O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat xaridlarida uzluksizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va boshqa sohalarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishda uzluksizlikni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining samarali ijrosini tashkil etish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishni tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida (keyingi o‘rinlarda — Kompleks ekspertiza qilish markazi) kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozimligi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno ekanligi nazarda tutilganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlanganligi, ushbu ro‘yxat asosida davlat buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilishi mumkinligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatining:
shuningdek, ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bandlarga qo‘shimcha ravishda 5-6, 9, 12, 17, 20-21, 23, 25, 29, 30, 34, 38-bandlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya epedimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishda shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va hududiy boshqarmalari Davlat buyurtmachilari tomonidan Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-iyul,
473-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2021-y., 09/21/473/0729-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)