Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 01.05.1993 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SURUNKALI ALKOGOLIZM YOKI GIYOHVANDLIKKA MUBTALO BO‘LGAN BEMORLARNI MAJBURIY DAVOLASH UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1992-yil 9-dekabrdagi 753a-XII-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqorida qayd qilingan Nizomga muvofiq 1993-yil mobaynida respublika viloyatlarida surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsin va hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
195-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-maydagi 195-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan hamda sog‘liqni saqlash organlarining narkologik muassasalarida davolanishdan bo‘yin tovlovchi, jamoat tartibini, boshqa shaxslar huquqini buzuvchi yoki aholining salomatligi va ma’naviyati xavfsizligiga tahdid qiluvchi bemorlar yuboriladi. Davolash muddati to‘g‘risidagi masala davolash muassasasi tomonidan komission tartibda, bemor davolash uchun joylashtirilgan kundan boshlab 5 kun muddatda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bemorlarni majburiy davolash shaxs davolanayotgan davolash muassasasining komission qarori asosida to‘xtatiladi. Davolash muddati 1,5 yildan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qayd qilib o‘tilgan toifadagi shaxslarni majburiy davolashga yuborish haqidagi materiallar tibbiyot xulosasi bo‘lgan taqdirda ichki ishlar organlari tomonidan o‘zining tashabbusi bilan, yohud bemorning oila a’zolari yoki qarindoshlari, mehnat jamoalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha komissiyalarning taqdimnomalari asosida tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Majburiy davolashga yuborish masalasi 20 kun muddatda bemor yashaydigan joydagi sud tomonidan uning ishtirokida hal etiladi. Bemor uzrli sababsiz sudga kelmagan taqdirda u ichki ishlar organlari orqali majburiy ravishda olib kelinishi kerak. Sudning majburiy davolash to‘g‘risidagi qarori ustidan u haqida sud qarori chiqarilgan shaxs tomonidan, yohud uning himoyachisi tomonidan shikoyat qilinishi yoki prokuror tomonidan 7 kun muddatda kassatsion tartibda yuqori turuvchi sudga shikoyat arizasi berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Majburiy davolanishi kerak bo‘lgan alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorni tekshiruvdan yoki vrachlarning tekshiruvidan o‘tkazish narkologik statsionarlarda 10 kun muddat ichida amalga oshiriladi. Majburiy davolashga yuborish maqsadida vrachlarning tekshiruvidan bosh tortgan bemor ham ichki ishlar organlarining ko‘magida narkologik statsionarlarda 10 kun muddat ichida majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarining shtat normativlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shtat normativlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining kuchi bilan shartnoma asosida ta’minlanadi. Bu bo‘linmalarning soni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yuborilgan surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlar o‘z huquq va burchlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan tengdirlar, Qonunda va Nizomda aniq ko‘rsatilgan hollar bundan istisnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlar davolash maqsadida majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarida bo‘lgan davrda jismoniy ahvollari hisobga olingan holda hamda tibbiy ko‘rsatkichlarga muvofiq ularning mehnat terapiyasi va qayta mehnat tarbiyasi ta’minlanadi. Mana shu maqsadda alkogolizm yoki giyohvandlikdan majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasi bilan sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish korxonasi o‘rtasida yuqorida qayd qilingan bemorlarning mehnat terapiyasini tashkil etish to‘g‘risida namunaviy shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mehnat terapiyasi tartibida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish korxonalarida ish bilan band bo‘lgan surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlar ish vaqtining qancha davom etishi mazkur korxonada qabul qilingan ish kuniga muvofiq bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishlab chiqarishda mehnat jarayonlarini tashkil etish tibbiyot xodimlarining nazorati ostida korxona ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan va majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga joylashtirilgan hamda davolash maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish korxonalarida mehnatga jalb qilingan bemorlarning ish haqi bu korxonalar tomonidan amaldagi normalar, baholar, mehnatga haq to‘lash shartlaridan kelib chiqqan holda hamda mazkur korxona ishchi va xizmatchilari uchun belgilangan ish haqi to‘lash tartibida hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlar davolash maqsadida mehnatga jalb qilinadigan korxonalar ishlab berilgan vaqt uchun bu shaxslarga hisoblangan ish haqining 30 foizini surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasining maxsus mablag‘lariga, ish haqining qolgan qismini esa soliqlar, aliment bo‘yicha to‘lovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar ushlab qolingandan keyin qayd etilgan bemorlarga to‘lash uchun majburiy davolovchi ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazadilar. Bir vaqtning o‘zida davolash muassasasiga bemorlar uchun o‘tkazilgan ish haqi miqdori ko‘rsatilgan holda ularning familiyalari ro‘yxati taqdim etiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ish haqi surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikdan majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolanayotgan bemorning ishonchnomasi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan muddatlarda uning oila a’zolariga yoki bemor muassasadan chiqarilgan kuni uning o‘ziga beriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida hosil bo‘ladigan maxsus mablag‘lar (davolash maqsadida mehnatga jalb qilinadigan alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlar ish haqining 30 foizi) bemorlarni qo‘shimcha ravishda ovqatlantirishga, shuningdek shu muassasalarning binolari va inshootlarini asosli tuzatishga, ularning hududlarini obodonlashtirishga, ular uchun tibbiy, madaniy va xo‘jalik inventari sotib olishga, yuqorida aytib o‘tilgan muassasada bo‘lgan shaxslar uchun madaniy tadbirlar o‘tkazishga sarflanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Alkogolizm yoki giyohvandlikdan majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarining tashkil etilishi va tartibi ularda alkogol ichimliklar va narkotik moddalar iste’mol qilishni mutlaqo istisno qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Alkogolizm yoki giyohvandlikdan majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari O‘zbekiston Respublikasi IIV qoidalari, buyruqlari, yo‘riqnomalariga muvofiq ko‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan ta’minlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bemorlar majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasidan qochib ketgan hollarda davolash-profilaktika muassasasi ichki ishlar organlari bilan birgalikda ularni qidirib topish choralarini ko‘radilar hamda majburiy davolashga qaytaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Majburiy davolanishda bo‘lgan hamda davolashga va mehnat terapiyasiga vijdonan munosabatda bo‘lgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda ta’til, shuningdek, oilaviy ahvoli bo‘yicha qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bemorlarni qarindoshlari kelib ko‘rishiga ularning ahvoli va ularni davolash tartibiga bog‘liq ravishda majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasi ma’muriyati tomonidan ruxsat beriladi. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarga chetdan oziq-ovqatlar berish muddatlari va ro‘yxati mana shu muassasaning tartibiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan ichki tartib qoidalarini buzuvchi yoki davolanish va ishlashdan bosh tortuvchi shaxslar ularni qarindoshlari kelib ko‘rishdan, jo‘natmalar yoki chetdan oziq-ovqatlar olish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarida alkogolga va giyohvand moddalarga qarshi davolash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yuborilgan alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlardagi somatik (jismoniy) kasalliklarni davolash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shtat normativlarida nazarda tutilgan tegishli mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalaridan chiqarilgan surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni sog‘liqni saqlash organlarining narkologik muassasalarida ularni alkogolga qarshi davolashni davom ettirish uchun maxsus hisobga olish tashkil etiladi. Bunda davolanishni narkologik dispanserning ambulatoriya sharoitlarida davom ettirish uchun statsionarda majburiy davolash muddati qisqartirilgan shaxslarga alohida e’tibor beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida bo‘lgan shaxsni davolash muddati tamom bo‘lishidan 10 kun oldin bu muassasalarning ma’muriyatlari ularning tibbiyot kartalaridan ko‘chirmalarni yashash joyidagi narkologiya muassasasiga va hududiy hokimlikka yuboradi hamda IIV organlariga bildirish xati yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qayd qilib o‘tilgan Qonunning surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarida ijro etilishini nazorat qilish prokuror tomonidan amalga oshiriladi.