06.07.2021 yildagi O‘RQ-700-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 7-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishdan, qo‘riqlanadigan obyektlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prezident maxsus aloqa tarmog‘i — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan himoyalangan tarzda aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, maxsus maqsadda foydalaniladigan alohida tarmoq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlash tadbiri — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari kuchlarini va vositalarini jalb etgan holda ta’minlashga qaratilgan, muvofiqlashtirilgan harakatlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar — qo‘riqlanadigan shaxslar doimiy, vaqtincha turadigan va muntazam ravishda tashrif buyuradigan joylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligi — qo‘riqlanadigan shaxslarning o‘z hayotiga, sog‘lig‘iga va ularning mansab vakolatlarini bajarishi, siyosiy (ijtimoiy) faoliyati bilan bog‘liq boshqa hayotiy muhim manfaatlariga tahdid soluvchi tajovuzlardan, tabiiy, texnogen hamda boshqa tusdagi jarayonlardan va hodisalardan himoyalanganligi holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, aniqlash va ularga barham berishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, qo‘riqlashga, rejimga, tezkor-qidiruvga oid, texnik, axborotga oid choralar hamda boshqa choralar majmuini qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslarning harakatlanish yo‘nalishlari — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsiz va moneliksiz o‘tishi (harakatlanishi) uchun foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining, temir yo‘llarning, samoviy, suv hududining uchastkalari, shuningdek piyoda yo‘nalishlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda qo‘riqlanadigan obyektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslarga tajovuzlar qilinishining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha kontrrazvedka faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tezkor-qidiruv faoliyati, o‘z yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida prezident maxsus aloqa tarmog‘ining xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqlanadigan shaxslarning manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining jangovar va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiya, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish ustuvorligidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Qonuniylik prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chetga chiqilishi, ularning sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan, uning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oshkor qilish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Yagonalik prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi boshchilik qiladigan yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Mustaqillik prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil tarzda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining, shuningdek ushbu organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Konspiratsiya prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatini konspiratsiya prinsipi asosida, ya’ni o‘z faoliyatining tezkor-xizmat axborotini olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning alohida tartibini, shuningdek tezkor-xizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalarini belgilagan holda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish ustuvorligi prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatidagi ustuvorliklardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi hamda ushbu organlar va tashkilotlarning qo‘riqlanadigan shaxslar xavfsizligini ta’minlash masalalariga doir faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘riqlanadigan shaxslarning, qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning hamda harakatlanish yo‘nalishlarining xavfsizligini ta’minlash uchun jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining kuch va vositalari qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berishda hamda ularning sodir etilishi holatlarini hujjatlashtirishda texnik vositalardan, shu jumladan audio, foto- va video qayd etish vositalaridan, kriptografik vositalardan hamda boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Qo‘riqlanadigan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘riqlanadigan shaxslar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va uning oila a’zolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) O‘zbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti va uning butun hayoti davrida oila a’zolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga kirishguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati va chet davlatlarning tegishli vakolatli davlat organlari o‘rtasidagi bitimlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtida chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, chet davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari, shuningdek ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan boshqa shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Qo‘riqlanadigan obyektlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘riqlanadigan obyektlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qo‘riqlanadigan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan transport vositalari, shuningdek ularning doimiy joylashuv joylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruviga berilgan binolar, imoratlar, inshootlar (shu jumladan alohida xonalar), yer uchastkalari va suv obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan boshqa obyektlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tizimi va uning huquqiy maqomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining markaziy devoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bo‘yicha bo‘limlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalardan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligi masalalari bo‘yicha jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining bo‘ysunishi va hisobdorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligi masalalari, shuningdek o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan muntazam ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, ular turgan obyektlarni qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha jangovar navbatchilikni tashkil etish hamda olib borish, qo‘riqlash tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini hamda qo‘riqlash tadbirlariga jalb qilinadigan kuchlar va vositalarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlaridan jalb qilinadigan kuchlar va vositalarning tarkibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal etishga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarining xodimlarini jalb etish va ularga tezkor rahbarlik qilishni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ularning roziligiga ko‘ra jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qo‘riqlanadigan obyektlarda va qo‘riqlash tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda nazorat-o‘tish rejimini o‘rnatish, qo‘riqlanadigan obyektlarga kirish (o‘tish) hamda qo‘riqlanadigan obyektlardan chiqish (ketish) chog‘ida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek transport vositalariga va tashilayotgan yuklarga doir hujjatlarni tekshirish, fuqarolarni va ularning yonidagi ashyolarini shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, transport vositalarini hamda ularda tashilayotgan ashyolar va yuklarni ko‘zdan kechirish, shu jumladan muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik vositalarni qo‘llagan holda ko‘zdan kechirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qo‘riqlanadigan obyektlarga va qo‘riqlash tadbirlari o‘tkaziladigan joylarga olib o‘tiladigan (olib kiriladigan), shuningdek qo‘riqlanadigan obyektlardan olib chiqiladigan (olib ketiladigan) ashyolarning (yuklarning) ro‘yxatini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qo‘riqlanadigan shaxslar bilan muloqotda bo‘ladigan va ular turgan obyektlarga xizmat ko‘rsatishga jalb etiladigan jismoniy shaxslarni maxsus tekshirishni amalga oshirish, anketa ma’lumotlarini va boshqa zarur ma’lumotlarni so‘rab olish, qoralovchi ma’lumotlar olingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari xodimlarini ishlardan chetlashtirish haqida taqdimnomalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qo‘riqlanadigan shaxslarga transport xizmati ko‘rsatish yoki ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan havo kemalarining va boshqa transport vositalarining qo‘riqlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qo‘riqlanadigan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan transport vositalarining shayligini tekshirishni, shu jumladan ulardan foydalanish tartibi va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini ta’minlashga doir qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etilishini jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida O‘zbekiston Respublikasining davlat organlariga va, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid yuzaga kelishining oldini olish zarurligi munosabati bilan ishlarni bajarishni, xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishni o‘n ish kunidan oshmagan muddatga to‘xtatib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qo‘riqlanadigan obyektlar hududlaridan foydalanishning alohida shartlariga rioya etilishini ta’minlash, ularning chegaralarini belgilash va ushbu hududlar uchun shaharsozlik reglamentlarini kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) zarur bo‘lganda, qo‘riqlanadigan shaxslarning harakatlanish yo‘nalishlarida, joylarning alohida uchastkalarida va obyektlarda transport vositalari hamda piyodalarning harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, shuningdek transport vositalarini shatakka olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda jismoniy shaxslarning turar joylaridan (egalarining roziligi bilan), yuridik shaxslarning xizmat xonalaridan, aloqa vositalaridan va boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplagan holda foydalanish, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga hamda xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan turar joylar va xizmat xonalari, aloqa vositalari va boshqa mol-mulk mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalarida hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ularni ichki ishlar organlariga olib borish uchun, ushbu transport vositalaridan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi va transport vositalaridan foydalangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini identifikatsiyalovchi hujjatlarni bergan holda, foydalanish, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari mustasno. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan, aerodromlaridan, uchish-qo‘nish yo‘laklari va maydonlaridan, vokzallardan, daryo portlaridan, shuningdek telekommunikatsiya tizimlaridan bepul asosda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) agar kechiktirilishi qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga haqiqatda tahdid solishi mumkin bo‘lsa, jinoyatlarga barham berishda, shuningdek jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilayotganda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joylarga va boshqa xonalarga, yer uchastkalariga va hududlarga moneliksiz kirish, keyinchalik yigirma to‘rt soat ichida bu haqda tegishli prokurorni yozma ravishda xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarda, harakatlanish yo‘nalishlarida, ularning atrofida, shuningdek qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik va laboratoriya-instrumental diagnostikani amalga oshirish, portlovchi moddalarga va qo‘poruvchilik-terrorchilik (shu jumladan biologik) vositalariga yoki axborotdan ruxsatsiz foydalanish qurilmalariga tegishli ekanligi xususida shubha tug‘diruvchi moddiy obyektlarni (ashyolarni) evakuatsiya va yo‘q qilishni amalga oshirish, aloqa va ma’lumotlar uzatish kanallariga to‘siq qo‘yish bo‘yicha texnik tadbirlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish maqsadida tezkor-qidiruv hamda kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, oshkora va maxfiy asosda fuqarolarning yordamidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ixtiyoriy asosda shtatdan tashqari tezkor xodimlar sifatida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan, huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga daxldor bo‘lgan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini aniqlash, bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar, harakatlanish yo‘nalishlari va ularga tutash hududlar uzra samoviy hududda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni boshqaruv hamda navigatsiya signallariga to‘siq qo‘yish, shuningdek mazkur apparatlarga shikast yetkazish yoki ularni yo‘q qilish yo‘li bilan to‘liq yoki qisman taqiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga taalluqli bo‘lgan faktlar hamda hodisalarni hujjatlashtirishni, fotosuratga olishni, ovozli yozuvni, kino- va videotasvirga olishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasining davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan axborotni yoki materiallarni so‘rash hamda bepul olish, shu jumladan doimiy asosda olish, axborot tizimlaridan, ma’lumotlar bazalaridan, axborot-ma’lumot qaydlaridan, arxivlardan, axborot-qidiruv va ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan, shuningdek boshqa axborot resurslaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) belgilangan tartibda axborotning kriptografik himoyasini amalga oshirish va uning xavfsizligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) ruxsat beruvchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yuklarni (bagajni) ko‘zdan kechirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan prezident maxsus aloqa tarmog‘i liniyalari va vositalarining ishlab turishini hamda xavfsizligini ta’minlovchi ishlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga moneliksiz kirish hamda zarur texnik hujjatlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29) agar har qanday maqsaddagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining aloqa vositalariga radioto‘sqinliklarni keltirib chiqarsa, ulardan foydalanishga nisbatan cheklovlar joriy etish tashabbusi bilan chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30) prezident maxsus aloqa tarmog‘ini va idoraviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini vaqtincha tashkil etish zarur bo‘lganda aloqa kanallarini foydalanishga bepul olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining obyektlarida, shuningdek umumiy foydalanishdagi obyektlarda idoraviy axborot-kommunikatsiya tizimlari liniyalarini, aloqa kanallari va vositalarini, uskunalarini ustuvor tartibda o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlariga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33) chet davlatlarning maxsus xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tegishli tashkilotlari bilan tezkor axborot, maxsus texnik vositalarni hamda boshqa vositalarni almashish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ta’lim olishi va stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34) qo‘riqlanadigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan davrida, shuningdek chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning qo‘riqlanadigan shaxslari O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurganida ularning xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatni xorijiy maxsus xizmatlar vakillari bilan muvofiqlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash, aloqa kanallarini taqdim etish shartlari va tartibini kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35) chet davlatlarning qo‘riqlanadigan shaxslari O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan davrida ularga hamrohlik qiluvchi xorijiy maxsus xizmatlarga sovuq va o‘qotar qurolni, o‘qotar qurolning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati harbiy xizmatchilariga sovuq va o‘qotar qurollarni va maxsus vositalarni saqlash hamda olib yurish, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari hududiga olib kirish uchun ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilish uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan tanlab olishni mustaqil ravishda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining imkoniyatlaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39) o‘z faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashni amalga oshirish, ilmiy va boshqa tashkilotlarni, mutaxassislarni jalb etish, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat sirlarini tashkil etuvchi arxiv ma’lumotlarini hamda boshqa ma’lumotlarni saqlash, rasmiylashtirish, ulardan foydalanish va ularni berishning alohida tartibini belgilash, zarur axborot tizimlarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilishi, aniqlashi va ularning oldini olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qo‘riqlanadigan shaxslarga transport xizmati ko‘rsatish chog‘ida, ovqatlanish xavfsizligini, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda qo‘riqlanadigan shaxslarning doimiy tibbiy kuzatuvi chog‘ida reglamentlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) prezident maxsus aloqa tarmog‘ining tashkil etilishini va barqaror ishlashini, axborotning kriptografik himoya qilinishini, prezident maxsus aloqa tarmog‘idan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlanadigan obyektlarni hamda prezident maxsus aloqa tarmog‘ini muhofaza qilish sohasidagi davlat sirlarining saqlanishi ta’minlanishini nazorat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) terrorizmga qarshi kurashishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qo‘riqlanadigan shaxslarning avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya, suv transporti va boshqa turdagi transportda harakatlanishi xavfsizligini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qo‘riqlanadigan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan avtomobil transporti vositalarini faxriy mototsikl eskorti bilan ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlardagi va harakatlanish yo‘nalishlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olishi, aniqlashi va ularga barham berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) qo‘riqlanadigan shaxslarning axborot xavfsizligini va ular turgan obyektlarda kiberxavfsizlikni ta’minlashda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etishi, qo‘riqlanadigan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga tahdidlarning (tajovuzlarning) oldini olish hamda choralar ko‘rish yuzasidan monitoringni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qo‘riqlanadigan shaxslarning nufuziga putur yetkazuvchi, sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obro‘sizlantiruvchi axborot materiallari tarqatilishini aniqlash va unga chek qo‘yish, prokuratura organlariga ushbu axborot materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish taqiqlangan deb e’tirof etish to‘g‘risida arizalar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlariga murojaat qilishi uchun iltimosnoma kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash, tezkor-qidiruv, tashkiliy-rejim, muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik, profilaktika tadbirlarini hamda boshqa tadbirlarni rejalashtirishi, tashkil etishi va o‘tkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan, shuningdek chet davlatlarning maxsus xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) qo‘riqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqishi, yaratishi, ulardan foydalanishi va ularni rivojlantirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) o‘zining xavfsizligini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati zimmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq hamda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuchni, maxsus vositalarni, sovuq va o‘qotar qurolni yuzaga kelgan vaziyatdan, shaxslar xatti-harakatining xususiyati hamda xavflilik darajasidan, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan qarshilikning xususiyati va kuchidan kelib chiqqan, ularni qo‘llashning haqiqiy zaruriyatidan chetga chiqmagan holda qo‘llashi, ko‘zlangan maqsadga erishilishi bilanoq darhol to‘xtatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuch ishlatishdan, maxsus vositalarni, sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin, ularni qaysi shaxsga nisbatan qo‘llashni mo‘ljallayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsni o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi ekanligi haqida, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan o‘zining vakolatlarini amalga oshirish niyati haqida ogohlantirishi hamda ko‘rsatilgan shaxsga unga qo‘yilgan qonuniy talablar bajarilishi uchun imkoniyat va vaqt berishi shart, bundan quyidagi hollar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday ogohlantirishning imkoniyati bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy kuch ishlatishdagi, maxsus vositalarni, sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llashdagi sustkashlik qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etish uchun jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillarining, shuningdek o‘zga fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun bevosita xavf solsa yoxud qo‘riqlanadigan obyektlar hamda transport vositalari xavfsizligiga haqiqatda tahdid solsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida o‘zining bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar o‘ziga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilgan shaxs tan jarohatlari olgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi mumkin qadar qisqa muddatda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi oqibatida shaxs yarador bo‘lganligi yoki vafot etganligi haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida tegishli prokurorni darhol xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) u zarur mudofaa doirasidan chetga chiqmagan bo‘lsa yoki huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni ushlash tartibini belgilovchi qonunchilik talablari buzilmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) u belgilangan tartibda berilgan, o‘zi uchun majburiy bo‘lgan buyruqning yoki farmoyishning ijrosini ta’minlash maqsadida harakat qilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) u asosli xizmat tavakkalchiligi yoki so‘nggi zaruriyat sharoitlarida harakat qilgan bo‘lsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jismoniy kuch ishlatganligi, maxsus vositalarni, sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llaganligi munosabati bilan yetkazilgan ma’naviy, moddiy va jismoniy zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilganidan boshqa hollarda javobgarlik qonunda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘riqlash tadbirlarida ishtirok etishga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining vakillari ham qo‘riqlanadigan shaxslarning, ular turgan obyektlarning hamda harakatlanish yo‘nalishlarining xavfsizligini ta’minlash chog‘ida qonunda nazarda tutilgan tartibda va hollarda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq hamda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlari bajarilishini ta’minlamasa, ular huquqbuzarliklarga barham berish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlab turish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun hamda o‘zini mudofaa qilish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan qo‘l jangi usullarini qo‘llash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda maxsus vositalar, sovuq yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining qurollanishida mavjud bo‘lgan maxsus vositalarni quyidagi hollarda qo‘llash huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qo‘riqlanadigan shaxslarga, qo‘riqlanadigan obyektlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarishda yoki hujum qilish tahdidining oldini olishda, xuddi shuningdek ularni tutqinlikdan ozod qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillariga, shuningdek fuqarolarga qilingan hujumni qaytarishda yoki hujum qilish tahdidining oldini olishda yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga ko‘rsatilayotgan bo‘ysunmaslik va qarshilikka barham berishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) huquqbuzarlarni va qurolli qarshilik ko‘rsatmoqchi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarishiga boshqacha tarzda monelik qilmoqchi deb hisoblash uchun o‘ziga nisbatan yetarli asoslar mavjud bo‘lgan shaxslarni ushlashda va ularni ichki ishlar organlariga olib borishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qo‘riqlanadigan shaxslar faoliyatiga monelik qiladigan yoki qo‘riqlanadigan obyektlarga kirib olish tahdidini yuzaga keltiradigan ommaviy tartibsizliklarga va guruh bo‘lib qilingan harakatlarga barham berishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qo‘riqlanadigan shaxslar yoki obyektlar xavfsizligiga tahdid soluvchi transport vositasini to‘xtatish zarur bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) sovuq yoki o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, kuchli ta’sir etuvchi kimyoviy va zaharli moddalar qonunga xilof ravishda o‘zida mavjud bo‘lgan shaxslarni qurolsizlantirish zarur bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tajovuzkor hayvonlarni zararsizlantirishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qo‘riqlash tadbirlari o‘tkaziladigan zonada yoki qo‘riqlanadigan obyektlar hududi uzra samoviy hududni uchuvchisiz uchish apparatlari bilan buzishlarga barham berishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vositalarni qo‘llash quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tez alanga oluvchi, zaharli, portlovchi moddalar yoki maxsus vositalarning tarkibiy qismlari bilan ta’sirga kirishganda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘diruvchi moddalar ishlab chiqariladigan, saqlanadigan binolarda, xonalarda yoki ushbu moddalar tashiladigan transport vositalari yaqinida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) homiladorlik, nogironlik belgilari yaqqol ko‘rinib turgan shaxslarga va voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar voyaga yetmaganlarning yoshi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga ma’lum bo‘lsa, bundan ushbu shaxslar va voyaga yetmaganlarning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, terrorchilik harakatini sodir etganligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, qurolli yoki guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vositaning turi va uni qo‘llash jadalligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi tomonidan yuzaga kelgan vaziyatdan, tajovuzning xususiyati va huquqbuzarning shaxsidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari maxsus vositalar mavjud bo‘lmaganda yoxud ularni qo‘llash imkoniyati bo‘lmaganda (maqsadga muvofiq bo‘lmaganda), zarur mudofaada yoki o‘ta zaruriy holda qo‘l ostidagi mavjud har qanday vositalardan (shu jumladan transport vositalaridan) foydalanishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llashga ruxsat etilgan hollarda ham maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qurollanishida mavjud bo‘lgan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari sovuq va o‘qotar qurolni quyidagi hollarda oxirgi chora sifatida qo‘llash huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qo‘riqlanadigan shaxslarni ularning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan, sodir etilish paytida o‘limga va (yoki) tan jarohatlari yetkazilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan hujumdan yoxud shunday hujum tahdididan himoya qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hamda qo‘riqlash tadbirlariga jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillariga qilingan hujumni yoxud hujum tahdidini qaytarishda, agar ularning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bo‘lsa, shuningdek ularga tegishli sovuq va o‘qotar qurolni, transport va aloqa vositalarini, boshqa tovar-moddiy boyliklarni yoki hujjatlarni egallab olishga urinishlarga barham berishda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining qonuniy farmoyishiga yoki talabiga ashaddiy ravishda bo‘ysunmaslik va haqorat qilish hollari unga qilingan hujum deb hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qo‘riqlanadigan obyektlarga qilingan hujumni yoki hujum tahdidini qaytarishda, xuddi shuningdek ular egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) garovga olinganlarni ozod qilishda, terrorchilik va boshqa jinoiy tajovuzlarga barham berishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan, shuningdek boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishi chog‘ida ko‘rib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, ushlanishdan qutulib qolish uchun ushbu shaxs sovuq yoki o‘qotar qurolni yoxud ko‘rinishidan sovuq yoki o‘qotar qurolga o‘xshagan va tashqaridan qaraganda undan farq qilmaydigan ashyolarni, portlatish qurilmalarini yoki qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining va qo‘riqlash tadbirlariga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari vakillarining, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi o‘zga ashyolarni qo‘llaganda (qo‘llash bilan tahdid qilganda), agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) sovuq yoki o‘qotar qurolni, portlatish qurilmasini yoxud qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining va qo‘riqlash tadbirlariga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari vakillarining hayotiga yoki sog‘lig‘iga, shuningdek boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan predmetlarni qo‘yish (topshirish) to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) fuqarolarni ularning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi hujumdan himoya qilishda, agar ularni boshqa usullar va vositalar bilan himoya qilish mumkin bo‘lmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi qonuniy ravishda taqiqlagan hamda harbiy xizmatchiga ko‘rsatilgan masofadan yanada yaqinlashishga, kiyim-boshidan yoki qo‘l yukidan nimanidir olishga urinishda ifodalangan harakatlarning yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi qo‘riqlanadigan shaxslarning, harbiy xizmatchining o‘zining yoxud boshqa shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni ishlatish tahdidi sifatida talqin qilishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarning sodir etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga sovuq yoki o‘qotar qurolni qinidan olish va jangovar shay holatga keltirish, shuningdek uni ushbu Qonun talablariga muvofiq qo‘llash huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari quyidagi hollarda ham sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar transport vositasining haydovchisi qo‘riqlanadigan shaxslarning, qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning va transport vositalarining xavfsizligiga, boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga haqiqatda tahdidni vujudga keltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, qo‘riqlanadigan shaxslarning hamda qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillarining talablarini inkor etsa, transport vositasini unga shikast yetkazish yo‘li bilan to‘xtatish zarur bo‘lgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining yoki fuqarolarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ogohlantiruvchi o‘q uzish, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yo‘nalishda o‘q uzish orqali xavf-xatar signalini berish yoki yordamga chaqirish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sovuq yoki o‘qotar qurolni qo‘llash quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qo‘riqlanadigan shaxslar tomonga qarata;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ko‘p odamlar to‘planganda, agar o‘qotar qurol qo‘llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tez alanga oluvchi, zaharli, portlovchi moddalar ishlab chiqariladigan, saqlanadigan binolarda, xonalarda yoki ushbu moddalar tashiladigan transport vositalari yaqinida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) homiladorlik, nogironlik belgilari yaqqol ko‘rinib turgan shaxslarga va voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar voyaga yetmaganlarning yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga ma’lum bo‘lsa, bundan ushbu shaxslar va voyaga yetmaganlarning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, terrorchilik harakatini sodir etganligi, odamlarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid etib, qurolli yoki guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari va xodimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatini kadrlar bilan to‘ldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati kasbga yaroqlilik bo‘yicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ayol jinsiga mansub bo‘lgan, harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan fuqarolari qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasining davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) tanlab olish hamda o‘tkazish ustuvor hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilishda ish joyidan bo‘shagan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilingan kunga qadar ko‘pi bilan uch oy o‘tgan bo‘lsa, mazkur davrda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan mehnat munosabatlari mavjud bo‘lmasa, haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lish uzluksiz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga ko‘ra, tor ixtisoslikdagi yoki yuqori malakali mutaxassislar haqiqiy harbiy xizmatga ushbu Qonunda belgilangan ayrim talablar hisobga olinmagan holda qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining serjantlar tarkibi lavozimlariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega shaxslar tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ofitserlar tarkibi lavozimlariga oliy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga ko‘ra, o‘rta maxsus ma’lumotga ega serjantlar tarkibidagi yuqori kasbiy ko‘rsatkichlarga erishgan harbiy xizmatchilarni ofitserlik lavozimlariga tayinlashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilingan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maxsus hisobiga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga kirayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadigan tartibda dastlabki tanlovdan, shuningdek o‘zlari taqdim etgan ma’lumotlarning haqqoniyligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashga yoki ishlashga yaroqlilikni aniqlash maqsadida o‘rganishni va haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilishga monelik qiladigan holatlarni aniqlashni, shu jumladan ruhiy-fiziologik tadqiqot o‘tkazish orqali aniqlashni o‘z ichiga oladigan tekshiruvdan o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yoxud quyidagi hollarda shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilinmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari va xodimlari esa haqiqiy harbiy xizmatdan yoki ishdan bo‘shatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tekshiruv tartib-taomilidan o‘tishdan yoki davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsatni rasmiylashtirishdan, odamlarning hayotiga va sog‘lig‘iga hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnik hamda boshqa vositalardan foydalanilgan holdagi so‘rovdan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’mol qilganlik nuqtai nazaridan tekshiruvdan o‘tishni rad etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) olib tashlangan yoki tugatilgan sudlanganlik holati mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi, taraflar yarashganligi munosabati bilan, amnistiya akti yoki afv etish asosida jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek qonunda belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra jinoiy jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni yoki ma’lumotlarni taqdim etmaganda yoxud qalbaki hujjatlarni yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) siyosiy partiyalarning va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalarining a’zosi bo‘lsa va (yoki) ularning faoliyatida ishtirok etgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shifokorning ko‘rsatmasi bo‘lmagani holda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashga va mansab vakolatlarini bajarishga monelik qiladigan kasalligi mavjud bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) boshqa davlat organlaridan intizomiy tartibda yoki mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun bo‘shatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga qo‘yiladigan talablarga mos kelmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilishni rad etish sabablarini tushuntirmaslikka haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatda bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi chog‘ida o‘zining shaxsiy, kasbiy va psixologik sifatlari, ma’lumoti hamda sog‘lig‘ining holati bo‘yicha o‘ziga qo‘yiladigan maxsus talablarga mos bo‘lishi kerak va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining or-nomus kodeksiga rioya etishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan maxsus talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z vakolatiga kiradigan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga harakatdagi rezervda haqiqiy harbiy xizmatda qoldirilgan holda xizmat safariga yuborilishi mumkin. Xizmat safari muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonuniy talablari fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining xizmat guvohnomasi va jetoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat guvohnomasi harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga mansubligini, uning shaxsini, lavozimi va harbiy unvonini tasdiqlovchi hujjatdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining sovuq va o‘qotar qurolni olib yurish hamda saqlash huquqini, shuningdek ushbu Qonunning 21-moddasida ko‘rsatilgan boshqa huquqlarni tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining jetoni xizmat guvohnomasi ko‘rsatilganda haqiqiydir va uni identifikatsiya qilishning qo‘shimcha vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, jeton O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga qo‘riqlash tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining qo‘shimcha kuch hamda vositalarini, ularning rahbariyatini yigirma to‘rt soat ichida yozma ravishda xabardor etgan holda jalb qilish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida xizmatda bo‘lish bilan bog‘liq cheklovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga kirayotgan shaxslar ushbu Qonunda belgilangan cheklovlarni o‘z zimmasiga oladi, bu cheklovlar yozma shaklda qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputati bo‘lish, kasaba uyushmalari, shuningdek siyosiy partiyalar a’zosi bo‘lish hamda ularning faoliyatida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) pedagogik, tibbiy, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyatdan tashqari, haq to‘lanadigan faoliyat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, tijorat tashkilotining rahbar organi yoki kuzatuv kengashi tarkibiga kirish, bundan mazkur faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) o‘z xizmat faoliyatining moddiy-texnikaviy, moliyaviy va axborot ta’minoti vositalaridan, boshqa davlat xizmat mol-mulkidan va xizmat axborotidan xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarining normal faoliyat ko‘rsatishiga hamda ular mansabdor shaxslarining o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qiladigan harakatlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) o‘z xizmat mavqeyidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, shu jumladan mansabdor va boshqa shaxslar bilan til biriktirish yo‘li bilan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmog‘ida o‘z xizmat faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan foto-, audio-, videomateriallarni joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qo‘riqlanadigan shaxslar bilan xizmat zaruriyatisiz muloqotda bo‘lish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining xizmat faoliyati inobatga olingan holda, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa cheklovlar ham qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oddiy askarlar va serjantlar tarkibini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarida maxsus o‘qitish talab qilinmaydigan serjantlar tarkibidagi lavozimlarda (ish yuritish, moddiy-xo‘jalik, moliyaviy, texnikaviy, transportga, sportga, tibbiy ta’minotga, kadrlarga oid faoliyat, axborot-ma’lumot berish faoliyati) bo‘lgan harbiy xizmatchilariga harbiy unvon, basharti u o‘ziga biriktirilgan uchastkalarda o‘z majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarsa, bo‘linmalar boshliqlarining iltimosnomasiga ko‘ra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshlang‘ich “leytenant” ofitserlik harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi, oliy ma’lumotli, ofitserlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilariga — lavozimga tayinlanganidan keyin uch oy o‘tgach;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) haqiqiy harbiy xizmatga ofitserlar tarkibidagi lavozimga kirgan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan oliy ma’lumotli shaxslarga — lavozimga tayinlanganidan keyin olti oy o‘tgach;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) serjantlar tarkibidagi, o‘rta maxsus ma’lumotli, ofitserlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga ko‘ra — lavozimga tayinlanganidan keyin kamida o‘n ikki oydan so‘ng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiradan qabul qilingan yoki boshqa davlat organlaridan o‘tkazish tartibida qabul qilingan va maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi lavozimiga tayinlashda ularga qonunchilikda belgilangan teng darajadagi harbiy unvon qayta attestatsiyadan o‘tkazish tartibida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi maxsus unvonda bo‘lganlik muddati navbatdagi harbiy unvonni berish uchun xizmat qilgan yillari muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maxsus unvonga ega bo‘lgan, harbiy xizmatga kirgan paytida teng darajadagi harbiy unvon berilmagan harbiy xizmatchilariga maxsus unvondagi xizmat (ish) davri keyinchalik qayta attestatsiyadan o‘tkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qo‘shib hisobga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida chet davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilarning yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini ta’minlash va saqlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida rejali asosda jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar, shuningdek har yili kasbga yaroqlilikni tekshirish tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuchni, maxsus vositalarni, sovuq va o‘qotar qurolni qo‘llash bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga yaroqlilik nuqtai nazaridan maxsus tayyorgarlikdan, davriy tekshiruvdan o‘tishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishni mehnatga munosib haq to‘lashni belgilash, uy-joy hamda yer uchastkalari bilan ta’minlash, imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va avtokreditlar berish, ularning sog‘lig‘i hamda mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, davlat pensiya ta’minotini berish, harbiy xizmatchilarga, pensionerlarning belgilangan tarkibiga va ularning oila a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy yordam berish hamda ijtimoiy himoyaning boshqa turlari bilan ta’minlash orqali kafolatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan chegaradagi yoshiga to‘lgan, yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kelgusida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lgan harbiy xizmatchilariga haqiqiy harbiy xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan ular bilan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga yangi kontrakt tuzish orqali bir necha bor uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining haqiqiy harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy tartibda qabul qilingan harbiy xizmatchilar, shuningdek qabul qilinguniga qadar harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan, kalendar hisobida o‘n yil xizmat qilgan ayollar ofitserlik unvonida bo‘lgan chog‘ida bo‘shatilgan taqdirda, ularning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim tashkilotining kunduzgi o‘quv shaklida o‘qigan vaqti ushbu o‘qishning bir oyi xizmatning bir oyiga tenglashtirilgan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular haqiqiy harbiy xizmatga qaysi harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha tayinlangan bo‘lsa, o‘sha mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan lavozimlardagi ish staji ham ushbu ishning bir oyi xizmatning bir oyiga tenglashtirilgan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida xizmatni o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining oila a’zolari, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxs xizmat qilgan yillardan qat’i nazar, unga berilgan xizmat turar joyini bepul xususiylashtirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazish tartibida qabul qilingan va maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxslar uchun oldingi maxsus unvonda bo‘lish muddati imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va avtokreditlar berish uchun xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga qonunchilikda harbiy xizmatchilarga nisbatan belgilangan boshqa ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar ham beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini huquqiy himoya qilish kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida hokimiyat vakillari hisoblanadi va davlat himoyasida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, ularga qarshilik ko‘rsatish, ularga nisbatan tahdid yoki zo‘rlik qilish, xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ularning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi xizmat majburiyatlarini yoki xizmat burchini bajarishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat safariga yuborilganda, bo‘sh joy mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, transportning barcha turlariga yo‘l chiptalarini navbatsiz olish va mehmonxonalarga navbatsiz joylashish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ularning xizmat majburiyatlari jumlasiga kirmaydigan vazifalarni bajarishga jalb qilish taqiqlanadi. Bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlaridan tashqari, hech kim ularning xizmat faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi bevosita hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlarining o‘ziga nisbatan qabul qilinadigan qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining vakili ishtirokisiz yoki sudning qarorisiz uni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishga, uning yonidagi ashyolarni, uning foydalanuvidagi transport vositalarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan uning jinoyat sodir etishi chog‘ida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin ushlanganligi hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ishga joylashtirish kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilgan taqdirda ularga harbiy xizmatga qabul qilinguniga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, avvalgi ishi (lavozimi) mavjud bo‘lmaganda esa ularning mutaxassisligi hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlaridagi o‘zga teng darajadagi ish (lavozim) birinchi navbatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining formali harbiy kiyim-boshi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari belgilangan namunadagi formali harbiy kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy mol-mulk bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilariga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruqlari bilan formali harbiy kiyim-bosh kiyish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining xodimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mehnatga oid huquqlari va erkinliklarining davlat kafolatlari, qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa ta’minoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moliyaviy ta’minoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida budjetdan tashqari jamg‘armalar tuzilishi mumkin, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moddiy-texnika ta’minoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini joylashtirish yoki uning bo‘linmalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanishga transport vositalarini va boshqa mol-mulkni davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, tashkilotlardan, fuqarolardan qabul qilib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvidagi binolar, imoratlar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk, mazkur binolar, imoratlar, inshootlarga tutash suv obyektlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan yaratilgan yoki olingan mol-mulk, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga berilgan yer uchastkalari davlat mulkidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda shakllantiriladigan xizmat uy-joy fondiga ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining ta’minotida bo‘ladigan vositalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati axborot-kommunikatsiya tizimlarini, shuningdek axborotning himoya vositalarini, shu jumladan kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqadi, yaratadi hamda ulardan foydalanadi, ularning xavfsizligini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining shu kabi tizimlaridan qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishi, shu jumladan kriptografik vositalarni qo‘llagan holda texnik jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga yoki ishga kirayotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishga ijozat beriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining hujjatlari va materiallari idoraviy arxivda saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tarixiy va ilmiy ahamiyatga molik arxiv materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqariladi hamda saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining ramzlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bayroqqa, emblemaga va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining ramzlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, qo‘riqlanadigan shaxslar va boshqa fuqarolar haqidagi, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan axborotni (shaxsga doir ma’lumotlarni) tarqatganligi, shuningdek ushbu Qonunning 30-moddasida belgilangan cheklovlarni buzganligi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan budjetdan tashqari maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar fuqarolar va mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) o‘z huquqlari cheklanishiga sabab bo‘lgan, o‘zlariga ma’naviy ziyon yoxud moddiy zarar yetkazgan deb hisoblasa, ushbu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan mazkur organning mansabdor shaxslariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yoki sudga qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati ustidan nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror nazoratining predmeti bo‘lgan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli prokurorga qonunchilikda belgilangan asoslarda va tartibda taqdim etiladi. Prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida o‘ziga taqdim etilgan hujjatlar va materiallarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 6-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-700-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/700/0637-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)