O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilik
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — sug‘urtalangan shaxsning u mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha o‘z vazifalarini sug‘urta qildiruvchining hududida yoki undan tashqarida bajarayotganda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va sug‘urtalangan shaxsni boshqa ishga o‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
kasb kasalligi — sug‘urtalangan shaxsga unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasida uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasallik;
mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida sug‘urtalangan shaxsning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;
sug‘urtalovchi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta badallari — sug‘urta qildiruvchining mehnatga haq to‘lash fondidan sug‘urtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladigan ajratmalari;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urtalangan shaxs — mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlaydigan, sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga shu shartnomaga (kontraktga) muvofiq sug‘urta badallarini to‘laydigan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi qilinishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta qildiruvchi — jismoniy shaxsni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishga yollagan yuridik yoki jismoniy shaxs;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urta hodisasi — sug‘urtalangan shaxsning sog‘lig‘iga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida zarar yetkazilganligi yoki uning vafot etganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt bo‘lib, u sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyati vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
4-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining maqsadlari
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining maqsadlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan huquqlarini qonunda belgilab qo‘yish orqali ularning ijtimoiy himoyasini amalga oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalligi oqibatida xodimning hayoti hamda sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi munosabati bilan sug‘urta tovoni to‘lanishini ta’minlash;
mehnatni muhofaza qilish holatini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash.
5-modda. Sug‘urtalangan shaxsning huquq va majburiyatlari
Sug‘urtalangan shaxs:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovoni bilan ta’minlanish;
sug‘urta hodisasini tekshirishda, shu jumladan kasaba uyushmasi organi yoki o‘z ishonchli shaxsi jalb qilingan holda ishtirok etish;
sug‘urta hodisalarini tekshirish natijalariga doir qarorlar ustidan shikoyat qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlari haqida sug‘urta qildiruvchidan, sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) o‘tish masalalari yuzasidan davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga mustaqil ravishda murojaat etish;
(5-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari bo‘yicha o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga, shuningdek kasaba uyushmasi organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Sug‘urtalangan shaxs:
mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi yuz berganda, o‘z yashash joyi yoki ish joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida, shuningdek o‘zi oladigan sug‘urta tovonining miqdori o‘zgarishiga yoki uni olish huquqining yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi holatlar haqida bunday holatlar vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarini xabardor qilishi;
(5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilishga doir tavsiyalarni bajarishi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi belgilagan muddatlarda tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) o‘tishi shart.
(5-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalangan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta qildiruvchi:
sug‘urtalangan shaxs mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sug‘urtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
(6-modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sug‘urta qildiruvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta badallarini sug‘urtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘lashi;
(6-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish choralarini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi;
(6-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan kundan e’tiboran bir sutka ichida bu haqda mehnat sharoitlarini muhofaza va ekspertiza qilish davlat inspeksiyasiga xabar qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxsni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) o‘tish uchun yuborishi;
(6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ularni tekshirish masalalari bo‘yicha davlat organlarining qarorlarini ijro etishi hamda kasaba uyushmasi organlarining takliflarini ko‘rib chiqishi;
sug‘urtalangan shaxslarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘qitishi;
sug‘urtalangan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining tartibi hamda shartlarini tushuntirishi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini sug‘urtalangan shaxsga taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta hodisalari to‘g‘risidagi axborotni tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;
(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sug‘urtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
(7-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini to‘plashi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta tovoni to‘lovlarini belgilangan hajmlarda va o‘z vaqtida moliyalashtirishi;
(7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun mablag‘lardan foydalanishning hisobga olinishini ta’minlashi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan zarur choralarni amalga oshirishi;
sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar va sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar to‘g‘risida o‘z faoliyati natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun mablag‘larni shakllantirish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun mablag‘lar sug‘urtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta badallari;
undiriladigan jarima va penyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(8-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Sug‘urta tovonining turlari va uni to‘lash
Sug‘urta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tarzida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta tovoni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan to‘lanadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining maqsadlari uchun sug‘urtalovchi tomonidan to‘plangan pul mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn marosimini o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘lanadi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Nogironlik pensiyasi
Nogironlik pensiyasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyati to‘liq yoki qisman yo‘qotilganda tayinlanadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik pensiyasi ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik kelib chiqqan vaqt va nogironlik belgilab qo‘yilayotgan muddat qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
12-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etgan sug‘urtalangan shaxsning qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi. Bunda yoshidan va mehnat layoqatidan qat’i nazar, farzandlarga, ota-onadan biriga yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singilga pensiya, agar ular vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lguniga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa, boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganligidan qat’i nazar, tayinlanadi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi, shuningdek vafot etgan sug‘urtalangan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan ota-onasiga va eriga (xotiniga) ham, agar ular keyinchalik tirikchilik uchun zarur mablag‘lar manbaidan mahrum bo‘lib qolgan bo‘lsa, to‘lanadi.
13-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Sug‘urta qildiruvchining javobgarligi
Sug‘urta qildiruvchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi, sug‘urta badallari o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni bajarish kechiktirilganda sug‘urtalovchiga qonunchilikda belgilangan miqdorda jarima va penyalar to‘laydi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Sug‘urtalovchining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta tovoni to‘lovlarining belgilangan hajmlarda o‘z vaqtida moliyalashtirilishi uchun javobgardir.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
O‘RQ-174-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 361-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)