15.10.2021 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismlaridan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish hamda ushbu jarayonni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini (keyingi o‘rinlarda — yerto‘la) foydalanishga berish va saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘lada shug‘ullanish mumkin bo‘lgan va mumkin bulmagan faoliyat turlari, shuningdek, yerto‘ladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik va nizolarni hal etish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘lada shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turini yong‘inga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lab beriladigan ijara to‘lovlari ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 15-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
648-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qaroriga
1-ILOVA

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasidan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uy — ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yo‘laklariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmuidir. Ko‘p kvartirali uy ulushli mulk huquqi asosida joylarning mulkdorlariga tegishli bo‘lgan umumiy mulk elementlarini o‘z ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘la — ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanuvchi — ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini shartnoma asosida ijaraga yoki tekin foydalanishga olgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanish maqsadi — ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida yerto‘ladan foydalanuvchi shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi — ko‘p kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi subyekt (boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi, uy kengashi, joylarning mulkdorlari shirkati).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasini foydalanishga berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yerto‘la yoki uning bir qismini yerto‘ladan foydalanuvchiga berish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda foydalanishga berilayotgan umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi yerto‘ladan foydalanuvchi bilan tuzilgan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnomalarni soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo‘yilishini ta’minlaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jismoniy va yuridik shaxslar yerto‘lani foydalanishga olish uchun ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga yozma ravishda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yozma murojaatga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (jismoniy shaxs bo‘lsa uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi, yerto‘ladan foydalanish maqsadi, yerto‘ladan talab etilayotgan maydon o‘lchami to‘g‘risida to‘liq ma’lumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yerto‘lani faoliyat turiga moslashtirish hamda qulayligini yanada oshirish maqsadida joyni ta’mirlash va qayta rejalashtirish ishlari talab etilgan taqdirda, bu to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yerto‘lani ijaraga olish to‘g‘risida yozma murojaatni qabul qilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi uch kundan kechiktirmasdan ushbu masalani muhokama qilish to‘g‘risida joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida e’lonni yig‘ilish o‘tkazilish kunidan kamida o‘n kun oldin har bir kirish yo‘lagiga osib qo‘yish yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qo‘ydirib topshirish yoxud umumiy yig‘ilishda so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish uchun umumiy yig‘ilish qarorining loyihasini har bir mulkdorga yuborish orqali xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E’londa yig‘ilish o‘tkazish joyi, sanasi, vaqti va umumiy yig‘ilish kun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilishda so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish uchun yuborilgan umumiy yig‘ilishning qarori loyihasida yig‘ilish tashabbuskori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qaror yuborilishi lozim bo‘lgan joy va manzil, ovoz berish uchun nazarda tutilgan, besh kundan kam bo‘lishi mumkin bo‘lmagan muddat, shuningdek, boshqa zarur axborot ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismini foydalanishga berish yuzasidan umumiy yig‘ilishda qaror qabul qilinishi uchun barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i hozir bo‘lishi kerak. Umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab umumiy yig‘ilishda hozir bo‘lgan joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘progi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilish qarori so‘rovnoma o‘tkazish orqali qabul qilinganda mulkdorlarning kun tartibidagi masala bo‘yicha qaror loyihasining asliga qo‘yilgan imzo (ovoz)lar soni qaysi qaror loyihasi masalasi bo‘yicha tegishli ovozlar (yoqlab, qarshi yoki betaraf) soni ko‘p to‘plangan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvorum mavjud bo‘lmaganda yoki umumiy yigilish qarorini qabul qilish uchun ovozlar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda, ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismini foydalanishga berish masalasi rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yerto‘ladan foydalanuvchi uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlari ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlariga mutanosib ravishda ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yerto‘lani foydalanishga berish yuzasidan qabul qilingan umumiy yig‘ilish qarori qabul qilingan kundan boshlab ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi besh ish kunidan kechiktirmasdan umumiy yig‘ilishda qabul qilingan qarorga muvofiq yerto‘ladan foydalanuvchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish chorasini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lab beriladigan ijara to‘lovlarining alohida hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritilib, ijara to‘lovlari ushbu tizim orqali yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning yerto‘lani foydalanishga olish uchun yozma murojaati, umumiy yig‘ilish bayoni, faoliyat turi, ijaraga olingan maydon hamda yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Mening uyim” billing tizimiga kiritadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida mazkur Nizomning 11-bandidagi cheklovlarga rioya qilgan holda quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxonalar, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kuryerlik faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) rassomchilik va haykaltaroshlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) video va fotosuratga olish hamda kompyuter xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) tarjima va tahrir xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) rieltorlik faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) davlat tashkilotlarini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘uldanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hammomlar va saunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat hojatxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko‘paytirishga mo‘ljallangan joylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yerto‘ladan mazkur Tartibning 10-bandida belgilangan faoliyat turlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasidan foydalanish uchun qo‘yiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kirish joylari aholining uyga kirish eshiklaridan alohida bo‘lgan va balandligi 2,2 metr va undan yuqori bo‘lgan yerto‘lani foydalanishga berishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yerto‘ladan foydalanish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan qulay hamda xavfsiz foydalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yerto‘lani ta’mirlash va saqlash uchun xarajatlar hamda ijara haqi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi bilan yerto‘ladan foydalanuvchi o‘rtasida umumiy yig‘ilish qarori asosida tuzilgan shartnomaga ko‘ra belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yerto‘lani saqlash uning texnik va sanitariya holatini saqlab turish, unga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash hamda yerto‘lani asrashga va undan foydalanish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yerto‘ladan foydalanish bo‘yicha shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yerto‘ladan foydalanuvchi foydalanib turgan joyning tegishli ta’mirlash xarajatlarini o‘z hisobidan amalga oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, tayanch va tayanch bo‘lmagan devorlarni buzish, kavlash, muhandislik kommunikatsiyalarining sxemasi buzilishiga olib keladigan har qanday o‘zgartirishlarni amalga oshirish qat’iyan taqiqlanadi, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid bo‘lmagan yengil materiallardan foydalanib, muhandislik tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklab qo‘ymasdan, yerto‘la ichki qismida orayopma devorlarni faqat belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari asosida o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismining jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun ta’mirlash ishlari bajarilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi yerto‘ladan foydalanish uchun qo‘yiladigan talablar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Yerto‘lani o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan, qayta rejalashtirgan yoki rekonstruksiya qilgan, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari joylashuvini o‘zgartirgan yoxud qo‘shimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalari va boshqa qurilmalarni o‘rnatgan yerto‘ladan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining majburiy ko‘rsatmasiga binoan uni o‘z holatiga qaytarishi hamda sudning qaroriga ko‘ra yetkazilgan zararni qoplashi shart.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yerto‘ladan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyning yon-atrofidagi yo‘laklarda, fasad qismlarida, umumiy foydalanish hududlarida har xil ko‘rsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, me’morchilik detallari, reklamalar, palatkalar, turli yozuvlar, afishalar, plakatlar, har xil e’lonlar va boshqalarni ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining yozma roziligisiz o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘ladan foydalanish natijasida maishiy va boshqa chiqindilarni belgilanmagan joylarga to‘kish, tashlash va yoqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlarda yerto‘ladagi o‘tiladigan joylar, umumiy yo‘laklar, qo‘shimcha o‘tish va chiqish joylarini turli buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘la evakuatsiya yo‘llari, zinapoyalar va yo‘laklarda yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, aerozol idishdagi tovarlarni hamda boshqa portlash va yonish xavfi bor modda va materiallarni saqlash va ulardan foydalanish, xo‘jalik xonalarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘lada binoning konstruktiv qismlariga zarar yetkazuvchi ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyning loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilmagan hollarda yerto‘lada transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘lada o‘zboshimchalik bilan isitish qozonlari, radiatorlarni o‘rnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, quvurlarga kranlar o‘rnatish, elevator uzellarini sozlash, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini o‘zgartirish, umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni egallab olish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga borish imkoniyatini cheklab qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soat 23.00dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45dBAdan ortiq bo‘lgan televizorlar, radiopriyomniklar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan, shuningdek, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga, mol-mulkiga yoki atrof muhitga xavf tug‘diradigan yerto‘laning yoki uyning konstruktiv qismlari tayanch qobiliyati hamda zilzilaga bardoshliligini buzuvchi, shovqin va tebranish hosil qiluvchi hamda havoni iflos qiluvchi ishlarni amalga oshirish yoki boshqa harakatlarni sodir etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yerto‘laning kirish joylari aholi uylariga kirish eshigidan alohida bo‘lishi, evakuatsiya yo‘llari yonuvchan qurilish materiallari bilan pardozlanmasligi, avtomatik yong‘indan darak berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlari bilan jihozlanishi, tutun tortish tizimlari nazarda tutilishi hamda yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Ayrim hollarda davlat yong‘in nazorati organining tavsiyasiga muvofiq avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yerto‘lada havo va tutun tortish ventilyatsiya tizimi bo‘lishi shart. Bunday ventilyatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan yerto‘laning tashqi devorlari yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq havo va tutun tortish tuynuklari bilan jihozlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yerto‘ladan foydalanuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanish joyini, yerto‘ladan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, umumiy foydalaniladigan joylarning, shuningdek, umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini saqlashga, ularga oid xarajatlarni qoplashda ishtirok etishga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda to‘lashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik kommunikatsiyalariga (elektr tarmoqlari, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik hamda gaz ta’minoti quvurlari, jihozlari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv va elektr energiyasidan foydalanganda hisoblagichlarni o‘rnatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerto‘laning muhandislik kommunikatsiyalarida nosozliklar aniqlangan taqdirda, darhol avariyalarni bartaraf etishning mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarini ko‘rishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-dispetcherlik xizmatiga xabar berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya holatlari yuz berganda kecha-kunduzning istalgan soatida foydalanib turgan joyiga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-dispetcherlik xizmati xodimlarining kirishini ta’minlashga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan yerto‘lani boshqa shaxslarga sotishga, hadya etishga, garovga qo‘yishga va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yerto‘ladan umumiy yig‘ilish qarori asosida mazkur Nizomda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish hamda uy-joy qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik bandidagi “o‘tkazilgan joylar” degan so‘zlardan keyin, qayta jihozlangan yerto‘la va yarim yerto‘la hamda texnik maqsadlarga mo‘ljallangan joylar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ilovaning 6-bandi o‘n uchinchi xatboshidan “va qayta jihozlangan yerto‘lalar va yarim yerto‘lalarda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavining 4.2-bandidagi “podvallar” so‘zi “yerto‘lalar” so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)