Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 17.06.1993 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI (“O‘ZFARMSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TASHKIL QILISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 2-iyundagi Farmonni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilida berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zfarmsanoat” konserni o‘z tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan avval tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, apparat tuzilmasi va sonini, mehnatga haq to‘lash fondini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi va shart-sharoitlarini belgilaydi. Konsern apparatini mablag‘ bilan ta’minlash konsern Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bitim asosida uning tarkibiga kiruvchi birlashmalar va korxonalarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassislarning O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan sonini 35 nafardan iborat qilib (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz) belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsern boshqaruvi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsern boshqaruvi raisiga O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari raislari uchun belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda konsern Ustavni ishlab chiqsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 300-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konserni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning asosiy fondlari va budjet mablag‘larini o‘tkazish masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin va hal etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 1993-yil davomida “O‘zkimyofarm” ishlab chiqarish birlashmasi va “Vaksina” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi timsolida davlat, “O‘zfarmsanoat” konserni va unga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning jamoalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘simlik moddalari kimyosi instituti bilan “Base oyl kompozit LTD” qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi xo‘jalik va ilmiy-ishlab chiqarish munosabatlari shartnoma asosida quriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zfarmsanoat” konserni “O‘zdavkimyokonsern” mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga buyurtmalarni xalq xo‘jaligi vazifalari muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydigan hajmlarda qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushiga muvofiq konsern tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini “O‘zfarmsanoat” konserniga bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserniga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tuzish, dorivor vositalar, xom ashyo, materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, priborlar, texnologiyalar va xalq iste’mol mollarini eksport va import qilish bo‘yicha operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda dorivor vositalarning yangi turlarini o‘zlashtirish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni mablag‘ bilan ta’minlash uchun tovar mahsuloti tannarxining 10 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dorivor vositalar, biologik moddalar va tibbiy buyumlarning bosh buyurtmachisi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi FTDQ, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlarning hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi dorivor vositalar olish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ustivor ilmiy-tadqiqot ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar yetishtirish negizini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyo-farmatsevtika sanoati uchun kadrlar va dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash masalalarini o‘rganib chiqsin va ularni o‘z ichiga oluvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi yangi dorivor vositalar, biologik moddalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika aholisini dorivor vositalar bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash maqsadida tayyor dorivor vositalar, farmatsevtik substansiyalar, xom ashyo, materiallar, maxsus texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga valyuta mablag‘lari belgilangan tartibda ustivor ajratilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston iqtisodiyotining istiqbolini belgilashda farmatsevtika korxonalari qurilishiga tegishli moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlangan markazlashtirilgan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “O‘zfarmsanoat” konsernini joylashtirish uchun bino ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zavtotrans” korporatsiyasi “O‘zfarmsanoat” konserni boshqaruvi markaziy apparatiga transport xizmati ko‘rsatish uchun limitlar va bitta avtomobil ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zfarmsanoat” konserni raisi hukumat telefonlari o‘rnatishni nazarda tutsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin, qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yilning iyul oyida ko‘rib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 17-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
290-son