17.02.2022 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga muvofiq, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, jumladan ushbu sohada davlat organlari va tashkilotlarining yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda yuritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kuyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash maqsadida “Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portali (keyingi oʻrinlarda — elektron portal) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) elektron portal Adliya vazirligi tomonidan quyidagi maqsadlarda yuritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashni ochiq va shaffof tarzda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa chora-tadbirlar rejalari amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqqoniyligini taʼminlash, ularning yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha faoliyat natijalarini tahlil qilish, baholash va ularning faoliyati samaradorligi reytingini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish hamda masʼuliyatini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) elektron portalni yuritish bilan bogʻliq xarajatlar Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-martga qadar elektron portalni tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish, ushbu jarayonda davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalni yuritishga masʼul boʻlgan xodimlarini oʻqitish boʻyicha seminar-treninglarni tashkil etib borish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-mayga qadar tajriba-sinov natijalariga asosan elektron portalning toʻliq ishlashini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 17-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 74-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“61. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron portal (keyingi oʻrinlarda — elektron portal) orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron portaldan foydalanish uchun har bir davlat organi va tashkilotiga alohida login va parol beriladi. Davlat organi va tashkiloti rahbari elektron portaldan foydalanishga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilaydi va ularning hisobini yuritadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Huquqiy targʻibot tadbirlari muntazam monitoring qilib boriladi hamda har yili ikki marotaba (yanvar va iyul oylarida) masʼul davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan maʼlumotlarini tahlil qilish, zarurat boʻlganda esa joyiga borib oʻrganish orqali baholanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 9 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan chora-tadbirlar rejalarini bajarishga masʼul davlat organlari va tashkilotlari oʻtkazilgan huquqiy targʻibot tadbirlari haqidagi maʼlumotlarni mazkur tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng darhol elektron portalga kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan maʼlumotlari har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar Adliya vazirligi tomonidan puxta tahlil qilinadi hamda oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash mezonlariga muvofiq elektron portalda avtomatik tarzda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, adliya organlari vakillari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini uch kun ichida joyiga chiqib oʻrganishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijasida maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa, bu haqda Adliya vazirligi kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini kamchilik aniqlangan kundan eʼtiboran bir kun ichida ogohlantiradi hamda monitoring va baholash yakuni boʻyicha tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan tahliliy axborotda ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Elektron portalda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligini baholash har bir indikator boʻyicha alohida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligi muntazam ravishda monitoring qilib boriladi hamda uni takomillashtirib borish choralari koʻriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 14-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “har olti oyda” soʻzlari “har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“15. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari masʼul hisoblanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 16-banddagi “haqiqiyligiga” soʻzi “haqqoniyligiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Masʼul davlat organlari va tashkilotlari

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni elektron portalga kiritib boradi

Tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng darhol

2-bosqich

Adliya vazirligi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligini elektron portalda avtomatik tarzda baholaydi.

Har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar

Zaruratga koʻra, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib oʻrganadi.

3 kun ichida

Oʻrganish natijasida maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa, bu h�qda kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini ogohlantiradi.

Kamchilik aniqlangan kundan eʼtiboran 1 kun ichida

3-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar

4-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari asosida:

tadbirlarni tashkil qilish boʻyicha yangi innovatsion uslublarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

baholash natijalariga koʻra salbiy koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari masʼuliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targʻibot tadbirlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻradi;

baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi.

Muntazam

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Indikator (koʻrsatkich)ning nomi

Indikator (koʻrsatkich)ii baholash metodikasi

Oʻlchov birligi, meʼyor

Elektron tizimdagi maksimal ball

1.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. Oʻrtacha daraja (2 yoki 3 ta)

4. Yuqori daraja (4 ta)

4 ta

6

2.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish boʻyicha oʻqitilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 % gacha)

3. Oʻrtacha daraja (31 — 70 % gacha)

4. Yuqori daraja (71% dan yuqori)

(%) oʻqitilishi lozim boʻlgan xodimlar soniga nisbatan

9

3.

Mahallalarda oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 ta)

3. Oʻrtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70 ta)

70 ta

10

4.

Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 29 ta)

3. Oʻrtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70)

70 ta

10

5.

Huquqiy qoʻllanmalarning tayyorlanishi va tarqatilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 3 ta)

3. Oʻrtacha daraja (4 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 va undan koʻp)

8 ta

8

6.

Huquqni targʻib qilishga doir koʻrgazmali targʻibot materiallari (flayer, buklet, infografika)ning tayyorlanishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 7 ta)

3. Oʻrtacha daraja (8 — 14 ta)

4. Yuqori daraja (15 — 20)

20 xil

5

7.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir multiplikatsion filmlarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. Oʻrtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan koʻp)

3 ta

9

8.

Sohaga oid ijtimoiy-huquqiy tusdagi videoroliklar, film va seriallarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. Oʻrtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 — 10)

10 ta

10

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashishni targʻib qilishga doir videoroliklarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. Oʻrtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja 8 — 10).

10 ta

10

10.

Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilari

1. Salbiy daraja (kamaysa)

2. Qoniqarli daraja (0% dan 4% gacha)

3. Oʻrtacha daraja (5% dan 9% gacha)

4. Yuqori daraja (10% dan yuqori)

(%) oʻtgan baholash davriga nisbatan

5

11.

Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda yangi targʻibot turlaridan foydalanganlik darajasi

1. Salbiy daraja (foydalanilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. Oʻrtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan koʻp)

3 ta

6

12.

Ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglar

1. Salbiy daraja (amalga oshirilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. Oʻrtacha daraja (6 — 9 ta)

4. Yuqori daraja (10 — 12)

12 ta

6

13.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi oʻtkazilgan tadbirlar

1. Salbiy daraja (oʻtkazilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. Oʻrtacha daraja (6 — 10 ta)

4. Yuqori daraja (11 — 15)

15 ta

6

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)