Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 18-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maʼqullangan
Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi 223-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 1-moddasining ikkinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 839-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-410-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 275-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 23-modda uchinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 24-moddaning birinchi qismidagi “nogironlarning” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 31-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 873-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “nogiron va yetim bolalarning” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarning va yetim bolalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning:
“z” bandidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“k” bandidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“m” bandidagi “qariyalar, nogironlar” degan soʻzlar “qariyalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 16-moddaning ikkinchi qismidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK)” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddaning uchinchi qismidagi “nogiron boʻlib qolgan shaxslarga” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 18-moddaning matnidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 19-modda uchinchi qismining “b” bandidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 26-moddaning “b” bandidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 27-modda birinchi qismining “b” bandidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 28-moddaning:
“g” bandidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” bandidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” bandidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 29-modda ikkinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 37-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan staj muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi”;
12) 47-modda birinchi qismining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay pensiya soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironlikni belgilagan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. Nogironligi boʻlgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi boʻlgan shaxslarni qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi”;
13) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55-modda. Nogironlik davrida tanaffuslar boʻlganda pensiya toʻlashni qayta tiklash shartlari
Agar nogironligi boʻlgan shaxs uzrsiz sababga koʻra belgilangan muddatda qayta koʻrikdan oʻtish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan boʻlsa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran, lekin koʻpi bilan bir oy oldin pensiyani toʻlash qayta tiklanadi.
Qayta koʻrikdan oʻtish muddati uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi boʻlgan shaxs deb topsa, pensiya toʻlash toʻlov toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran to qayta koʻrikdan oʻtish kunigacha, lekin koʻpi bilan uch yil uchun amalga oshiriladi. Bunda, agar nogironligi boʻlgan shaxs qayta koʻrikdan oʻtkazish chogʻida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, pensiya koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun avvalgi guruh boʻyicha toʻlanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya toʻlash toʻxtatilgan yoki u qayta koʻrikdan oʻtish uchun uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi oqibatida toʻxtatib turilgan boʻlsa, keyinchalik u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani toʻlash toʻxtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, ilgari tayinlangan pensiyani toʻlash nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar besh yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda,№ 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 451-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-moddaning yettinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 277-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “d” bandidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 29-moddaning ikkinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 511-moddaning nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“511-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Nogironligi boʻlgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan moneliksiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mehmonxonalarning mulkdorlari tomonidan umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlash boʻyicha talablarni bajarmaganlik”;
3) 234-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaxslari nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, nogironlik guruhidan qatʼi nazar, mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 2, 47-modda, № 5, 261, 267-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda, № 10, 593, 595-moddalar, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda, № 10, 973-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 52-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 68-moddaning:
birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 103-modda ikkinchi qismining 7-bandidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 116-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi)”;
6) 135-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 143-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 144-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga”;
uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 150-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 165-moddaning birinchi qismidagi “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 190-moddaning:
ikkinchi qismidagi “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK)” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 192-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda nogiron deb topilgan shaxslar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 214-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 220-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“220-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning qoʻshimcha choralari
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yoʻllangan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻliqsiz ish vaqti rejimi oʻrnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnatga haq toʻlash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi”;
15) 228-moddaning matnidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 229-moddaning matnidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 230-moddaning matnidagi “Nogiron bolasini” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 231-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron bolani” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 232-moddaning:
nomidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 290-moddaning birinchi xatboshisidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801 modda, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1009-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1126-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh vrachlari, ularning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan 226-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6, 114-modda, № 9, 164-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2020-yil, № 12, 688-modda) yigirma sakkizinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 16-moddaning birinchi qismidagi “nogiron kishilarni” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari
Nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan bolalar va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, dori vositalari, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda taʼminlanish, shuningdek kasbiy tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan oʻtish huquqiga ega.
Nogironligi boʻlgan shaxslar davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya yordamini olish, uyda parvarish qilinish huquqiga, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar, surunkali ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslar esa nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun moʻljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega.
Nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar roʻyxati qonunchilikda belgilanadi”;
4) 36-moddaning uchinchi qismidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 37-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
Tekshiruvdan oʻtkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik maʼlumotlarini kompleks baholash asosida uning sogʻligʻi yoʻqolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turgʻun buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra mumkin boʻlgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, oʻzgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar berish tibbiy-ijtimoiy ekspertizadir”;
ikkinchi qismidagi “Tibbiy-mehnat ekspertizasini” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Tibbiy-mehnat ekspertizasini” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 278-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda) 1-moddasining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar uchun va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs uchun saqlab qolinsin”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar) 26-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 75-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 78-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlarining” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 85-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 88-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 90-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 92-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlarining” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 100-moddaning ikkinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 109-modda oʻninchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 122-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 133-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron bolalari” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 173-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar oʻz iltimosiga koʻra, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 21-moddaning beshinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 105-moddaning birinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 117-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va oʻrtada bola tugʻilgan kundan eʼtiboran uch yil davomida, oʻrtadagi nogironligi boʻlgan bolani u oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi boʻlgan oʻrtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj boʻlgan er (xotin) yordam berishga qodir boʻlgan xotindan (erdan) sud tartibida taʼminot (aliment) olish huquqiga ega”;
3) 118-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrtadagi nogironligi boʻlgan bolani u oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi boʻlgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj boʻlgan sobiq xotin (er)”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi 80-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 151-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 20-moddasining uchinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 11-moddasining yettinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan bola” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.,
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 27-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 491-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 9, 905-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 21-modda ikkinchi qismining 5-bandidagi “nogiron xotini” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan xotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 45-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisida, ularning nogironlik guruhidan qatʼi nazar, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishi shart”.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-96-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlarni” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 12, 881-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan bolalar”;
oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj boʻlgan bolalar (bola);
2) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron bolalarni” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 25-moddaning uchinchi qismidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 28-moddaning:
nomidagi “Nogiron bolalar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Nogiron bolalar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Nogiron bolalar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 29-moddaning:
ikkinchi qismidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “nogiron bolalarning” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803-modda) 13-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan shaxslar”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-174-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 480-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda:
birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-moddaning uchinchi qismidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-210-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 137-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2019-yil, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 18-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 24-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 28-moddaning ikkinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 38-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-353-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 5, 261, 267-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1098-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 70-modda birinchi qismi 1-bandining oʻn birinchi xatboshisidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-modda birinchi qismi 1-bandining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari”;
3) 177-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1159-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2026-y., 03/26/1159/0773-son)
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-aprelda qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-532-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 198-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining uchinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-588-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 882-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 33-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1099-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 243-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga ortopedik protezlash, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlarini va inventarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni”;
2) 337-modda yettinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “nogironlarning” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 369-modda ikkinchi qismi 15-bandining uchinchi xatboshisidagi “nogironlarni” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 380-modda birinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi”;
3-bandidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 421-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi”;
6) 436-modda birinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi”;
3-bandidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 467-moddaning 14-pozitsiyasidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan va umumiy sonida nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlarining” degan soʻzlar “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda) 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar”.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova) 28-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda) 35-moddasining birinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
40-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 9-moddasining amal qilishi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-may,
OʻRQ-770-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son; 23.07.2026-y., 03/26/1159/0773-son; 07.08.2026-y., 03/26/1163/0826-son)