07.11.2019 yildagi O‘RQ-581-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning amal qilishi ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlariga (bundan buyon matnda joylarning mulkdorlari deb yuritiladi), ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarga, uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga, shuningdek faoliyati ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun bitta yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uyning mulkdori bo‘lganda ko‘p kvartirali uyni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqarish usulini tanlash erkinligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zini o‘zi boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollegiallik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiqlik va oshkoralik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustaqillik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarning mulkdorlari oldida muntazam hisobdorlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ko‘p kvartirali uy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy — ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yo‘laklariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmuidir. Ko‘p kvartirali uy ulushli mulk huquqi asosida joylarning mulkdorlariga tegishli bo‘lgan umumiy mulk (bundan buyon matnda umumiy mol-mulk deb yuritiladi) elementlarini o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Umumiy mol-mulk
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining zimmasiga mazkur yer uchastkasining sanitariya holati va obodonlashtirilishi uchun javobgarlik yuklatiladi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir ko‘p kvartirali uyning kadastr pasportida ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek yer maydonining kadastr rejasi majburiy tartibda bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi bo‘linmasdir va mustaqil yer uchastkalariga ajratilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi qurilayotgan obyektlar uchun ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi maydonining o‘lchami shaharsozlik normativlarining talablariga muvofiq, binolar o‘rtasidagi eng kam yong‘inga qarshi va sanitar oraliq masofani ta’minlash, mol-mulkning barcha qismlariga kirish sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotning, boshqaruvchining, ko‘p kvartirali uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarilgan taqdirda, ko‘p kvartirali uy kengashining, uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvining (bundan buyon matnda ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi deb yuritiladi) murojaatidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirilmagan muddatda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasining chegaralari va o‘lchamlarini belgilashi hamda ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga bunday yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni berishi shart.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni foydalanish qulay hamda xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, umumiy mol-mulkni lozim darajada saqlash hamda umumiy mol-mulkdan foydalanish masalalarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan (bundan buyon matnda ko‘p kvartirali uyni bevosita boshqarish deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi (bundan buyon matnda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi deb yuritiladi) tomonidan shartnoma asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda davlat tomonidan ko‘maklashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat joylar mulkdorlarining, boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarning, shirkatlarning huquqlari ta’minlanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, ularni rivojlantirishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan standartlarni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarda avariya vaziyatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlar haqini to‘lash tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal sohasida xizmatlar ko‘rsatishda raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek imtiyozli kreditlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam ta’minlangan oilalarga ko‘p kvartirali uylarni saqlash bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlashni va ularni qayta tayyorlashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylardan foydalanishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilish va boshqa choralar ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylardan va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarning texnik holati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni saqlash, ulardan foydalanish talablariga va foydalanish xarajatlarini aniqlash talablariga, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalariga, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalariga, qoidalariga hamda gigiyena normativlariga muvofiq saqlash talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
novatorlik faoliyatini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobini va ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlarni yuritish uchun axborot tizimlari hamda axborot resurslarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq faoliyati to‘g‘risidagi axborotni vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yangilab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha axborot va maslahat yordami ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining faoliyatini huquqiy hamda uslubiy jihatdan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning zamonaviy shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslarini va boshqaruvchilarni, shirkatlar boshqaruvi raislarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun malaka sertifikatini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi davlat nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi davlat nazorati ko‘p kvartirali uydan texnik foydalanish qoidalari va normalariga hamda sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga muvofiq ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini saqlash bo‘yicha talablarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda Uy-joy fondi inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan o‘rganishlar hamda monitoring o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Uy-joy fondi inspeksiyasining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy fondi inspeksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash bo‘yicha talablarga va ulardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishi hamda mulkdorlar tomonidan joylarning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan qoidalarga rioya etilishi va umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uylarning old tomonlarini, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash-tiklash ishlarining tizimli ravishda olib borilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlashni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy fondi inspeksiyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga yoki joylarning mulkdorlariga — ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan texnik foydalanish qoidalarining hamda ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining buzilish hollarini bartaraf etish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlariga — tegishli xizmatlar ko‘rsatishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolatlari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy fondi inspeksiyasining qarorlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulk
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkdan foydalanish huquqi joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushiga bog‘liq bo‘lmaydi. Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda uyga tutash yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqlarga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkning ayrim qismlari, bundan ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilganlari mustasno, joylarning mulkdorlariga yoki boshqa shaxslarga joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan tartibda foydalanishga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkning ayrim qismlaridan faqat o‘z manfaatlari uchun foydalanuvchi joy mulkdori joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan miqdorda umumiy mulkni saqlash uchun haq to‘lashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi natura holida ajratilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkning ayrim qismlari, bundan ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilganlari mustasno, umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxsga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulk, agar uning boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun o‘tkazilishi boshqa mulkdorlarning o‘z mulk huquqlarini amalga oshirishini cheklaydigan bo‘lsa, boshqa shaxsga berilishi yoxud bir yoki bir nechta mulkdorga yoki boshqa shaxslarga foydalanish uchun o‘tkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayanch va to‘siq konstruksiyalarni, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari hamda qurilmalari va boshqa uskuna hamda qurilmalarni boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Umumiy mol-mulkdagi ulushli mulk ishtirokchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir mulkdorning umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushi mazkur ko‘p kvartirali uy barcha mulkdorlarining turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning umumiy maydonida o‘ziga tegishli bo‘lgan joy maydoni ulushiga mutanosibdir. Ko‘p kvartirali uydagi joyning umumiy maydoni o‘lchami ushbu joyning kadastr hujjatiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, alohida joy bir necha mulkdorlarga tegishli bo‘lsa, unda ular ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarishda umumiy majburiyatlardagi solidar javobgarligi bilan birga bitta ulushli mulk ishtirokchisi sifatida qatnashadilar. Bunday mulkdorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda mulkdorlardan har biri bo‘linmas teng huquqlarga va umumiy mol-mulkdagi ko‘rsatilgan ulushga mulkdorlik bilan bog‘liq holda kelib chiqadigan majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulush turar joylarga hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga bo‘lgan mulk huquqidan ajratilishi mumkin emas va faqat ushbu huquq bilan birga o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Umumiy mol-mulkni saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkni saqlash umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini ta’minlashga qaratilgandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkni saqlash uning texnik va sanitariya holatini saqlab turishni, unga xizmat ko‘rsatishni, ta’mirlashni hamda ushbu mol-mulkni asrashga va undan foydalanish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi majburiy normalarga muvofiq, umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha amalga oshirilmasligi ko‘p kvartirali uyga, odamlarning hayotiga, sog‘lig‘iga, shaxslarning mol-mulkiga va atrof-muhitga bevosita xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan majburiy tadbirlarni hamda ishlarni amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy normalar yong‘inga qarshi, sanitariya, shaharsozlik normalarini, ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ko‘p kvartirali uyda shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yoki atrof-muhitga haqiqiy xavf tug‘diradigan holatlar yuzaga kelsa, Uy-joy fondi inspeksiyasi bu haqda joylarning mulkdorlarini va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini oldindan xabardor qilgan holda, ushbu xavfni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavf mavjudligi fakti tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmasiga olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlar umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlardan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joy mulkdorining umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish ulushi ko‘p kvartirali uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoni ulushiga mutanosib ravishda ko‘p kvartirali uyning kadastr pasportiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi qurilgan ko‘p kvartirali uylar foydalanishga topshirilganda realizatsiya qilinmagan joylarning umumiy mol-mulkini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish ulushi ushbu joylarga bo‘lgan mulk huquqi rasmiylashtirilgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni har oyda, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun joylar mulkdorlari majburiy badallarining yoki to‘lovlarining miqdori umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish bo‘yicha xizmatlar uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga va ishlar bajarilishiga, shuningdek ko‘p kvartirali uy bevosita joylar mulkdorlari tomonidan boshqarilganda ko‘p kvartirali uy kengashi raisi va a’zolariga mukofot puli to‘lanishiga, boshqaruv a’zolariga, taftish komissiyasiga mukofot puli va shirkat xodimlariga ish haqi to‘lanishiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq solinishi lozim.
(16-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim hollarda umumiy yig‘ilish mulkdorlar majburiy badallarining yoki to‘lovlarining bir qismini kiritishning pul shaklini, ariza beruvchining yozma bildirishnomasi va umumiy yig‘ilishning bayonnomasi asosida ularning umumiy xarajatlardagi ishtirokining boshqa turlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorning o‘ziga qarashli joydan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to‘liq yoki qisman ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini saqlash bo‘yicha joylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to‘lovlarini to‘lash yuzasidan yakuniy hisob-kitob joriy yil tugaganidan so‘ng amalda bajarilgan ishlarning hajmlari, ularning sifati va bajarilish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlarni asoslashda to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinadi: yetishmagan mablag‘lar hisobot yilidan keyingi davrda joylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to‘lovlarini shakllantirishda hisobga olinadi, ortiqcha mablag‘lar esa kelgusi to‘lovlar hisobiga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joy mulkdori umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash uchun umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha o‘zining majburiyatini shartnoma asosida boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Joy mulkdori majburiy badallarni yoki to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlari boshqa shaxsga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan olingan mablag‘lar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlariga mutanosib ravishda ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa mulkdorlarning roziligisiz mulkdorlardan biri tomonidan, boshqaruv organi yoxud boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilgan asoslanmagan xarajatlarning o‘rni qoplanmaydi. Bunda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joyning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning mulkdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uydagi joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uydagi turar joyning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joyning mulkdoridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir va ular umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Joy mulkdorining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joy mulkdori:

umumiy mol-mulkni boshqarishda ishtirok etish, ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining faoliyati to‘g‘risida axborot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining faoliyati to‘g‘risida hisobot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha takliflar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyning belgilangan maqsadiga muvofiq o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan joyni ijara shartnomasi, bepul foydalanish shartnomasi asosida yoki boshqa qonuniy asosda egalik qilish va (yoki) undan foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Joy mulkdorining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joy mulkdori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan joydan hamda umumiy mol-mulkdan qat’iy mo‘ljallangan maqsadda foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan joylarning, umumiy mol-mulk qismlarining va ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasining but saqlanishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarni qayta qurish va qayta rejalashtirishni faqat joyning qulayligini oshirish maqsadida, binoning va muhandislik kommunikatsiyalarining konstruktiv sxemasini buzmagan holda, binoning, muhandislik kommunikatsiyalarining old tomoni va tashqi ko‘rinishi arxitekturasini yomonlashtirmagan holda amalga oshirishi, bunda binoning tayanch qobiliyati va zilzilaga bardoshliligi pasayishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyga, sanitariya-texnika uskunalariga va boshqa uskunalarga (vodoprovod, oqova suvlarni chiqarib yuborish, markaziy isitish, issiq suv ta’minoti, gaz jihozlari va hokazo) nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi;
(19-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr va issiqlik energiyasining, suvning, gazning sirqib chiqishiga va behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymagan holda ulardan tejamli foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalariga, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini saqlash bo‘yicha talablarga sanitariya normalariga, qoidalariga hamda gigiyena normativlariga muvofiq rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyda, sanitariya-texnika uskunalarida va boshqa uskunalarda nosozliklar aniqlangan taqdirda, shikastlanishlarni bartaraf etish yuzasidan darhol mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishi hamda zarur bo‘lgan hollarda tegishli xizmatga xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya vaziyatlari yuzaga kelgan taqdirda o‘zi egallab turgan joyga avariya-tiklash xizmatlari vakillarining kirishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uydagi joylarda va umumiy foydalanishdagi joylarda uy hayvonlarini saqlashga doir talablarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkning, shuningdek har qanday boshqa mulkdor mol-mulkining buzilishiga yoki xavfga duchor etilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ruxsatnomasiz har xil imoratlar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan tiklashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yong‘inga qarshi o‘tish joylarini, umumiy yo‘laklarni, ihotalangan (o‘rama) pillapoyalarni, zaxira chiqish joylarini va uyning boshqa umumiy joylarini narsalar hamda uskunalar bilan to‘sib qo‘yishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda: zinapoyalarda, cherdaklarda, yerto‘lalarda, shuningdek umumiy foydalanishdagi oshxonalarda, balkonlarda va peshayvonlarda saqlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarni qayta qurish va qayta rejalashtirish bo‘yicha ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari tayanch qobiliyatini hamda zilzilaga bardoshliligini buzadigan ishlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mulkdor yoki u bilan birga yashovchi shaxslar boshqa mulkdorlarning mol-mulkiga yoxud umumiy mol-mulkka zarar yetkazgan bo‘lsa, ular yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar umumiy mol-mulkning faqat mazkur joydan kirilishi mumkin bo‘lgan konstruktiv qismlarini tekshirish, ta’mirlash yoki almashtirish zarur bo‘lsa, basharti mulkdor bu haqda oldindan xabardor qilinsa, mulkdor ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi vakillarining bu joyga kirishiga ruxsat berishi shart. Avariyaning oldini olish yoki uning oqibatlarini tezkor bartaraf etish zarur bo‘lgan shoshilinch hollarda oldindan xabardor qilish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi (bundan buyon matnda umumiy yig‘ilish deb yuritiladi) ko‘p kvartirali uyning yuqori boshqaruv organidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilish ushbu Qonunda belgilangan tartibda yiliga kamida bir marta chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yilgi umumiy yig‘ilish kalendar yil tugaganidan keyin oltmish kundan kechiktirmay chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining tashabbusi bilan yoki joylar mulkdorlarining kamida o‘n foizining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda Uy-joy fondi inspeksiyasining mansabdor shaxsi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni chaqirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarini umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan joy, sana, vaqt va uning kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilish yig‘ilish tashabbuskorlari tomonidan umumiy yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarini umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish tegishli e’lonni uylarning har bir kirish yo‘lagiga osib qo‘yish yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarning mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslarni xabardor qilish tegishli xabarni buyurtma xat bilan yuridik manzilga yuborish, elektron xabar qilish yoki xabarni vakolatli vakilga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Umumiy yig‘ilishning vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash uchun tanlov asosida yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining kreditlarini olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlari tomonidan hisobot berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilishda qaror qabul qilinishi uchun barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i hozir bo‘lishi kerak. Umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab joylar mulkdorlarining yoki ularning umumiy yig‘ilishda hozir bo‘lgan vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilish qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma joylarning mulkdorlari orasidan saylanadigan yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga yig‘ilishda ishtirok etgan shaxslarning ro‘yxati har bir muhokama etilayotgan masala bo‘yicha ularning xohish-irodasi aks ettirilgan, ularning imzolari bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilish qarori barcha joylarning mulkdorlari, shu jumladan ovoz berishda ishtirok etmaganlar yoki qarshi ovoz berganlar tomonidan ham bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarning mulkdorlari ko‘p kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy muddatda umumiy yig‘ilishda ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Bunday qaror qabul qilinguniga qadar mulkdorlar umumiy mol-mulkni saqlash bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan solidar javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda joylarning mulkdorlari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi uch oylik muddatda ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotini yoki boshqaruvchini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddat mobaynida joylarning mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa yoki ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida qabul qilingan qaror amalga oshirilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli umumiy yig‘ilishning qarori asosida istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. Umumiy yig‘ilishning boshqaruv usulini tanlash to‘g‘risidagi qarori mazkur ko‘p kvartirali uydagi barcha joylarning mulkdorlari uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
halol raqobat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni olish erkinligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha tanlovning tashkilotchisidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ko‘p kvartirali uyni bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Ko‘p kvartirali uyni bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni yuridik shaxs tashkil etmasdan bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarish usulini bittadan ko‘p bo‘lmagan ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari tanlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar umumiy yig‘ilish tomonidan ko‘p kvartirali uyni bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, shu yig‘ilishning o‘zida mazkur uydagi joylarning mulkdorlari orasidan ko‘p kvartirali uyning kengashi saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda tashabbuskorlar umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan yangi sanani tayinlaydi, ushbu umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tmagan paytdan e’tiboran kamida qirq sakkiz soatdan keyin va o‘ttiz kundan kechiktirmay chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarning mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni bevosita boshqarish usulini tanlash to‘g‘risidagi qaror joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining umumiy yig‘ilishida hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar mulkdor umumiy yig‘ilishda shaxsan ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, u ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan umumiy yig‘ilish o‘tkazilguniga qadar, yig‘ilish tashabbuskoriga mulkdorning mazkur masala bo‘yicha fikrini aks ettiruvchi yozma shakldagi arizani topshirish yo‘li bilan ovoz berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarilganda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha uy-joy-kommunal sohasidagi tashkilotlar bilan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida ko‘p kvartirali uy kengashining raisi tomonidan tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari nomidan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi vakolat bergan bir yoki bir necha joy mulkdori ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Ko‘p kvartirali uy kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy kengashining a’zolari soni joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida kamida uch nafar shaxsdan iborat tarkibda belgilanadi. Ko‘p kvartirali uy kengashining a’zolari soni ushbu uyda mavjud bo‘lgan kirish yo‘laklari, qavatlar, joylar soni hisobga olingan holda umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy yig‘ilish qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkdan, shu jumladan ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi takliflarni umumiy yig‘ilishga muhokama qilish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uydan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar loyihalarining muhokamasini o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi va (yoki) ishlar bajarilishi sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy yig‘ilishga hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy kengashi, agar umumiy yig‘ilish qarori bilan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, umumiy yig‘ilishda har yili qaytadan saylanishi lozim. Umumiy yig‘ilishda ko‘p kvartirali uy kengashini qayta saylash to‘g‘risidagi qaror belgilangan muddatda qabul qilinmagan taqdirda, ko‘p kvartirali uy kengashining vakolatlari yana shu muddatga uzaytiriladi. Ko‘p kvartirali uy kengashi o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan taqdirda umumiy yig‘ilish tomonidan muddatidan oldin qayta saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Ko‘p kvartirali uy kengashining raisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy kengashining raisi umumiy yig‘ilishda ko‘p kvartirali uy kengashining a’zolari orasidan saylanadi. U ko‘p kvartirali uy kengashining joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va umumiy yig‘ilishga hisobdordir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uy kengashining raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish shartnomasini tuzish to‘g‘risida umumiy yig‘ilish tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar mazkur shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarga kirishishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish shartnomasini tuzish masalalari bo‘yicha muzokaralarning natijalarini umumiy yig‘ilish e’tiboriga yetkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy yig‘ilishning bayonnomasi asosida umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlashga doir shartnomalarni tuzadi hamda joylar mulkdorlarining nomidan umumiy mol-mulk bilan bog‘liq boshqa huquqiy munosabatlarga kirishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni saqlash hamda ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarishga doir tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, umumiy mol-mulkni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar va (yoki) bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalarini, umumiy mol-mulkni saqlash hamda ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarishning sifat normativlari hamda davriyligi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy yig‘ilishning bayonnomasi asosida mazkur ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining vakili sifatida umumiy mol-mulk va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy kengashining raisiga hal etish uchun topshirilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yig‘ilish ko‘p kvartirali uy kengashining raisiga va a’zolariga mukofot to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bunday qaror ko‘rsatilgan mukofotni to‘lash, shuningdek uning miqdorini belgilash shartlari va tartibini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Boshqaruvchi tashkilotning va boshqaruvchining faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi umumiy mol-mulkni saqlashni ta’minlaydigan hamda sifati umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha texnik reglamentlar va belgilangan qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish uchun joylarning mulkdorlari oldida javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart va malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilot shtatida ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha tegishli malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassis bo‘lishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda bajariladigan ishlar, ularning qiymati haqidagi axborotdan joylar mulkdorlarining, ko‘p kvartirali uy kengashining, shirkat boshqaruvi va taftish komissiyasining erkin foydalanishini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan va ishlar bajarilgan taqdirda, xizmatlar ko‘rsatish va ushbu ishlarni bajarishga taalluqli qism bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan joylarning mulkdorlari o‘rtasida har bir joy mulkdori bilan ushbu Qonun talablariga muvofiq yozma shaklda, umumiy yig‘ilish qarorlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bo‘yicha boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi joylar mulkdorlarining topshirig‘iga ko‘ra, umumiy mol-mulkni boshqarish, lozim darajada saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha kelishilgan muddat ichida haq evaziga xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish, ko‘p kvartirali uyni boshqarish maqsadiga erishishga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga nisbatan boshqaruv amalga oshiriladigan umumiy mol-mulkning tarkibi, ko‘p kvartirali uyning manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni saqlashga, undan foydalanishga va uni ta’mirlashga oid xizmatlar hamda bajariladigan ishlar ro‘yxati, mazkur ro‘yxatni o‘zgartirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma narxini belgilash tartibi, shuningdek to‘lovni to‘lab berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bajarilgan ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisobot berish tartibi va muddatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi kamida bir yil, lekin ko‘pi bilan besh yil muddatga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin taraflardan birining ushbu shartnomani tugatish to‘g‘risidagi arizasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday shartnoma uning o‘zida nazarda tutilgan ayni o‘sha muddatga va xuddi shunday shartlar asosida uzaytirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi shartnoma shartlarini bajarmasa, ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilish qaroriga asosan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama tartibda voz kechishga va boshqa boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlarini va uyni boshqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni, qoldiq pul mablag‘larini, umumiy mol-mulk tarkibiga kiradigan joylarning kalitlarini hamda ko‘p kvartirali uydan foydalanish va uni boshqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalarni hamda asbob-uskunalarni yangi tanlangan boshqaruvchi tashkilotga yoki boshqaruvchiga yoxud umumiy yig‘ilish qarorida belgilangan ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdoriga topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Boshqaruvchi tashkilotning yoki boshqaruvchining hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi oldingi yil uchun shartnomaning bajarilganligi to‘g‘risida har yili umumiy yig‘ilishda hisobot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi joylarning mulkdorlariga o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi, umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar haqidagi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi, ularning qiymati haqidagi axborotdan erkin foydalanishni ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Ko‘p kvartirali uyni shirkat tomonidan boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Shirkat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat joylar mulkdorlarining tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi va o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat yuridik shaxsdir va u o‘z mulkida o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishga va ularni amalga oshirishga, majburiyatlarni bajarishga, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. Shirkat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, uning faoliyati muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat qonunchilikda belgilangan tartibda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Shirkat o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi va o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
(30-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning a’zolari ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joy boshqa shaxsga o‘tkazilgan taqdirda shirkat a’zosi bo‘lgan uning mulkdori yangi mulkdorni o‘zining shirkat a’zosi ekanligi hamda shirkat ustavida belgilangan, yangi mulkdorga o‘tadigan huquq va majburiyatlarga ega ekanligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat tashkil etilgan ko‘p kvartirali uydagi joyni sotib oluvchi shaxslar o‘zida joyga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelgan paytdan e’tiboran shirkat a’zosiga aylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zosi shirkatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat o‘zining ustavida nazarda tutilgan o‘z faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquqiy layoqatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat joylashgan yer uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyi etib belgilanadi. Shirkat pochta manziliga ega bo‘ladi va u pochta manzili o‘zgargan taqdirda vakolatli davlat organlarini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Shirkatni tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror har bir ko‘p kvartirali uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pi hozir bo‘lgan joylar mulkdorlarining ta’sis yig‘ilishida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’sis yig‘ilishi har bir ko‘p kvartirali uyning shirkatga birlashish istagida bo‘lgan joylar mulkdorlarining kamida o‘n foizi tashabbusiga ko‘ra chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’sis yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy, sana, vaqt va uning kun tartibi to‘g‘risida joylarning mulkdorlarini xabardor qilish yig‘ilish o‘tkazilguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay ta’sis yig‘ilishining tashabbuskori tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida joylar mulkdorlarini xabardor qilish uylarning har bir yo‘lagida tegishli e’lonni joylashtirish yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi. Joylarning mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslarni xabardor qilish tegishli xabarni buyurtma xat bilan yuridik manzilga yuborish yoxud elektron xabar qilish yoki xabarni vakolatli vakilga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror, agar ta’sis yig‘ilishida ishtirok etayotgan barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi shirkatni tashkil etishda ushbu har bir uydagi joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pining roziligi olingan bo‘lishi kerak. Joylar mulkdorlarining ta’sis yig‘ilishiga yozma shaklda berilgan ovozlarini joy mulkdorining shirkatni tashkil etish masalasi bo‘yicha qarori va o‘ziga qarashli joyning manzili ko‘rsatilgan holda hisobga olishga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarining ta’sis yig‘ilishi, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan o‘tkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatni tashkil etish to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning ustavini tasdiqlash haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat boshqaruvining raisi va a’zolarini saylash to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning taftish komissiyasini saylash haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarining ta’sis yig‘ilishida shirkatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlari ta’sis yig‘ilishining ovoz berish natijalari hamda yozma shaklda berilgan ovozlar soni ko‘rsatilgan bayonnomasi joylarning mulkdorlari orasidan saylangan yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaga yig‘ilishda ishtirok etgan shaxslarning har bir muhokama qilingan masala bo‘yicha o‘z xohish-istagi ifodalangan holdagi, ularning imzolari bilan tasdiqlangan ro‘yxati ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Shirkatning ustavi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning ustavida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning to‘liq va qisqartirilgan nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarning mulkdorlari shirkatga birlashtirilgan ko‘p kvartirali uylarning manzillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning predmeti va maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning hamda shirkat a’zolarining huquqlari va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkdan foydalanishdan, tijorat faoliyatini amalga oshirishdan va umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini realizatsiya qilish va ijaraga berishdan olingan daromaddan (foydadan) foydalanish va (yoki) uni taqsimlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning zararlari o‘rnini qoplash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxira jamg‘armalarini va boshqa jamg‘armalarni tashkil etish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy badallarning miqdorlarini belgilash va ularni shirkat a’zolari tomonidan to‘lash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini boshqarish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat boshqaruvi va taftish komissiyasining son tarkibi hamda saylanish muddati, ularning vakolatlari, ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning ustavida shirkat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Shirkatning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini saqlash usulini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkdan, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasidan va shirkatning mol-mulkidan foydalanish qoidalarini shirkatning ustavida belgilangan tartibda belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklarning kreditlaridan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z mol-mulkini, shu jumladan aylanma mablag‘larini qonunchilikka muvofiq mustaqil tasarruf etish;
(33-modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xo‘jalik binolarini hamda boshqa imoratlarni qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdorning joyi ichidagi umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, mulkdorning joyiga uning borligida kirish yoki avariya yuz bergan taqdirda darhol kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning mol-mulkini olish, sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, balansdan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolariga va boshqa shaxslarga ishlarni bajarish hamda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablag‘laridan shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan maxsus fondlar tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Shirkatning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkning, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining va shirkat mol-mulkining belgilangan qoidalar, normalar hamda standartlarga muvofiq asralishi va saqlanishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qarorlari bajarilishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy badallar o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejasini, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy uchun alohida shunday rejani belgilashi va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasini hamda uning ijrosiga doir hisobotni tuzishi, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy bo‘yicha shunday smeta va hisobot tuzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkdan foydalanish shartlari va tartibi belgilanayotganda barcha shirkat a’zolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uyning xavfsizligiga doir talablarga rioya etilishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy mol-mulk tarkibiga kiruvchi boshqa jihozlarning ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq kommunal xizmatlar taqdim etish uchun doimiy shayligini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining talabiga ko‘ra shirkat a’zolarining o‘z huquqlariga taalluqli barcha hujjatlardan, shu jumladan elektron shakllaridan foydalanishini, shuningdek erkin foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlarini qo‘llagan holda foydalanishini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda va shirkat ustavida nazarda tutilgan hollarda, uchinchi shaxslar bilan umumiy mol-mulkni saqlash, unga egalik qilish hamda undan foydalanish, kommunal xizmatlar ko‘rsatishga oid munosabatlarda shirkat a’zolarining manfaatlarini ifodalashi shart.
(34-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Shirkatga a’zolikning tugatilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyga bo‘lgan mulk huquqi bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining ko‘pchiligi tomonidan shirkatdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat tugatilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Shirkatning mol-mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning mol-mulki pul mablag‘laridan, binolar, inshootlar, jihozlar, inventarlar, transport vositalaridan hamda shirkat mablag‘lari hisobidan va qonunchilikda taqiqlanmagan o‘zga usullar bilan olingan boshqa mol-mulkdan iboratdir.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning pul mablag‘lari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining majburiy badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining ixtiyoriy badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foydalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa daromadlar va tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari shirkatdan chiqqan taqdirda, shirkatning ushbu ko‘p kvartirali uyni kapital ta’mirlash maqsadida joylarning mulkdorlari tomonidan to‘plangan mablag‘lar hisobidan shakllantirilgan pul mablag‘larining tegishli qismi ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha yangi tuzilayotgan organga belgilangan tartibda o‘tkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Shirkatning boshqaruv organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi va shirkat boshqaruvi shirkatning boshqaruv organlaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv shirkatning ijro etuvchi organi bo‘lib, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga hisobdordir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga yoki shirkat ustaviga asosan shirkat nomidan ish yuritadigan shaxs shirkatning manfaatlari yo‘lida vijdonan, oqilona harakat qilishi kerak va shirkatga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining talabiga binoan qoplashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat ustavini tasdiqlash hamda zarur bo‘lgan taqdirda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini va shirkat mol-mulkini saqlashga, ulardan foydalanishga hamda ularni ta’mirlashga doir ishlarning yillik rejasini, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning yillik daromadlari va xarajatlari smetasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolari majburiy badallarining miqdorini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvchining yoki boshqaruv tashkilotining nomzodini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat boshqaruvi raisiga, a’zolariga va taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat xodimlarining ish haqi miqdorini va ularni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning maxsus jamg‘armalarini tuzish va ularning mablag‘larini sarflash tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkdan, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan va shirkat mol-mulkidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining shirkat boshqaruvi raisi, a’zolari hamda taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p kvartirali uydagi joylarni rekonstruksiya qilish, qayta qurish va qayta rejalashtirishni kelishib olish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta uydagi joylar mulkdorlarining mablag‘laridan boshqa uyning ehtiyojlari uchun foydalanish tartibini belgilash, mazkur mablag‘larning va ularni qaytarishning hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni ijaraga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz mablag‘larini, shu jumladan bank kreditlarini olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadidan (foydasidan) foydalanish yo‘nalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga kirish hamda ulardan chiqish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Shirkat a’zosining shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishidagi vakili
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning boshqa a’zosi yoki shirkat a’zosining oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladigan ishonchnomasiga ega bo‘lgan uchinchi shaxs shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida shirkat a’zosining vakili bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zosi bo‘lgan jismoniy shaxsning nomidan ishonchnoma uning shaxsiy imzosi bilan beriladi. Shirkat a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning nomidan ishonchnoma rahbar imzosi bilan shu yuridik shaxs muhri (mavjud bo‘lgan taqdirda) qo‘yilgan holda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchnomada tegishli ko‘p kvartirali uydagi ifoda etilayotgan joy mulkdori va uning vakili to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki turgan joyi, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar) bo‘lishi kerak.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchnoma shirkat a’zosining vakiliga shirkat a’zolarining bitta shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan vaqt davomida barcha yig‘ilishlarida shirkat a’zosining nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab so‘zga chiqish hamda bitta yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan yoxud barcha hollarda ovoz berish vakolatini berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zosining ishonchnomasi uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u ishonchnoma berilgan kundan e’tiboran bir yil davomida o‘z kuchini saqlab qoladi. Berilgan muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxs shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida shirkat a’zolaridan bir nechtasining vakili bo‘lishi mumkin. Agar bir shaxs shirkat a’zolaridan bir nechtasining vakili bo‘lsa, uning ovozlari soni u manfaatlarini ifodalayotgan shirkat a’zolarining ovozlari soniga ko‘payadi. Bunda shirkat a’zolarining vakili shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida o‘zi manfaatlarini ifodalayotgan har bir shirkat a’zosining nomidan alohida-alohida ovoz berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va olib borish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkat ustavida belgilangan tartibda yiliga kamida bir marta chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi boshqaruvning, shirkatda kamida o‘n foiz ovozga ega bo‘lgan shirkat a’zolarining tashabbusiga, shuningdek taftish komissiyasining talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi kun tartibiga umumiy mol-mulkni saqlashga doir ishlarning rejalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, majburiy badallar miqdorlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash kiritilgan bo‘lsa, shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar shirkat a’zolariga mazkur hujjatlarning loyihalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, agar yig‘ilishda shirkat a’zolarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Bittadan ortiq ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlarini birlashtirgan shirkatlardagi yig‘ilishda ko‘p kvartirali har bir uydagi joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining kamida ellik foizi hozir bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning har bir a’zosi shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida bir ovozga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zosining eri (xotini), agar ular birga yashayotgan bo‘lsa, ushbu a’zoning nomidan shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida ishonchnomasiz ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar turar joy umumiy mulk huquqi asosida ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo‘lsa, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida sheriklardan biri boshqalarning roziligi bilan ularning nomidan ishtirok etadi. Bunda ularning har biri shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida bir ovoz doirasida ovoz berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini har bir yig‘ilishning boshlanishida shirkat a’zolari orasidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadigan yig‘ilish raisi olib boradi. Har bir yig‘ilishning boshlanishida shirkat a’zolari orasidan yig‘ilish bayonnomasini yuritadigan yig‘ilish kotibi oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan shirkat a’zolarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda umumiy yig‘ilishni chaqirish yoki shirkat a’zolari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali yoxud shirkat ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorni qabul qilish chog‘ida shirkat a’zolari tomonidan yozma shaklda berilgan ovozlar yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan shirkat har bir a’zosining qarori ko‘rsatilgan holda hisobga olinishi shirkatning ustavida belgilab qo‘yilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Shirkat a’zolari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish uchun yig‘ilish tashabbuskori umumiy yig‘ilish qarorining loyihasini shirkatning har bir a’zosiga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror loyihasi yagona hujjat tarzida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi tashabbuskori bo‘lmasa, shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarori loyihasining ko‘chirma nusxasi shirkat boshqaruviga ham ma’lumot uchun qabul qilish maqsadida topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorining loyihasida yig‘ilish tashabbuskori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qaror yuborilishi lozim bo‘lgan joy va manzil, ovoz berish uchun nazarda tutilgan, besh kundan kam bo‘lishi mumkin bo‘lmagan muddat, shuningdek boshqa zarur axborot ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari har bir masala bo‘yicha qaror loyihasining asliga o‘z imzosini qo‘yish orqali yozma ravishda alohida ovoz berishi (yoqlab, qarshi yoki betaraf) va qarorni yig‘ilish tashabbuskori tomonidan ko‘rsatilgan joyga yoki manzilga topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaysi qaror loyihasi masalasi bo‘yicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan tegishli ovozlar soni to‘plangan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror loyihasi bo‘yicha ovoz berishda unga qo‘shimcha yoki o‘zgartishlar kiritish taqiqlanadi. Agar ovoz berish chog‘ida qaror loyihasini o‘zgartirish yoki unga qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelsa, yangi loyiha tuzilishi hamda shirkatning har bir a’zosiga o‘zgartish va qo‘shimchalarning sabablari ko‘rsatilgan holda yuborilishi kerak. O‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar bilan qabul qilingan, shirkat a’zolariga yuborilmagan qaror haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Shirkatdagi har bir uyning joylari mulkdorlarining yig‘ilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bittadan ko‘p bo‘lgan uyning joylari mulkdorlarini birlashtiradigan shirkatlarda shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar shirkatdagi har bir uyning joylari mulkdorlarining qaror qabul qilish uchun yig‘ilishlari albatta o‘tkazilib, ularda mazkur uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizdan ko‘pi hozir bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatdagi har bir ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlarining qarorlari yig‘ilishni chaqirish orqali, so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan yoki shirkat ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatdagi har bir uyning joylari mulkdorlarining yig‘ilishi quyidagilarni tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini va shirkat mol-mulkini saqlashga doir shirkat ishlar rejasining bir qismi sifatida umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha ishlar rejasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi sifatida ushbu ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash uchun daromadlar va xarajatlar smetasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni saqlashga doir tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq ushbu uyning joylari mulkdorlarining majburiy badallari miqdorlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tgan yil uchun ishlar rejalarining, umumiy mol-mulkni saqlashga doir daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarining yig‘ilishi joylar mulkdorlarining mablag‘larini shirkatdagi boshqa uyning ehtiyojlari uchun ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlari yig‘ilishining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlari orasidan saylangan yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylar mulkdorlarining yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qaror ushbu ko‘p kvartirali uyning barcha joylari mulkdorlari uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Shirkat boshqaruvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan tarkibda va muddatga umumiy yig‘ilish tomonidan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ko‘p kvartirali uydagi barcha joylarning 30 foizdan ortiq maydoni bir shaxsning mulki bo‘lsa, mazkur shaxs o‘z roziligi bilan shirkat boshqaruvi tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi shirkat boshqaruvining raisi tomonidan ustavda belgilangan muddatlarda, ammo bir oyda kamida bir marta chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvining majlisi unda boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvining har bir a’zosi boshqaruv majlisida bir ovozga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvining qarorlari boshqaruv a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvining majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari shirkat boshqaruvi majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Shirkat boshqaruvining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi shirkat faoliyatining barcha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilishga haqli, bundan shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va uni o‘tkazishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini saqlashga doir ishlar rejasining loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat ustavi talablarining va shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkka hamda shirkatning mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash uchun tanlov asosida pudratchilarni tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘olibi bilan umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini saqlash, unga xizmat ko‘rsatish hamda uni ta’mirlash uchun shartnomalar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkning, yer uchastkasining va shirkat mol-mulkining asralishi hamda saqlanishi ustidan nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatning asbob-uskunalarini, anjomlarini va boshqa moddiy qimmatliklarini olish hamda sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, shuningdek ularni shirkatning balansidan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish yuritish, buxgalteriya hisobini va hisobotini yuritish, mablag‘larning tushumi hamda sarflanishi hisobini shirkatdagi har bir ko‘p kvartirali uy bo‘yicha alohida-alohida yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining majburiy badallari to‘liq tushishini tashkil etish va ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq shirkat mablag‘larini tasarruf etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari oldida quyidagilar uchun javobgardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq tanlov asosida tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik tarmoqlariga va boshqa umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatishning lozim darajadagi sifati ta’minlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’mirlash ishlarini belgilangan normalar va talablarga muvofiq sifatli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat mablag‘laridan umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash uchun belgilangan maqsadda foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi joylarning va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining lozim darajadagi sanitariya holati, ularning obodonlashtirilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi muntazam ravishda, biroq uch oyda kamida bir marta umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha ishlar rejalarining bajarilishi, amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan xarajatlar, majburiy badallarni yig‘ish, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda) to‘g‘risida shirkat a’zolari oldida hisobot beradi. Hisobotni taqdim etish shakli shirkatning barcha a’zolari uchun hisobotdan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi kerak va u shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Shirkat boshqaruvining raisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodda tegishli malaka (attestatsiya) sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda, shirkat boshqaruvining raisi umumiy yig‘ilish tomonidan shirkat a’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lmagan shirkat a’zosi boshqaruv raisi etib saylangan taqdirda, yangidan saylangan rais saylangan kunidan e’tiboran o‘ttiz kun ichida belgilangan tartibda tegishli sertifikatni olishi kerak. Agar yangidan saylangan shirkat boshqaruvining raisi belgilangan muddat davomida malaka sertifikatini olmagan bo‘lsa, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi o‘n kun ichida shirkatning boshqa a’zosini boshqaruv raisi etib saylashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvining raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda shirkatning manfaatlarini ifoda etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining va shirkat boshqaruvining qarorlari bajarilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining yoki shirkat boshqaruvining qarorlariga muvofiq moliyaviy hujjatlarni, shartnomalarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy mol-mulkni va shirkat mol-mulkini saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash usullari bo‘yicha boshqaruv tomonidan tayyorlangan takliflarni shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat xodimlarining ish haqi miqdori to‘g‘risidagi takliflarni va ularni mukofotlash haqidagi nizomlar, shirkatning boshqa nizomlari va qoidalari loyihalarini shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvning shirkat a’zolari oldida muntazam ravishda hisobot berishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi hamda ularni bekor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat boshqaruvi raisining vakolatlari tugatilganda, shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida shirkat boshqaruvining raisi ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlarini, qoldiq pul mablag‘larini, shirkat muhrini va shirkatni boshqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni, umumiy mol-mulk tarkibiga kiruvchi joylarning kalitlarini hamda ko‘p kvartirali uydan foydalanish va uni boshqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalar hamda jihozlarni shirkat boshqaruvi raisining majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan shaxsga yoki umumiy yig‘ilishning qarorida ko‘rsatilgan ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdoriga topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Shirkatning taftish komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra shirkat a’zolari orasidan kamida uch kishidan iborat tarkibda taftish komissiyasi saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida shirkat boshqaruvining a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga hisobdordir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning taftish komissiyasi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning taftish komissiyasi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni har yili shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat taftish komissiyasining shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisoboti shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilguniga qadar uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatni qayta tashkil etish shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkat a’zolarining ellik foizdan ko‘proq ovozi bilan qabul qilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilayotgan shirkatning mol-mulkini ajratib chiqarish yoki bo‘lish shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat qayta tashkil etilayotganda umumiy mol-mulkka taalluqli texnik va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish-topshirish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatni tugatish qonunchilikda hamda shirkat ustavida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(48-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat tugatilayotganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin shirkatning qolgan mol-mulki shirkat a’zolari o‘rtasida shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan bank kreditlarini olishda qonunchilikda belgilangan tartibda kafil bo‘lishi mumkin.
(49-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga doir ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Boshqaruvchi tashkilotlar, boshqaruvchilar va shirkatlarning birlashmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi tashkilotlar, boshqaruvchilar va shirkatlar o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, tajriba almashish, umumiy manfaatlarni ifoda etish va himoya qilish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni ta’minlash, shuningdek faoliyatning boshqa masalalarini hal etish maqsadida assotsiatsiyalarga (ittifoqlarga) birlashishga haqli.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda. Qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 12-aprelda qabul qilingan “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-32-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 158-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 31-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-405-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 125-modda) 19-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda. Huquqiy eksperiment o‘tkazish va qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(55-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-mayga qadar bo‘lgan muddatda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ushbu Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment (bundan buyon matnda huquqiy eksperiment deb yuritiladi) o‘tkazilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda huquqiy eksperimentni o‘tkazishga doir tegishli qarorni qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy eksperimentning mohiyati va vazifalari ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borilishini, shuningdek aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha 2020-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan muddatda ushbu Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 2020-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-581-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 03/19/581/4004-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)