O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-iyul,
PF-6261-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilab qo‘yilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5787-son Farmonida 6-bandning:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6033-son Farmonida 7-bandning:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga 26-ilovaning 21-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidan 2-bandi chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga” so‘zlari “baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi a’zosi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 9-bandda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan shartlarga rioya qilish va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasida doimiy a’zolikda bo‘lish”;
uchinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani,” so‘zlari “baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga a’zoligi to‘g‘risidagi ma’lumotni va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) VI-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 29-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
e) X-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 9-bandning 9-kichik bandida:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“osuщestvlyayet vneshniy kontrol kachestva raboti auditorskix organizatsiy”;
oltinchi xatboshidagi “i attestatsiyu rukovoditeley auditorskix organizatsiy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 11-bandning yigirma birinchi xatboshisidagi “i auditorskix” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4381-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, baholovchilarni toifalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4400-son qarorida 5-bandning uchinchi xatboshisidan “va lombardlar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 6-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5620-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5731-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 32-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-605-son qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 6-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1756-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2280-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2597-son qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PQ-2601-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qaroriga 2-ilovaning 4 va 17-bandlari hamda 3-ilovaning 1, 5, 6, 37, 44, 47, 48, 50, 52, 59, 61, 63, 64 va 68-bandlari.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)