18.05.2021 yildagi PQ-5114-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son va 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmonlariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini yanada oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi sport ta’lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bo‘limlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda iqtidorga ega bo‘lgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yo‘naltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishini ta’minlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlantirilayotgan (mavjud), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini har tomonlama rivojlantirish va ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paralimpiya sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlarini rag‘batlantirish, jismoniy va ijtimoiy moslashuvi integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta’minlash, kasbiy reabilitatsiya va kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ta’lim muassasalarida (shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarida) faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida maxsus ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi sport ta’lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Paralimpiya qo‘mitasi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Paralimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Paralimpiya qo‘mitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozgi va qishki paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, sport obyektlari va inshootlarining konsepsiyalari, texnik topshiriqlari, texnik-iqtisodiy asoslari/parametrlari va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va chempionatlar, forumlar, konferensiyalar, seminarlar va yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, ular orqali tinchlik, do‘stlik va o‘zaro tushunish g‘oyalarini targ‘ib-tashviq qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo‘riqchilar hamda boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada yoki boshqa xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va boshqa tashkilotlarda o‘z a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, o‘z a’zolarini axborot, ilmiy-uslubiy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha klublar faoliyatini tashkillashtirish va samarali boshqarish, milliy va xalqaro sport tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Joylarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Paralimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-sentabrga qadar hududiy paralimpiya bo‘linmalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish uchun homiylar biriktirilishini, shuningdek, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm va sport vazirligi, Paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi va kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yildan boshlab tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlariga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan hududiy paralimpiya bo‘linmalariga mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Paralimpiya qo‘mitasining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 26 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya qo‘mitasi tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Paralimpiya qo‘mitasi 2021-yil yakuniga qadar Paralimpiya qo‘mitasi huzurida paralimpiya sport turlari bo‘yicha klublarni tashkil etsin, ular faoliyatini muvofiqlashtirsin hamda saqlash bilan bog‘liq moliyaviy va tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan trenerlar va uslubchi-yo‘riqchilar, ko‘zi ojizlar, kar va zaif eshituvchilar, amputantlar bilan ishlovchi mutaxassislar (surdo, tiflo-surdo va xalqaro-surdo tarjimonlari) hamda boshqa kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya fakulteti tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Paralimpiya qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, Institut paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo‘riqchilar hamda boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma (pullik) asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablag‘lari ham yo‘naltirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Institut faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining 2021-yil 1-sentabrdan boshlab “Sport hamma uchun” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parasport turlari bilan keng qamrab olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatga integratsiya qilish maqsadida bir yilda bir marta Parasport xalqaro festivali o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 3-dekabr kuni — Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab ko‘zi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar o‘rtasida parasport turlari turkumiga kiritilgan parastol tennisi, 5x5 futbol, golbol, parayengil atletika, parapauerlifting, parabadminton, shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda parasport festivallari o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) o‘quvchilari o‘rtasida paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi, taniqli sportchilar tomonidan master-klasslar, shuningdek, seminar, konferensiya va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.I. Ikramov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.U. Umarova) “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilanayotgan va boshqa chora-tadbirlarni samarali va to‘liq tashkil etsin, ularni o‘tkazish bilan bog‘liq moliyaviy va tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal etsin.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida, shuningdek, boshqa tegishli oliy ta’lim muassasalarida “Paralimpiya” kafedrasi, shuningdek, “Adaptiv sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport” magistratura mutaxassisligi ochiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 5 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratiladi;
(10-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141. Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
(141-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha manzilli hududiy dasturlarni tasdiqlasin, shuningdek, ularning to‘liq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(141-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov) vazirlik markaziy apparatida paralimpiya sport turlarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tashkil etsin hamda kamida ikki nafar qo‘shimcha shtat birligini ajratish orqali malakali mutaxassis bilan ta’minlasin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Chorvoq” erkin turistik zonasi Ma’muriy kengashi (A.N. Aripov) 2021-yil yakuniga qadar mazkur zonada kamida 50 gektarga teng bo‘lgan yer uchastkasini jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga istisno tariqasida bepul ajratish choralarini ko‘rsin. Bunda, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun sport obyektlari va inshootlarini barpo etishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar tadbirkorlik subyektlarining soliq solinadigan bazasidan belgilangan tartibda chegirib tashlanadi hamda ushbu obyektlar va inshootlar Paralimpiya qo‘mitasiga beg‘araz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-iyundan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida nazarda tutilgan barcha sport musobaqalarini tashkil qilishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ham tegishli musobaqalarni o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yildan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida paralimpiya sport tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish uchun kamida 30 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur bo‘lgan sport asbob-uskunalari, inventarlari, jihozlari, buyumlari va boshqa vositalar bilan ta’minlasin. Bunda, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari, jihozlari, buyumlari va boshqa vositalar 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikamizda paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi va Osiyo paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda, ushbu tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lab berish bilan bog‘liq xarajatlar 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vazirligi va Paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar barcha mavjud davlat sport obyektlari va inshootlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari talabnomalariga ko‘ra jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport obyektlari va inshootlaridan foydalanish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorga asosan, joriy yilda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablag‘lar 2021-yil Davlat budjetida Turizm va sport vazirligi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda hududlarda qurilishi rejalashtirilgan sport inshootlari va sport maydonchalarining loyihalarini ishlab chiqishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan sport inshootlari va sport maydonchalari loyihalarini ishlab chiqishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar nazarda tutilmagan taqdirda ushbu loyihalar uchun moliyalashtirish amalga oshirilmaydi hamda davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Turizm va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda barpo qilinadigan olimpiya va paralimpiya shaharchasi loyihasida Paralimpiya sport markazini tashkil etishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Turizm va sport vazirligi, Paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlarini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etsin, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish bo‘yicha alohida ko‘rsatuvlar namoyish etish orqali sportga keng jalb qilish media-rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga (A.A. Abduhakimovga) kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Turizm va sport vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin va ularni Sport turlarining reyestriga kiritish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 18-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5114-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Rais

Rais o‘rinbosari

Bosh kotib

Ilmiy-metodik ta’minlash va rivojlantirish bo‘limi

2

Xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi

2

Bosh yuriskonsult

1

Paralimpiya sport turlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘limi

2

Hamkor tashkilotlar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan ishlash bo‘limi

2

Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor

1

Paralimpiya sport turlarini muvofiqlashtirish sektori

1

Hududiy bo‘linmalar bilan ishlash bo‘limi

2

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

3

Sport tibbiyoti sektori

1

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash sektori

1

Moddiy-texnik ta’minot bo‘limi

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 24 nafar bo‘lib, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yo‘l xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul tashkilotlar

I. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

1.

Sport maktablarida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun bo‘linmalar va maxsus guruhlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Sport maktablarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha bo‘limlar va guruhlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlarining to‘ldirilishini ta’minlash, haftalik o‘quv-mashq ishlari rejimi, yillik o‘quv reja-grafiklarini taqsimlash bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyun

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

3.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi hamda integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta’minlash.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan sport tayyorgarligi bosqichlarida o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan sport turlari bo‘yicha o‘quv-dasturlarini tayyorlash.

2021-yil dekabr

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

4.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflari bo‘yicha yagona sport tasnifini ishlab chiqish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflaridan kelib chiqib yagona sport tasniflarini (baholash mezonlari) ishlab chiqish va hamkor tashkilotlar (shu jumladan sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari) bilan kelishgan holda ularni tasdiqlash.

2021-yil avgust

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

II. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassis va trener-o‘qituvchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash

5.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish.

1. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek, mutaxassislarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish.

1. Hududlarda paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojni qoplash yuzasidan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Turizm va sport vazirligiga kiritish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi

3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sport tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan instruktorlar va tashkilotchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil oktabr

4. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda ular bilan o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini olib borayotgan mutaxassis va trener-o‘qituvchilarni, shu jumladan yosh mutaxassislarni adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari sohasiga jalb etish va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish ishlarini tashkil etish bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish.

2021-yil avgust

7.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni doimiy ish bilan ta’minlash.

Sport ta’lim muassasalari hamda ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlarini ochish orqali adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar va trener-o‘qituvchilarni manzilli ravishda ishga joylashtirish.

2021-yil davomida, kelgusida — doimiy

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

8.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash.

1. Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va respublika oliy sport mahorati maktablarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha shug‘ullanayotgan hamda sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga kiritilgan sportchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish.

2. Qo‘shma qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash.

2021-yil oktabr

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash uchun psixolog xizmatini tashkil etish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha turdagi sport ta’limi muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yish va psixolog lavozimini joriy etish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

III. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sporti bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

11.

Paralimpiya sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan sport maydonchalari, sport zallari, stritbol va “Workout” sport maydonchalarining loyihalarini ishlab chiqish, tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlash va qurish.

2. Sport ta’lim muassasalari uchun paralimpiya sport turlari bo‘yicha maxsus sport anjomlari va jihozlarini xarid qilish.

3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun maxsus uskunalarni sotib olish maqsadida mahalliy budjetlarni subsidiyalar bilan ta’minlash.

2021-yil sentabr

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

4. Hududlarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan sport markazlaridagi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

2021-yil noyabr

12.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish bo‘yicha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish bo‘yicha sport inshootlari va sport markazlariga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaratish.

2021-yil sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

13.

Rivojlantirilayotgan (mavjud paralimpiya sport turlari), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini yangi bosqichga ko‘tarish va ularni har tomonlama rivojlantirish.

1. Rivojlantirilayotgan (mavjud) paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parao‘q otish, parasuzish, paraakademik eshkak eshish, parakanoe, parataekvondo, parapauerlifting) yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil davomida

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yangi tashkil etilayotgan paralimpiya sport turlarini (parastol tennisi, parabadminton, 5x5 futbol, golbol, paravelosport, parakamondan o‘q otish, bochcha, paraqilichbozlik, paratriatlon, shaxmat) ommalashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-avgustdan boshlab

3. Kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini (paravoleybol, aravachada basketbol, aravachada tennis, aravachada regbi) ommalashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-oktabrdan boshlab

IV. Xal?aro sport musobaqalari va tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish

14.

2021-yil Tokioda (Yaponiya) o‘tkaziladigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash.

Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda sportchilarning Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha litsenziyalarni qo‘lga kiritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini qat’iy nazoratga olish, litsenziyalarni qo‘lga kiritish jarayonini har oyda muhokama qilib borish.

Har chorakda

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

15.

2024-yil Parijda (Fransiya) o‘tkaziladigan XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish.

O‘zbekiston terma jamoasi sportchilarini 2024-yil Parijda (Fransiya) o‘tkaziladigan XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

V. Hududlarda paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish

16.

Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilar pasportining (plastik shaklda) yuritilishini joriy etish va muntazam ravishda yuritib boriladigan elektron tizimni yaratish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

17.

Sportchi yoshlarni saralash va iqtidorli sportchilarni tanlab olish, sport zaxirasini shakllantirishning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha turdagi sport ta’lim muassasalarida sport turlari sonini ko‘paytirish hamda jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Hududlarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish.

Hududlardagi barcha sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha sport va sog‘lomlashtiruvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan monitoring olib borish.

Monitoring olib borish tartibini ishlab chiqish hamda monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish va tahlil qilish.

Har chorakda

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

20.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish.

Ta’lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishi uchun sport klublarini tashkil etish yuzasidan qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil sentabr

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida paralimpiya sport turlarini hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

21.

Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i orqali paralimpiya sport turlarini keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

1. Hududlarda ommaviy axborot vositalari orqali paralimpiya sportini rivojlantirish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlash va namoyish etish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

2. Turizm va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasi asosida paralimpiya sport turlari bo‘yicha hududlarda respublika va xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport musobaqalari va tadbirlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishni va translyatsiyalarni tashkillashtirish.

2021-yil davomida

3. Sog‘lom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan O‘zbekistonda paralimpiya sport turlari bo‘yicha tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targ‘ib qilishga, milliy qahramonlar — Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar to‘g‘risida qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil davomida

22.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini o‘tkazish.

1. Joylarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Paralimpiya o‘yinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini manzilli tashkil etish.

2. Ijtimoiy tarmoqlarda Paralimpiya o‘yinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar faoliyatini yoritishga qaratilgan video roliklar yaratish.

2021-yil davomida

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2021-y., 07/21/5114/0470-son; 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son; 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son))