1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun mas’ullar |
|
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
|
1. |
Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari pullik asosda tashkil etiladigan tibbiy xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash. Bunda, pullik xizmatlardan tushayotgan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ularning hisobini yuritish va foydalanish ustidan samarali nazorat tizimini yaratish. Zarur xollarda, pullar tushumini monitoring qilish maqsadida maxsus axborot tizimini yaratish. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2022-yil iyun |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
2. |
Aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari, skrining dasturlari va patronaj xizmatini o‘tkazishning yangilangan tartibini belgilash. Bunda: 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning profilaktik ko‘riklari; xavf guruhiga mansub aholining skrining ko‘riklari; alohida e’tiborga molik aholi kontingentlarining uyda ko‘riklari va patronaji tartibi nazarda tutiladi. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2022-yil iyul |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
3. |
Zamonaviy talab va innovatsion yondashuvlarni inobatga olgan holda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolarini qurish, kommunikatsiyalar bilan ta’minlash, xonalarning joylashuvi, jihozlanishi bo‘yicha maxsus talablar va namunaviy loyihalar ishlab chiqish. Keyinchalik tibbiyot muassasalari uchun binolar qurish, rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirishda mazkur talablarga rioya qilinishini ta’minlash. |
Normativ hujjat |
2022-yil iyul |
- |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Bemorlarni kunduzgi shifoxona va uy shifoxona sharoitida davolashning yangilangan mezonlari va tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2022-yil avgust |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
5. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari faoliyatini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va tizimlashtirish. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2022-yil sentabr |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
6. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2022-yil sentabr |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
7. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tashkiliy tuzilmasi va nizomini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2022-yil sentabr |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
II. Tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish | |||||
|
8. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 1 002 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish, infratuzilma yaratish (elektr, suv, oqava suv tizimi, atrofni obodonlashtirish va boshqalar), zarur jihozlar bilan ta’minlash orqali ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
9. |
276 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tegishli binolarni ajratish, ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida reja-grafik asosida |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
10. |
Olis va chekka hududlardagi davolash-profilaktika muassasalarida shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni mahallalar kesimida aniqlash, bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini shakllantirish va muntazam yangilab borish. Vakant o‘rinlarga talabgorlar bilan shartnomalar tuzish va ish o‘rni bilan ta’minlash, uy-joy ajratish va ustamalar belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyuldan boshlab |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida fizioterapiya xizmatini qayta tiklash maqsadida: |
Amaliy chora-tadbirlar |
Respublika va mahalliy budjet mablag‘lari |
||
|
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 15-son oilaviy poliklinikasining zamonaviy fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan namunaviy tarzda jihozlash va taqdimot o‘tkazish natijalari bo‘yicha barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan o‘tkazish; |
2022-yil aprel-may |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) | |||
|
fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan jihozlash jadvalini tuzish va tasdiqlash; fizioterapevtik asbob-uskunalarni xarid qilish va joylarga tarqatish; oilaviy shifokor punktlarining amaldagi shtat birliklari doirasida fizioterapiya hamshiralari shtatlarini ajratish. |
2022–2023-yillar davomida reja-grafik asosida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov), Moliya vazirligi (J. Abruyev) | |||
|
III. Kasalliklar profilaktikasi, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish | |||||
|
12. |
10 million nafar xavf guruhiga mansub aholini yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlash bo‘yicha skrining dasturlari bilan qamrab olish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarining jihozlanish jadvalini va tibbiy xodimlar vazifalarini belgilash. |
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i |
2022-yil iyul |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Ushbu xonalarda ommaviy targ‘ibot va skrining tadbirlarini o‘tkazish bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha individual maslahat berish tizimini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida | |||
|
14. |
“Tibbiyot brigadasi” tomonidan xonadonlarda salomatlik holatini o‘rganish va kasalliklarning xavf omillaridan kelib chiqib, tegishli maslahat va tavsiyalar berishni yo‘lga qo‘yish, brigadalarni targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida reja-grafik asosida |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
15. |
Davolash-profilaktika muassasalarida qon bilan bevosita ishlaydigan kasb egalari ro‘yxati va gepatit “V”ga qarshi bepul emlash rejasini tuzish va rejani amalga oshirish. |
Reja-jadval |
Tasdiqlash — 2022-yil may davomida |
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
|
16. |
Barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari, 2 000 dan ziyod ambulator-poliklinika muassasalari mudirlari, 17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari a’zolari uchun sog‘lom turmush tarzi asoslari va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etish va o‘tkazish. |
Reja-jadval |
Tasdiqlash — 2022-yil may |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
17. |
Sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlari uchun menejment, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, muassasalar faoliyatini tashkillashtirish va tahlil etish yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish masalalari bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish. |
Reja-jadval |
Tasdiqlash — 2022-yil may |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
|
IV. Amalga oshirilgan ishlardan aholining xabardorligini oshirish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish | |||||
|
18. |
Tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, mahalla fuqarolik yig‘inlarida hisobot berish tartibini ishlab chiqish. Bunda: tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari va oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlarining mahalla fuqarolar yig‘inlarida; tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida; viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlarining xalq deputatlari viloyat Kengashlarida hisobot berishi amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2022-yil iyun |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi call-markaz tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Ushbu markazda fuqarolar va tibbiyot xodimlaridan murojaatlarni qabul qilish, ularni hal etish bilan birgalikda, tizimli takliflardan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda foydalanish yo‘lga qo‘yish. |
2022-yil davomida | ||||
2-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
2022-yilda tashkil etiladigan tibbiyot punktlari soni |
Shu jumladan: | ||
|
II chorak |
III chorak |
IV chorak | |||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
57 |
40 |
12 |
5 |
|
2. |
Andijon viloyati |
10 |
7 |
2 |
1 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
122 |
85 |
25 |
12 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
61 |
42 |
13 |
6 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
95 |
65 |
20 |
10 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
109 |
70 |
26 |
13 |
|
7. |
Namangan viloyati |
126 |
80 |
32 |
14 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
97 |
70 |
17 |
10 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
35 |
23 |
8 |
4 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
160 |
110 |
35 |
15 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
39 |
26 |
9 |
4 |
|
12. |
Farg‘ona viloyati |
70 |
48 |
15 |
7 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
21 |
11 |
7 |
3 |
|
Jami |
1 002 |
677 |
221 |
104 | |