1-ILOVA
Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar | |
I. Birjaning axborot texnologiyalar infratuzilmasini yanada takomillashtirish va amaldagi elektron savdo platformalarini modernizatsiya qilish | ||||
1. | Birja savdolari elektron tizimini takomillashtirish. | 1. Elektron birja savdolarining yangi tizimini ishga tushirish. Bunda: savdo jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish, ishtirokchilarni onlayn akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda birja savdolarida WEB-interfeys orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratish; elektron raqamli imzo va QR-kod vositasida shartnomalarni elektron rasmiylashtirish; tashqi aralashuvlarning oldini oluvchi mexanizmni joriy etish, kiber xavfsizlik darajasini oshirish hamda Internet tarmogʻi orqali soʻrovlarni saralash. 2. Birja savdolarida realizatsiya qilinayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni oxirgi isteʼmolchisiga yetkazib berish jarayoni toʻliq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi elektron logistika xizmatlari portalini ishga tushirish. | 2021-yil sentabr | “OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi |
II. Birja savdo operatsiyalarini kengaytirish | ||||
2. | Isteʼmol va texnik etil spirtini birja savdolari orqali sotish. | Isteʼmol va texnik etil spirtini birja savdolari orqali realizatsiya qilish, bunda: spirt ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni birjada akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash; isteʼmol spirti boʻyicha birja savdolarida faqat tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar qatnashishini taʼminlash; sotuvchi va xaridorlarni birja savdolarida qatnashishlari boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi birja aʼzolari (brokerlar) bilan ishlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish; etil spirti mahsulotini birja savdolariga qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish va birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali savdo ishtirokchilariga yetkazish; lotlarni isteʼmolchilar toifasiga koʻra shakllantirish; birja savdolarida mahsulotga boʻlgan talab va taklif darajasini muntazam tahlil qilib borib, zaruriyatga koʻra, lot hajmlariga oʻzgartirishlar kiritish, bir savdo kunida bitta xaridor tomonidan tovarni xarid qilish hajmiga cheklovlar oʻrnatish. | 2021-yil aprel-may, doimiy | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, “OʻzRTXB” AJ |
3. | Polivinilxloridni (PVX) va farmolinni toʻliq birja savdolari orqali sotish. | PVX va farmolin mahsulotlarini birja savdolariga qoʻyish jadvalini tasdiqlash hamda tasdiqlangan grafikka koʻra mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish; polivinilxlorid isteʼmolchilarini birja savdolariga jalb qilish; birja savdolarida xaridorlar uchun teng imkoniyat yaratish. | 2021-yil aprel-may, doimiy | “Oʻzkimyosanoat” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, “Navoiyazot” AJ, “OʻzRTXB” AJ |
4. | Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish. | Kumushni ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali sotilishini taʼminlash, bunda: birja savdolariga qoʻyiladigan kumush hajmlarini aniqlash; kumush mahsulotini birja savdolarida sotish mexanizmini tushuntirish boʻyicha zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish; mahsulotning boshlangʻich narxlarini asosli shakllantirilishini taʼminlash; zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun kumush mahsulotini birja orqali sotib olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish. | 2021-yil aprel-may, doimiy | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy KMK, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, “OʻzRTXB” AJ |
5. | Ekstraksiya paxta moyini toʻliq birja savdolari orqali sotish. | Ekstraksiya paxta moyini birja savdolari orqali sotish hajmini aniqlash. Ekstraksiya paxta moyi isteʼmolchilari — tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birjaga jalb qilish. Birja savdolarida ekstraksiya paxta moyi isteʼmolchilari uchun teng imkon yaratish. Savdolarda faqat ekstraksiya paxta moyini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan xaridorlar ishtirokini taʼminlash. | 2021-yil aprel-may, doimiy | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, “OʻzRTXB” AJ |
6. | Birja savdolariga shrot, sheluxa mahsulotini qoʻyish hajmlarini oshirish. | Yogʻ-moy korxonalari tomonidan shrot va sheluxa mahsulotlarini tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirish choralarini koʻrish; paxta shroti va sheluxasi ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik klasterlarini birja savdolariga sotuvchi sifatida jalb qilish; paxta shroti va sheluxasi ishlab chiqaruvchilarni birja savdolarida faol qatnashishini taʼminlash. | 2021-yil aprel-may, doimiy | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, “OʻzRTXB” AJ |
7. | Birja savdolariga polietilen va polipropilen mahsulotini qoʻyish hajmlarini oshirish. | Polietilen va polipropilen mahsuloti korxonalari tomonidan polimer xom ashyosi, shu jumladan plyonka va quvur ishlab chiqarishga moʻljallangan markalarni tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirish choralarini koʻrish. | 2021-yil davomida | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “OʻzRTXB” AJ |
III. Davlat xaridlari maxsus axborot portali dasturiy taʼminotini takomillashtirish | ||||
8. | Davlat xaridlari (xarid.uz) maxsus axborot portalini takomillashtirish. | Davlat xaridlari maxsus axborot portalini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: barcha elektron savdo tizimlarini birlashtirish; elektron raqamli imzo vositasida savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish; Davlat budjetining markazlashtirilgan manbalaridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining elektron manzilli roʻyxatini integratsiya qilish; �a�idlar jarayoniga noqonuniy aralashuvlarni, avvaldan narxlarni kelishib olish va narxlar manipulyatsiyasi ehtimolining oldini olish mexanizmini joriy etish; nohalol yetkazib beruvchilardan himoyalanish tizimini joriy qilish va ularga qoʻyiladigan talablarni hamda nohalol yetkazib beruvchilar roʻyxatiga kiritish tizimini takomillashtirish; xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning milliy klassifikatori bilan integratsiya qilish; ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar va ularga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar reyestri boʻyich? Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar reyestri boʻyicha “Oʻzstandart” agentligining maʼlumotlar bazasi bilan elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil may | Moliya vazirligi, “OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
9. | Davlat xaridlarining tartib-taomillarini soddalashtirish. | Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, budjet hamda korporativ buyurtmachilar tomonidan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha elektron doʻkon, boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, tanlov va tender savdo turlarini tanlashda tanlov erkinligini taʼminlash maqsadida, tajriba tariqasida, sotib olinadigan tovar va xizmatlarning bir shartnoma va yillik qiymati boʻyicha davlat buyurtmachisi tomonidan tovarlarni cheklovlarsiz amalga oshirish. | 2021-yil iyul | Moliya vazirligi, “OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
IV. Birjaning hisob-kitob kliring tizimini takomillashtirish hamda elektron toʻlov tizimini joriy qilish | ||||
10. | Elektron kliring tizimini takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yagona kliring platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish: birjaning platformalarida hisob-kitob kliring palatasining alohida ochilgan hisobvaraqlarini birlashtirish; yangi funksiyalar va modullar kiritish; oʻzaro hisob-kitoblar tezligini oshirish; hisob-kitob kliring hisobvaraqlaridagi brokerlik haqqi boʻyicha mablagʻlar hisobi yuritilishi va akkumulyatsiyasini joriy qilish. | 2021-yil noyabr | “OʻzRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB |
11. | Birjaning Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan markaziy kontragent (central counterparty) vazifasini amalga oshirish. | 1. Bitimlarning yangi turlarini, jumladan hosila instrumentlari orqali tuzish imkonini beruvchi koʻp qirrali kliringini joriy qilish. 2. Birja aʼzolarining mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda bitimlar ijrosini taʼminlovchi Jamgʻarma tashkil qilish. | 2022-yil yanvar | “OʻzRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB |
12. | Birjaning elektron toʻlov tizimini joriy etish. | Elektron pullar vositasida toʻlov va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni taʼminlaydigan “UzEx money” elektron toʻlov tizimini joriy qilish. Bunda: “UzEx money” toʻlov tizimi dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va ishga tushirish, mazkur tizimni amaldagi savdo platformalari bilan integratsiyalash; “UzEx money” toʻlov tizimining mobil ilovasini ishlab chiqish. | 2021-yil noyabr | “OʻzRTXB” AJ, “Trast bank” XAB, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank |
13. | Xorijiy kompaniyalar uchun birja savdolarida ishtirok etish mexanizmlarini soddalashtirish. | Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: Birjaning xorijiy davlatlarda filial yoki vakolatxonalari sonini oshirish; Xorijiy banklarda hisobvaraqlarini ochish orqali chet el kompaniyalari uchun birja savdolarida ishtirok etish mexanizmlarini soddalashtirish, ularning birjada sotilayotgan mahsulotlari hajmini kengaytirish. | 2021-yil iyul | “OʻzRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB |
V. Tovar derivativlari (fyuchers va opsion) boʻyicha birja savdolarini rivojlantirish loyihasini joriy qilish va amalga oshirish | ||||
14. | Tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish. | 1. “OʻzRTXB” AJning tovar derivativlarini rivojlantirish boʻlinmasi — loyiha ofisini tashkil qilish. Belgilansinki bunda: Loyiha ofisiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, donor tashkilotlar va yirik tovar birjalari bilan loyiha yuzasidan hamkorlikda ishlash vazifalari yuklanadi; Loyiha ofisiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda yuqori turuvchi va markaziy davlat organlarning xodimlarini (mutaxassislarini) jalb qilish va ularga mehnat haqi toʻlashga ruxsat etiladi; Loyiha ofisining tarkibini tasdiqlash va ularga mehnat haqi miqdorini belgilash “OʻzRTXB” AJning boshqaruv raisi tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha ofisi birjaning innovatsion fondi orqali moliyalashtiriladi. | 2021-yil mart | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “OʻzRTXB” AJ, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, “Trast bank” XAB, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
2. Xalqaro donor tashkilotlari orqali tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish loyihaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro professional ekspertlarni jalb qilish boʻyicha texnik-iqtisodiy yordam jalb qilish. | 2021-yil iyun | |||
3. Yirik xorijiy tovar birjalari tajribasini oʻrganish. Shu jumladan, Chikago tovar birjasi (CME Group), Dubay tovar birjasi (Dubai Mercantile Exchange), Shanxay fyuchers birjasi (Shanghai Futures Exchange), Hindiston multi-tovar birjasi (MCX India), Malayziya birjasi (Bursa Malaysia), Singapur birjasi (Singapore Exchange), Indoneziya tovar derivativlari birjasi (ICDEX) va boshqalarning tajribasini oʻrganish. | 2021-yil aprel — iyul, | |||
4. Xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha hujjat loyihalarini tayyorlash. Shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalarining ichki hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, tovar derivativlari boʻyicha hisob-kitoblarni kafolatlash, Arbitraj va Intizom komissiyalari qoidalarini takomillashtirish. | 2021-yil sentabr | |||
15. | Fyuchers savdo mexanizmlarini joriy qilish. | 1. Birjada fyuchers shartnomalari savdo platformasini amaliyotga joriy qilish boʻyicha texnik topshiriqni tasdiqlash. | 2021-yil iyul | “OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Trast bank” XAB |
2. Texnik topshiriqqa muvofiq fyuchers shartnomalarining elektron savdo tizimini, shuningdek, kliring hisob-kitoblar elektron taʼminlanishini, fyuchers shartnomalari ijrosini, shu jumladan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha elektron savdo tizimini ishga tushirish. | 2021-yil dekabr | |||
3. Ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot negizida (franshiza) fyuchers elektron savdosi boʻyicha elektron savdo tizimi va hisob-kitob platformalarini joriy qilish. | 2021-yil dekabr | |||
VI. Birja savdolarining shaffofligini hamda axborot xavfsizligini taʼminlash | ||||
16. | Birja savdolari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha xavf-xatarlar tahlilini oʻtkazish. | Ishlab chiqiladigan tovar derivativlari savdosi boʻyicha qoidalarda jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro standartlar talablarining ijrosini nazarda tutish. | 2021-yil sentabr | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, “OʻzRTXB” AJ. |
17. | Maʼlumotlarni tahlil qilish markazi moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish. | 1. Tarmoq va muhandislik infratuzilmasini hamda server uskuna-jihozlarini modernizatsiya qilish. 2. Birjaning mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tarmoqning oʻtkazuvchanlik xususiyatini oshirish. 3. Nosozliklarga chidamli hamda tashqi hujumlardan himoya qilish qobiliyatiga ega boʻlgan keng masshtabli tarmoq infratuzilmasini yaratish. 4. Zaxira maʼlumotlarni saqlash va tahlil qilish markazini ishga tushirish. | 2021-yil iyul | “OʻzRTXB” AJ, “Trast bank” XAB, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
18. | Ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni, shu jumladan un, bugʻdoy, shakar, oʻsimlik yogʻi, polietilen, polipropilen, sement, suyultirilgan gaz, raps (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), pista (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), soya (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), baliq uni va yogʻi, arpa, makka, fosfat (trikalsiy, monokalsiy, dikalsiy), xolinxlorid hamda tovar bozorlarini tahlili asosida talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni temir yoʻl orqali tashishda ichki tariflarni qoʻllash. | 2021-yil apreldan | Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “OʻzRTXB” AJ | |
VII. Korrupsiyaga qarshi kurashish, birja xodimlari va aʼzolarining malakasini oshirish | ||||
19. | Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini joriy qilish. | 1. Birja faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro sifat menejmenti ISO 37001 — 2016 standartini joriy qilish. 2. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda quyidagi ichki meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish: birjaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish; birja xodimlarining kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish; manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2021-yil may | “OʻzRTXB” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
20. | Birja xodimlari va aʼzolarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. | 1. Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish. 2. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha onlayn va doimiy kurslar tashkil etish. 3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida mashgʻulotlar oʻtish uchun oliy taʼlim muassasalari va markazlarning yetakchi oʻqituvchilarini, shuningdek, xorijlik yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni, oʻquv-metodik xodimlarni va amaliyotchi-mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish. 4. Yuqori sifatli va professional darajada mashgʻulotlar oʻtkazish uchun kerakli boʻlgan oʻquv, moddiy-texnik va metodik bazani yaratish. 5. Qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha zarur axborot-maʼlumot bazasini shakllantirish, qayta tayyorlash jarayoniga pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya boʻyicha zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish. 6. Tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari-treyderlarining malakasini oshirish. 7. Dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishlar va stajirovkalar tashkil qilish. | Yil davomida | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “OʻzRTXB” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
VIII. Hududiy filiallar va savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish | ||||
21. | Hududiy filiallarda birja savdolari shaffofligini taʼminlash. | 1. Birjaning hududiy filiallariga birja savdolari va tovar-xom ashyo bozorlarini tahlil qilish uchun axborot texnologiyalarini joriy qilish; 2. Hududiy filiallarda faoliyati samaradorligini doimiy tahlil qilib borish, birja qatnashchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini belgilash; 3. Hududiy filiallar xodimlarini birjaning “komplayens-nazorat” boʻyicha qabul qilingan hujjatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish sifat menejmenti ISO 37001 — 2016 standarti talablari boʻyicha doimiy tanishtirib borish va malakasini oshirish. | 2021-yil aprel — iyul, doimiy | “OʻzRTXB” AJ |
22. | Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlarini qayta tayyorlash. | Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlarini qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil qilish. Shu jumladan: hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish; mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish; tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarni onlayn va doimiy kurslarda qatnashib, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyati boʻyicha stajirovkalarni tashkil qilish. | 2021-yil aprel-may, doimiy | “OʻzRTXB” AJ |
23. | Hududlardagi savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish. | 1. Respublikaning barcha tuman va shaharlarida birjaning savdo maydonchalari faoliyati reytingini yuritib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. 2. Reyting natijalarini birjaning veb-saytida eʼlon qilib borish va yuqori samaradorlik koʻrsatkichlarga erishgan hududiy filial va savdo maydonchalar rahbar va xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmini joriy qilish. | 2021-yil aprel — iyul, doimiy | “OʻzRTXB” AJ |
IX. Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro aloqalarni faollashtirish | ||||
24. | Ommaviy axborot vositalari orqali birja faoliyatini keng targʻib qilish. | 1. Ommaviy axborot vositalari orqali birja faoliyatini keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqib, amalga oshirish. Shu jumladan: ommaviy axborot vositalari, biznes hamda keng jamoatchilik vakillari uchun matbuot konferensiyasi, press-turlar hamda ochiq eshiklar kunlari tashkil qilish; birja savdolari, davlat xaridlari va internet savdosini oʻrgatuvchi, olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar toʻgʻrisida videoroliklar yaratib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish. 2. Birja media-resurslarining ommaviy axborot vositalar bilan oʻzaro aloqalar mexanizmini takomillashtirish. | 2021-yil davomida | “OʻzRTXB” AJ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, |
25. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini birja savdolariga keng jalb qilish. | 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birja savdolari va elektron tijoratda ishtirok etish, birja savdolarining imkoniyatlari, shaffofligi toʻgʻrisida targʻibot, oʻquv seminarlar, tushuntirish ishlari oʻtkazish. 2. Birja savdolari va onlayn-auksionlarda ishtirok etish mexanizmini yorituvchi tarqatma materiallar, elektron nashrlarni fermerlar va tadbirkorlarga yetkazish. | Yil davomida | “OʻzRTXB” AJ , Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
2-ILOVA
visokolikvidnix i (ili) monopolnix vidov produksii, sirya i materialov, realizuyemix na vnutrennem rinke predpriyatiyami-monopolistami i (ili) yuridicheskimi litsami s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere 50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom fonde (kapitale) kotorix 50 protsentov i boleye prinadlejit yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye, na osnove rinochnix prinsipov, isklyuchitelno cherez birjevie torgi