08.01.2021 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ushbu sohaning joylarda oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “5520100 — Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021/2022 o‘quv yili va undan keyingi o‘quv yillarida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirishda pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi uchun sirtqi ta’lim shakliga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarini nazarda tutsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar tegishincha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimlari uchun kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni to‘liq tahlil qilgan holda 2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlariga kiritish uchun, keyinchalik har yili 1-martga qadar asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror asosida joriy etilayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi uchun sirtqi ta’lim shakli doirasida:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari hamda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari belgilangan tartibda talabalikka tavsiya etiladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiyanoma berish ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiyanoma asosida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlariga va mahalla xotin-qizlar faollariga tavsiyanomalar berish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egallab turgan lavozimida so‘nggi bir yil davomida faoliyat yuritayotganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig‘ini va xotin-qizlar faolining reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha “namunali” deb topilganligi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishincha viloyat, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar boshqarmalari, bo‘limlari tomonidan ijobiy tavsiflanganligi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan ish faoliyati ijobiy deb baholanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv reja va fan dasturlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni tegishli fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga tegishli soha yo‘nalishlarida yuqori amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi xodimlarni, shu jumladan, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik doirasida xorijiy professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari uchun oliy ma’lumot zarur bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma shaklini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri v.b. T. Xudayberganov, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 8-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/3/0001-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)