Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 27.09.2018 yildagi PQ-3953-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining samarali ijrosini, davlat buyurtmachilari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, davlat xaridlarining amalga oshirilishini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining amal qilishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq davlat xaridlari strategik subyektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bog‘liq davlat xaridlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bog‘liq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat buyurtmachilari tomonidan ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni keyinchalik ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilish tartibini belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ro‘yxatdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va ularga qo‘shimcha kelishuvlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan o‘tkazilmaydi, bundan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan shartnomalar va ularga qo‘shimcha kelishuvlar mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha auksion o‘tkazish to‘g‘risida e’lon — uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon — tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida o‘n kun oldin joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlarini sifatli va uzluksiz o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish bilan bog‘liq davlat xaridlari sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti tahlilini doimiy ravishda o‘tkazib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat xaridlarining sifatli va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash, davlat buyurtmachilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotidagi, shu jumladan joylardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda davlat xaridlarining maxsus axborot portalining funksionalini takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmachilari xodimlari ishtirokida davlat xaridlari sohasida seminar-treninglar, master-klasslar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun zarur bo‘lgan, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining kiritilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror talablarini, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari shakllanishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3953-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining alohida maxsus savdo maydonchalaridagi elektron (birja) savdolari natijalariga ko‘ra xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmat safarlari uchun va boshqa holatlardagi chiptalar (avia, temir yo‘l va yo‘nalish transportiga).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmat safarlari va boshqa holatlardagi yashash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, internet va teleradiouzatish xizmatlari bo‘yicha xaridlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga kafolat muddati tugagandan keyin va joriy xizmat ko‘rsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek, avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksional kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni saqlash va olib kirish (olib chiqish).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mualliflik nazorati (hamrohligi) bo‘yicha xizmatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) o‘rtasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch ming besh yuz baravarigacha bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy delegatsiyalari tashriflarini ta’minlash (mehmonxona, transport xizmatlari ko‘rsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, oziq-ovqat ta’minoti, tarjimon xizmati), esdalik suvenirlari, sovg‘alar, gullar hamda gul bilan bezatish, vakolatxonalar uchun qabullar (kechki ovqat, furshet, kofe-breyk va boshqalar) o‘tkazish, konsert dasturlari, bannerlar va bukletlar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga tashrifi bilan bog‘liq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ommaviy axborot vositalarida matbuot anjumani, brifing, mavzuli teleko‘rsatuv va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, reklama joylashtirish, maqola chop etish.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Favqulodda holatlarda vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek uning ta’minoti bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar oqibatlarini bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmachisining to‘laqonli faoliyat olib borishiga ta’sir ko‘rsatuvchi kommunikatsiyalar, mexanizmlar, jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning ishdan chiqishi holatlarida avariyalarni bartaraf etish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davriy nashrlar (gazetalar, jurnallar)ga, shu jumladan ularning elektron variantlariga obuna bo‘lish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha hamda davlat tibbiy sug‘urtasi doirasidagi xizmatlar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan tartibga hamda ro‘yxatga asosan xarid qilinadigan original dori vositalari, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagentlar, reaktivlar va sarflash materiallari.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va muassasalarining sihatgohlari va sog‘lomlashtirish muassasalariga, shuningdek, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari va distribyutorlaridan xarid qilingan yangi avtotransport vositalari, maxsus va qishloq ho‘jaligi texnikalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yoqilg‘isi va ko‘mir mahsulotlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mualliflik huquqi uchun mukofotlar (mualliflik gonorari), asar, ijro va fonogrammalardan foydalanilganda to‘lanadigan mualliflik haqi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Maxsus va xizmat avtotransporti vositalarini, havo kemalarini, shuningdek, tibbiyot uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251. Fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqaruvchilar yoki sertifikatlangan yetkazib beruvchilardan import shartnomalari bo‘yicha xarid qilinadigan aviatsiya texnika jihozlari, shu jumladan havo kemalari, aviadvigatellar va ularning butlovchi qismlari, aviatsiya uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar, servis mahsulotlari, inventarlar, maxsus gilam qoplamalari, havo kemalari o‘rindiqlariga qoplamalar tayyorlash uchun matolar, aviatsiya shinalari (shu jumladan ta’mirdan keyin), shuningdek, xorijiy vakolatxonalar uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
(251-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-sentabrdagi PQ-309-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mamlakatimiz, hukumatimiz rahbarlari, xorijiy davlatlar va hukumatlar boshliqlari hamda ularning vakillarining qabullar uyiga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan ularning yashashi, ovqatlanishi, tashkiliy masalalarni hal etish va ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati gospitallari;
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash-profilaktika va ta’lim muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehmonxona va restoran xizmatlari ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat va nogironligi bo‘lgan shaxslar uylari;
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehribonlik uylari va internatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qariyalar uylari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Shartnoma bo‘yicha uning umumiy boshlang‘ich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi qo‘shimcha ish va xizmatlarni amalga oshirish uchun xarajatlar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik jamlamalarni nashr etish (qayta nashr etish) uchun mo‘ljallangan qog‘oz va boshqa sarflash materiallari.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301. Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy ta’minot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xom ashyolar va jihozlar.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
302. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol mahorat maktablari uchun elektron hisoblash uskunalari, o‘yinlar va o‘quv-mashq yig‘inlarini tahlil qilish dasturiy ta’minot va uskunalar, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi talablari bo‘yicha futbol to‘plari, sport kiyimlari va ekipirovkalar hamda futbol uchun oyoq kiyimlar.
(302-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303. Xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) talab va tavsiyalariga asosan xalqaro sport musobaqalari hamda professional sportchilar uchun zarur bo‘ladigan xorijda ishlab chiqarilgan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, maxsus mashg‘ulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari, maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304. Xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni kutib olish bilan bog‘liq xaridlar (transport xizmatlari ko‘rsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, banket va ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, suvenirlar, sovg‘alar, gullar hamda gul bilan bezatish, bannerlar va bukletlar tayyorlash, tadbirlar va anjumanlarni tashkil etish, maxsus va milliy kiyimlar va boshqalar).
(303 va 304-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish hamda mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO (SPO) bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish uchun jalb qilinadigan investitsiya vositachilari, maslahatchilari, shu jumladan xorijiy maslahatchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalariga ko‘rsatadigan xizmatlari.
(31 va 32-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi tashkilotlar va botanika bog‘lari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yetishtirilgan ko‘chat va nihollar, shuningdek, ularni parvarish qilish hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan xarid qilinadigan raqamlashtirish sohasidagi ishlar bo‘yicha xizmatlar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan 34-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi tuzilmasiga kiradigan davlat rezidensiyalari hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun hukumat qarorlari va topshiriqlari asosida, shu jumladan pudratchilar tomonidan, ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish.
(34 va 35-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Davlat va strategik buyurtmachining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun boshqa yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda litsenziya bitimiga (shartnomasiga, kontraktiga) asosan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki intellektual faoliyat natijalaridan mutlaq foydalanish huquqiga ega yetkazib beruvchidan, shuningdek, fan, adabiyot va san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining ushbu intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxsdan davlat xaridlari.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalar, reportajlar va boshqa roliklarni tayyorlash va translyatsiya qilish bo‘yicha xizmatlari.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarini bajarishda ishtirok etuvchi budjet tashkilotlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida reaktivlar va reagentlar xarid qilish.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 07/20/4805/1174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Texnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ta’lim dasturlarini tashkil etish, respublikaga xorijiy olim va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb etish xizmatlari.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasi, muzey va kutubxona fondlarini shakllantirish maqsadida xorijda va O‘zbekistonda tayyorlanadigan eksponatlar, san’at asarlari, suratlar, haykallar va byustlar, gilamlar, matolar, qo‘lyozmalar va nashr asarlari nusxalari, xaritalar, pannolar, stendlar, video-audio va yuqori texnologik namoyishlar uchun materiallarning xaridi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni xaridorlarga affillangan shaxs bo‘lgan tashish xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalarning avtotransportda tashish xizmatlari.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni (mualliflik huquqi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilardan), sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) xarid qilish.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, davolash, shu jumladan jarrohlik amaliyotidan o‘tkazish va reabilitatsion yordam ko‘rsatish, shuningdek ularni xorijga o‘qishga va amaliyotga yuborish bilan bog‘liq xarajatlar.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PF-102-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida axborotlashtirish qurilmalari va xizmatlari hamda dasturiy ta’minotlar xaridi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Davlat budjeti hamda Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha suv xo‘jaligi obyektlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “O‘zGIP” MCHJ va “Suvloyiha” MCHJning xizmatlari.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan yetkazib beruvchilardan Markazning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ekspertlik, ilmiy va boshqa maslahat xizmatlarini, Markazning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha laboratoriya va diagnostika uskunalari, tovar-moddiy boyliklar, dori vositalari va tibbiyot buyumlari, sarflash materiallarini, shuningdek, Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilish.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 07/18/3953/1972-son; 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son, 13.08.2020-y., 07/20/4805/1174-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)