12.11.2020 yildagi PF-6110-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruvni joriy qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, dunyoda epidemiologik xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgani kasalliklarga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni, hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda, ayniqsa, ularning profilaktikasi, erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash hamda davolashda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari ish uslublarini qayta ko‘rib chiqib, sog‘liqni saqlashni tashkil etishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar sog‘liqni saqlash tizimini bugungi bosqichda isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud kuch va vositalarni jalb qilgan holda, eng avvalo birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi jamoat salomatligini ta’minlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish, bu borada avvalambor sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda keng targ‘ib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohada yetuk va chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda raqobat muhitini yaratish, ilg‘or xorijiy tajribaga asosan xodimlarni kasbiy rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish orqali joylardagi tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, xalqimiz o‘rtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish, ushbu kasb egalari uchun munosib mehnat sharoitini yaratish va daromadini ko‘paytirish, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohaga zamonaviy menejmentini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha va byurokratik tartib-tamoyillarni qisqartirish, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish hamda raqamli tibbiyotni takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmati joriy qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi ularning salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga (tayanch, past xavf guruhi, o‘rta xavf guruhi, yuqori xavf guruhi va boshqalar) bo‘linadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi guruh mansubligiga ko‘ra belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘riklardan o‘tadi va salomatligi davriy kuzatuvga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinadi hamda uyiga borgan holda ularga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va individual patronaj amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
profilaktik ko‘riklar o‘rniga hududning o‘ziga xos xususiyatlari va aholining guruhga mansubligidan kelib chiqib, muayyan kasalliklar bo‘yicha davriy tibbiy skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patronaj ko‘riklarini maqbullashtirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimi joriy qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi oilaviy shifokor etib qayta nomlanadi, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi fan dasturlari oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari va viloyat shifoxonalariga bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma bevosita oilaviy shifokor tomonidan beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga imtiyozli retseptlar yozib berish bevosita oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy shifokorga yordam beradigan terapiya, pediatriya, akusherlik, patronaj bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari” tashkil qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
profilaktika inspektorlari mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda oilaviy shifokorlarga ko‘maklashadi, fuqarolarning kechki sayrlari va sport o‘yinlarining xavfsiz o‘tkazilishini tashkil qiladi. Bunda, profilaktika inspektorlari mahallalardagi aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga qarab har 6 oyda mahalliy budjet mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tibbiyot brigadalari” o‘zlariga biriktirilgan hududlarda oilalar va fuqarolar kesimida “tibbiy xarita”ni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish va raqamlashtirish hamda ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish maqsadida “tibbiyot brigadalari” maxsus kompyuter-planshetlari, mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov, J.I. Abro‘yev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ajratilgan mahalliy budjet mablag‘lari doirasida yil yakuniga qadar takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmatining 1-ilovada keltirilgan 26 ta tuman (shahar)larda ustuvor ravishda to‘liq joriy qilinishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuniga qadar aholi salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, aholi bo‘lingan guruhlarning aniq tasnifini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmatini bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda “tibbiyot brigadalari”ni mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan ta’minlash maqsadida ularning aniq ro‘yxatini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan “tibbiyot brigadalari”ni maxsus kompyuter-planshetlari va mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan ta’minlasin. Bunda, mazkur vositalar xaridi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona texnik talablar asosida amalga oshirilishi inobatga olinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda aholini xatlovdan o‘tkazib, ularni birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga biriktirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. Bunda, ushbu chora-tadbirlar mavjud shtat birliklari doirasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi soni va mahalliy zaruriyatdan kelib chiqib, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining ro‘yxatiga muvofiq oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda tunu-kun navbatchi tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning o‘sishi, aholining shifoxonalarga yotishi, shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishi va boshqalar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari etib belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligi bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab ushbu xodimlar mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, zaruriyatga qarab, tor soha shifokorlari shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining rahbarlariga, zarur hollarda xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘larni budjet tasnifining xarajatlar guruhlari o‘rtasida mustaqil qayta taqsimlash vakolati beriladi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyat dislokatsiyasi bo‘yicha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda ushbu bandda ko‘rsatilgan baholash ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, oilaviy shifokor va “tibbiyot brigadalari” faoliyatini rag‘batlantirishning differensial tizimini joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2021 — 2023-yillarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda qo‘shimcha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
315 ta oilaviy shifokor punktlari, shundan 2021-yilda — 100 ta, 2022-yilda — 105 ta va 2023-yilda — 110 ta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52 ta qishloqda joylashgan oilaviy poliklinikalar, shundan 2021-yilda — 17 ta, 2022-yilda — 18 ta va 2023-yilda — 17 ta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33 ta shaharda joylashgan oilaviy poliklinikalar, shundan 2021-yilda — 7 ta, 2022-yilda — 13 ta va 2023-yilda — 13 ta tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar qo‘shimcha oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qo‘shimcha tashkil etilayotgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish, ularni malakali xodimlar bilan ta’minlash va mazkur Farmonda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ular faoliyatiga joriy qilish bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud ehtiyojdan kelib chiqib Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi, shu jumladan ularda va boshqa tibbiy oliy ta’lim muassasalarida yetakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda o‘quv amaliyotini o‘taydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflarini hisobga olgan holda texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning o‘quvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot o‘taydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2021-yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olis va chekka hududlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxati tuziladi va muntazam yangilanib turiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandda ko‘rsatilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun shifokorlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari o‘rtasida shartnoma tuzib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq shifokori” dasturini moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojlarni va talabgorlarni har bir mahalla kesimida aniqlasin, ularga uy-joy ajratish va mablag‘ berishni ta’minlasin, shuningdek, ularni tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimlari va tijorat banklari bilan birga ipoteka dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinayotgan shifokorlar uchun ajratishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun kelgusi yilda Davlat budjetidan 20 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar taqiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tuman va shahar hokimlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tibbiyot xodimlarining huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazsin hamda aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qat’i nazar har bir korxona, muassasa va tashkilot ish beruvchisi o‘z xodimlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tadigan kuni ushbu tibbiy jarayondan o‘tishlari uchun shaxsan mas’ul hisoblanadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qat’i nazar har bir korxona, muassasa va tashkilotga ishga qabul qilinayotgan xodimlar o‘zlari tibbiy tekshiruvdan o‘tadigan kuni to‘g‘risida ish beruvchilarni majburiy tarzda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu talablarning ish beruvchilar tomonidan rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishi, zarur hollarda, ularni buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tegishli soha va tashkilot kasaba uyushmalarini jalb qilgan mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda xodimlar va ishchilarning mehnatiga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning ishchi va xizmatchilarga jarohat yetkazish xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish o‘rniga mehnat sharoitlarini maxsus baholash tizimi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus baholash jarayonida birinchi navbatda ish o‘rinlaridagi xavfli va zararli omillarning xodim salomatligi darajasiga ta’sirini bartaraf etishga qaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus baholovchi xodimlar tarkibiga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mehnat gigiyenasi mutaxassisi majburiy tarzda kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus baholash faqatgina shtat birligidagi xodimlarida maxsus baholash bo‘yicha ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan guvohnomasi mavjud tashkilot (yuridik shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus baholash tizimining 2021 — 2023-yillar mobaynida to‘liq joriy qilinishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar mehnat sharoitlarini maxsus baholash bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish hamda tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun yagona elektron platforma bazasi yaratilishini va 2021-yil 1-fevralga qadar uning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2014-yilda Palliativ tibbiy xizmatni rivojlantirish bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov, E.I. Basitxanova) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 — 2025-yillarda O‘zbekistonda palliativ tibbiy xizmatni rivojlantirish konsepsiyasini maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxonov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) bilan birgalikda bir oy muddatda sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish dasturini ishlab chiqsin. Bunda, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika va shifoxonaning kirish joylarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chaqiriqlar, “ishonch telefonlari” va boshqa targ‘ibot materiallari joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “O‘zbekkino” Milliy agentligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka to‘g‘ri yetkazish maqsadida tibbiyot xodimlarining kasbini ulug‘lovchi videoroliklar, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlarni ishlab chiqsin, televideniye orqali doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini tashkillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi jamoat salomatligini ta’minlash, mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Sh. Inoyatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. Tuychiyev, sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev va sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Sh. Inoyatov har chorakda ushbu Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6110-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi ustuvor ravishda joriy qilinayotgan tuman (shahar)lar ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

Tuman (shahar)lar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1. Beruniy tumani
2. Nukus shahri

2.

Andijon viloyati

3. Qo‘rg‘ontepa tumani
4. Andijon shahri

3.

Buxoro viloyati

5. Vobkent tumani
6. Kogon shahri

4.

Jizzax viloyati

7. Mirzacho‘l tumani
8. Jizzax shahri

5.

Qashqadaryo viloyati

9. G‘uzor tumani
10. Qarshi shahri

6.

Navoiy viloyati

11. Xatirchi tumani
12. Navoiy shahri

7.

Namangan viloyati

13. To‘raqo‘rg‘on tumani
14. Namangan shahri

8.

Samarqand viloyati

15. Ishtixon tumani
16. Kattaqo‘rg‘on shahri

9.

Surxondaryo viloyati

17. Oltinsoy tumani
18. Termiz shahri

10.

Toshkent viloyati

19. Oqqo‘rg‘on tumani
20. Chirchiq shahri

11.

Farg‘ona viloyati

21. Oltiariq tumani
22. Marg‘ilon shahri

12.

Xorazm viloyati

23. Urganch tumani
24. Urganch shahri

13.

Toshkent shahri

25. Bektemir tumani
26. Olmazor tumani

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021 — 2023-yillarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

OSHP*

OP**

OP***

shu jumladan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

OSHP*

OP**

OP***

OSHP*

OP**

OP***

OSHP*

OP**

OP***

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

28

2

1

8

2

10

1

10

2.

Andijon viloyati

29

10

1

9

4

10

3

1

10

3

3.

Buxoro viloyati

3

2

1

1

1

1

1

4.

Jizzax viloyati

25

3

8

1

8

1

9

1

5.

Qashqadaryo viloyati

25

5

8

1

8

2

9

2

6.

Navoiy viloyati

24

3

2

8

1

8

1

1

8

1

1

7.

Namangan viloyati

27

7

10

2

8

2

9

3

8.

Samarqand viloyati

20

10

4

6

4

1

7

3

1

7

3

2

9.

Sirdaryo viloyati

19

7

7

5

10.

Surxondaryo viloyati

36

3

2

12

1

11

1

1

13

1

1

11.

Toshkent viloyati

28

6

6

8

2

1

10

2

2

10

2

3

12.

Farg‘ona viloyati

32

14

2

10

5

1

10

5

1

12

4

13.

Xorazm viloyati

19

4

5

1

7

1

7

2

14.

Toshkent shahri

2

1

1

Jami

315

52

33

100

17

7

105

18

13

110

17

13

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oilaviy shifokor punktlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Qishloqlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Shaharlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(izoh qismning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son Farmonining 3-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshidagi “2019-yil 1-apreldan” so‘zlari “2022-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uchinchi xatboshidagi “2020-yil 1-apreldan” so‘zlari “2022-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-son Farmoni 2-ilovasi 11-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” so‘zlari “2021-yil 1-mart” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son Farmoni ilovasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 129-pozitsiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 1-noyabr” so‘zlari “2021-yil 1-mart” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi” so‘zlari “Sanepidxizmat” so‘zi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 267-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 30-aprel” so‘zlari “2021-yil 1-aprel” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5995-son Farmoni 2-ilovasi 2-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” so‘zlari “2021-yil 15-fevral” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6035-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “2020-yil 1-dekabrga” so‘zlari “2021-yil 1-martga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-oktabrdan” so‘zlari “2021-yil 1-apreldan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshidagi “2020-yil 15-oktabrga” so‘zlari “2021-yil 1-fevralga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 16-bandning birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-noyabrga” so‘zlari “2021-yil 1-martga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” so‘zlari “2021-yil 1-may” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” so‘zlari “2021-yil 1-may” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3494-son qarori 2-ilovasi izohining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“*) Respublikanskomu nauchnomu sentru ekstrennoy meditsinskoy pomoshi (dlya naseleniya Tashkentskoy oblasti i goroda Tashkenta) videlyayutsya 10 spetsializirovannix avtotransportnix sredstv, a takje 1 spetsializirovannoye avtotransportnoye sredstvo iz rascheta 500 000 naseleniya dlya Respubliki Karakalpakstan i oblastey.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isxodya iz geograficheskogo raspolojeniya territoriy, Ministerstvu zdravooxraneniya i Ministerstvu finansov predostavlyayetsya pravo vnosit izmeneniya i dopolneniya v nastoyashiy normativ dlya okazaniya ekstrennoy meditsinskoy pomoshi naseleniyu v otdalennix regionax respubliki”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-4513-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 17-bandning birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari “2021-yil 1-aprelga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-ilova 5-pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2020-yil 1-fevral” so‘zlari “2021-yil 1-aprel” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)