23.06.2020 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.M. Mahkamova hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 23-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tavsiyanoma ishchi guruh yig‘ilishining yakuniy bayonnomalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarining buyrug‘i asosida elektron hujjat shaklida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tavsiyanoma Nizomga 2-ilovadagi sxema bo‘yicha oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga beriladi.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublika oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda — qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari) har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan respublika hududlari kesimida tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchilar toifasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ushbu Nizomga muvofiq berilgan tavsiyanomaga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar (keyingi o‘rinlarda — tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar) kiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ishchi guruh faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlarida tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhlar tarkibiga tegishlicha tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi rahbari kiradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishchi guruh a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishchi guruh uning vakolatlariga tegishli masalalarni Ishchi guruh rahbari boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishchi guruh rahbari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruhning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi va faoliyati ustidan doimiy nazoratini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruhning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh bayonlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ishchi guruhning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishchi guruh ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Ishchi guruh yig‘ilishlari ishchi guruh a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari ishchi guruhi bilan birgalikda ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning hujjatlarini mazkur Nizomning 2-bandi asosida har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishga tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etish uchun ariza shakli O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ishchi guruhlar qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga talabgorlarning hujjatlari mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan mezonlardan birini tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhlar zarur hollarda oilaning ehtiyojmandligi darajasini “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ishchi guruhlar talabgorlarning arizalarini har yili 10-iyunga qadar ko‘rib chiqadi va tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzilib, ishchi guruhlar rahbarlari va a’zolarining elektron raqamli imzolari bilan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakuniy bayonnomalari asosida tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining buyrug‘i elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi har yili 14-iyunga qadar:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga ishchi guruhlar tomonidan tavsiya etilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxati asosida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiyanomalar berilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiyanomalar berilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yuboradi.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari har yili 15-iyunga qadar tavsiyanomaning talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi”;
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini topshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan beriladigan tavsiyanomani taqdim etishi talab etiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili 15-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) abituriyentlar bazasiga kiritiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. O‘rganish natijalariga ko‘ra, tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar toifasiga kirishi tasdiqlanmagan shaxslar qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlariga (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) qo‘yilmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarni qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida o‘qishga qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga muvofiq qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka qabul qilinmagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar to‘plagan ballari bilan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish davrida tanlagan ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarning qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIYANOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

TAVSIYANOMA

№ AA 000000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro

______________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(___________________)

(pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi “_____”-son buyrug‘iga asosan berildi.

M.O‘.

__________________________________ ____________________________

(mansabdor shaxsning F.I.O., imzo)
 

20___ yil “___”___________

TAVSIYANOMA

№ AA 000000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro _____________________ ___________________ __________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________________ (pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”_________________dagi “_____”-son qaroriga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun berildi.

Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi “_____”-son buyrug‘iga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran bir yil muddat davomida kuchga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

____________________________________

____________________________________

(F.I.O.)

QR — kod (matrik shtrixli kod)

20___ yil “___”__________

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarning qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi Ishchi guruhlari

1. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzurida tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2. O‘qish istagini bildirgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning murojaatlarini elektron shaklda qabul qilish.

Har yili

30-maydan

8-iyunga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Murojaatlarni ko‘rib chiqish va tavsiyanoma olishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantirish hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etish.

Har yili

10-iyunga qadar

3-bosqich

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan ro‘yxatlar asosida tavsiyanomalarni elektron shaklda tasdiqlash va bazada shakllantirish.

2. Tasdiqlangan tavsiyanomalarni barcha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yuborish.

Har yili

10-iyunga qadar

Har yili

14-iyunga qadar

4-bosqich

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatlarini Davlat test markaziga yuborish.

Har yili

14-iyunga qadar

5-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Tavsiyanomalarning talabgorlarga yetkazilishini ta’minlash.

Har yili

15-iyunga qadar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/402/0800-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son, 03.06.2021-y., 09/21/338/0513-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)