1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r. | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
| I. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
| 1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish | ||||
| 1. | Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratish. Unda: Konstitutsiyani oʻrgatishga doir ilk tushunchalar; kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilimlar; huquqni targʻib qiluvchi turli xil oʻyinlar, mashgʻulotlar va dasturlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va boshqa zarur maʼlumotlarni berish. | Huquqiy portal | 2019-yil may | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
| 2. | Oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlangʻich qoidalarini oʻrgatish boʻyicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish. | Uslubiy | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
| 3. | Oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga moʻljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni oʻrgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma tayyorlash va bepul tarqatish. | Qoʻllanma | 2019-yil oktabr | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 4. | Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, oʻzbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish. | Multiplikatsion dasturlar | 2019-yil sentabr | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 5. | Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qoʻllaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini oʻrgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil sentabr | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
| 6. | Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar, tok-shoular tayyorlash. | Telekoʻrsatuvlar | 2019-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov) |
| Aniq grafik asosida | ||||
| 7. | Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targʻib qilish, shuningdek, huquqiy maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa tarqatma materiallarni oilalarga bepul tarqatish. | Targʻibot tadbirlari, tarqatma materiallar | Doimiy ravishda | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar |
| Aniq grafik asosida | ||||
| 8. | Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida muntazam ravishda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | Targʻibot tadbirlari | Doimiy ravishda | “Oila” ilmiy amaliy markazi (D. Toshmuxamedova), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar |
| Aniq grafik asosida | ||||
| 2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish | ||||
| 9. | Mahallalarda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda koʻtarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish. | Soʻrovlar, tahliliy maʼlumot | Har chorakda | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar | Doimiy ravishda | |||
| 10. | Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish. | Tarqatma targʻibot materiallari | Doimiy ravishda | Vazirlik va idoralar |
| 11. | Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil etish, bunda aniq bir kunda rejalashtirilgan yoʻnalish boʻyicha malakali mutaxassislar (advokatlar, notariuslar, yuridik xizmatlar xodimlari va boshqalar) tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berilishini taʼminlab borish. | Huquqiy tadbirlar rejasiga muvofiq | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), vazirlik va idoralar |
| 12. | Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi ogʻir boʻlgan fuqarolarga qonunga hurmat hissini uygʻotish maqsadida: | Oliy sud (K.Kamilov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) | ||
| sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish; | Chora-tadbirlar rejasi | Har chorakda | ||
| sayyor sud majlislari oʻtkazish koʻlamini kengaytirish. | Sayyor sud majlislari | Doimiy ravishda | ||
| 13. | “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari bilan hamkorlikda mahallalarda aholi orasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tadbirlar koʻlami va sifatini oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) |
| 14. | Profilaktika inspektorlarining yordamchilari va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari aʼzolarining yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlarni amalga oshirish. | Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar | Doimiy ravishda | Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) |
| 3. Taʼlim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish | ||||
| 15. | “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” va “Inson huquqlarini oʻrganish” maxsus oʻquv kurslarini barcha taʼlim turlari boʻyicha tizimli oʻrgatish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish va oʻrgatilishini tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil May | Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
| Maxsus oʻquv kurslari yakuni boʻyicha oʻquvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish. | Oʻquv mashgʻulotlari | 2019-yil dekabr | ||
| 16. | Bolalar va oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash va chop etish. | Qoʻllanmalar | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 17. | Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashgʻulotlarni joriy etish. Bunda: maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari boʻyicha bepul malakasini oshirish; mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini koʻrish. | Takliflar | 2019-yil fevral | Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 18. | Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini oʻrgatish boʻyicha namunaviy qoʻllanma yaratish. | Namunaviy qoʻllanma | 2019-yil iyul | Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
| 19. | Yangi avlod huquqiy darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari tizimini yaratish. Bunda: | Ijrochilarning qoʻshma qarori | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) | |
| umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va koʻrgazmali oʻrgatishga qaratilgan oʻquv qoʻllanmalarini; | 2019-yil may | |||
| taʼlim muassasalari uchun huquq fanlari boʻyicha oʻquv darsliklari va qoʻllanmalarini tayyorlash choralarini koʻrish. | 2019-yil noyabr | |||
| 20. | Yoshlarga oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan “Street law” (Koʻcha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish boʻyicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish: | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) | ||
| huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar oʻquvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat koʻngillilar (volonter) guruhini shakllantirish; | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil may | ||
| “Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik taʼminlash choralarini ishlab chiqish; | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil iyul | ||
| koʻngillilar guruhlari uchun interaktiv mashgʻulotlar olib borish metodikasi boʻyicha treninglar oʻtkazish; koʻngillilar tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun mashgʻulotlar oʻtkazish. | 2019-yil oktabr | |||
| 21. | Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va oʻtkazish: umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq — bu toʻgʻrilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish; umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish; oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish; oliy taʼlim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” koʻrik tanlovini tashkil qilish va tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov) |
| 22. | Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
| Amalga oshirish | 2019-yil dekabr | |||
| 23. | Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil fevral | Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 24. | Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida maʼlumot beruvchi koʻrgazmali targʻibot boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish: flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir taʼlim muassasasiga yetkazish (har chorakda); koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallarini bolalar va yoshlar eʼtiboriga yetkazish. | Koʻrgazmali tarqatma materiallar | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 25. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yoshlarni oʻz huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil avgust | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar |
| 26. | Umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida huquq fanidan olimpiadalar oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil avgust | Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat test markazi (M. Karimov) |
| 27. | Tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy taʼlim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qoʻllash. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil avgust | Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 28. | Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejalari | 2019-yil may | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 29. | Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini eʼzozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini targʻib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlash. | Ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlari | 2019-yil martdan boshlab | Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
| 30. | Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash. | Videoroliklar | 2019-yil aprel | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov) |
| 31. | Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yoʻl harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar oʻtkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil aprel | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
| 32. | Davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 33. | Davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi huquqiy targʻibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar oʻrtasida tizimli ravishda targʻibot qilinishini taʼminlash. | Idoraviy hujjat | 2019-yil mart | Vazirlik va idoralar |
| 34. | Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy savodxonligi minimal darajasi boʻyicha talablarni ishlab chiqish hamda ularni ishga qabul qilishda mazkur talablarga muvofiqligi yuzasidan oʻqitish va baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil iyun | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
| 35. | Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 36. | Har bir davlat organlari va muassasalarida: | Idoraviy hujjat | 2019-yil | Vazirlik va idoralar |
| “Huquqiy madaniyat oyligi”; | mart | |||
| “Odob-axloq oyligi”; | may | |||
| “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarini tashkil qilish. | dekabr | |||
| 37. | Davlat organlari va tashkilotlar xodimlari faoliyatida masʼuliyatsizlikning va idoraviy huquqiy nigilizmning namoyon boʻlishiga imkon yaratadigan omillarni huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish orqali bartaraf etish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil mart | Vazirlik va idoralar |
| 38. | Kadrlarga oid qarorlarning, boʻsh lavozimlarga kadrlarni tayinlash uchun tanlovlarni rejali asosda oʻtkazishning shaffofligini taʼminlash. | Idoraviy hujjat | 2019-yil aprel | Vazirlik va idoralar |
| 39. | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan yutuqlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
| 40. | Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik” ruknlarini tashkil etish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil | Vazirlik va idoralar |
| 5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
| 41. | Yoshidan kelib chiqib aholi huquqiy savodxonligining darajasi boʻyicha minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida fuqarolarning huquqiy bilim darajasini aniqlash va tahlil qilib borish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 42. | Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himiyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish. | Qonun loyihasi | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov), (A. Ernazarov) |
| 43. | Qonun hujjatlarini aholiga tezkor ravishda yetkazish, shuningdek, sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish tizimini takomillashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 44. | Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov) |
| 45. | Davlat organlari huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazlarining huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini kuchaytirish. Bunda: | Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar | ||
| dolzarb va aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalarni aniqlashtirish (uy-joy va yer olish masalalari, taʼlim muassasalariga joylashtirish, aliment, moddiy yordam, migratsiya, kommunal xizmat masalalari); | Tahliliy maʼlumot | Har yarim yilda | ||
| tahlillar asosida va qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar boʻyicha zarur axborot-tahliliy va koʻrgazmali media materiallarni tayyorlash va efirga uzatish. | Telemateriallar | Doimiy | ||
| 46. | Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular boʻyicha “Soʻrov boʻyicha huquqiy targʻibot” loyihasini amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil aprel | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 47. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib hissa qoʻshgan huquq targʻibotchilarining bu boradagi fidoyiligini ragʻbatlantirib borish maqsadida “Eng yaxshi huquq targʻibotchisi” va “Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovlarini oʻtkazish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), MTRK (A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) |
| Koʻrik tanlov oʻtkazish | May | |||
| 48. | Xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash. | Videoroliklar | 2019-yil may | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 49. | Xalqimizning huquqiy yodgorliklari va huquq yoʻnalishidagi olimlari va arboblari faoliyatini chuqur oʻrganish va ularni keng ommaga targʻib qilish. | Risolalar, videoroliklar | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
| 50. | Aholiga ularning huquq va majburiyatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning fuqarolar oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga, shuningdek, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy videoroliklarni tayyorlash hamda televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish. | Ijtimoiy videoroliklar | Har oyda kamida bir martadan | Adliya vazirligi (R. Davletov), (F. Abduxalikov) |
| 51. | Advokatlik yoki huquqshunos faoliyatiga bagʻishlangan badiiy film va seriallar tayyorlash. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil may | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| Badiiy film, serial | 2019-yil oktabr | |||
| 52. | Aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllarini yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish. | Qisqa metrajli filmlar | Doimiy ravishda | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 53. | Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida: kamida 5 ta ijtimoiy videorolik tayyorlash; korrupsiya, halollik, toʻgʻrilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targʻibot materiallari, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar tayyorlash. | Ijtimoiy videorolik, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov) |
| 54. | Aholida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida korrupsiyaga qarshi targʻibot materiallari (jurnalistik materiallar, blogpostlar, karikaturalar, buklet, flayer, bannerlar, yumoristik asarlar) megatanlovini oʻtkazish. | Megatanlov | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
| 55. | Mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish, taʼlim olish, boshqa davlatlarning qonun hujjatlari boʻyicha huquqiy axborotlar olishda tizimli yordam koʻrsatishni oʻz ichiga oluvchi maxsus axborot saytini ishlab chiqish. | Axborot sayti | 2019-yil dekabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
| 56. | Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni toʻgʻrisida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari koʻmagida ijtimoiy reklamalar, Internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalangan holda xabardor qilib borishning aniq mexanizmini ishlab chiqish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil iyun | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 57. | Nogironlar (koʻzi ojiz va kar-soqovlar uchun) va keksa yoshdagi shaxslar uchun foydalanishga qulay boʻlgan, ularning ijtimoiy himoyasiga oid huquqlariga doir toʻplamlarni tayyorlash va xayriya aksiyalarini oʻtkazgan holda tarqatish. | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov) |
| 58. | Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun koʻmak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib taʼlim olish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2019-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar |
| 59. | Jazoni ijro etish muassasalarida huquqiy bilimlarni oʻrgatish, huquqiy maʼrifat va sudlanganlarni huquqiy tarbiyalash maqsadida “Huquq va men”, “Jinoyat olamidan qaytish” nomli maʼrifiy-huquqiy mashgʻulotlarni muntazam oʻtkazish tizimini joriy etish. | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil oktabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 60. | Harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida: | Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), vazirlik va idoralar | ||
| aniq chora-tadbirlar asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining, Temurbeklar maktablari oʻquvchilarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish, dunyoqarashi va fikrlash doiralarini kengaytirish; | Kompleks chora- tadbirlar | 2019-yil oktabr | ||
| harbiy qismlarda har oyning juma kuni “Huquqiy savodxonlik soati”ni tashkil qilish, unda mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini harbiy xizmatchilarga yetkazish. | Doimiy ravishda | |||
| II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish | ||||
| 61. | Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portalini yaratish: qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi; barcha milliy huquqiy saytlar; yuridik lugʻat va huquqiy elektron kutubxona; maqsadli auditoriyalar (davlat xizmatchilari, pedagoglar va boshqalar) uchun majburiy kurslar (mandatory courses). | Huquqiy portal | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 62. | Turli hayotiy holatlar boʻyicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari koʻrsatish elektron tizimi bilan bogʻlanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimini (“Oʻzbekiston huquqiy forumi” saytini) yaratish va ishga tushirish. | Huquqiy axborot tizimi | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 63. | Fuqarolarning oʻz huquqiy bilim darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega boʻlgan “Huquqiy test” loyihasini yaratish. | Test dasturi | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 64. | Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu kanallarda veb-texnologiyalardan keng foydalangan holda soha faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqib huquqiy targʻibot materiallarini joylab borish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil may | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda eʼlon qilish uchun materiallarni tayyorlash, joylashtirish va qayta aloqani taʼminlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. | Uslubiy qoʻllanma | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov) | |
| 65. | Internet tizimida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Huquqiy axborot” telegram kanalini tashkil qilish va unda qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarni berib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil aprel | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 66. | Mamlakatimiz aholisi koʻp foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda soʻrovlar oʻtkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (R. Ubaydullayeva) |
| III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish | ||||
| 67. | Huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil fevral | MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 68. | Ommaviy axborot vositalarining (matbuot, televideniye, radio) huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatini ragʻbatlantirishning huquqiy mexanizmlarini belgilab berish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil sentabr | Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov) |
| 69. | Huquqiy davriy nashrlarni internet tarmogʻiga integratsiya qilish va ularning elektron nusxalari joylab borilishini taʼminlashni yoʻlga qoʻyish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil may | Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
| 70. | Aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihasini tashkil etish va amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil dekabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
| 71. | Huquqiy sohani yorituvchi jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Takliflar | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev) |
| 72. | Qabul qilingan qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2019-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
| 73. | Aholi oʻrtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy maʼrifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish. | Media reja | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), vazirlik va idoralar |
| 74. | Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini kuchaytirish, ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil | Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev) |
| 75. | Davlat organlari axborot xizmatlarining huquqiy axborotni tarqatishdagi roli va oʻrnini kuchaytirish, shu jumladan, davlat organi nufuziga taʼsir koʻrsatadigan salbiy xabarlar boʻyicha zudlik bilan munosabat bildirib borish mexanizmini yaratish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil yanvar | Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
| IV. Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish | ||||
| 76. | Oʻquv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan chambarchas bogʻliqligini taʼminlash, talabalarda tahliliy fikrlashni, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish mahoratini shakllantirishga qaratilgan oʻqitishning zamonaviy shakllari va uslublari hamda texnologiyalari asosida tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 77. | Yuridik oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil iyun | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 78. | Zamonaviy xorijiy tajriba asosida yuridik sohada taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi innovatsion shakl va institutlarini joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil iyul | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
| 79. | Ilgʻor xorijiy tajriba asosida milliy yuridik taʼlim va yuridik fan sohasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga faxriy doktor darajasini berish tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 80. | Oʻquv jarayoniga klinik yuridik taʼlimni tatbiq etish yuzasidan yetakchi xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan keng va unumli foydalanish. Tarmoqlararo taʼlimni kuchaytirish va bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida “Huquq va Tibbiyot”, “Huquq va Qurilish” kabi mutaxassisliklar ochilishini taʼminlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil iyul | Adliya vazirligi (R. Davletov), |
| 81. | Huquqiy mavzular boʻyicha taʼlim beruvchi pedagog-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2019-yil oktabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
| V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | ||||
| 82. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2019-yil fevral | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva) |
| 83. | Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq koʻrsatkichlar asosida oʻrganib borish va baholash. | Monitoring tadbirlari | Doimiy ravishda | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva) |
| 84. | Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash. | Tahliliy maʼlumotnoma, takliflar | 2019-yil mart | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 85. | Huquqiy tarbiyaning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2019-yil sentabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
| 86. | Huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash koʻlamini kengaytirish, bunda oiladagi mojaro va zoʻravonliklar hamda ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilishga alohida eʼtibor qaratish. | Tadqiqot ishlanmalari | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy attestatsiya komissiyasi |
| 87. | Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil iyun | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
| 88. | Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksalti?ish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish. | Soʻrovlar, tadqiqot va tahlillar | 2019-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), vazirlik va idoralar |