05.03.2021 yildagi PQ-5020-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) sifatida qayta tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) Jamg‘arma mablag‘lari xarajatlari parametrlarini tasdiqlaydi, mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadigan Davlat budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamg‘arma har yili AT “Xalq banki”ga 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni 2021-yilda Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada, 2022-yildan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada yo‘naltiradi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga mazkur mablag‘lar hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratiladi:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini;
(5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2021-yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida, ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga — 10 milliard so‘mdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga — 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratsin;
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PF-24-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 06/21/24/1085-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bir hafta muddatda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravishda o‘rganish va hal etish doirasida shakllantirilgan maxsus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish orqali davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatidagi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarning davolanishi uchun Jamg‘armaga 30 milliard so‘m yo‘naltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan jami 240 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun 80 milliard so‘m, shuningdek, noturar joylarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensatsiyasini to‘lash uchun 11 milliard so‘m yo‘naltirsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari talabnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘ ajratish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini ta’minlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) 2021-yilda majburiy undiruvlar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalariga 150 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 6-7-bandlarida nazarda tutilgan mablag‘lar yo‘naltiriladigan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirib, to‘lovlarni amalga oshirishni boshlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) ushbu mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi va manzilli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Respublika “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil mobaynida har bir hududda asosan xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyati tajriba sifatida joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu klasterlar hunarmandchilik mahsulotlari uchun xom ashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotish faoliyatini qamrab oladi, shuningdek, klasterlar ustav kapitalining 50 foizi teng ulushlarda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, qolgan 50 foizi hunarmandlarning o‘z mablag‘i hisobidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni samarali yuritish, ishsiz fuqarolarga bandlik sohasida tizimli yordam ko‘rsatish hamda “mahallabay” tizim asosida ishlarni tashkil qilish maqsadida har bir mahallada mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi”larni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“jamoatchi yordamchi”lar bilan 11 oy muddatgacha jamoat shartnomalari tuzish hamda ularning ish haqini mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir yarim baravari miqdorida belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“jamoatchi yordamchi”larning ish haqini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z tasarrufiga o‘tayotgan kasb-hunar ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan qismini tadbirkorlik subyektlariga o‘quv xonasi va ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun 30 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli ijaraga berish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng 3 oy mobaynida ularga berilgan bo‘sh turgan binolarning ijara to‘lovlarini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda to‘lab berish, shuningdek, bo‘sh turgan binolarni 1 yilgacha bo‘lgan muddatda imtiyozli ravishda ijaraga berish tartibini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida grantlarni e’lon qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalarini ayollar huquqlarini himoya qilish maqsadida kiritilgan da’vo arizalari bo‘yicha davlat bojidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bosh prokuratura (S.B. Ortiqova), Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari faoliyatini samarali tashkil etish choralarini ko‘rsin. Bunda:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda barcha hududlarda zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bittadan tumanlararo namunaviy markazlar tashkil qilinsin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu tumanlararo namunaviy markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan jami 10 milliard so‘m hamda mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalaridan mablag‘lar yo‘naltirilsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berishda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratsin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilsin. Bunda, o‘qish uchun to‘lov pullari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi.
(15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.V. Shin):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli ro‘yxatga kiritish orqali qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisini yo‘qotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida mahallalarda bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar)ni xatlovdan o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar ro‘yxatini shakllantirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil yakuniga qadar maktabgacha ta’limga ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A.Sh. Bekmurodov) Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyalari asosida o‘qishga yuboriladigan stipendiatlar orasida xotin-qizlar ulushini kamida 20 foizga ko‘paytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oliy Majlis palatalari bir oy muddatda xotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi, irodasi, ilmiy va amaliy sohalardagi erishgan yutuqlari uchun ularni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini ta’sis etish masalasini ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o‘z sessiyalarida mutasaddi davlat organlari rahbarlarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborotini eshitib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Jamg‘arma Respublika kengashining ishchi organlari hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) bir oy muddatda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlarning milliy imijini keng targ‘ib qilish bo‘yicha media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) ikki oy muddatda yoshlarga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan ayollarimizni jalb qilgan holda, xotin-qizlar uchun “Iffatli ayol” teleko‘rsatuvi namoyishini yo‘lga qo‘ysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 5-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5020-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vasiylik kengashi

Ijrochi direktor

Direktor o‘rinbosari

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis

Axborot-tahlil va hududlar bilan ishlash bo‘limi

8

Bosh yuriskonsult

Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish shu’basi

2

Moliya va buxgalteriya hisobi shu’basi

2

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish shu’basi

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish

1.

Har bir mahallada “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmasining faoliyatini samarali tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Xotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari uchun rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida taklif kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2021-yil 10-aprel

-

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga ko‘ra)

3.

Tadbirkorlik, fermerlik, dehqonchilik, kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-aprel

-

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (B. Axmedov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov)

4.

Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy ma’lumot

2021-yil 15-aprel

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oilada sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini yanada mustahkamlash konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyun

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash

6.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan 20 ta tumanda yashayotgan xotin-qizlarni oilaviy biznesga va xususiy tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida kichik korxonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyati samaradorligini oshirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda markazlarning o‘quv sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (N. Kuziyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

8.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda jamoatchilik kengashining 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi va nizomini tasdiqlash.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining tashkiliy yig‘ilishi qarori

2021-yil 15-aprel

-

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T. Narbayeva, Q. Rafikov)

9.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan tartibda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bandligini ta’minlash;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish;

tadbirkorlikka jalb etish;

moddiy yordam ko‘rsatish;

turar-joy ijara kompensatsiyasini to‘lash;

tibbiy xizmat ko‘rsatish;

huquqiy yordam ko‘rsatish;

psixologik yordam ko‘rsatish.

2021-yil davomida

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Jamoat ishlari jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit, grant va boshqa mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), AT “Xalq banki” (F. Salomov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Mahallalarda xotin-qizlarning moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oyliklar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov),Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bandligini va ta’lim olishlarini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 15-aprel

-

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

Xotin-qizlarga kredit ajratish orqali ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish.

1. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan xotin-qizlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tagan xotin-qizlarga kredit olish uchun tavsiyanoma berish.

3. Berilgan tavsiyanomalar asosida ularning qiziqishi bo‘yicha bankning namunaviy biznes rejalarini taklif etish va kredit ajratish.

4. Ajratilgan kreditlarning sarflanishini doimiy o‘rganish va tadbirkorlik yo‘nalishida yuzaga keladigan muammolarga amaliy yordam berib borish.

2021-yil davomida

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Oilaviy tadbirkorlikni rivojlan-tirish dasturi doirasida ilgari ajratilgan kreditlarning qaytgan mablag‘lari

AT “Xalq banki” (F. Salomov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

13.

Xotin-qizlar muammolarini hal qilish maqsadida xalqaro donorlarning grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2. Donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

3. Donor tashkilotlar bilan loyiha takliflarini kelishish.

Doimiy ravishda

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

14.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan elektron tijorat platformasini yaratish.

1. Elektron tijoratni o‘rgatishga yo‘naltirilgan portalning loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

2. Elektron portalni yaratish va ishga tushirish.

3. Xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni o‘z ichiga olgan bo‘limlarni (elektron kitoblar, audio va video qo‘llanmalar) doimiy yangilab borish.

2021-2022-yillar davomida

Xalqaro donorlar grantlari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

15.

Aholi demografiyasini chuqur tahlil qilish asosida tug‘ish yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini yaxshilash choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

18.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni o‘rnatilgan tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli sanatoriylarda sog‘lomlashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, fuqarolar yig‘ini va tibbiyot xodimlari tomonidan hududiy sog‘lomlashtirish sanatoriylariga yo‘llanma berish uchun surunkali kasalligi mavjud, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

3. Sanatoriylarda sog‘lig‘ini tiklash uch?n salomatligida moneligi bo‘lmagan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yo‘llanmalar berish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

19.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda belgilangan tartibda bepul davolash choralarini ko‘rish.

1. Tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, fuqarolar yig‘inlari tomonidan surunkali kasalligi mavjud, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

3. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolash choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

20.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash.

1. Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalariga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ularni belgilangan tartibda reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya buyumlari bilan bepul ta’minlash.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

21.

Xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollarga qulaylik yaratish maqsadida bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli ro‘yxatga kiritish orqali qabul qilish, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

Mahalliy budjetmablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Mahallalarda bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar)ni xatlovdan o‘tkazish.

2021-yil 15-may

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil 15-may

4. Maktabgacha ta’limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

III. Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish

22.

Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari asosida o‘qishga jo‘natiladigan tinglovchilar orasidagi xotin-qizlarning ulushini kamida 20 foizga ko‘paytirish.

1. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarni tanlov asosida xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga jo‘natish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlarida faol ishtirok etishini ta’minlash.

doimiy ravishda

3. Stipendiya tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan xotin-qizlarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga ta’lim olishga yuborish choralarini ko‘rish.

doimiy ravishda

23.

Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion va biznes g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Chora-tadbirlar rejasi.

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

24.

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlarning milliy imijini keng targ‘ib qilish.

Media-reja.

2021-yil 15-aprel

Homiylar va tashabbus-korlar mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

25.

Xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “INNOWOMENWEEK” haftaligini o‘tkazish.

1. Startap loyihalarini joriy qilmoqchi bo‘layotgan xotin-qizlarni aniqlash va ularning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Xotin-qizlarning biznes rejalarini tayyorlash yuzasidan bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish.

3. Tadbirkor ayollar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘rgazmalar tashkil qilish.

2021-yil 1-iyun

Homiylar va tashabbus-korlar mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Ayollarning jamiyatdagi muammolarini, jumladan turli kasb va ijtimoiy mavqega ega xotin-qizlar hayotini yoritib beruvchi milliy serial, badiiy, hujjatli, tarixiy, qisqa metrajli filmlar, ijtimoiy roliklarni suratga olish, teleloyihalar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Xalqaro donorlar grantlari, homiylar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

27.

Xotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etish va treninglar o‘tkazib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Doimiy ravishda

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

“O‘zbekiston xotin-qizlari: hayotiy maqsadlar, qadriyatlar va yo‘nalishlar” mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish.

Ijtimoiy so‘rov va boshqa o‘rganishlar natijalari asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2021-yil 1-iyul

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

“Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva)

29.

Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalarida tadqiqotlar samaradorligini oshirish.

Reja-jadval asosida ilmiy asoslangan tahliliy ma’lumotlar, tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova)

30.

Fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar uchun manzilli o‘quv kurslarining onlayn platformasini yaratish.

1. O‘quv kurslarining yo‘nalishlarini belgilash.

2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva)

3. Maxsus platformani ishlab chiqish, zarur manbalar bilan ta’minlash va onlayn o‘qishni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-sentabr

31.

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish.

1. Hududlarda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha sport va piyoda sayohatlar marafonlarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Marafonlar o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish.

2021-yil 1-may

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (A. Karimov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” vazirligi (G. Marufova), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

32.

“Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasini amalga oshirish.

1. “Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasini hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Eng samarali faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollar ro‘yxatini shakllantirish, o‘tkaziladigan uchrashuvlar va mahorat darslari grafigini tasdiqlash.

3. Loyiha o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish.

2021-yil 1-oktabr

Tashkilotchilar mablag‘lari

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2021-y., 07/21/5020/0191-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 06/21/24/1085-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)