15.09.2020 yildagi PQ-4829-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi to‘rt yil davomida xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash, ularning oila a’zolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning reintegratsiyasini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan shaxslarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, fuqarolarning chet elda bo‘lish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash, shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda xorijda ishga joylashtirish, ular bilan doimiy muloqot qilish va muammolarini tizimli hal qilishni tashkil etish, Vatanga qaytib kelganidan so‘ng ish bilan ta’minlash bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini oshirish, ushbu maqsadda vazirlik, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlashga va ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy filial rahbarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha yordamchilari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy filial rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy filiallar xodimlari tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini oshirish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarga mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot beradi, xodimlarini rag‘batlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan xorijga fuqarolarni ishga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari bilan chet davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar o‘rnatish va muzokaralar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarini jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2, 3 va 5-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish uchun hududlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan kollejlar va texnikumlarda mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslarini 6-ilovaga muvofiq tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlarini xorijiy yirik ish beruvchilarning talablariga moslashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatsin hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy yirik o‘quv markazlari bilan ikki tomonlama bitim imzolasin hamda qisqa muddatli kurslar o‘qituvchilarini malaka oshirishga yuborishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, qisqa muddatli kurslarda o‘qitish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, ushbu maqsadlarga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish, metodik ta’minotni yaratish, xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislarini va yetakchi ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini jalb qilish, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining pedagogik mahoratini oshirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farg‘ona viloyati hokimligi Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyati hokimligi Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadbeer” rekruting markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchilarni tayyorlash o‘quv markazini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi professional ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida “IT School” o‘quv markazlarini, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasblarga tayyorlash o‘quv markazlarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yo‘l haqini to‘lash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mikroqarz hamda unga hisoblangan foizlar qarz oluvchining (oila a’zolarining) topshirig‘iga muvofiq ularning hisobvaraqlariga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan mablag‘lardan ushlab qolish yo‘li bilan hamda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa usullarda to‘lanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda manfaatdor tijorat banklari bilan mikroqarzlarni berish, ularning ta’minotiga qo‘yiladigan talablar va qaytarish tartibini nazarda tutuvchi kelishuv bitimini tuzsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekiston Respublikasida ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-iyunga qadar Bolgariya, Latviya, Isroil, Finlyandiya, Polsha va Kanada bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mazkur davlatlardagi tashkillashtirilgan mehnat faoliyati to‘g‘risida hamkorlik bitimlarini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara va Ufa shaharlaridagi vakolatxonalarini ochish hamda ushbu vakolatxonalar faoliyatini mazkur hududlardagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan muvofiqlashtirish choralarini ko‘rsin.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan fuqarolarga to‘lanadigan bir martalik moddiy yordam miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga migratsiya va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur davlatlardagi advokatlik tashkilotlari o‘rtasida ochiq tanlovni o‘tkazsin va tanlov g‘oliblari bilan bitimlar tuzsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish bo‘yicha onlayn platformani yaratsin, xususiy sektorni jalb qilgan holda Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz”ni tashkil qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik firmalari hamda “Call-markaz”ning xizmatlari qiymatini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularga munosib ish topib berish va boshqa yo‘nalishlarda yaqindan yordam ko‘rsatib kelayotgan shaxslarni diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining “faxriy konsuli” hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining “jamoat maslahatchisi” etib tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“faxriy konsul” va “jamoat maslahatchi”larini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish amaliyotini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoshlar, ish beruvchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam ko‘rsatib kelayotgan boshqa shaxslar ishtirokidagi Maslahat kengashlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahat kengashlari tomonidan xorijiy davlatlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muammolarini hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbatlarini o‘tkazish, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari, ish beruvchilar va Maslahat kengashlarining “labor migration” dasturiy majmuasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moliya vazirligi 2021-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 11 va 17-bandlarida belgilangan choralarni amalga oshirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Belgilab qo‘yilsinki, tuman va shahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila a’zolarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
holidan muntazam xabar olib, muammolari va ehtiyojlarini aniqlaydi hamda ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularga zarur tibbiy patronaj xizmatini ko‘rsatish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratish, farzandlarining ta’lim olishidagi muammolarini hal qilish, mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman va shahar sektor rahbarlari mazkur bandda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha yordamchisiga har oyda bir marta axborot berib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish imkonini beruvchi uzluksiz ishlaydigan “1282” qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlangan davlatlardan taklif etilgan ish beruvchilar, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida xalqaro mehnat yarmarkalari, konferensiya va seminarlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari, chet davlatlarning mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, mehnat bozorida mavjud bo‘lgan talab yuqori bo‘lgan kasblar, mazkur kasblarga o‘qitadigan ta’lim muassasalari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va sektorlar, mahalla va mehnat organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migratsiyasi sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, chet mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida maxsus dastur va lavhalarni efirga uzatib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston telekanallarining Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlarda efirga uzatish qamrovini yanada kengaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E. Muxitdinov — Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini amalga oshirish va yanada takomillashtirish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini tubdan oshirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi ishlar vaziri A. Kamilov — O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalarining mehnat migrantlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqot o‘rnatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirsin hamda mazkur jarayonga xorijdagi vatandoshlar tashkilotlarini jalb qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining faoliyatini lozim darajada tashkil qilsin, mehnat migrantlari hamda ular oila a’zolarining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, moliyaviy yordam berish, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy mexanizmlarni to‘liq joriy etish, mehnat migrantlarining pensiya va kredit olish masalalarini hal qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin, shuningdek, ushbu maqsadda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishini ta’minlasin;
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov — hukumatlararo komissiyalar doirasida mehnat migratsiyasida bo‘lgan shaxslarga mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ushbu masalalar bo‘yicha xalqaro bitim va kelishuvlarga erishishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borsin.
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3839-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi (bo‘linmalari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlikning” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida 2020-yil 1-dekabr hamda 2021-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 15-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4829-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga
1-ILOVA

4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy ko‘rsatkichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

Kasb-hunarga o‘qitish ta’lim muassasalarini tashkil etish

Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni kasbga va chet tillariga o‘qitish

Fuqarolarni tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuborish

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar, shuningdek, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib keta olmagan fuqarolarning bandligini ta’minlash

Mehnat migrantlarining oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash (oilalar soni)

“Ishga marhamat” mono-markazlari

Qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslari

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari

Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari

Rossiya Federatsiyasiga

Qozog‘iston Respublikasiga

boshqa davlatlarga

2020-2021-yillar

2020-yil

2021-yil

2020-yil

2021-yil

2021-yil

2020-yil
1-dekabrgacha

2021-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1

2

2

8

1 100

2 800

800

1 000

1 000

500

8 700

9 000

2 000

4 000

2.

Andijon viloyati

1

2

3

13

1 700

4 700

3 600

10 000

3 000

1 500

15 000

16 000

5 000

10 000

3.

Buxoro viloyati

1

2

1

8

2 100

3 000

1 500

5 000

1 100

600

2 500

10 000

2 000

4 000

4.

Jizzax viloyati

1

2

2

5

1 200

2 700

1 600

5 000

500

600

3 000

8 000

2 000

4 000

5.

Qashqadaryo viloyati

1

2

4

14

1 600

4 600

2 400

7 000

2 000

1 100

5 000

15 000

3 000

6 000

6.

Navoiy viloyati

1

2

1

6

1 100

2 700

900

2 000

500

400

3 000

4 000

1 000

2 000

7.

Namangan viloyati

1

2

2

14

1 700

3 800

3 500

10 000

3 000

1 400

14 000

15 000

4 000

8 000

8.

Samarqand viloyati

1

2

2

16

1 900

4 800

3 300

7 000

3 000

1 500

5 100

18 000

5 000

10 000

9.

Sirdaryo viloyati

1

2

1

3

500

2 500

900

2 000

500

400

3 000

4 000

1 000

2 000

10.

Surxondaryo viloyati

1

2

2

17

1 700

3 600

2 400

7 000

2 000

1 100

4 000

15 000

3 000

6 000

11.

Toshkent viloyati

1

2

4

11

1 500

3 200

2 100

5 000

3 000

900

8 000

15 000

3 000

6 000

12.

Farg‘ona viloyati

1

2

1

11

1 600

4 500

3 600

10 000

3 000

1 400

6 000

16 000

4 000

8 000

13.

Xorazm viloyati

1

2

2

10

1 400

3 100

1 500

5 000

1 100

650

8 000

10 000

2 000

4 000

14.

Toshkent shahri

11

3

1 600

4 000

1 200

2 000

500

650

3 000

5 000

3 000

6 000

Jami

13

37

30

136

20 700

50 000

29 300

78 000

24 200

12 700

88 300

160 000

40 000

80 000

216

70 700

144 200

248 300

120 000

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslari tashkil etilayotgan professional ta’lim muassasalari ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud nomi

Ta’lim muassasalar nomi

Quvvati

Kollejlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus transport kolleji

1 050

2.

Andijon viloyati

Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji

720

3.

Buxoro viloyati

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

900

4.

Jizzax viloyati

Do‘stlik suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji

720

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi kommunal xo‘jaligi kolleji

900

6.

Navoiy viloyati

Navbahor suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji

600

7.

Namangan viloyati

Mingbuloq suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji

720

8.

Samarqand viloyati

Samarqand transport kolleji

540

9.

Surxondaryo viloyati

Angor qurilish va kommunal xo‘jaligi kolleji

800

10.

Sirdaryo viloyati

Shirin energetika kolleji

1 060

11.

Toshkent viloyati

Yangiyo‘l oziq-ovqat texnologiyasi kolleji

720

12.

Farg‘ona viloyati

Qo‘qon temir yo‘l transporti kolleji

900

13.

Xorazm viloyati

Urganch transport kolleji

1 200

Texnikumlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xo‘jayli ko‘p tarmoqli texnikumi

750

2.

Andijon viloyati

Andijon mashinasozlik texnikumi

900

3.

Buxoro viloyati

Buxoro turizm texnikumi

750

4.

Jizzax viloyati

Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi

720

5.

Qashqadaryo viloyati

Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumi

720

6.

Navoiy viloyati

Navbahor ko‘p tarmoqli texnikumi

615

7.

Namangan viloyati

Namangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi

765

8.

Samarqand viloyati

Samarqand transport va muhandislik kommunikatsiyalari texnikumi

720

9.

Surxondaryo viloyati

Denov Hazarbog‘ agrotexnologiya texnikumi

652

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston agrotexnologiyalar texnikumi

615

11.

Toshkent viloyati

Bo‘ka agrotexnologiya texnikumi

715

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona sanoat va xizmat ko‘rsatish texnikumi

1 530

13.

Xorazm viloyati

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

675

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)