03.07.2023 yildagi O‘RQ-850-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023-yil 2-martda maʼqullangan

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni nazorat qilishni amalga oshirish hamda ularga chek qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasidagi tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlariga (harakatsizligiga) nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan insofsiz raqobatni taqiqlash hollari mustasno.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxona — xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek oʻziga xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortigʻi bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
insofsiz raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega boʻlishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchi — xoʻjalik yurituvchi subyektdan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy konsentratsiya — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga taʼsir koʻrsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamsituvchi shart-sharoitlar — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, olish, realizatsiya qilish yoki oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish shart-sharoitlari boʻlib, ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektga (raqobatchiga) nisbatan teng boʻlmagan holatga solib qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya bozori — banklar, kredit, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlashtirilgan harakatlar — ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulardan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan, birining harakatlari boshqasiga maʼlum boʻlgan yoki ulardan har birining harakatlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan, raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashga va (yoki) raqobat sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻzaro kelishilmagan harakatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda taʼsir koʻrsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli platforma — raqamli mahsulotlardan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali haq evaziga yoki bepul foydalanilishini taʼminlovchi axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati boʻlib, unda texnologik oʻziga xos xususiyatlar tufayli tovarlarning muayyan turiga boʻlgan talabni qanoatlantirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi;
(4-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-954-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 03/24/954/0682-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining oʻrnini bosadigan tovarning (oʻzining belgilangan maqsadi, qoʻllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha taqqoslanishi mumkin boʻlgan, isteʼmolchi almashtirishga tayyor boʻlgan tovarning) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxona va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
insofli raqobat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaffoflik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenglik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va ularni toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat muhitini rivojlantirish hamda tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va moliya bozorlarining ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash hamda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi va uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdor boʻlib, u oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining markaziy apparati va hududiy organlari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholaydi, shuningdek tovar yoki moliya bozorida raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan normalarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatga taʼsirni baholash uchun vakolatli davlat organiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun yangi cheklovlar, litsenziyalarning, ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etilishini yoki amaldagi cheklovlar, ruxsat berish tartib-taomillari, faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga nisbatan tatbiq etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun qoʻshimcha talablar va shartlar joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdoriga doir talablar oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlari cheklanishini (kamaytirilishini) yoki ular uchun qoʻshimcha majburiyatlar yoxud qoʻshimcha xarajatlar joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun har qanday turdagi imtiyozlar, kafolatlar, preferensiyalar belgilanishini, shuningdek ularga yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlar berilishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari faqat vakolatli davlat organining ularning raqobatga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan hisobotlarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi va uning hududiy organlari amaldagi qonunchilik hujjatlarini hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarni ularning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan oʻrganishdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish vakolatli davlat organining tashabbusiga koʻra jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga, jamoatchilik nazorati subyektlarining takliflari va tavsiyalariga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materiallarni oʻrganish natijalariga asosan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid boʻlgan qonunchilik hujjatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlat organlari (bundan mahalliy davlat hokimiyati organlari mustasno) tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yuzasidan — raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish toʻgʻrisida ularga taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid boʻlgan qonunchilik hujjatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish toʻgʻrisida ularga taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Monopoliyaga qarshi komplayens
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi komplayensning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari (bundan buyon matnda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash hamda monitoring qilish;
(9-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi xatarlarini boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish, uning ishlashini taʼminlash hamda monitoring qilish maqsadida masʼul shaxs tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi komplayens majburiy tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish tavsiyaviy xususiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi komplayensni tashkil qilish va joriy etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Shaxslar guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi shartlardan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq boʻlgan, yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan shaxslar yigʻindisi shaxslar guruhi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻiga egalik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi oʻz ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻiga egalik qiladi (ega boʻladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektda ayni bir yuridik shaxs ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi oʻz ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortigʻiga egalik qiladi (ega boʻladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxs hamda uning yaqin qarindoshlari kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining 50 foizidan ortigʻini ayni bir jismoniy shaxs va uning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonunchilikka yoki ushbu yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonunchilikka va (yoki) ushbu yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Tovarning monopol yuqori narxi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovarni realizatsiya qilish narxi hamda uni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan xarajatlar oʻrtasidagi tafovut juda yuqori boʻlsa yoki tovarning sifatini pasaytirish hisobidan qoʻshimcha foyda olishga qaratilgan boʻlsa, tovarning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi tovarning monopol yuqori narxidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning narxi tovar-xomashyo birja savdolari yakunlariga koʻra shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb eʼtirof etilmaydi, bundan ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishtirokidagi hiyla-nayranglardan iborat harakatlar natijasida shakllangan narx mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur moddaning talablari eksport narxlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning monopol yuqori narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Tovarning monopol past narxi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va mazkur tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobat cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur moddaning talablari eksport narxlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning monopol past narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Ustun mavqe
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga oʻz faoliyatini raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq boʻlmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb eʼtirof etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyi eʼtirof etilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda vakolatli davlat organi bu haqda ularga xabarnoma yuboradi, mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining, raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini aniqlash va eʼtirof etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ustun muzokara kuchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Tovarning monopol turiga nisbatan qoʻllaniladigan narxlarni (tariflarni) eʼlon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyekt va shaxslar guruhi ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan paytdan eʼtiboran tovarning monopol turiga nisbatan qoʻllaniladigan yangi narxlarni (tariflarni) joriy narxlar (tariflar) oʻzgartirilishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) belgilash uchun tabiiy monopoliya subyektlari oʻz tovarlari narxlarining (tariflarining) loyihalarini hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlari narxlarining (tariflarining) loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan bir oylik muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organning tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlari (tariflari) boʻyicha qarori tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar oʻn besh kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida hamda oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solishda ishtirok etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Tabiiy monopoliya subyektlarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliya subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
realizatsiya qilingan tovarlar uchun haq toʻlanishini taʼminlamayotgan isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishni qonunchilikda belgilangan tartibda rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlarning narxlarini (tariflarini) vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtda pasaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliya subyektlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz tovarlarining sotib olinishida isteʼmolchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratib berishi, barcha isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish uchun quvvatlar yetarli boʻlmagan taqdirda, tovarlar isteʼmolchilar oʻrtasida adolatli taqsimlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tartibga solishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning narxlarini (tariflarini) belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organga ishonchli axborotni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan tovarlar ishlab chiqarishga (realizatsiya qilishga) doir toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy monopoliya subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Ustun mavqeni va ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishni taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi hamda taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga boʻlgan huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni (bundan qonun hujjatlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun isteʼmolchilar qarzdorligining oldini olishga qaratilgan qoidalar mustasno), shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
(18-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi OʻRQ-1044-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyishi sharti bilan rozilik berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati boʻla turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishi uchun toʻsiqlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar yoki bepul koʻrsatilishi kerak boʻlgan xizmatlar uchun haq olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustun mavqega ega boʻlgan deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatoriga maʼlumotlar, texnologiyalar va raqamli mahsulotlardan foydalanish haqidagi talablarni belgilash orqali raqobatni cheklaydigan harakatlarni bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustun mavqega ega boʻlgan deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatorining raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlarini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozorida ikki va undan ortiq tarafning raqobatni cheklashga yoki isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan yoxud olib kelishi mumkin boʻlgan, bitta yoki bir nechta hujjatda aks ettirilgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek ogʻzaki shakldagi shartlashuvi raqobatga qarshi kelishuvdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda quyidagilarga qaratilgan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi hamda oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb topiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qoʻshimcha toʻlovlarni yoki ustama narxlarni sunʼiy ravishda belgilash yoki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga toʻsqinlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda (bundan buyon matnda savdolar deb yuritiladi) narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip boʻyicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi boʻyicha, tovarlarning xillari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olish yoxud mahsulot sotiladigan bozorlar ustidan nazorat oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muayyan tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, buyurtmachilar sifatida tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlashtirish yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muayyan bozorga kiritmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim sotuvchilar yoki sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish yoʻli bilan shartnomalar tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik shaxslar birlashmasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan raqobatga qarshi kelishuvlariga hamda muvofiqlashtirilgan harakatlariga, agar bunday kelishuvlar va harakatlar pirovard natijada ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi, shu jumladan quyidagi kelishuvlari va harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoki sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil ravishda belgilashini cheklaydigan kelishuvlari va harakatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan kelishuvlari va harakatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishuvlari va harakatlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aloqador boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashqi muvofiqlashtirish, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan oqibatlardan biriga olib kelsa, taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar raqobatga qarshi kelishuvlar va harakatlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, texnika taraqqiyotini yuksaltirishga, innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirishga, ishlab chiqarish va tovarlarni realizatsiya qilish hajmlarini koʻpaytirishga yoki iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar yoki moliya bozoridagi raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan boʻlsa, ushbu moddada nazarda tutilgan taqiqlar mazkur kelishuvlar va harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar uchun javobgarlikdan ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakat ishtirokchisi boʻlgan, mazkur kelishuv yoki harakat sodir etilganligi haqida vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs, xoʻjalik yurituvchi subyekt, yuridik shaxslar birlashmasi tegishincha maʼmuriy va moliyaviy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini koʻzlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirish, shu jumladan quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi yoki uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan, u sotuvga taklif qilayotgan tovarning sifati va isteʼmol xossalari toʻgʻrisida, mazkur tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari haqida, undan foydalanishdan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida, tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi haqida, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan uning narxi toʻgʻrisida yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notoʻgʻri taqqoslash, yaʼni raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki uning tovarini tovarning ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi soʻzlardan yoki ramzlardan tovarning xolisona tasdiqqa ega boʻlgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini koʻrsatmagan holda foydalanib taqqoslash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, isteʼmol xossalari, narxi va sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida isteʼmolchilarni chalgʻitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga boʻlgan mutlaq huquqini olish orqali avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni, shu jumladan fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektning kirishiga toʻsqinlik qilishga yoki uni bozordan chetlashtirishga olib keluvchi harakatlarni sodir etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keluvchi hujjatlarni qabul qilish hamda harakatlarni amalga oshirish (harakatsizlik), shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning biron-bir sohasida yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga yoki muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga nisbatan taqiq belgilash yoki cheklovlar joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni undan chiqarib yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablagʻlarning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yoʻnalishlarining afzalligi toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish, shu jumladan tovarlarga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilmagan talablarni belgilash yoʻli bilan toʻsqinlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini qonunga xilof ravishda cheklash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlarni yoki boshqa fuqarolik huquqlari obyektlarini tasarruf etish hamda ulardan foydalanish huquqlariga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni sotib olish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish yoki tovarlarni sotib oluvchilarga bunday tovarlarni realizatsiya qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tiqishtirish yoxud ushbu subyektlarni tanlashda cheklovlar belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga axborotdan oʻz raqobatchilarining tovar yoki moliya bozorida kamsitilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda ustuvor foydalanish imkoniyatini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin boʻlgan tarzda aralashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining vazifalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qoʻshib bajarish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, tabiiy ofatlar, halokatlarning oqibatlarini tugatish va epidemiyalarning oldini olish maqsadida hamda favqulodda vaziyatlar davrida, shuningdek banklarni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi OʻRQ-1070-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorida narxlarni sunʼiy ravishda oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga olib keladigan harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Davlat yordami berilishiga va tadbirkorlik faoliyatida davlatning ishtirok etishiga nisbatan raqobatni cheklashga qarshi talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Davlat yordamining raqobatga taʼsirini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida berish hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida davlat yordamini berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sogʻlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tarzda yakka tartibda davlat yordami berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ularning raqobatga taʼsirini baholash uchun vakolatli davlat organiga majburiy tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatga taʼsirni baholash natijalari yuzasidan vakolatli davlat organining xulosasi davlat yordami koʻrsatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish chogʻida majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobatga taʼsirini cheklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishi davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) bevosita yoki bilvosita ishtirok etish orqali, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasida davlat sherigi sifatida ishtirok etish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxonani va uning affillangan shaxslarini tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan sohalarda ushbu organlar va boshqa tashkilotlar tomonidan ular ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona yetkazib beruvchi boʻlgan yoki oʻziga mazkur huquq berilgan yoxud ustun mavqega ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxona tomonidan faoliyati muassisning tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanishga bogʻliq boʻlgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanadigan, ushbu korxonaga affillangan shaxslarni tashkil etishga, bundan mazkur affillangan shaxslarning ularni raqobatchilar bilan teng faoliyat shart-sharoitlari bilan taʼminlagan holda boʻlib yuborish natijasida tashkil etilishi hollari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda oʻz asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yoki undagi ulushni olishiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) vakolatli davlat organining oldindan roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining oldindan roziligini olish quyidagi hollarda talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish chogʻida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini qayta tashkil etish chogʻida (qoʻshib yuborish va qoʻshib olish shaklida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning, shuningdek ushbu korxonalar affillangan shaxslarining faoliyat turi oʻzgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek aksiyalar (ulushlar) olishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari ushbu moddaning talablarini buzgan holda tashkil etilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa yoki faoliyat turini oʻzgartirgan boʻlsa, shuningdek aksiyalar (ulushlar) olgan boʻlsa, bunday holda davlat ishtirokidagi mazkur korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga binoan yoxud sud tartibida tegishincha tugatiladi yoki ularning faoliyat turi oʻzining avvalgi faoliyat turiga oʻzgartiriladi yoxud aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlar haqiqiy emas deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishiga oldindan rozilik olish uchun tegishincha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish masalasi yuzasidan ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oy muddatda qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar vakolatli davlat organi tomonidan tovar yoki moliya bozorida xususiy tadbirkorlik subyektlari mavjud emasligining obyektiv sabablari aniqlanmagan boʻlsa, davlat ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek ularning affillangan shaxslariga uch yil muddat mazkur tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni va (yoki) ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirishni, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishini ushbu Qonun 24-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishi boʻyicha harakatlar tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini isbotlovchi dalillar va (yoki) hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, vakolatli davlat organi ushbu arizani qanoatlantirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish chogʻida raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, agar qaror bir yil ichida ijro etilmasa, oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini, shuningdek taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartishlarni hamda ular tomonidan aksiyalar olinishini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) chogʻida vakolatli davlat organining oldindan roziligi mavjudligini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi va vakolatli davlat organining oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori arizachi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishi shart, bundan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida iqtisodiy konsentratsiyani va savdolarni tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish orqali vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektni qoʻshib olish yoki qoʻshib yuborish orqali qayta tashkil etishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs yoki shaxslar guruhi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortigʻini tasarruf etish yoxud masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda.
(26-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bitimlarda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa, iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik iqtisodiy konsentratsiyaga vakolatli davlat organining oldindan roziligini olish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning qoʻshib yuborilishiga yoki qoʻshib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyati (masʼuliyati cheklangan jamiyat) oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilishiga;
(26-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan koʻprogʻini tasarruf etmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish chogʻida shaxslar yoki shaxslar guruhi bu harakatlar bajarilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar vakolatli davlat organiga quyidagilarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
norezident boʻlgan jismoniy shaxs uchun — pasportning koʻchirma nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
norezident boʻlgan yuridik shaxs uchun — davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning koʻchirma nusxasini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining ariza berilgan kundan avvalgi ikki yil davomidagi yoxud agar faoliyat ikki yildan kam muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari koʻrsatilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxslar yoki bir guruh shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan koʻprogʻiga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza quyidagi tarzda koʻrib chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar harakat (bitim) raqobatga taʼsir qilmasa, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay arizachi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazish uchun arizani koʻrib chiqish muddati ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy konsentratsiyaning raqobatga taʼsirini baholash uchun ekspertlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha vakolatli davlat organi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berishni rad etish haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi arizachiga oldindan rozilik berishni quyidagi hollarda rad etishga haqli, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi hatto tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar iqtisodiy konsentratsiya toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar oʻz harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berishga va buni raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarish bilan bogʻliq qilib qoʻyishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari vakolatli davlat organining iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni bajarish (bitimlar tuzish) toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar vakolatli davlat organining talabiga koʻra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining oldindan berilgan roziligisiz tuzilgan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga olib keladigan iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun vakolatli davlat organidan oldindan rozilik olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qoʻllanilgan choralar samarasiz boʻlgan taqdirda, vakolatli davlat organi xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi, boʻlish yoki ajratib chiqarish mazkur xoʻjalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam boʻlganda amalga oshirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning tashkiliy va hududiy jihatdan alohida ajralib chiqish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida uzviy texnologik bogʻlanish mavjud boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasidagi tarkibiy boʻlinmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdolar boshlangʻich narxni pasaytirish yoki oshirish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdolarda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda ishtirok etish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablarni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarning oʻtkazilish jarayoniga va natijalariga taʼsir koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarda talabning oʻzgarishiga, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yolgʻon, asossiz maʼlumotlarni tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tarzda oʻtkaziladigan savdolarda narxlarning sunʼiy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, yaʼni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovarning narxlarini raqobat mavjud boʻlganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga koʻra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda boʻyin tovlashi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan, shu jumladan hiyla-nayrang hisoblanadigan harakatlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin oshishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja shartnomasi boʻyicha barcha xaridorlarga savdolarda teng ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan lotlarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek oʻxshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni savdoga qoʻyish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qoʻymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq boʻlmagan hajmda qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima toʻlamasdan asossiz ravishda bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mahsulotning boshlangʻich narxini shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja shartnomasi boʻyicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi boʻyicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past boʻlishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat birja savdolariga qoʻyish yoʻli bilan sotilishi lozim boʻlgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotni transportning muqobil turi bilan joʻnatish imkoni boʻlgani holda, uni transportning muayyan turi bilan asossiz ravishda joʻnatishni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha savdolarga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish, bundan bir tarafning yengib boʻlmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarini bajarish imkoniyati yoʻqligi isbotlangan hollar, yaʼni favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan (fors-major) holatlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni yuklab joʻnatish navbatining izchilligiga rioya etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja shartnomalarida tovarlarning sifat koʻrsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) toʻgʻrisidagi yetarlicha axborotni koʻrsatmaslik yoki ularning koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi chalgʻituvchi axborotni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining ishtirokchilari uchun teng boʻlmagan sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi va xaridor oʻrtasida ayni bir shaxsiy hisobvaraqda bitim tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning narxi xususida chalgʻitish maqsadida bahosi raqobat muhitida tarkib topgan darajadan jiddiy farq qiladigan bir nechta bitimni bir kunda bir ishtirokchi tomonidan yoki bir ishtirokchining manfaati uchun tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng yaxshi takliflarning tanlovlarida, tenderlarda, auksionlarda va boshqa savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarda ishtirok etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan hujjatlar qabul qilishni asossiz ravishda rad etish yoki savdolarda ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etishga toʻsqinlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish yoki ularning sonini asossiz ravishda cheklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar predmetiga texnologik va funksional jihatdan aloqador boʻlmagan qoʻshimcha tovarlarni lotlar tarkibiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini koʻrsatish, bundan tovarlarning bir-biriga toʻgʻri kelmasligi hollari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa ishtirokchi gʻolibga aylanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida savdolarda takliflar bilan ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar ishtirokchilariga asossiz talablar qoʻyish, shu jumladan ularning malakasiga nisbatan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar predmetining narxlarini takliflar kiritish yoʻli bilan, savdolar tugaguniga qadar ushbu takliflarni olib tashlagan holda oshirish yoki pasaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarda ayni bir lotda faqat affillangan shaxslarning yoki oʻzaro manfaatdor shaxslarning ishtirok etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarning operatorlari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) komissiya aʼzolari bilan oʻzaro manfaatdor boʻlgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning savdolarda ishtirok etishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdolarni oʻtkazish chogʻida raqobatga zid boʻlgan manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan hollar, shu jumladan quyidagi hollar oʻzaro manfaatdorlik deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarning ikki va undan ortiq oʻzaro affillanmagan yoki boshqacha tarzda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan ishtirokchilarining takliflari ayni bir qonuniy vakil tomonidan berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolar ishtirokchilarining bir-biridan bevosita yoki bilvosita subsidiya va boshqa moliyaviy yordam olish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlganda yoxud shunday yordam olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayni bir lotda ishtirok etayotgan savdolar ishtirokchilarining taʼsischilari oʻrtasida yoki buyurtmachining vakili yoki tashkilotchi yoxud operator oʻrtasida yoxud savdolar komissiyasining aʼzosi oʻrtasida va mazkur savdolar ishtirokchisining vakili yoki muassisi oʻrtasida yaqin qarindoshlik aloqalari mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsda (savdolar ishtirokchisida, buyurtmachisida, tashkilotchisida, operatorida, komissiyasi aʼzosida) takliflar toʻgʻrisidagi axborotni olish yoki takliflarga va (yoki) boshqa shaxs bilan (savdolar ishtirokchisi, buyurtmachisi, tashkilotchisi, operatori, komissiya aʼzosi bilan) oʻzaro munosabatlarga ega boʻlgan uchinchi taraf orqali qarorlar qabul qilinishiga taʼsir oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan raqobatni cheklashga qarshi talablarning buzilishi savdolar natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni va tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Vakolatli davlat organi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Vakolatli davlat organining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) raqobatni himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovar yoki moliya bozoridagi raqobat va iqtisodiy konsentratsiyaning holatini, ustun mavqening, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlarining, shuningdek ustun muzokara kuchining mavjudligini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishini tekshiruvdan oʻtkazib, bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organni qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini aniqlaydi, ular boʻyicha ishlar qoʻzgʻatadi va ishlarni koʻrib chiqadi, ularning natijalariga koʻra raqobatni tiklash, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) ixtiyoriy ravishda qaytarish haqida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga va jismoniy shaxslarga raqobatni tiklash, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish haqida ijro etish uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan taqdimnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini va boshqa tashkilotlarni, yuridik shaxslarning birlashmalarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun tegishli javobgarlikka tortadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilishi va buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudda koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) sudga raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini tugatish, ularga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi murojaatlarni, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka toʻliq yoki qisman muvofiq boʻlmagan hujjatlarini haqiqiy emas va harakatlarini qonunga xilof deb topish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq boʻlmagan bitimlarni (shartnomalarni) oʻzgartirish, ularni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi oqibatida olingan daromadni (foydani) undirish, shuningdek jarima solish va uni undirish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdolarning natijalarini va mazkur savdolarning natijalari boʻyicha tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash haqidagi murojaatlarni yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar uchun narxlarning (tariflarning) qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga, shuningdek tovarlarning yuqori likvidli va (yoki) monopol turlariga boʻlgan narxlarning keskin tebranishlari davrida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga omborxonalarni inventarizatsiya qilish chogʻida aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmlarini realizatsiya qilish va (yoki) ular raqobatni cheklaydigan harakatlar sodir etganligi natijasida asossiz ravishda oshirilgan narxlarni pasaytirish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan taqdimnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga va jismoniy shaxslarga raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga olib keladigan harakatlarga (harakatsizlikka) yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirishlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlarining hamda amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab qilinadigan faoliyat (harakatlar) turlari sonini zarur hujjatlar roʻyxatini kamaytirish, maʼmuriy tartib-taomillarning muddatlarini va qiymatini maqbullashtirish, ularning raqobat muhitiga taʼsirini tahlil etish yoʻli bilan qisqartirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash natijalariga koʻra xulosa beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) imtiyozlar, preferensiyalar va faoliyatni amalga oshirish uchun eksklyuziv huquqlar tarzida koʻrsatilayotgan davlat yordamining samaradorligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi hamda ular raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatgan taqdirda, ularni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlarning monopoliyaga qarshi organlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda, Oʻzbekiston Respublikasining raqobatni himoya qilish masalalariga doir xalqaro dasturlari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi hukumatlararo yoki idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Vakolatli davlat organining boshqa davlat organlari bilan hamkorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining boshqa davlat organlari bilan hamkorligi raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan oʻzaro yordam toʻgʻrisida, raqobatni cheklaydigan harakatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash haqida, raqobat sohasida axborot almashishni amalga oshirish toʻgʻrisida memorandumlar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning monopoliyaga qarshi organlariga xabarnomalar, axborot olish uchun soʻrovlar yuboradi, ular bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadi, axborot almashishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Vakolatli davlat organining axborot olishga doir huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi arizalar va ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek raqobatning holatini aniqlash uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, yuridik shaxslarning birlashmalaridan hamda jismoniy shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda ularning hujjatlarini va axborotini olish hamda ularning hududiga kirish huquqiga ega. Bunda talab qilib olingan hujjat, axborot va maʼlumotlar vakolatli davlat organiga bepul taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi axborotni savdolar oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning va yuridik shaxslar birlashmalarining elektron maʼlumotlar bazalariga integratsiyalashish orqali real vaqt rejimida olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi ushbu Qonunga muvofiq oʻziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni va shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari hamda boshqa jismoniy shaxslar raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarishi yoki taqdimnomasini koʻrib chiqishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asossiz ravishda olingan daromadni qaytarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarimalarni toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzadigan harakati (harakatsizligi) tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan boʻlsa, mazkur zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish, shuningdek vakolatli davlat organining qarorlari va koʻrsatmalarini ijro etish hamda ular yuzasidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar va oʻrganishlar natijalari, jismoniy va yuridik shaxslarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari, tegishli organlarning taqdimnomalari raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamda yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan raqobat sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar tegishli sudlarda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iboratdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqida oʻziga nisbatan ish yuritilayotgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish koʻrib chiqilishi munosabati bilan huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan manfaatdor shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa koʻmaklashuvchi shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga, iltimosnomalar kiritishga, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni koʻrib chiqish keyinga qoldirilishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin. Vakolatli davlat organi ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish, toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida tegishli ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan vakolatli davlat organining qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi fakti aniqlanganligi va tegishli huquqiy taʼsir choralari koʻrilishi haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot etgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organi koʻrib chiqayotgan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishni yuritishni tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan qarori darhol eʼlon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga vakolatli davlat organining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan koʻrsatma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Vakolatli davlat organining koʻrsatmasini ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining koʻrsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Koʻrsatmani muddatida ijro etmaganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining koʻrsatmasini ijro etmaganlik deganda koʻrsatmani ijro etishdan boʻyin tovlash yoki koʻrsatmani qisman ijro etish yoxud oʻz vaqtida ijro etmaslik tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi tomonidan oʻziga koʻrsatma berilgan shaxslar koʻrsatmani ijro etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada koʻrsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organi koʻrsatmani ijro etish muddatini koʻpi bilan uch oyga uzaytirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi oʻz koʻrsatmalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Vakolatli davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakolatli davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini tegishincha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga, yuqori turuvchi organning yoxud mansabdor shaxsning qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlarning, epidemiyalarning hamda aholi hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf-xatarning oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar (koʻrsatmalar) mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini raqobatga qarshi harakatlardan himoya qilish maqsadiga ega boʻlgan jamoat birlashmalari raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar pul undirish (jarimalar) tarzida qoʻllaniladi va qonunchilikning bunday buzilishlari quyidagi miqdorlarda jarimalar solishga sabab boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi raqobatga qarshi kelishuvlar tuzganlik, muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aloqador boʻlmagan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan chetdan muvofiqlashtirganlik uchun — tovar yoki moliya bozorida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan davrda, biroq oxirgi uch yildan ortiq boʻlmagan davrda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyektning tovarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi summasining 5 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarning birlashmalariga — kelib tushgan aʼzolik badallari summasining 5 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni hamda ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilganlik, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar narxlarini asossiz ravishda oshirganlik uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovar yoki moliya bozorida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan davrda, biroq oxirgi uch yildan ortiq boʻlmagan davrda tovarni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasining 5 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni (harakatlarni) vakolatli davlat organining oldindan roziligini olmasdan turib tuzganlik (sodir etganlik) uchun, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bunday rozilik olish talab etiladigan hollarda — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovar yoki moliya bozorida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan davrda, biroq oxirgi uch yildan ortiq boʻlmagan davrda, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan tovar yoki moliya bozorida tovarni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasining 2 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining savdolarga oid qismini buzganlik uchun — savdolarning xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlgan ishtirokchilariga, davlat xaridlari doirasidagi korporativ buyurtmachilarga, elektron savdolar operatorlariga, tashkilotchilarga — savdolar predmeti boshlangʻich narxining 3 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) vakolatli davlat organining oldindan roziligini olmasdan turib davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etganlik (qayta tashkil etganlik, faoliyatini oʻzgartirganlik) uchun — ularni tashkil etish (qayta tashkil etish, faoliyatini oʻzgartirish) tashabbuskori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) vakolatli davlat organiga axborotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganlik uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi va unga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, bundan huquqbuzar sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish olish, shuningdek jarimani toʻlash raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxsni vakolatli davlat organining qarorini (taqdimnomasini, koʻrsatmasini) bajarish yoki raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishlari hollari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-954-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 03/24/954/0682-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Nizolarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi 398-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 106-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 399-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 107-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) XVI boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 815-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 17-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-120-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 591-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi OʻRQ-266-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 466-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-319-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 19-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-355-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 13 va 30-moddalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 25-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-381-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) 11-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-391-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 38-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 125-modda) 11-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-429-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 137-modda) 16-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-448-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 10, 605-modda) 7-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 32-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-459-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 4-modda) 23-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyulda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-486-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda) 29-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-512-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 1, 1-modda) 18-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-586-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 44-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 74 va 211-moddalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-759-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 216-modda) 17-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1189-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 178-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“178-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va isteʼmolchilarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlashi, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzish chogʻida raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatga qarshi kelishuvlar tuzish va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etish, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, xuddi shuningdek savdolarga doir raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazish, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik, shu jumladan isteʼmolchilarni tovarning isteʼmolga oid xususiyatlari yoki sifati xususida chalgʻitish, tovarni unga oʻxshash boshqa mahsulotlar bilan almashtirib qoʻyish, mahsulotning xususiyatlari va sifatini qasddan oʻzgartirish, xuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini koʻrsatmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizatsiya qilinishini hamda xizmatlar koʻrsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki roʻyxatga olish yoxud akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 271-moddaning 11-bandidagi “birinchi, uchinchi — sakkizinchi” degan soʻzlar “birinchi — sakkizinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 262-modda; 2021-yil, № 1, 16-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) 24-moddasining ikkinchi qismidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 461-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 2-ilovaning 98 va 99-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 4-ilova II boʻlimining 89 va 90-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-850-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 05.09.2024-y., 03/24/954/0682-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son; 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)