23.02.2021 yildagi 93-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoni va “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoniga va “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
b) mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘larning (trikotaj mato eksportidan undirilgan yig‘imlar bundan mustasno) 5 foizi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisobvarag‘iga quyidagilar uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son)
5. Jamg‘armadan mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan yo‘nalishlarga mablag‘lar ajratish tasdiqlangan xarajatlar smetasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Soha tashkilotlari mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun Uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ushbu Nizomning 4-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi taqdim etiladi.
Ariza beruvchi soha tashkilotlari mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi shart.
Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha soha tashkilotlarni xarajatlarining 50 foizi miqdoridagi qismi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
13. Ariza beruvchi soha tashkilotlari ushbu Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tadbirlar amalga oshirilganidan so‘ng tasdiqlovchi hujjatlarni 15 ish kuni ichida Uyushmaga taqdim etishi shart.
18. Smetaning xarajatlar qismi mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hisob-kitoblar, shuningdek, to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlaridan tayyor mahsulotlargacha bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati bilan ta’minlangan soha tashkilotlari hamda Uyushma ustaviga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi soha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblari bilan taqdim qilinadigan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun arizalar asosida shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son)

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Ijro muddati

I-bosqich

Soha tashkilotlari

Xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga Jamg‘armadan mablag‘lar olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.

Zarur bo‘lganda

II-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi

1. Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun soha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tahlil etish va ko‘rib chiqish.

2. Hujjatlar bo‘yicha moliyalashtirish (qoplash) yoki Jamg‘armadan mablag‘lar ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida, ilmiy-�adqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish 30 ish kuni ichida

III-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi

Soha tashkilotlariga qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma yuborish.

Uyushma boshqaruvining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng 1 ish kuni ichida

IV-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi

Soha tashkilotlari arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga Jamg‘armadan mablag‘lar o‘tkazish.

Xabarnoma olingandan so‘ng 3 ish kuni ichida

V-bosqich

Soha tashkilotlari

Soha tashkilotlari tomonidan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Uyushmaga taqdim etish.

Tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida