27.12.2021 yildagi 775-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga Vatanga sadoqatli, maʼnaviy-axloqiy jihatdan barkamol, jismonan sogʻlom va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun vazirliklar tomonidan qabul komissiyalarini va yoʻnalishlar boʻyicha kichik komissiyalarni tashkil etish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar mudofaa ishlari boʻlimlariga topshiradigan hujjatlar, mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadigan hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqishga qabul qilishda harbiy-professional yoʻnalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish asoslari va ularni qayta tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 27-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
775-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlarni (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar) Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OHTM) oʻqishga saralab olish va qabul qilish hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlarini oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish hamda mazkur universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlar — OHTMga oʻqishga kirish uchun saralab olish tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (oliy maʼlumotga ega shaxslar bundan mustasno), muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchi yoki ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlmagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-professional yoʻnaltirish — yoshlarning shaxsiy qiziqishlariga, qobiliyatlariga muvofiq va turli mutaxassisliklar boʻyicha harbiy kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda, harbiy kasbni ongli-asosli tanlashiga koʻmaklashish boʻyicha maqsadli yoʻnaltirilgan va rejalashtirilgan faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki saralab olish — OHTMga oʻqishga kirishga qaror qilgan nomzodlarning tegishli maʼlumotlarini, taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sogʻligʻiga oid maʼlumotlarni toʻplash hamda oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasi — OHTMga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan, nomzodlarga maslahat xizmatlari koʻrsatish maqsadida har yili tuziladigan komissiya;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari — OHTMning taʼlim yoʻnalishlari oʻziga xosligini hisobga olgan holda, nomzodlarning umumtaʼlim oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Bilimni baholash agentligi) tomonidan oʻtkaziladigan tadbir.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kursantlarga oʻqishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga koʻchirishga ruxsat etilmaydi. Kursantlar oʻqishini bitta vazirlik va idoraga boʻysunuvchi OHTMdan ushbu vazirlik va idora tasarrufidagi boshqa OHTMga koʻchirish tartibi mazkur vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. OHTMga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nomzodlarni OHTMga saralab olish va qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Qabul komissiya faoliyatini tashkil qilish, OHTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlar topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. OHTMda oʻqishga saralab olish va qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirliklar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari kompleksiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. OHTM kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-professional yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki saralab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. OHTMga tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar uch til — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tilidan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. OHTMga oʻqishga kirish uchun nomzodlar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. OHTMga oʻqishga kirishdan oldin (dastlabki saralab olish davrida) nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) mazkur muassasalar rahbariyati tomonidan ular oʻqishni tamomlagandan soʻng tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashdan bosh tortgan, kontrakt shartlarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli boʻshatilayotgan, shuningdek, bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan hollarda, harbiy xizmatchini oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini qoplab berishi (moddiy javobgarlik) toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. OHTMga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun masʼul vazirliklar tomonidan OHTM qabul komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qabul komissiyasiga OHTMning boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga masʼul vazirliklarning tegishli tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi masʼul vazirliklarning ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 10-martidan 1-sentabriga qadar amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qabul komissiyasi raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi raisi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qabul yilining 20-martigacha qabul komissiyasi tarkibida quyidagi yoʻnalishlar kesimida kichik komissiyalar tuziladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. OHTMga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimlariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining (keyingi oʻrinlarda — Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti) “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti (keyingi oʻrinlarda — Harbiy aloqa instituti) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutiga (keyingi oʻrinlarda — Harbiy tibbiyot instituti) oʻqishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha psixologiya, pedagogika va muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining ikkinchi bosqichini, oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining toʻrtinchi bosqichini tamomlagan talabalar (keyingi oʻrinlarda — talabalar) tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari nomiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy taʼlim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga ikki kun muddatda yuboriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. OHTMga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. OHTMga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻlimlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza (bildirgi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anketa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqish, ish yoki xizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onasining OHTMga oʻqishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm oʻlchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. OHTMga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar — harbiy xizmatchilar tomonidan oʻz xizmat oʻtash joyidagi kadr (saf) boʻlinmasiga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga oʻqishga kirishga tavsiyanomalar (muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy boʻlinmaning umumiy yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga — tegishli masʼul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qismning (muassasaning) attestatsiya komissiyasi yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli masʼul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qism (muassasa) tomonidan berilgan tavsiyanoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Nizom 15-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabalar tomonidan oliy taʼlim muassasalari joylashgan hududdagi mudofaa ishlari boʻlimlariga ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli bosqichda oʻqiyotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting daftarchasi nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191. Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti bakalavriat bosqichining “Qoʻshinlarning taktik qoʻmondonligi (chegara qoʻshinlari)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining ichki idoraviy hujjatlariga muvofiq saralab olinadi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Harbiy-professional yoʻnaltirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ofitser kasbining mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlash koʻnikmasini shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam berish harbiy-professional yoʻnaltirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quyidagilar harbiy-professional yoʻnaltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ofitserlar xizmatining ijtimoiy mazmuni va oʻziga xosligini ochib berish, shu asosda yoshlarning ofitser — Vatan himoyachisi kasbining yuksak masʼuliyatini toʻgʻri tushunishi va anglashiga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga kirishga qaror qilgan fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilarga ularning isteʼdodi, qobiliyatlarini va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda harbiy mutaxassislikni tanlashda yordam berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga kiruvchi nomzodlarning maʼnaviy va axloqiy fazilatlariga, psixologik xususiyatlariga, umumjismoniy va umumtaʼlim tayyorgarlik darajasiga, sogʻligʻiga qoʻyiladigan talablarni tushuntirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga oʻqishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama barkamol, tayyorgarlik koʻrgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Harbiy-professional yoʻnaltirish OHTMga oʻqishga kirgunga qadar yil davomida oʻtkaziladi va ushbu bosqichda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi yoshlarning faxriylar, masʼul vazirliklarning hududiy organlari, harbiy qism (muassasa) hamda OHTMning vakillari bilan uchrashuvlari va davra suhbatlari oʻtkaziladi. Bunda ularga ofitser kasbi, OHTMga tayyorgarlik koʻrish va kirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul vazirliklarning hududiy organlari, mudofaa ishlari boʻlimlari va harbiy qismlarda (muassasalarda) OHTMga qabul qilish tartibi, oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi axborot-maʼlumotlar burchaklari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash harbiy-professional yoʻnaltirishning asosi hisoblanadi. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doirasida maʼruzalar oʻqiladi, suhbatlar oʻtkaziladi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi va davlat muzeylariga, harbiy qismlarga (muassasalarga), OHTMga ekskursiyalar uyushtiriladi hamda yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish va rivojlantirish tarixi hamda OHTM bilan tanishtirishni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitser kasbi toʻgʻrisida toʻgʻri tasavvur hosil qilish ishlari tegishli taʼlim muassasalari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlarini faol jalb etgan holda masʼul vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yoshlarni harbiy-professional yoʻnaltirish doirasida ularga kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, harbiy kasbni tanlashda bevosita yordam koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbga doir maslahatlar taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari tomonidan beriladi, tayyorlash jarayonida nomzodlarning shaxsiy fazilatlariga, qobiliyatlariga va OHTMda oʻqishga maʼnaviy-psixologik tayyorgarlik darajasi baholanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahatlar berish jarayonida nomzodlarning xohish-istaklari va qobiliyatlari chuqur oʻrganiladi, ularning OHTMga kiruvchi shaxslarga qoʻyiladigan talablarga moslik darajasi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Harbiy xizmatchilarni OHTMga oʻqishga kirishga tayyorlash masʼul vazirliklar hududiy organlarining boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) rahbarligida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Masʼul vazirliklar joylarda harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishini, OHTMning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilab turilishini nazorat qiladi hamda tegishli OHTMdagi taʼlim jarayoni, ularga kirish shartlari haqida maʼlumot berish maqsadida nashr etilgan bukletlar va plakatlar hududiy organlar hamda harbiy qismlarga (muassasalarga) yetkazilishini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. OHTMga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMdagi hayot, turmush va oʻqishning oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida plakat, buklet, film va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash hamda masʼul vazirliklarning hududiy organlari va harbiy qismlarga (muassasalarga) tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida OHTM vakillarining chiqishlarini tashkil etish, OHTM toʻgʻrisidagi filmlarni namoyish etish, maʼruzalar va ochiq eshiklar kunlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, taʼtillar davrida OHTMdagi doimiy va oʻzgarib turuvchi tarkibning harbiy xizmatchilar va fuqaro yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Harbiy qismlarga (muassasalarga) harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, madaniyat markazlarida OHTMdagi hayot, OHTMga qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarga va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarida (qoʻshin turlarida) ofitserlar tarkibining harbiy xizmati xususiyati va oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmali, oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi taʼlim jarayoni toʻgʻrisidagi filmlarni namoyish qilish, shuningdek, faxriylar va OHTMning vakillari bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar bilan ofitser kasbi toʻgʻrisida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlar samaradorligini muntazam tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM bilan mustahkam aloqani yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Masʼul vazirliklarning hududiy organlari hamda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari zimmasiga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro yoshlar orasidan OHTMga nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkil etish, ularni ofitserlar tarkibiga qoʻyiladigan talablar bilan tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi taʼlim muassasalarining aʼlochi bitiruvchilari bilan yigʻinlar, shuningdek, maqsadli targʻibot ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMda oʻqish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablarni fuqaro yoshlarga yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hokimliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida taʼlim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalari oʻqituvchilari bilan harbiy-professional yoʻnaltirish masalalari boʻyicha har yilgi oʻquv-metodik yigʻinlar oʻtkazish;
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni olib borishda taʼlim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlariga yordam berish, taʼlim muassasalarini ofitserlik kasblariga bagʻishlangan stendlar bilan jihozlash;
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul vazirliklarning hududiy organlarida OHTMdagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazma materiallarini, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarga va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarida (qoʻshin turlarida) ofitserlar tarkibida harbiy xizmatni oʻtashning xususiyati va oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalarida (tashkilotlarida) fuqaro yoshlarni harbiy-professional yoʻnaltirish tadbirlarida mudofaa ishlari boʻlimlari vakillarining bevosita ishtirokini taʼminlash;
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari, jamoat tashkilotlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha mustahkam oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro yoshlarning maʼnaviyat va maʼrifat markazlariga, joylardagi tarixiy, harbiy-vatanparvarlik muzeylariga va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Davlat muzeyiga, harbiy qismlar va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi hayot toʻgʻrisidagi filmlarni namoyish qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy mutaxassislikni ongli ravishda tanlashda yoshlarga yordam berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Respublikaning psixologiya, pedagogika va muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari hamda oliy tibbiy taʼlim muassasalari rektorlariga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar orasidan OHTMga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafli ekanligini targʻib etishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-maslahat burchaklari tashkil etish va harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatning shartlari va oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot materiallarini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda OHTMga ekskursiyalar uyushtirish, OHTM kursantlari va oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida davra suhbatlari, tanlovlar tashkil etish, taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Dastlabki saralab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Sogʻligʻi, umumjismoniy tayyorgarligi va individual psixologik xususiyatlariga muvofiq harbiy ixtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, gʻoyaviy-maʼnaviy barqaror, mustahkam intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash dastlabki saralab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Quyidagilar dastlabki saralab olishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarga tegishli hujjatlarni va ularni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlar toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning sogʻligʻini va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini har tomonlama, xolisona baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga kiruvchi nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Dastlabki saralab olish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — yashash joyidagi (oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi) mudofaa ishlari boʻlimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni oʻtash joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda) va masʼul vazirliklarning hududiy organlarida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda suhbatlashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual-psixologik oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saralab olish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida individual-psixologik oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash jarayonlari videoyozuvga tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — mudofaa ishlari boʻlimlarida, harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni oʻtash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
(36-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda suhbatlashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish (talabalar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, harbiy xizmatchilar bundan mustasno);
(36-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari boshqarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 1-apreldan 20-maygacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
(36-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual-psixologik oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutiga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan uchuvchilar tarkibining oʻziga xos talablaridan kelib chiqqan holda, qoʻshimcha ravishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasi boʻyicha mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.
(36-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki saralab olish tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlar soni cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalarni tahlil qilish, nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, ularning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-ishbilarmonlik fazilatlarini baholash usuli bilan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-ishbilarmonlik fazilatlarini aniqlashda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va axloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
burchni his etish, qatʼiyatlilik, ishchanlik, mehnatsevarlik va toʻgʻrilik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlar tomonidan xizmat (mehnat) faoliyatida, oʻqishda va chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikda erishilgan natijalar hisobga olinadi.
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, ofitser boʻlish xohishining ongli qabul qilinganligi, asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlar mavjudligiga asosiy eʼtibor beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki saralab olish tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martgacha (shu kuni ham)) amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish va xorijiy tilni egallaganlik darajasini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat davomida OHTMga kiruvchilarga qoʻyiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar nomzodlarga yetkaziladi. Nomzodlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
391. OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozga ega boʻlgan nomzodlarning yagona bazasi har yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilimni baholash agentligining maxsus axborot tizimiga kiritiladi.
(391-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar nomzod oʻqishga qabul qilingandan soʻng rasmiylashtiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yakka tartibdagi suhbat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro yoshlar (talabalar) bilan — mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar bilan — masʼul vazirliklarning hududiy organlari boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Nomzodlarning birlamchi tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha nomzodlarning OHTMda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻligʻining holatiga koʻra OHTMda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Individual-psixologik oʻrganish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 1-apreldan 20-maygacha (shu kuni ham) qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan nomzodlarni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan tegishli mutaxassis-psixologlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga kirish uchun tavsiya etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha OHTMga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-maygacha (shu kuni ham) oʻtkaziladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan oʻtmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Nomzodlarning yakuniy tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha nomzodning OHTMda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻligʻining holatiga koʻra OHTMda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning roʻyxatlari mazkur Nizomga 9a-ilovaga muvofiq shaklda mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 1-iyunga qadar OHTM qabul komissiyasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM qabul komissiyalariga taqdim etilayotgan roʻyxatlarning toʻgʻri, aniq va haqqoniyligiga javobgarlik masalasi shaxsan mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari hamda harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) zimmasiga yuklanadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
471. Dastlabki saralab olish tadbirlarining barchasida ishtirok etmasdan muddatli harbiy xizmat muddati tugaganligi sababli harbiy xizmatdan boʻshatilgan nomzodlarning yigʻmajildlari ushbu harbiy xizmatchilar harbiy qism (muassasa) roʻyxatidan chiqarilgan kuni ularning yashash (harbiy hisobga qoʻyish) joyidagi mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi nomzod tanlagan OHTM qabul komissiyasi kotibi bilan ushbu nomzodlarni ishtirok etmagan dastlabki saralab olish tadbirlarida qatnashishini taʼminlaydi.
(471-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Saralab olish tadbirlari natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlarning shikoyatlari qabul komissiyasi raisining buyrugʻi bilan kichik komissiyalar ishida qatnashmagan besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda shakllantiriladigan apellyatsiya komissiyasida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatlar apellyatsiya komissiyasiga natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatlarni ular tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida, murojaat qilgan nomzodlar xohishiga koʻra — ularning ishtirokida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqishda hujjatlarni toʻplash va oʻrganish, yakka tartibda suhbatlashish, individual-psixologik oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash tadbirlarining toʻgʻri oʻtkazilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va toʻgʻri baholanganligi oʻrganiladi hamda uning natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
natijalarni oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli qaror darhol nomzodlarga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Birlamchi yoki yakuniy tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha chiqarilgan xulosadan norozi boʻlgan nomzodlar sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan va OHTMga oʻqishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarga test sinovi natijalari boʻyicha oʻzlari toʻplagan ballning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball koʻrinishida imtiyoz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ajratilgan besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvota asosida OHTMga kursantlarning umumiy qabul soni doirasida oʻqishga kirish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda yarador boʻlishi natijasida nogiron boʻlib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor boʻlgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari OHTMga tanlovsiz qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. “Ilgʻor serjant” nominatsiyasida respublika turining gʻoliblari boʻlgan serjantlar OHTMga test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjantlar tarkibi lavozimlarida 5 yil benuqson xizmat qilgan serjantlarga ijobiy tavsifnomalar, qoʻmondonlik, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda yutuqlari mavjud boʻlgan taqdirda, OHTMga oʻqishga qabul qilishda toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga OHTMga oʻqishga kirishda Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi;
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha OHTMga test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
531. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga OHTMga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
(531-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
532. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga OHTMga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
(531-532-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
533. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-son qaroriga muvofiq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda faollik koʻrsatgan, natijalari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlgan volontyorlarga Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tavsiyanomasiga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirishda oʻzlari toʻplagan ballarning 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball koʻrinishida imtiyoz beriladi.
(533-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 181-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 09/26/181/0382-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3-oʻrinlarni egallagan shaxslar uch yil muddat davomida amal qiluvchi ixtisoslik fani boʻyicha sertifikat asosida OHTMga test sinovlarida imtiyoz sifatida maksimal ball toʻplagan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan OHTMga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga muvofiq OHTMga kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha qabul kvotalari ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari OHTMga belgilangan qabul kvotasidan tashqari test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
561. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi OHTMga Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar.
(561-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va kasbiy taʼlim muassasalarining oʻquvchilari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan tegishli yoʻnalish boʻyicha va belgilangan qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Nomzodlar bir vaqtning oʻzida ushbu Nizomning 50 — 57-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlarning ikki va undan koʻpiga ega boʻlgan hollarda, eng yuqori natija beruvchi imtiyoz qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozga ega boʻlgan nomzodlarning yagona bazasi har yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilimni baholash agentligining maxsus axborot tizimiga kiritiladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball qoʻyiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda kirish test sinovlarida ushbu umumtaʼlim fanidan belgilangan maksimal ballga mutanosib ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi topshirmaydi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Nomzodlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. OHTMga test sinovlari oʻtkazish mazkur Nizomning 64 — 71-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. OHTMda test sinovlari respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻtkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda, har yili iyul-avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Qabul komissiyasi OHTMga oʻqishga kirish uchun murojaat qilgan va dastlabki saralab olish bosqichida natijasi ijobiy baholangan, saralab olishda ishtirok etuvchi nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni qabul yilining 5-iyuniga qadar (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus dasturiga kiritadi, nomzodlarning onlayn roʻyxatdan oʻtishlarini hamda test sinovlarida qatnashishlarini taʼminlaydi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Nomzodlarga OHTMga oʻqishga kirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlash huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Bilimni baholash agentligi test sinovlari toʻliq yakunlangan kunning ertasiga OHTMga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlar natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi, oʻz navbatida, qabul komissiyasi OHTMga saralab olish tadbirlarini oʻtkazadi, oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni ikki kun muddatda Bilimni baholash agentligiga taqdim etadi.
(68-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tanlovda ishtirok etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMga oʻqishga tavsiya etilmagan nomzodlar respublika oliy taʼlim muassasalariga tanlangan yoʻnalishlar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda tanlovda ishtirok etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Test sinovlari topshiriqlari umumtaʼlim fanlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. OHTMning taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari masʼul vazirliklar tomonidan Bilimni baholash agentligi bilan birgalikda belgilanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlariga test sinovlari boʻlib oʻtishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Oʻqishni Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida davom ettirish istagini bildirgan talabalar tegishli ravishda taʼlim yoʻnalishidagi 5 ta fandan iborat majmua boʻyicha test sinovini topshiradi. Fanlar majmuasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot instituti tomonidan har yil fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan fanlar majmuasi va fanlar boʻyicha oʻquv dasturlari test topshiriqlarini shakllantirish uchun Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test topshiriqlari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot instituti tomonidan tavsiya etilgan professor-oʻqituvchilar tomonidan Bilimni baholash agentligida tuziladi va ekspertizadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test topshiriqlari kitobidagi har bir fan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. OHTMga qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. OHTMga nomzodlar oʻquv yili uchun OHTMni butlash rejasiga qatʼiy rioya qilgan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarga ega boʻlgan nomzodlar uchun OHTMga belgilangan qabul kvotadan tashqari oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Nomzodlar OHTMga Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari asosida oʻqishga qabul qilinadi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda, OHTM qabul komissiyasi ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralab olishning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. OHTM qabul komissiyasi test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan keyin besh kunlik muddatda nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. OHTMga oʻqishga qabul qilish jarayonida Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning (talabalar bundan mustasno) toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlari natijalariga koʻra Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida oʻqishni davom ettirish istagini bildirgan talaba nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan hollarda ular orasida birinchi ikki fandan test natijalari yuqori boʻlgan talaba nomzod qabul qilinadi, shunda ham ballar teng boʻlib qolgan taqdirda, oliy taʼlim muassasasida taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasi yuqori boʻlgan talaba nomzod oʻqishga qabul qilinadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. OHTM qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni OHTMga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan materiallar nomzodlarni OHTMga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran OHTM kadrlar boʻlimlari tomonidan 5 kun ichida tegishli idoralarga yuboriladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. OHTM tomonidan oʻqishga qabul qilingan nomzodlar hamda ularning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlarini chaqirtirish boʻyicha tegishli mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlarga (muassasalarga) soʻrovnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMning soʻrovnomasiga asosan oʻqishga qabul qilingan nomzodlar hamda ularning shaxsiy hujjatlarining yigʻmajildlari mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan tegishli OHTMga yuboriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar tegishli OHTMda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Kursant OHTMdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sogʻligʻining holatiga koʻra (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) sababli;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) intizomsizligi sababli (shu jumladan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganligi yoki maxsus talablarga javob bermaganligi, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan);
(80-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli oʻqishni davom ettirish imkoni yoʻqligi sababli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) oʻz xohishiga koʻra.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Sogʻligʻining holatiga koʻra kursantlar harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topish toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-tibbiy komissiya xulosalariga asosan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Harbiy tibbiyot instituti va Harbiy aloqa institutida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantlar OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqariladilar va dastlab oʻqishga kirgan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni davom ettirish uchun yuboriladilar.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi OHTMga kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantning boʻlinma komandiri oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni OHTM boshligʻiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Bir yoki bir nechta fanlar boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan (yakuniy nazoratga qoʻyilmagan) va akademik qarzdorligini belgilangan muddatlarda bartaraf etmagan, bir yoki bir nechta fanlar boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatsiz topshirgan kursantlar fanlarni oʻzlashtirmaganligi sababli OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Topshirilgan yakuniy nazoratlar natijalari, oʻquv semestri yoki yili yakunlari boʻyicha fanlarni oʻzlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirishga doir rasmiylashtirilgan taqdimnoma boʻlinma komandiri tomonidan uch kun muddatda OHTM oʻquv boʻlimi bilan muvofiqlashtirilgan holda OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kursantni akademik qarzdorligi uchun OHTMda oʻqishdan chetlashtirish masalasi besh kun muddat ichida OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida chetlashtirishga doir taqdim etilgan materiallar, fanlar boʻyicha yakuniy nazorat qaydnomalariga asoslangan tarzda, fanlarni oʻzlashtirmagan kursant ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni fanlarni oʻzlashtirmaganligi uchun OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan qaror qabul qilingan taqdirda, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ushbu qaror va OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan koʻchirma, fanlar boʻyicha yakuniy nazorat qaydnomalari va shu kabi boshqa materiallar bir kun ichida masʼul vazirliklar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Kontrakt shartlarini bajarmagan, harbiy xizmatchi nomiga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etmagan, harbiy intizomni tizimli ravishda qoʻpol buzib kelgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kursantlar intizomsizligi tufayli OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladilar.
(85-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kursantga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmasdan, oldin jinoiy ish toʻxtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatish rad etilgan boʻlsa, uni OHTMdan chetlashtirish yoki OHTMda qoldirish toʻgʻrisidagi qaror OHTM Ilmiy kengashining qarorini hisobga olgan holda OHTM boshligʻi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Oʻquv boʻlinmasi komandiri OHTM boshligʻiga kursant sodir etgan nojoʻya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar haqida qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha bir kun ichida bildiruv beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM boshligʻi oʻquv boʻlinmasi komandirining bildiruvini olishi bilan ushbu holat yuzasidan xizmat surishtiruvi oʻtkazilishini tashkil etadi. Xizmat surishtiruvini oʻtkazish vazifasi OHTMning tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazuvchi mansabdor shaxslaridan biriga topshiriladi. Xizmat surishtiruvining natijalari uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida xizmat surishtiruvi materiallariga asoslangan holda, kursant ishtirokida besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishga qaror qilingan boʻlsa, OHTM Ilmiy kengashi yigʻilishining bayonnomasidan koʻchirma va xizmat surishtiruvi materiallarining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Kursantlar oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan asosli sabablar (oilaviy sharoitlariga koʻra, yaʼni yaqin qarindoshlarining ogʻir kasallikka chalinganligi, oilasi tabiiy ofatga duchor boʻlganligi, doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotganligi yoki tegishli idoralar tomonidan tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirilmaganligi yoki mazkur huquqdan mahrum qilinganligi va boshqalar) tufayli oʻqishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bois OHTMdan oʻqishdan chetlashtiriladi.
(87-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaziyatni tasdiqlovchi materiallar olingandan soʻng bir kun ichida oʻquv boʻlinmasi komandiri kursantni oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli oʻqishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bois OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida oʻqishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan koʻchirma va kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Sud qaroriga koʻra OHTMga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan dastlabki saralab olish va test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursant kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi sababli OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Kursantga nisbatan kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi boʻyicha sud qarori kelib tushganda, oʻquv boʻlinmasi komandiri qonuniy kuchga kirgan sud qarori va kursantni tavsiflovchi hujjatlarni uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kursantni sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi uchun OHTMda oʻqishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida kursant ishtirokida besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan koʻchirma va qonuniy kuchga kirgan sud qarorining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Maʼlum bir sabablarga koʻra OHTMda oʻqishni davom ettirishni xohlamagan kursantlar oʻz xohishiga koʻra OHTMdan oʻqishdan chetlashtiriladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTMda oʻqishni davom ettirishni xohlamagan kursant sabablarini koʻrsatgan holda, oʻz xohishiga koʻra uni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishni soʻrab, OHTM boshligʻiga qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha bildiruv beradi. Kursant tomonidan oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida bildirgi yozilgandan soʻng oʻquv boʻlinmasi komandiri bir kun ichida kursantni oʻz xohishiga koʻra OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida oʻqishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan koʻchirma va kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. OHTM kursantlarini oʻqishdan chetlashtirish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyi bosqichlarda — OHTM boshligʻining buyrugʻi bilan tegishli vazirlik rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosari bilan kelishilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruv bosqichida — tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining buyrugʻi bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Muddatli harbiy xizmatni oʻtamagan, oʻqishning ikkinchi yili boshlanmasdan OHTMdan chetlashtirilgan, oʻqishdan chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va boʻshash huquqiga ega boʻlmagan kursantlar muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun harbiy qismlarga joʻnatiladi. Chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar harbiy hisobga qoʻyish uchun yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va boʻshash huquqiga ega boʻlmagan kursant OHTM kursantlari roʻyxatidan chetlashtirish toʻgʻrisida OHTM boshligʻining buyrugʻi chiqarilgandan keyin uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining tegishli farmoyishiga asosan muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun harbiy qismga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantlar (intizomsizligi, sogʻligʻining holatiga koʻra, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatning oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub lavozimlarda kontrakt boʻyicha harbiy xizmat oʻtashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan, oʻz xizmatini davom ettirish istagini bildirgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar (intizomsizligi, sogʻligʻining holatiga koʻra, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat oʻtash uchun yuborilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Kursant oʻqishdan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari bir kun ichida harbiy hisobda turish uchun mudofaa ishlari boʻlimiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. OHTMdan chetlashtirilgan kursantlarni haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga boʻshatish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga asosan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Bitiruv bosqichida tahsil olayotgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida oʻrganib chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursantni OHTMdan chetlashtirish boʻyicha OHTM boshligʻining tavsiyanomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlangan OHTM Ilmiy kengashining qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashi yigʻilishining bayonnomasidan koʻchirma. Bayonnomada OHTMda oʻqishdan chetlatilayotgan kursantning toʻliq biografik maʼlumoti (tugʻilgan joyi va sanasi, millati, oilaviy ahvoli, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan joyi, muddatli harbiy xizmatni oʻtagani va unga harbiy qism komandirining tavsiyanomasi berilgan yoki berilmagani haqida maʼlumot, qaysi mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotganligi, ota-onasining yashash manzillari, ularning qayerda va kim boʻlib ishlashi toʻgʻrisida maʼlumot), kursantni oʻqishdan chetlatish uchun asos boʻlayotgan holatlar koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursantni oʻqishdan chetlatish uchun asos boʻlayotgan holatlar boʻyicha boshqa hujjatlar nusxalari (kursantlar vzvodi komandirining batalyon komandiri va OHTM boshligʻining oʻquv ishlari (oʻquv va ilmiy ishlar) boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tavsiya qilingan bildirgisi, kasallik toʻgʻrisidagi guvohnoma, akademik qarzdorligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, xizmat tavsifnomasi, xizmat varaqasidan koʻchirma, kursantning oʻqishni xohlamasligi toʻgʻrisida yozgan bildiruvi (oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilayotgan hollarda), xizmat surishtiruvi materiallari, sud hukmi va qarorlaridan nusxa va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining kursantni OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi tayyorlanadi va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining kursantni OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi imzolangandan soʻng uning koʻchirmasi ijro etish uchun uch kun ichida OHTMga, harbiy hisobga qoʻyish uchun tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga (boʻlimiga) yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. OHTM boshligʻi tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining kursantni OHTM roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan uch kun ichida ushbu kursant bilan tuzilgan shartnomani bekor qiladi, harbiy xizmatchini (harbiy xizmatga majbur shaxsni) taʼminotning barcha turlaridan ozod qiladi, OHTM shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqaradi va xizmatini davom ettirish uchun tayinlangan harbiy qismga (harbiy hisobga qoʻyish uchun turar joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga) yuboradi. Shuningdek, OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi bilan birga akademik maʼlumotnoma va OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasining koʻchirmalari ham yoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Kursantlar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Kursantlar oʻqishini qayta tiklashga mazkur Nizomning 80-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar (sogʻligʻining holatiga koʻra, fanlarni oʻzlashtira olmaganliklari va oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli oʻqishni davom ettirish imkoni yoʻqligi tufayli) bilan oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlarga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM kursantlarini oʻqishga qayta tiklash mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi bosqichning ikkinchi semestri va undan yuqori bosqichlarda tahsil olish davomida OHTMda oʻqishdan chetlashtirilgan shaxslar (intizomsizligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli va oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlardan tashqari) oʻzlari tahsil olgan OHTMga tegishli oʻquv semestri boshlangunga qadar roʻyxatdan chiqarilgandan soʻng olti oydan kam boʻlmagan va uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan muddat ichida harbiy qism komandirining tavsiyasiga koʻra qoʻshinlar safida benuqson xizmat oʻtaganlik sharti bilan (harbiy hisobga kiritilgan joydagi mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tavsiyasiga koʻra, iqtisodiyot tarmoqlarida vijdonan mehnat qilganlik sharti bilan), shaxsan yozgan ariza (bildirgi)siga asosan oʻqishga qayta tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Birinchi bosqichning birinchi semestrida tahsil olish davomida (birinchi semestr yakuni boʻyicha imtihon sessiyasini toʻliq topshirmagan holda) OHTMda oʻqishdan chetlashtirilgan kursantlar oʻqishga qayta tiklanmaydi. Ular oʻqishga faqat umumiy qoidalarga asosan qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Kursantlar oʻqishini qayta tiklash kursantlar safidan chetlashtirilganiga olti oydan uch yilgacha boʻlgan muddatda, tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Quyidagi holatlar kursantning qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)siga rad javobi berish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursantning intizomsizligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli yoki oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursant birinchi bosqichning birinchi semestrida (birinchi semestr tugallanmagan holatda) oʻqishdan chetlashtirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqishdan chetlashtirilgan kursant roʻyxatdan chiqarilgan sanadan oʻqishga qayta tiklash soʻralayotgan tegishli oʻquv semestri boshlangunga qadar olti oydan kam yoki uch yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga OHTM kursanti lavozimida harbiy xizmatni oʻtash boʻyicha belgilangan yosh chegarasidan oʻtgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchi (fuqaro)ning oʻqishini qayta tiklash boʻyicha ariza (bildirgi)siga rad javobi berilgan taqdirda, uni koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatda ariza (bildirgi)da koʻrsatilgan manzilga ariza (bildirgi)ni koʻrib chiqqan mansabdor shaxs yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan javob xati yoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. OHTM kursantlarining oʻqishini qayta tiklash boʻyicha arizalar (bildirgilar)ni topshirish va koʻrib chiqish yilda bir marotaba 1-iyuldan 20-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdim qilingan qayta tiklash boʻyicha hujjatlar toʻplami va ariza (bildirgi)lar OHTM boshligʻi, tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqilib, har yili 20-iyuldan 10-avgustga qadar qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Oʻqishini qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimi orqali belgilangan muddatda mazkur Nizomga 13-ilovada qayd etilgan hujjatlarni rasmiylashtirib, OHTMga taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Kursantlar oʻqishini qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)lar ariza beruvchilar taqdim etgan hujjatlar bilan birga OHTM ilmiy kengashining muhokamasiga kengash kotibi tomonidan taqdim etiladi. OHTMdan oʻqishdan chetlashtirilgan shaxslarni oʻqishga tiklash masalasi taqdim etilgan hujjatlar asosida OHTM Ilmiy kengashi yigʻilishida, ariza beruvchilar ishtirokida koʻrib chiqiladi. OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan koʻchirma va oʻqishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasi tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organiga yuboriladi. Oʻqishga tiklashga doir hujjatlar tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organi tomonidan oʻrganib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosarining kursantni oʻqishga tiklash va OHTM kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi tayyorlanadi hamda qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosari kursantni oʻqishga tiklash va OHTM kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruqni imzolagandan soʻng uning koʻchirmalari ijro etish uchun OHTMga hamda oʻqishga tiklangan shaxsga yozma koʻrsatma rasmiylashtirib berish va uning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildini OHTMga yoʻllashi uchun harbiy xizmatchi (fuqaro)ni oʻqishga tiklash yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlab, yoʻllagan birlashma, qoʻshilma, qism, mudofaa ishlari boshqarmasi yoki boʻlimiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Kursantni oʻqishga tiklash va OHTM kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruqqa asosan OHTM boshligʻi kursant bilan u OHTMga kelgan kuni OHTMda taʼlim olish muddatiga, oʻqishni tamomlaganidan soʻng ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda majburiy ravishda besh yil harbiy xizmat (xizmat) oʻtash sharti bilan kontrakt tuzadi.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Kursantlarni qayta tiklash jarayonida shaxsiy hujjatlar yigʻmajildidagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi yoxud hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda, OHTM boshliqlari mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. OHTMga qayta tiklangan kursantlarning shaxsiy yigʻmajildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik tegishliligi boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimi va OHTMga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. OHTM kursantlari oʻqishini tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarda yoki OHTMda uch yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda OHTM, tegishli vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini OHTMga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Sogʻligʻining holatiga koʻra, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli oʻqishni davom ettirish imkoni yoʻqligi sababli va oʻz xohishiga koʻra OHTMdan chetlashtirilgan kursantlar oʻz xohishiga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash tartibiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish tadbirlari kompleksini bosqichma-bosqich amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) topshirish va qabul komissiyalarini tashkil etish

1-bosqich

Nomzodlar

Mudofaa ishlari boʻlimlari (harbiy qism, muassasalar)ga oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ariza (bildirgilar) topshiradi.

1-fevraldan 31-martgacha

2-bosqich

Vazirliklar

Oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalarini tashkil etadi.

10-martgacha

Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi tarkibida kichik komissiyalar tuzadi.

20-martgacha

II. Harbiy-professional yoʻnaltirish

3-bosqich

Vazirliklar

Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitserlik kasbi haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish maqsadida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik (CHQBT) rahbarlarini faol jalb etgan holda, oliy harbiy taʼlim muassasalari va hududiy organlarning, harbiy-akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari bilan oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyadi.

Doimiy

(bitiruvchilar bilan sentabr — yanvar)

Hududiy organlar

CHQBT rahbarlari bilan (har yilgi) oʻquv-metodik yigʻinlar oʻtkazadi.

Doimiy

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbarlari va oʻqituvchilari

Yoshlarning harbiy qism, OHTM vakillari, faxriylar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvini tashkil etadi.

Doimiy

Joylardagi taʼlim muassasalarining aʼlochi bitiruvchilari bilan uchrashuv, mashq yigʻinlari, shuningdek, maqsadli targʻibot ishlarini tashkil etadi.

sentabr-oktabr

Psixologiya va pedagogika, muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy taʼlim muassasalari rektorlari

Talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutiga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafliligini targʻib etishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshiradi.

sentabr — yanvar

III. Dastlabki saralab olish

4-bosqich

Mudofaa ishlari boʻlimlari, harbiy qism

(muassasalar)

Nomzodning hujjatlarini toʻplaydi va oʻrganadi.

Nomzod bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.

Birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.

1-fevral — 31-mart

Qabul komissiyasi

Individual-psixologik oʻrganish oʻtkazadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaydi.

Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.

1-apreldan 20-maygacha

Mudofaa ishlari boshqarmalari, harbiy qism

(muassasalar)

Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning roʻyxatlarini OHTM qabul komissiyasiga yuboradi.

1-iyungacha

Qabul komissiyasi

Nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni Bilimni baholash agentligining maxsus dasturiga kiritadi.

5-iyungacha

IV. Test sinovlarini oʻtkazish va oʻqishga qabul qilish

5-bosqich

Bilimni baholash agentligi

Test sinovlarini tashkil etadi.

iyul-avgust

Test sinovi natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.

Test sinovlari toʻliq yakunlangan kunning ertasiga

6-bosqich

Qabul komissiyasi

Oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni Bilimni baholash agentligiga taqdim etadi.

Ikki kunlik muddatda

Test sinovlari natijalarini eʼlon qiladi.

Test sinovlari natijalari taqdim etilgandan soʻng 2 kun muddatda

Tegishli bayonnomalarni rasmiylashtiradi.

Test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan soʻng 1 kun muddatda

OHTMga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtiradi.

Bayonnoma tasdiqlangandan soʻng 2 kun muddatda

Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan materiallarni tegishli idoralarga yuboradi.

Buyruq qabul qilingandan soʻng 5 kun muddatda

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

TILXAT

Men, _______________________________________________________________________________________________________________________________________

_(F.I.O.)

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

oʻqishga qabul qilinsam, oʻqishni tugatganimdan soʻng tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashdan bosh tortsam, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligim, sodir etgan jinoyatim uchun sudlanganligim sababli harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilsam yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsam, oʻqish davrida menga sarflangan budjet mablagʻlarini qoplash boʻyicha toʻliq moddiy javobgarligim, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishimni koʻchirishim yoxud oʻz xohishim bilan oʻqishdan ketishim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

______________

_________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “_____” ___________

Biz, _____________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ga oʻqishga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

kirishga nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), farzandimiz

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

oʻqishga qabul qilinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng u bilan tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashdan bosh tortsa, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilsa yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsa, oʻqish davrida unga sarflangan budjet mablagʻlarini qoplash boʻyicha toʻliq moddiy javobgarligimiz, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirishi yoxud oʻz xohishi bilan oʻqishdan ketishi toʻgʻrisida ogohlantirildik.

______________

_________________________

(imzo)

(F.I.O.)

______________

_________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20____ yil “____” ____________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi F.I.O.)

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________da

(nomzodning yashash joyi)

yashovchi ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________dan

(F.I.O.)

ARIZA

Meni, oʻz xohishimga koʻra ________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini ____________________ tilida ___________________ alifbosida topshiraman.

___________________ (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) ______________ (kirill, lotin)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

Oʻqishga qabul qilinsam, biroq Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, oʻqishimni Oʻzbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy taʼlim muassasalariga koʻchirishga yoki oʻz xohishim bilan oʻqishdan ketishga roziman.

______________

_________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “_____” _____________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

_________________________________________ga

(nomzodning bevosita boshligʻining nomi)

BILDIRGI

Men, ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tugʻilgan yili, sanasi va joyi, harbiy xizmatga chaqirilgan yili va sanasi)

Sizdan oʻz xohishimga koʻra meni ____________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini _____________________ tilida ___________________ alifbosida topshiraman.

___________________ (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) ______________ (kirill, lotin)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

Oʻqishga qabul qilinsam, biroq Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, oʻz xohishim bilan oʻqishdan ketishga roziman.

______________

_________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “_____” _____________

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

__________________________________________ga

(oliy taʼlim muassasasi rektori F.I.O.)

__________________________________________da

(nomzodning yashash joyi)

yashovchi _____________________________________

(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi)

_________________________________________dan

(F.I.O.)

ARIZA

Meni, oʻz xohishimga koʻra _________________________________________________________________________________________________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini ______________________ tilida __________________ alifbosida topshiraman.

___________________ (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) ______________ (kirill, lotin)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) _______________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

Oʻqishga qabul qilinsam, biroq Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilmasa, oʻz xohishim bilan oʻqishdan ketishga roziman.

______________

_________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “_____” ____________

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini tekshirish mazkur Metodikada belgilangan tartibda kichik komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qabul yilining 20-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutining kichik qabul komissiyasi tomonidan ingliz va rus tili fanlari boʻyicha savollar shakllantiriladi hamda kichik qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savollarni shakllantirishda umumtaʼlim dasturlaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Savollar toʻplami muhrlangan holda, kichik qabul komissiyasi raisining seyfida saqlanadi. Kichik qabul komissiyasi raisi savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha kichik qabul komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning tilni bilish darajasini aniqlash xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saralab olish ishlarini oʻtkazish uchun bino va xonalarni tayyorlash, barcha zarur sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, ularga saralab olish ishlari natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nomzodning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun nomzod belgilangan xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xonaga lugʻat, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Saralab olish jarayonida nomzodlarning auditoriyadan chiqishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, oʻzboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlashni oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va saralab olishdan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda kuzatuv ostida xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash va baholash kichik komissiya aʼzolari tomonidan kollegiallik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5” (aʼlo) (86 — 100%) — nomzod tegishli berilgan mavzuni toʻliq ogʻzaki yoki yozma tarzda batafsil yoritib bersa, ularni mantiqan toʻgʻri bayon etsa, aniq mustaqil xulosa qila olsa va toʻgʻriligini asoslay olsa, farazlarni qoʻllay bilishi, oʻqituvchi tomonidan tilni bilish darajasini aniqlash uchun berilgan qoʻshimcha savollarga javob bersa, shuningdek, bilimini amalda qoʻllay olishini namoyish qilsa, ijodiy fikrlab, mustaqil mushohada yurita olishini hisobga olib, tilni bilish darajasi yuqori deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4” (yaxshi) (71 — 85 %) — nomzod tegishli mavzu boʻyicha materiallarni puxta bilib, oʻqituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berishda sezilarli noaniqliklarga yoʻl qoʻymagan boʻlsa, olgan bilimlarini amalda qoʻllay olsa, oʻqituvchi tomonidan berilgan qoʻshimcha savollarga qisman toʻgʻri javob bersa, yozma ishlarida kam xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3” (qoniqarli) (55 — 70%) — nomzod asosiy materialni toʻla oʻzlashtirib, tafsilotlarini yoritib berishda qiyinchiliklarga duch kelsa, javoblarida qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻymagan boʻlsa, oʻqituvchi tomonidan unga yordamchi (esga soluvchi) savollar berilishi zarur boʻlsa, olgan bilimni amalda qoʻllay bilsada, mustaqil yozma va ogʻzaki nutqda xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2” (qoniqarsiz) (0 — 54%) — berilgan materiallar tafsilotini toʻliq oʻzlashtirmagan va tasavvurga ega boʻlmagan, ifodalay olmagan, yozma va ogʻzaki nutqda qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻygan deb topilgan nomzod saralash bosqichidan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan berilgan toʻgʻri javoblar soni va ular uchun qoʻyilgan baholar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qaydnoma kichik qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ularga nisbatan qoʻyilgan bahoni asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Yakka tartibdagi suhbat
‎VARAQASI

________________________________________________________________________________________

(nomzodning F.I.O. (harbiy xizmatchining unvoni va lavozimi ham koʻrsatiladi))

Nomzodning oilaviy ahvoli:_________________________________________________________________

Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati:

________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________
Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari:_____________________________________________
Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi: ________________________________________
Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi: ______________________________________________
Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: _______________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirildi.

Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxs:
______________________________________

(lavozimi)

______________________________________

______________________ ______________________

(harbiy unvoni)

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” _____________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual-psixologik oʻrganish

1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi oʻqishning oʻziga xos jihatlari hisobga olingan holda, qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba tegishli masʼul vazirliklarning ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar boʻlinmalari tomonidan qayta ishlab chiqilib, tegishli masʼul vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarning oshkor etilmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, shuningdek, har bir tayyorlangan testlarni yechganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga bir nechta psixologik testlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodlarning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va ularga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzodlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng nomzodlar javoblar blanklarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Testlarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda ularga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Testlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodlarning takroran test sinovlaridan oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar va individual-psixologik oʻrganish boʻyicha xulosa aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qaydnoma individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Individual-psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ularga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro yoshlar (talabalar) sport kiyimida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 metrga yugurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turnikda tortilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3000 metrga yugurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlarga “qoniqarsiz” bahosi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 100 metrga yugurish mashqini fuqaro yoshlar (talabalar) — 15,4 soniya ichida va harbiy xizmatchilar — 15,2 soniya ichida bajargan taqdirda, nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu mashq oʻyingohning yugurish yoʻlagi yoki qattiq qoplamaga ega tekis (standart) maydonda yuqori start holatidan bajariladi. Start olish tartibini oʻzlashtirish uchun dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari hamda “Olgʻa” komandasi beriladi. “Startga” komandasi berilganda, start olish chizigʻiga kelib, kuchli oyoq start olish chizigʻi yaqiniga qoʻyilib, ikkinchi oyoq yarim qadam ortda qoldiriladi. “Diqqat” komandasi berilganda, tana vazni oldinda turgan oyoqqa oʻtkazilib, gavda va bosh oldinga egiladi, qoʻl tirsaklari esa bukiladi. “Olgʻa” komandasi berilganda, yugurish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda, qoʻl kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qoʻllar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq toʻgʻri tushirilgan, uchi toʻliq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qoʻllar bukilib, tana yuqoriga koʻtarilar ekan, jagʻ turnik ustiga toʻliq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qoʻllar yana toʻliq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib, dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45o gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qoʻlda osilib olish amallari man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turnikda fuqaro yoshlar (talabalar) — kamida 7 marotaba va harbiy xizmatchilar — kamida 10 marotaba tortilganda, nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarida, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 3000 metrga yugurish mashqini fuqaro yoshlar (talabalar) — 14,30 daqiqagacha va harbiy xizmatchilar — 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda, ushbu nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu mashq har qanday ochiq tabiatda, umumiy start olgan tarzda bajariladi. Start olish va finish marralari aynan bir joyda yoki alohida jihozlanadi. Yugurish davomida mashq ishtirokchilari bir-biriga xalal bermasligi lozim. Yugurish amalidan yurish amaliga oʻtgan yoki distansiyadan chetga chiqqan ishtirokchi mashqni bajara olmadi, deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nomzodlar belgilangan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash talablarining barchasini muvaffaqiyatli topshira olgan taqdirda, jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarning natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_________________________ga _________________ viloyati MIBdan dastlabki saralab olish

_________ (OHTM nomi) ______________ (hudud) ____________________________________________

tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar

ROʻYXATI

T/r

F.I.O., (pasport (ID-karta) maʼlumotlari asosida) tugʻilgan yili, millati, pasport (ID-karta) maʼlumotlari

Maʼlumoti

Yashash joyidagi tuman (shahar) IIBdan maʼlumotnoma

Sogʻligʻi holati boʻyicha maʼlumotnoma

Nomzod haqida qoʻshimcha maʼlumotlar

(telefon raqami (oilasidan yana bir kishining raqami), OHTMga oʻqishga kirish uchun imtiyoz va boshqalar)

Test sinovlarini qaysi hududdan va qaysi tilda topshiradi

1.

ISMOILOV

Akramjon Alijon oʻgʻli,

26.08.2000-yil, oʻzbek.

Pasport (ID-karta) raqami: AD 0000000,

Shaxsiy raqam (JSHSHIR): 00000000000000

Oʻrta maxsus,

2019-yilda Fargʻona soliq kollejini tamomlagan

Profilaktik hisobda turmaydi

Yaroqli

Tel: ___________

Tel: ___________

Tavsiyanoma raqami

QK-000001,

ingliz tilidan “V1” sertifikati mavjud

AV-0000000

Fargʻona viloyatida,

oʻzbek tilida

2.

POʻLATOV

Sherali Anvar oʻgʻli,

28.03.2000-yil, tojik.

Pasport (ID-karta) raqami: AS 0000000,

Shaxsiy raqam (JSHSHIR): 00000000000000

Oʻrta, 2022-yilda Urgut tumanidagi

25-sonli umumtaʼlim maktabini tamomlagan

Profilaktik hisobda turmaydi

Yaroqli

Tel: ___________

Tel: ___________

Tavsiyanoma raqami

QK-000001,

ingliz tilidan “V1” sertifikati mavjud

AV-0000000

Samarqand viloyatida,

rus tilida

...

Izoh.

1. Roʻyxatdagi barcha maʼlumotlar tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan boʻlishi shart (pasport (ID-karta), sertifikat, maʼlumotnoma va boshqalar).

2. Nomzodlar haqida qoʻshimcha maʼlumotlar ustunida nomzod toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar kiritilishi shart:

telefon raqami;

OHTMga oʻqishga kirish uchun imtiyoz raqami, chet tilini bilish darajasi boʻyicha sertifikat raqami (mavjud boʻlsa);

notoʻliq oilada oʻsgan nomzodlar (ota-onasi vafot etgan boʻlsa, oʻlim sabablari koʻrsatilishi shart).

3. Roʻyxatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun shaxsan harbiy okrug (birlashma)lar kadrlar boʻlimlari, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari, shuningdek, viloyat MIB boshliqlari javobgar hisoblanadi.

4. OHTM qabul komissiyasiga nomzodning pasport (ID-karta) va imtiyoz nusxasi hamda tibbiy maʼlumotnomaning asl nusxasi roʻyxat bilan birga yuborilishi shart.

___________ VILOYATI MUDOFAA ISHLARI BOSHQARMASI BOSHLIGʻI

_______________

_______________

(harbiy unvoni)

(F.I.O.)

20__ yil “___” ___________ M. Oʻ.

(9a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

_______________________________________
_______________________________________

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi, qabul komissiyasi raisining unvoni, imzosi va F.I.O.)

20___ yil “___” _____________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

Qabul komissiyasi yigʻilishining

____-son BAYONNOMASI

20__ yil “___” ____________

_____________________________________

(yigʻilish oʻtkazilgan hudud nomi)

Raislik qiluvchi: _______________________________________________

(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar: _______________________________________________

(qabul komissiyasi aʼzolari)

_______________________________________________

(qabul komissiyasi aʼzolari)

KUN TARTIBI:

(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

‎‎_________________________________________________________________________qabul komissiyasi

‎‎(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan qaror qiladi:
‎‎____________________mutaxassisligi boʻyicha tanlov natijalari*:

T/r‎

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning maxsus kodi

Test sinovlarida toʻplagan bali

Imtiyoz‎

Umumiy ball ‎

Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida qayd yozuvi

1.

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

...

Qabul komissiyasi aʼzolari _______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

_______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi
‎ masʼul kotibi:
_______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur bayonnomada tegishli mutaxassislik boʻyicha alohida tanlov oʻtkaziladigan oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan saralab olish natijalari har bir mutaxassislik boʻyicha alohida koʻrsatiladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 266-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarini oʻqishdan chetlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasining boʻlinma komandiri

1. Harbiy-tibbiy komissiyaning kursant sogʻligʻining holatiga koʻra OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topgan xulosasiga asosan OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun OHTM boshligʻiga taqdim etish.

Xulosani olgandan boshlab besh kunda

1. Fanlarni oʻzlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirishga doir taqdimnomani rasmiylashtirish.

2. Taqdimnomani OHTM oʻquv boʻlimi bilan muvofiqlashtirilgan holda, Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Fanlarni oʻzlashtirmagan deb topilgan kundan boshlab uch kunda

1. Nojoʻya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar sodir etgan kursant haqida OHTM boshligʻiga xizmat surishtiruvi tayinlash yuzasidan bildiruv berish.

Bir kunda

2. Xizmat surishtiruvining natijalarini Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Xizmat surishtiruvi xulosasini olgan kundan boshlab uch kunda

1. Oʻziga bogʻliq boʻlmagan asosli sabablar tufayli oʻqishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bois kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan taqdimnoma rasmiylashtirish.

2. Taqdimnomani vaziyatni tasdiqlovchi materiallar bilan koʻrib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Bir kunda

1. Sud qaroriga koʻra OHTMga oʻqishga kirish bilan bogʻliq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Uch kunda

1. Oʻz xohishiga koʻra OHTMda oʻqishni davom ettirishni xohlamagan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Bir kunda

2-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi

1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida koʻrib chiqish.

Besh kunda

2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.

Bir kunda

3-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasi

boshligʻi

1. OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasini tasdiqlash.

2. OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasidan koʻchirma va oʻqishdan chetlashtirish uchun tayyorlangan hujjatlarni vazirliklar va idoralar markaziy apparatiga taqdim etish.

Bir kunda

4-bosqich

Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy taʼlim muassasasi bilan ishlash boʻlinmasi

Quyi bosqichdagi kursantlarga nisbatan:

Oʻqishdan chetlashtirishga doir hujjatlarni oʻrganib chiqish va OHTM boshligʻiga mazkur masalani kelishilganligi toʻgʻrisida koʻrsatma yuborish.

Uch kunda

Bitiruvchi bosqichdagi kursantlarga nisbatan:

1. Oʻqishdan chetlashtirishga doir hujjatlarni oʻrganib chiqish natijalariga koʻra kursantni oʻqishdan chetlashtirishga doir hujjatlar asosli deb topilganda, vazirliklar va idoralar rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosarining buyrugʻi loyihasini tayyorlash va rasmiylashtirish.

Besh kunda

2. Vazirliklar va idoralar rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosarining kursantni oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻini ijro qilish uchun OHTM boshligʻiga yuborish.

Bir kunda

5-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasi boshliqlari

1. Kursantni oʻqishdan chetlashtirish, u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish, OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarish va harbiy hisobga turish uchun mudofaa ishlari boʻlimiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga joʻnatish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

Uch kunda

2. OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildini (shaxsiy hujjatlar, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma, OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasidan koʻchirma va boshqa hujjatlar nusxasi tikib qoʻyilgan holda) harbiy hisobga turish uchun mudofaa ishlari boʻlimiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga joʻnatish.

Bir kunda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarini qayta tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalaridan chetlashtirilgan kursantlar

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha oliy harbiy taʼlim muassasalariga ariza (bildirgi) bilan murojaat qilish.

Chetlashtirilganligiga bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatda har yili1-iyuldan 20-iyulgacha

2-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalari Ilmiy kengashi

1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni ariza beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish.

2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.

20-iyuldan 25-iyulgacha

3-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalari

Ilmiy kengashning bayonnomasidan koʻchirma va oʻqishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasini vazirliklar markaziy apparatiga taqdim etish.

26-iyuldan 30-iyulgacha

4-bosqich

Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlinmasi

1. Oʻqishga tiklashga doir hujjatlarni oʻrganib chiqish

2. Kursantni oʻqishga tiklash va oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasini tayyorlash.

1-avgustdan 5-avgustgacha

5-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalari boshligʻi, vazirliklar rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosari

Kursantni oʻqishga tiklash va oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish.

10-avgustgacha

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishni qayta tiklash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻqishni qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi) (arizada oʻqishini qayta tiklashni istagan OHTM va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli, oʻqigan OHTM va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻqishini qayta tiklash sabablari, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Roʻyxatga olgan mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tavsiyanomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻqishdan chetlashtirilgan vaqtida OHTM tomonidan berilgan akademik maʼlumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xizmat (ish) joyidan tavsifnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yashash joyidagi ichki ishlar boʻlimidan maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mudofaa ishlari boʻlimidan belgilangan shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma (42-shakl).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yashash joyidagi nazorat organlari bilan oʻqishdan chetlatilgan kursantning oʻqishga tiklash boʻyicha kelishilganligi haqida mudofaa ishlari boʻlimidan maʼlumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda oʻqishga yaroqlilik darajasi haqida ekspert hujjatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobda turganligi haqida qayd qilingan harbiy guvohnomasining nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning doimiy roʻyxatda turish manzili koʻrsatilgan holdagi nusxasi (OHTM tomonidan ariza beruvchining oʻqishini tiklash masalasi ijobiy hal qilinganda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi OHTMga saqlash uchun topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻqishdan chetlashtirilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi (ariza beruvchi harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan belgilangan tartib va muddatda tegishli OHTMga joʻnatiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Oliy harbiy taʼlim muassasasi nomi

I. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻyicha

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti

II. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻyicha

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi

III. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻyicha

7.

Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

IV. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻyicha

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “harbiy taʼlim fakultetlari” soʻzlaridan keyin “harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda” soʻzlari “bir yil, 2-kursda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, oʻzi yozgan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni oʻtash istagini bildirgan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“salomatligi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli abituriyentlarga ruxsat beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 27-bandning birinchi xatboshisidagi “Talabalarni” soʻzi “Talabalar (fuqarolar)ni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 59-banddagi “3-kursi” soʻzlari “2-kursi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ilovaning izohida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“, tibbiy koʻrik esa II-semestrda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“VI-semestrlarda” soʻzlari “IV-semestrlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidan “harbiy taʼlim muassasalariga va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 15-yanvardagi 6-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 16-iyundagi 209-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2017-yil 26-maydagi 320-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 18-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 71-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 529-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-iyuldagi 562-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-avgustdagi 470-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarorining 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-avgust 500-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vazirlar Mahkamasining “Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 18.04.2026-y., 09/26/181/0382-son)