LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 18-dekabrdagi 22-mh-sonli ““Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3092-2, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 533-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3092, 2018-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 10/18/3092/2246-son) bilan tasdiqlangan Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. 2-banddagi “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “15 ish kuni” degan so‘zlar “10 kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.