranzit deklaratsiyasi varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Masalan, agar tranzit deklaratsiyasi ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa, uning asosiy varagʻida “1/3”, birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”, ikkinchi qoʻshimcha varagʻida “3/3” koʻrsatiladi. Agar tranzit deklaratsiyasi qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada tranzit deklaratsiyasining 31-grafalarida koʻrsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son tranzit deklaratsiyasining 31-grafalari soniga muvofiq boʻlishi lozim;
5) 7-grafa. “Roʻyxat raqam”.
Grafada tranzit deklaratsiyasi taqdim etilgan bojxona postining kodi, tranzit deklaratsiyasining raqami va u roʻyxatga olingan sana quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
99999 / 99.99.9999 / 9999999
1 2 3 4 5
1-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qayd etilgan bojxona postining Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq beshta belgili kodi;
2, 3 va 4-elementlar — tranzit deklaratsiyasi bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kun, oy va yil;
5-element — bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan tranzit deklaratsiyasining tartib raqami (joriy yilda oʻsish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi);
6) 8-grafa. “Yukni qabul qiluvchi”.
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni qabul qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni qabul qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
qabul qiluvchi jismoniy shaxs boʻlsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
qabul qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng yukni qabul qiluvchining STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa, JSHSHIRi) koʻrsatiladi.
Tovarlar STIR yoki JSHSHIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotganda, “999999999” kodi koʻrsatiladi;
7) 9-grafa. “Tashuvchi”.
Grafada tovarlarni tashuvchisi toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
tashuvchi jismoniy shaxs boʻlsa — uning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili), telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tashuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va yuridik manzili), telefon raqami;
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng tashuvchining STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa, JSHSHIRi) koʻrsatiladi. Tashuvchi STIR yoki JSHSHIRga ega boʻlmagan shaxs boʻlsa, “999999999” kodi koʻrsatiladi;
8) 13-grafa.
Grafada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olingan kundagi AQSh dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi;
9) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Grafada bojxona brokeri yoki deklaratsiyani taqdim etgan deklarant haqidagi maʼlumotlar (yuridik shaxs boʻlsa — uning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), jismoniy shaxs boʻlsa — familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili) koʻrsatiladi.
Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan soʻng, bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa, JSHSHIRi) koʻrsatiladi;
10) 15-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat”.
Grafada tovar joʻnatilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi koʻrsatiladi;
11) 15a-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Grafada tovar joʻnatilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi;
12) 17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”.
Grafada tovar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi koʻrsatiladi;
13) 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”.
Grafada tovar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi;
14) 18-grafa. “Joʻnatish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”.
Grafada joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transport vositasi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Grafaning chap boʻlmasida transport vositalari miqdori yoziladi, bitta boʻsh joy (probel) tashlab Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, soʻngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qoʻyilgan holda transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (temir yoʻl vagoni raqami, avtotransport vositasi roʻyxat raqami, avtotransport vositasining VIN raqami va shu kabi maʼlumotlar).
Masalan:
1 AVTO: A987SA; WYC5241321L245013;
1 JD: 63453546;
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan olib oʻtilgan boʻlsa, transport vositasi roʻyxat raqamidan soʻng “/” ajratish belgisi qoʻyilgan holda tirkamalar, yarim tirkamalar raqamlari va ularning VIN raqamlari koʻrsatiladi.
Masalan:
1 AVTO: A987SA;WYC5241321L245013/K118DS;SYC5241321L245013.
Grafaning oʻng boʻlmasida transport vositasi tegishli boʻlgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi koʻrsatiladi.
Agar tovarlarni tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan boʻlsa, ushbu transport vositalarini (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltirgan avtotransport vositasi roʻyxatga olingan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Grafada transport vositasi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin;
15) 19-grafa. “Konteyner”.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“0” — agar tovarlar konteynerda olib oʻtilmayotgan boʻlsa;
“1” — agar tovarlar konteynerda olib oʻtilayotgan yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan boʻlsa;
16) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap boʻlmasida faktura qiymatning invoysdagi (hisob, hisob-fakturadagi) hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta kodi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida raqamlarda tovarlarni faktura qiymatining umumiy summasi koʻrsatiladi.
Tovarlarni faktura qiymatining umumiy summasi tranzit deklaratsiyasining 42-grafalaridagi qiymatlar yigʻindisidan tashkil topadi;
17) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada tranzit deklaratsiyasining 22-grafasida kodi koʻrsatilgan valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 182,52 soʻm boʻlsa, grafada “1/182,52” koʻrsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 79,70 soʻm boʻlsa, grafada “10/79,70” koʻrsatiladi;
agar valyuta kontrakti Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi boʻlsa, grafada “1/1” koʻrsatiladi;
18) 26-grafa. “Transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 18-grafada koʻrsatilgan transport vositasi turining kodi koʻrsatiladi;
19) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan bojxona posti kodi va nomi koʻrsatiladi
Tranzit deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining ichki hududidagi joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berish uchun taqdim etilgan boʻlsa, grafa toʻldirilmaydi;
20) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan koʻrsatilgan maʼlumot qayd etiladi. Maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — tovar tavsifi hamda tovarning miqdor va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2 — oʻramga ega boʻlgan tovar uchun u egallagan yuk joylarining umumiy soni, agar tovarlar sochilgan, uyumlangan, quyilgan (oʻramsiz) holatda olib kirilgan boʻlsa, “0” raqami koʻrsatiladi.
3 — tovar konteynerda tashilganda yoki konteyner tovar sifatida olib oʻtilayotgan hollarda konteyner raqami yoziladi.
Grafaning pastki oʻng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori va oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi koʻrsatiladi;
21) 32-grafa. “Tovar №”.
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi;
22) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlarning TIF TNga muvofiq oʻnta yoki oltita raqamli kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod boʻsh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
23) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada tranzit deklaratsiyasidagi tovarning kilogrammdagi “brutto” ogʻirligi koʻrsatiladi;
24) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafada tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtish protsedurasining yetti belgili kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona tranziti bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona tranziti bojxona rejimi mavjud boʻlmasa, “00” koʻrsatiladi;
oxirgi uchta raqam — “000” kodi koʻrsatiladi;
25) 38-grafa. “Netto vazn (kg)”.
Grafada tovarning deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qayd etilgan kilogrammdagi “netto” ogʻirligi koʻrsatiladi;
26) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval bojxona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻlgan tranzit deklaratsiyasining roʻyxat raqami koʻrsatiladi;
27) 41-grafa. “Qoʻshimcha oʻlchov birligi”.
Grafada TIF TNda keltirilgan “Oʻlchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki oʻng boʻlmasida koʻrsatilgan tovar miqdorining qoʻshimcha oʻlchov birligi kodi koʻrsatiladi;
28) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qayd etilgan tovarning faktura qiymati koʻrsatiladi;
29) 44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafada tranzit deklaratsiyasini toʻldirishga asos boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Har bir hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodi qayd etilgan holda koʻrsatiladi;
30) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning statistik qiymati koʻrsatiladi. Statistik qiymat sifatida 42-grafada koʻrsatilgan va ming AQSh dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng, uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olingan kunda amalda boʻlgan kursdan foydalaniladi;
31) 47-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Grafada bojxona toʻlovlarining hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
“Toʻlov turi” ustunida Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi koʻrsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi.
“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining belgilangan stavkasi miqdori koʻrsatiladi.
“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi koʻrsatiladi;
32) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada tranzit deklaratsiyasini toʻldirishga asos boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni deklaratsiyalovchi shaxsga taqdim etgan hamda ulardagi maʼlumotlarga javobgar hisoblangan vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va unga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JSHSHIR deb yuritiladi) koʻrsatiladi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxs JSHSHIRi mavjud boʻlmagan norezident boʻlsa, u holda shaxsning JSHSHIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi koʻrsatiladi.
33) 53-grafa. “Kelib tushadigan bojxona va mamlakat”.
Grafa xalqaro tranzit yoʻnalishi boʻyicha yetkazib berilayotgan tovar va (yoki) transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirishda toʻldiriladi.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan bojxona organi nomi va kodi koʻrsatiladi;
34) 54-grafa. “Joy va sana”.
Grafada deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi):
1 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami;
3 — deklaratsiyalovchi shaxsning JSHSHIRi;
35) “A” grafa.
Grafada tranzit deklaratsiyasiga berilgan identifikatsiya kodi qayd etiladi;
36) “D” grafa.
Grafaning chap boʻlmasida joʻnatuvchi bojxona organiga tegishli maʼlumotlar quyidagi tartibda toʻldiriladi:
roʻyxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasida — “Qabul qilinmagan” yozuvi qayd etiladi;
roʻyxatga olinib, qabul qilingan tranzit deklaratsiyasida — “Qabul qilingan, rasmiylashtirilmagan” yozuvi qayd etiladi;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasida — bojxona organi tomonidan ushbu tranzit deklaratsiyasida bayon etilgan tovar va transport vositalariga nisbatan qabul qilingan qarorlar haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida maʼlumotlar quyidagi tartibda toʻldiriladi:
joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasida — “Bojxona nazoratidagi yuk” yozuvi qayd etiladi;:
qabul qiluvchi bojxona organi tomonidan tranzit bojxona rejimi yakunlanganda — tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarorlar haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) koʻrsatiladi.
IV boʻlim. Tranzit deklaratsiyasini roʻyxatga olish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish
5-bob. Tranzit deklaratsiyasini roʻyxatga olish va rasmiylashtirish tartibi
52. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasini bojxona organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish real vaqt rejimida “E-tranzit” AATda avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
“E-tranzit” AATda tranzit deklaratsiyalarini roʻyxatda oʻtkazish identifikatsiya kodi va tartib raqamlari berilgan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
identifikatsiya kodi bitta transport vositasi va bitta transport hujjati boʻyicha bir vaqtda taqdim etilgan tranzit deklaratsiyalariga beriladi;
tartib raqami mazkur Nizomning 51-bandida belgilangan tartibda har bir tranzit deklaratsiyasining 7-grafasini toʻldirish orqali beriladi.
53. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan tovar va transport vositasi joʻnatuvchi bojxona organiga yetib kelganidan soʻng qabul qilinadi. Bunda, deklarant tomonidan tovar va transport vositasi boʻyicha taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AAT tomonidan berilgan identifikatsiya kodi bojxona organiga maʼlum qilinishi zarur.
Tranzit deklaratsiyasini qabul qilish deklarant tomonidan bojxona organlariga tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etishi va identifikatsiya kodini maʼlum qilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi hamda bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor qilinadi.
54. Roʻyxatga olingan tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilingandan soʻng, bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Tranzit deklaratsiyasining joʻnatuvchi bojxona organida bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch soat davomida, bundan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda tranzit deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar mustasno;
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan boshqa hollarda tranzit deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida.
Mazkur muddatlar xavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi.
6-bob. Roʻyxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish
56. Tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olinib, bojxona organi tomonidan qabul qilib olinguniga qadar deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishi, uni qaytarib olishi mumkin.
57. Roʻyxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda, deklaratsiyalovchi shaxs “E-Tranzit” AATda “Deklaratsiyani tuzatish” tugmasi orqali amalga oshiriladi. Bunda, tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish mazkur Nizomning 1 va 2-boblarida belgilangan tartibda hamda ketma-ketlikda amalga oshiriladi, bundan “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda toʻldirilgan maydonlar mustasno.
58. Roʻyxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish “Deklaratsiyani qaytarib olish” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
Agar bitta identifikatsiya kodi bilan roʻyxatga olingan bir nechta tranzit deklaratsiyalarining bittasini qaytarib olish zarurati yuzaga kelgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida ularning barchasi qaytarib olinadi.
59. Qaytarib olingan tranzit deklaratsiyasining oʻrniga yangi tranzit deklaratsiyasini taqdim etish mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan muddatidan oshib ketmasligi lozim.
60. Tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar joʻnatuvchi bojxona organiga taqdim etilmasa, tranzit deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi. Bunda, tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda bekor qilinadi hamda bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali maʼlum qilinadi.
61. Qaytarib olingan yoki bekor qilingan tranzit deklaratsiyasining identifikatsiya kodi va tartib raqamlari boshqa tranzit deklaratsiyasiga berilmaydi.
7-bob. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish
1-§. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish
62. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyalariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga muvofiq bojxona organining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Qabul qilingan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun bojxona organiga deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs murojaat qiladi.
Qabul qilingan tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish yoki rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun bojxona organiga deklarant yoki uning nomidan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi ishonchnomasi asosida deklaratsiyalovchi shaxs murojaat qiladi.
63. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
tranzit deklaratsiyasini toʻldirish va taqdim etish jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur boʻlganda;
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta tranzit deklaratsiyasi qabul qilinganligi aniqlanganda;
tranzit deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish uchun asos boʻladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda.
64. Quyidagi hollarda tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish taqiqlanadi:
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan tranzit deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarga tegishli hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar talab qilinib, bu boʻyicha tekshiruv yakuniga yetmagan boʻlsa;
tranzit deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan boʻlsa;
tranzit deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni bojxona ekspertizasidan oʻtkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan boʻlsa.
65. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun oʻz xohishiga koʻra quyidagi shakllarda murojaat qiladi:
tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AATda oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish uchun tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olingan bojxona organiga axborot almashish tizimi orqali;
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasini “E-Tranzit” AAT orqali oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tuzatish kiritish varagʻini taqdim etish orqali.
66. Tuzatish kiritish varagʻida tranzit deklaratsiyasining bojxona organida roʻyxatga olingan raqami, oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish lozim boʻlgan grafa va (yoki) maydonlar, ularga kiritiladigan tuzatishlar bilan bogʻliq maʼlumotlar koʻrsatiladi hamda tuzatish kiritish varagʻi uni taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi.
67. Tranzit deklaratsiyaga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi murojaatlar bojxona organi tomonidan quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi boʻyicha murojaat mazkur Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan rasmiylashtiruv muddatlari ichida;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi boʻyicha murojaat Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasida belgilangan muddatda.
68. Bojxona organi murojaatni koʻrib chiqib, mazkur Nizomning 63 va 64-bandlariga muvofiq tranzit deklaratsiyaga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishni asosli deb topsa, tranzit deklaratsiyadagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha murojaat etgan shaxsni xabardor etadi.
Tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AATda oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida murojaat qilingan boʻlsa, bojxona organi tomonidan “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish imkoniyati yaratiladi. Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlarga “E-Tranzit” AATda quyidagi muddatlar ichida oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida.
Murojaat tuzatish kiritish varagʻi orqali amalga oshirilgan boʻlsa, bojxona organi tomonidan “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasi maʼlumotlariga bir ish kuni ichida oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritiladi. Bunda, tuzatish kiritish varagʻi tranzit deklaratsiyaga ilova tarzda biriktiriladi.
69. Deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasi boʻyicha tovar va transport vositasi bilan bogʻliq hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish zarurati yuzaga kelganda, hujjat nusxalarini axborot almashish tizimi orqali taqdim etadi, bundan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlar mustasno.
Bojxona organi taqdim etilgan hujjatni axborot almashish tizimi orqali qabul qilib oladi, bundan asossiz taqdim etilgan yoki sifatsiz (xira, boʻyalgan, tushunarsiz va h.k.) yoxud “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlar mustasno.
70. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi deklarantning murojaatiga asosan quyidagi hollarda qaytarib olinishi mumkin:
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta tranzit deklaratsiyasi qabul qilingan holat aniqlanganda;
tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish uchun asos boʻladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda.
71. Tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish zarurati yuzaga kelganda, deklarant bojxona organiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Murojaatda qaytarib olish zarur boʻlgan tranzit deklaratsiyasining roʻyxat raqami, uni qaytarib olishning sabablari qayd etiladi.
72. Tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish boʻyicha taqdim etilgan murojaat bojxona organi tomonidan mazkur Nizomning 67-bandida nazarda tutilgan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
73. Bojxona organi murojaatni koʻrib chiqib, tranzit deklaratsiyasini qaytarib olishni mazkur Nizomning 70-bandiga muvofiq asosli deb topsa, tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AATda bir ish kuni ichida qaytariladi.
74. Bojxona organi murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish uchun mazkur Nizomning 70-bandiga muvofiq asoslar mavjud emas deb topsa, tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishni, uni qaytarib olishni rad etadi. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
2-§. Bojxona organi tashabbusi bilan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni bekor qilish
75 Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyalariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish bojxona organining talabi asosida mazkur Nizomning 63-bandida tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
76. Mazkur Nizomning 64-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bojxona organi tashabbusi bilan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish, uni bekor qilish taqiqlanadi.
77. Bojxona organi tomonidan aniqlangan tranzit deklaratsiyasidagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish zarur boʻlganda, bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi hamda “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasini oʻzgartirish imkoniyati yaratiladi.
78. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs oʻz xohishiga koʻra tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun quyidagilardan birini amalga oshiradi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlarga bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida, rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga besh kun ichida “E-Tranzit” AAT orqali oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritadi;
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AAT orqali oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish imkoni boʻlmaganda, bojxona organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tuzatish kiritish varagʻini qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi boʻyicha bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida, rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi boʻyicha besh kun ichida taqdim etadi.
Tuzatish kiritish varagʻida tranzit deklaratsiyasining bojxona organida roʻyxatga olingan raqami, oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish lozim boʻlgan grafa va maydonlar, ularga kiritiladigan tuzatishlar bilan bogʻliq maʼlumotlar koʻrsatiladi hamda uni taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Agar deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun zarurat yoʻq deb hisoblasa, bu haqda yozma yoki elektron shaklda bojxona organiga oʻzining asoslantirilgan xatini mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida taqdim etishi lozim.
79. Tuzatish kiritish varagʻi taqdim etilgandan soʻng, bojxona organi tomonidan “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasi maʼlumotlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritiladi. Bunda, tuzatish kiritish varagʻi tranzit deklaratsiyasiga ilova tarzda biriktiriladi.
80. Bojxona organi talabi bilan tranzit deklaratsiyasi boʻyicha tovar va transport vositasi bilan bogʻliq qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etish zarurati yuzaga kelganda, deklaratsiyalovchi shaxs hujjat nusxalarini axborot almashish tizimi orqali taqdim etadi, bundan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlar mustasno.
Agar deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organi tomonidan talab etilgan hujjatlarni taqdim etish uchun zarurat yoʻq deb hisoblasa, bu haqda yozma yoki elektron shaklda bojxona organiga oʻzining asoslantirilgan xatini taqdim etishi mumkin.
81. Bojxona organi taqdim etilgan hujjatni axborot almashish tizimi orqali qabul qilib oladi, bundan talab etilmagan (asossiz taqdim etilgan) yoki sifatsiz (xira, boʻyalgan, tushunarsiz va h.k.) hujjatlar yoxud “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan mustasno.
82. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tashabbusi bilan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasiga belgilangan muddatda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan “E-Tranzit” AAT orqali oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritilmasa;
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasiga belgilangan muddatda deklarant tomonidan tuzatish kiritish varagʻi taqdim etilmasa;
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olingan holat tasdiqlanganda;
transport vositalari olib kirilgan chegara bojxona nazorat zonasini tark etmasdan qaytarib olib chiqib ketilganda.
V boʻlim. Yakuniy qoidalar
83. Bitta tovar yuzasidan takroran qabul qilingan tranzit deklaratsiyasini bekor qilish yoki qaytarib olishda nisbatan xavf darajalari past boʻlgan tranzit deklaratsiyalari bekor qilinadi yoki qaytariladi.
Agar bitta tovar yuzasidan qabul qilingan tranzit deklaratsiyalarining xavf darajalari bir xil boʻlsa, ularning roʻyxatga olingan vaqti boʻyicha oxirgilari bekor qilinadi yoki qaytariladi.
84. “E-Tranzit” AATda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha imkoniyatlar yoki maʼlumotlar joriy etilishi mumkin, bundan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslardan ushbu Nizomda belgilanmagan qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlarni talab etish bilan bogʻliq boʻlgan hollar mustasno.
85. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organining tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish, qaytarib olish yoki bekor qilish boʻyicha harakatlaridan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
86. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tuzatish kiritish varagʻi
Tranzit deklaratsiyasining tartib raqami 99999/99.99.9999/9999999
|
Tranzit deklaratsiyasi grafasi/Tizimdagi maydon |
Tovarning tartib raqami* |
Avvalgi maʼlumot |
Yangi maʼlumot |
|
18-grafa (Davlat raqami) |
30M789KV |
01M789KV | |
|
15-grafa (Joʻnatuvchi mamlakat) |
398 |
643 | |
|
31-grafa (Miqdori) |
2 |
560 |
56 |
|
3-maydon “Yuk tashish boshlangan mamlakat”. |
643 |
398 |
* “Tovarning tartib raqami” ustuni oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish haqidagi maʼlumotlar tovarga tegishli boʻlsa toʻldiriladi.
|
Deklarant/deklaratsiyalovchi shaxs |
______________________ |
___________ | |
|
(F.I.O) |
(imzo) | ||
|
Telefon raqami |
___________________________________ | ||
|
Sana |
___________________________________ | ||
|
(kun, oy, yil) | |||
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 10/22/3382/0796-son; 22.10.2024-y., 10/24/3382-1/0837-son)