17.09.2021 yildagi 585-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbanlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori hamda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) har yili bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarni (keyingi oʻrinlarda — ehtiyojmand talabalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bunda, oʻqish uchun toʻlov pullari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 150 nafardan ehtiyojmand talabalar uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish mezonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarni tanlab olish shartlari va shu maqsadda mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilayotgan komissiyalar faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy hokimliklar tomonidan oliy taʼlim muassasalariga tanlangan 150 nafar talabgorlarga toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish tartibi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari talabgorlarni tanlab olish natijalarini belgilangan muddatlarda “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali eʼlon qilinishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 17-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
585-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — hokimliklar) tomonidan toʻlab berilishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (taʼlim shaklidan qatʼi nazar) talabalikka tavsiya etilgan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan talabgorlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili oʻzlarining hududlaridan oʻqishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan bazaviy toʻlov-kontrakt summasini toʻrt oʻquv yilining yakunlanishiga qadar toʻlab beradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgorlarning ikkinchi va undan keyingi oʻquv yillari uchun oʻz hududlaridagi tijorat banklari tomonidan taʼlim kreditlari rasmiylashtiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda oʻqishni tamomlagandan soʻng ularni ish joyi bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizom qoidalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari yoki ularning filiallari, nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Talabgorlarni aniqlash mezonlari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan mazkur Nizomning 5-bandidagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab arizani har yili 10 kalendar kun ichida oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan talabgorlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisida maʼlumotlar (talabgorning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi, turmush oʻrtogʻi vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Har bir davlat oliy taʼlim muassasasi belgilangan mezonlar asosida talabgorlar roʻyxatini tahlil qilib, mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar asosida talabgorlar roʻyxatini 5 kalendar ish kunida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan har yili 5 kalendar ish kuni ichida talabgorlarning roʻyxati, talab etilgan hujjatlar (talabgorning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi, yoxud turmush oʻrtogʻi vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi) ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hokimliklar tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi. Komissiya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan talabgorlar roʻyxatini quyidagi tartibda koʻrib chiqadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari tuman (shahar)larga biriktiriladi, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh 5 kalendar ish kunida talabgorlarning yashash joyi boʻyicha ijtimoiy holatini oʻrganadi, oʻrganish natijalariga koʻra Ishchi guruh har bir talabgorlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi va Komissiyaga taqdim qiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tugʻilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya 5 kalendar ish kunida ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni oʻrganib, talabgorlarning toʻplagan ballari, hududlardagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj hamda talabgorlarning tahsil olayotgan bosqichlarini inobatga olib 150 nafar xotin-qizlarni saralab oladi va bayonnomani rasmiylashtiradi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi 10 kalendar ish kunida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiya har oʻquv yilida 1-oktabrdan kech boʻlmagan muddatda bazaviy toʻlov-kontrakt summalari toʻlab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar roʻyxatini hamda shartnomani imzolash boʻyicha xulosalarni tegishliligi boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Komissiya aʼzolari tomonidan talabgorlardan 150 nafarini tanlab olishda birinchi navbatda ularning ijtimoiy holati, ehtiyojmandligi, toʻplagan ballari, hududlardagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj hamda tahsil olayotgan bosqichlari inobatga olinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Talabgorlarni tanlab olish va ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan talabgorlar joriy oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasasini yoki taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan mahrum boʻladilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat oliy taʼlim muassasalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 1-sentabrga qadar ikkinchi va undan keyingi oʻquv yillari uchun taʼlim krediti olishi zarur boʻlgan talabgorlar roʻyxatini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har yili 1-avgustga qadar oʻqishni tamomlagan va ish joyi bilan taʼminlash lozim boʻlgan talabgorlar roʻyxatini yashash hududi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yozma ravishda taqdim etadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hokimliklar tanlab olingan talabgorlarning oʻqishi uchun zarur mablagʻlarning belgilangan toʻlov-kontrakt miqdorining kamida 25 foizini har yili 15-sentabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlargacha, 50 foizini — 1-yanvargacha, 75 foizini — 1-aprelgacha va 100 foizini — 1-iyulgacha ular talabalikka tavsiya etilgan davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan tavsiyanoma berish komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasasi rektori

5.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

6.

Kelishuvga asosan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputati

7.

Kelishuvga asosan

fuqarolik jamiyati instituti (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiya va harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari va boshqalar) vakili

8.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh yuristkonsulti

9.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosari, Komissiya kotibi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Amalga oshirish mexanizmi

Subyektlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkazilgan kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) yakuni boʻyicha tanlov natijalarini eʼlon qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi, Davlat test markazi

Test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida

2-bosqich

Belgilangan mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyasiga moddiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilish.

Talabgorlar

Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida

3-bosqich

Bazaviy toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan, belgilangan mezonlarga mos talabgorlar roʻyxatini shakllantirish.

Davlat oliy taʼlim muassasalari

Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

4-bosqich

Talabgorlar roʻyxatini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuborish.

Davlat oliy taʼlim muassasalari

Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

5-bosqich

Talabgorlarning roʻyxatini  yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5 kalendar ish kuni ichida

6-bosqich

Komissiya aʼzolarini tuman (shahar)larga biriktirish.

Tuman (shahar)larga biriktirilgan Komissiya aʼzosi, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruhni tuzish.

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasi (key?ngi oʻrinlarda — Komissiya)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan roʻyxat yuborilgan kuni

7-bosqich

Talabgorlarning  yashash joyi boʻyicha ijtimoiy holatini oʻrganish.

Har bir talabgor boʻyicha dalolatnoma tuzish va Komissiyaga taqdim qilish.

Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollari (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh)

5 kalendar ish kunida

8-bosqich

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni oʻrganib, 150 nafar xotin-qizlarni saralab olish va bayonnomani rasmiylashtirish hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga yuborish.

Komissiya

5 kalendar ish kunida

9-bosqich

Tavsiyanomalarni tasdiqlash va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

10 kalendar ish kunida

10-bosqich

Bazaviy toʻlov-kontrakt summalari toʻlab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar roʻyxatini hamda shartnomani imzolash boʻyicha xulosalarni tegishliligi boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga yozma ravishda kiritish va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish.

Komissiya

Har bir oʻquv yilida 1-oktabrdan kech boʻlmagan muddatda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIYANOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

TAVSIYANOMA

№ AA 0000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro

______________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(___________________)

(pasport seriyasi va raqami)

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrugʻiga asosan berildi.

M.Oʻ.

________________________________

(mansabdor shaxsning F.I.O., imzo)

20___ yil “___”___________

TAVSIYANOMA

№ AA 0000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro ___________________ _________________ _________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________ (pasport seriyasi va raqami)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”___________dagi _____-son qaroriga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun berildi.

Tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrugʻiga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan eʼtiboran bir yil muddat davomida kuchga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

____________________________________

(F.I.O.)

(M.Oʻ., imzo)

20___ yil “___”___________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/585/0888-son; 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)