Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017 21.11.1995 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumta’lim maktabi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgusta 173-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, o‘zlariga qarashli umumta’lim maktablariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim to‘g‘risidagi idoraviy normativ hujjatlarni uch oy muddatda mazkur qarorga muvofiq holga keltirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995/96 o‘quv yilida tasdiqlangan nizomlarni amalga oshirish yuzasidan zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ta’lim va fan bo‘limiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 21-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
440-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I.Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston umumta’lim maktabi o‘z faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiy ta’lim maktabi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumta’limi andozalari doirasida bepul umumiy ta’lim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Umumta’lim maktabi faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy an’analari, o‘qitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta’siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Umumta’lim maktabining asosiy maqsadi – o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zlarining mustaqil o‘rnini topish, ongli ravishda ta’lim va kasblar bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida o‘z mas’uliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Umumta’lim maktabi ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning o‘z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maktab ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlang‘ich kasb ko‘nikmalarini egallashlarini, shuningdek, ularning o‘ziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishda ko‘maklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga, yoshlarda fuqarolik tuyg‘usini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga da’vat etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan ta’lim andozalarini, barcha turdagi umumta’lim maktablarida ta’lim darajali va o‘quv soatlari hajmiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Umumta’lim maktabi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, to‘rtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning ta’limga bo‘lgan konstitutsion huquqining amalga oshirilishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tanlangan shakllari o‘quvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, sog‘liqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining qo‘yilgan talablar asosida sifatli o‘zlashtirilishi uchun mas’uldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maktab ta’lim berish tilini tegishli organlar bilan kelishgan holda, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘quvchilar va ota-onalar (yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning istaklarini hisobga olib belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabda ta’lim berilayotgan o‘z ona tillaridan tashqari o‘quvchilar davlat (o‘zbek, Qoraqalpog‘istonda – qoraqalpoq) tilini va xorijiy tillarni o‘rganishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Umumiy ta’limning hamma uchun tengligini ta’minlash, o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar ichidan eng iqtidorlilarni har xil turlari (maktab kompleks, litsey, gimnaziya, iqtidorli bolalar uchun maktab, katta yoshlilar ta’lim markazi va boshqalar) tashkil qilinishi mumkin. Ular o‘z faoliyatlarida mazkur Nizomga va o‘z nizomlari hamda ustavlariga amal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab turini tanlash uning Kengashi (pedkengash) tomonidan mahalliy hokimiyat va ta’limni boshqarish organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maktablarni tashkil qilish, qayta tashkil etish (turini o‘zgartirish), shuningdek, uning faoliyatini tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizom asosida har bir maktab jamoaning xususiyatlari va taraqqiyot istiqbollarini, maktab jamoa a’zolarining huquq va burchlarini, maktabning faoliyat qoidalarini belgilab beruvchi o‘z Ustavini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maktab Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi belgilangan tartibda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.Umumiy ta’lim maktabi o‘qitish jarayonini o‘quvchilarni rivojlantirish umumta’lim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (4 yil);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bosqich – tayanch ta’lim (5 yil);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bosqich – o‘rta ta’lim (2-3 yil).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Turli bosqichdagi maktablar, shuningdek, kechki maktablar mahalliy sharoitlarni hisobga olgan alohida yoki yagona kompleks tashkil qilinishi va joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechki maktablarni tashkil qilish uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda yoshlar uchun umumiy ta’lim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi guruhlar ochilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Zarurat bo‘lganda va kerakli shart-sharoitlar yaratilgan maktablar qoshida o‘quvchilar uchun tegishli shtat bilan internat (yotoqxonalar)lar, ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshlang‘ich ta’lim (I bosqich) o‘qish, yozish, hisoblash, o‘quv faoliyatining asosiy bilim va ko‘nikmalari, nazariy fikrlash elementlari, nutq va xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga da’vat etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshlang‘ich ta’lim tayanch ta’lim olish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga to‘lgan, ta’lim olish uchun ruhan va jismonan tayyor bo‘lgan, 5 va 6 yoshligida tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati ko‘rigidan o‘tgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish, odatda, o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tayanch ta’lim (II bosqich) o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning ijtimoiy o‘zligini anglashga bo‘lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tayanch ta’lim o‘quvchilarni o‘rta ta’limning xilma-xil turlarini tanlashga tayyorlaydi va mustaqil hayotga to‘la ma’noda qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan umumiy ta’lim poydevorini yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-sinf hajmidagi tayanch ta’lim majburiydir va u o‘quvchilarga o‘rta ta’lim muassasalarida, III bosqichdagi o‘rta ta’limlarda, turli xil hunar hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishni davom ettirish, xuddi shu kabi mehnat faoliyatini boshlab hamda uni istagi bo‘lgan taqdirda kechki (smenali) o‘rta umumta’lim maktablarida, kattalarga ta’lim berish markazlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bilan uyg‘unlashtirish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘rta ta’lim (III bosqich) o‘quvchilarga tabaqallashtirilgan va uyg‘unlashtirilgan fanlar asosida umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonini yakunlaydi. Asosiy fanlardan tashqari, o‘quvchilar xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha fanlarni o‘qitishni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bosqich maktablariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab (pedkengashi) kengashi qaroriga ko‘ra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat o‘tkaziladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli imkoniyatlar bo‘lgan taqdirda Maktab (pedkengashi) kengashi o‘quvchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda maktabda bir yoki bir nechta kasbga yo‘naltiruvchi ta’limni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, badiiy yo‘nalishdagi va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu holatda mehnat tayyorgarligi ta’lim ixtisosi, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra u hamma o‘quvchilar uchun shart bo‘lmagan kasb ta’limi shaklida bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yangi turdagi o‘quv muassasalari (gimnaziya, litsey, iqtidorli bolalar maktablari va boshqalarga) ga o‘quvchilar ularning ustavlari talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy ta’lim maktablariga umumiy asoslarda shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatlararo tuzilgan madaniy, ilmiy hamkorlik bitimlari va rejalari asosida umumiy ta’lim maktablariga qabul qilingan xorijiy fuqarolar, agar bitim bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, respublika qonunlarida va mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat ta’limi andozalari darajasiga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan, pedagogik jihatdan asoslangan o‘quv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan tanlab olingan asosga quriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Umumiy o‘rta ta’limning ochiqligi va ko‘p variantliligi, milliy va mintaqaviy an’analar hamda o‘ziga xosligiga yo‘naltirilganligi ta’lim mazmunini quyidagi tizimda shakllantirish orqali ta’minlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tayanch komponenti (Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab komponenti (xalq ta’limini boshqarish mahalliy organlari bilan kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat majburiy talablari doirasida o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan I va II bosqich sinflarida qo‘shimcha o‘qitish, pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (umumiy soni 15 o‘quvchidan ko‘p bo‘lmagan korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan I-II bosqichdagi maktablarning maxsus sinflari va maxsus umumta’lim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalar salomatligini tiklash sanatoriya turidagi muassasalarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U ma’muriyat bilan bir qatorda bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi uchun mas’uldir. U tor doirasidagi mutaxassislar yordamida bolalar salomatligini yillik tekshiruvdan o‘tkazadi, davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga, maktab o‘quvchilari ovqatlanishining tartibi va sifatiga, jismoniy va aqliy nagruzkalar o‘lchovlariga rioya qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktablarda ta’lim jarayonini ruhiy ta’minlashni ruhshunoslar amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ta’limning II va III bosqichlarida o‘qishlar imtihonlar bilan yakunlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabda sinfdan-sinfga ko‘chirish imtihonlari Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘quvchilarni imtihonlarga kiritish, sinfdan-sinfga ko‘chirish va maktabni bitirish Xalq ta’limi vazirligining Yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘quvchilar tibbiy komissiya xulosasiga asosan kasalligi tufayli sinfdan-sinfga ko‘chirish va bitirish imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin. Imtihonlardan ozod etishga huquq beradigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘quvchilarning II va III bosqich maktablarini bitirishlari va ularga tayanch ta’lim haqidagi guvohnomalar va o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma berish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. II bosqich maktabi hajmida ta’limni yakunlagan o‘quvchilarga asosiy (tayanch) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli tayanch ta’limi to‘g‘risida guvohnoma topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bosqich maktabi hajmida ta’lim olgan bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Katta yoshlilar ta’limi markazi maktabida o‘qish davrida biror kasb-hunarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan bitiruvchilarga, ular malaka imtihonlarini topshirganlarida yoki sinovdan o‘tganlarida mazkur kasbga doir ishga kirishga asos bo‘ladigan kasb-korga doir mutaxassisligi ko‘rsatilgan guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bolalarni uy sharoitida o‘qitish umumta’lim maktablarining dasturlari bo‘yicha davlat andozalari doirasida olib boriladi va keyinchalik eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bunday hollarda o‘quvchilar ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida maktab, ta’lim boshqaruvining tegishli organlari bilan shartnoma tuziladi. Bunda tomonlarning iqtisodiy, huquqiy va boshqa majburiyatlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Maktab o‘z hududi (mikrorayoni) da yashovchi I-IX sinflarda o‘qishi lozim bo‘lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to‘liq jalb etish tadbirlarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayanch maktabda bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda u unda o‘qishni xohlagan barcha bolalarni qabul qilishga majburdir. Agar maktabda o‘quvchilar soni juda ko‘payib ketsa, sinflarga yangi o‘quvchilarni qabul qilishda maktabga yaqin yashaydigan bolalar imtiyozga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 352-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Malakali o‘qituvchilar va yetarli xonalarga ega bo‘lgan barcha turdagi umumiy ta’lim maktablarida quyidagi fanlardan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun sinflarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V-IX sinflardagi o‘quvchilar soni 25 va undan ziyod bo‘lgan shahar maktablarida, o‘quvchilar soni 20 va undan ziyod bo‘lgan qishloq maktablarida hamda X-XI (XII) sinflardagi o‘quvchilar soni 20 va undan ziyod bo‘lgan shahar va qishloq maktablarida mehnat bo‘yicha mashg‘ulotlarda; tarmoq ta’limi darslarida ham (VIII-IX sinflarda 1 soat, X-XI (XII) sinflarda 2 soat) faqat mehnat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lib o‘qitish amalga oshiriladi; X-XI sinflardagi o‘quvchilar soni 25 va undan ziyod bo‘lgan taqdirda jismoniy tarbiya darslarida (har bir guruhda kamida 8 yigit va qiz bo‘lganda); I-IX sinflardagi o‘quvchilar soni 25 va undan ziyod bo‘lgan ta’lim rus tilida olib borilmaydigan maktablarda rus tili va adabiyoti darslarida X-XI (XII) sinflardagi o‘quvchilar soni 20 va undan ziyod bo‘lgan hamda ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarda o‘zbek tili va adabiyoti, chet tili, informatika va hisoblash texnikasi va maxsus fanlar, ixtisos bo‘yicha ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan sinf va maktablarda esa o‘z nizomlariga ko‘ra bo‘linish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Umumiy ta’lim maktablarida o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi. O‘quv yili to‘rt chorakka (semestrga) bo‘linadi, uning boshlanishi va oxirgi o‘quv rejasi bilan belgilanadi. O‘quv yili Amaliy mashg‘ulotlarni hisobga olmaganda 33 hafta, 1-sinflarda esa 30 hafta davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv yili mobaynidagi ta’tillar kamida 30 kalendar kun qilib belgilanadi: kuzgi ta’til – 4-noyabrdan 11-noyabrgacha (8 kun), qishki ta’til – 31-dekabrdan 10-yanvargacha (11 kun), bahorgi ta’til – 22-martdan 31-martgacha (10 kun). Yozgi ta’til – o‘quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31-avgustgacha (kamida 8 hafta) davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-sinf o‘quvchilari uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan fevral oyi o‘rtalarida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv yili davomidagi ish va mashg‘ulotlar quyidagi bayram kunlarida o‘tkazilmaydi: 1-yanvar – Yangi yil, 8-mart – Xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navro‘z bayrami, 9-may – G‘alaba kuni, 1-sentabr – Mustaqillik kuni, Ro‘za hayit – (yid-al-fitr) diniy bayramining birinchi kuni, Qurbon hayit (yid-al-adxa) diniy bayramining birinchi kuni, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda o‘quvchilari o‘quv vaqti hisobiga qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan turli tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi. O‘quvchilarni darslardan chalg‘itgan xalq ta’limi muassasalari va boshqaruvi organlari rahbarlari tegishli ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kundalik o‘quv mashg‘ulotlar soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar I bosqich maktabida 35-40 daqiqagacha, II va III bosqich maktablarida 40-45 daqiqagacha, o‘quv haftasi 5-6 kun davom etadi. I va II navbat (smena) lardagi mashg‘ulotlarning boshlanishini ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), o‘quvchilar bilan kelishilgan, sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda Maktab (pedkengash) kengashi belgilaydi. Darslar orasidagi tanaffuslarning davom etishi o‘quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat bilan ta’minlanishlarini tashkil qilishni hisobga olgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Uy vazifalari berish majburiy emas. Ular o‘quvchilarga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy ruhiy-jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. 1-sinf o‘quvchilariga baho o‘quv yilining birinchi yarmi uchun qo‘yiladi, so‘ngra esa choraklar bo‘yicha qo‘yiladi. Baholar quyidagi ballarda qo‘yiladi: 5 (a’lo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz). Badallardagi oraliq yakuniy baholar (II – XI – (XII) sinflar) Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan chorak yoki yarim yillik uchun (agar fanni o‘rganish uchun o‘quv rejasida haftasiga 1 soat vaqt ajratilgan bo‘lsa) qo‘yiladi. Yil oxirida yakuniy baholar qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Maktabdagi barcha darsdan tashqari tarbiya ishlari ixtiyoriylik, faoliyat turini tanlashda mustaqillik, o‘zaro hurmat va hamkorlik prinsiplari asosida, ota-onalarning istagi, o‘quvchilarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatini hisobga olgan holda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash vazifalari pedagogik va o‘quvchilar jamoalari, bolalar jamoat tashkilotlari, ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikning birgalikdagi ijodiy faoliyatida amalga oshiriladi. Buning uchun maktabda o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra bir xil yoshli va turli yoshli birlashmalari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar shirkatlari tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. O‘quvchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat andozalariga muvofiq bepul umumiy (boshlang‘ich, tayanch, o‘rta) ta’lim olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) o‘quv shaklini tanlash. O‘quvchilar umumiy ta’lim dasturlarini yoki uning ayrim bo‘limlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham, oilaviy ta’lim olish, mustaqil o‘qish va eksternat shaklida ham o‘zlashtirishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ta’limning yakka tartibdagi o‘quv rejasi bo‘yicha davlat andozalari doirasida tezlashtirilgan kurslarida ta’lim olish Yakka tartibdagi o‘quv rejalari asosida o‘qitish shartlari maktab ustavi bilan tartibga solinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qo‘shimcha (shu jumladan, pulli) ta’lim olish xizmatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) maktab Ustavida belgilangan shaklda umumiy ta’lim maktabini boshqarishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) inson qadr-qimmatini hurmatlashni talab qilish, vijdon va axborot erkinligi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifodalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘quvchini keyingi sinfga ko‘chirish ijobiy yakuniy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Favqulodda hollarda Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan I-IX sinf o‘quvchilari qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga ko‘chirilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bir-ikki fan (ona tili va matematikadan tashqari) bo‘yicha dasturni o‘zlashtirmagan 1-sinf o‘quvchilari, metodika kengashining tavsiyaga ko‘ra va Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra, 2-sinfga ko‘chirilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quvchini 1-sinfga qoldirish haqidagi qaror metodik kengash (birlashma) tavsiyasiga ko‘ra Maktab (pedkengash) kengashi tomonidangina qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan I bosqich (I-IV sinflar) o‘quvchilari metodika kengashi qaroriga ko‘ra zarurat bo‘lganda yakka tartibdagi o‘quv rejasidan foydalangan holda qayta o‘qish uchun qoldirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki marta bir sinfda qayta o‘qish uchun qoldirilgan o‘quvchilarga nisbatan Maktab pedagogika kengashi ruhiy-tibbiy pedagogika komissiyasi xulosasiga asosan ularni yordamchi o‘quv-tarbiya muassasalariga, sinflar va maktablarni to‘ldirish uchun o‘qishga yuborishga tavsiyanoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘quv dasturini majburiy talablar darajasida o‘zlashtira olmagan II bosqich o‘quvchilari Maktab pedagogika kengashi qaroriga ko‘ra o‘rnini bosuvchi ta’lim sinflariga o‘tkaziladilar. Ular tegishli bilim darajalariga erishganlaridan so‘ng oddiy sinflarga o‘tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, ularning o‘qishi yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. III bosqich maktabini bitirgan va ayrim fanlardan imtihon topshira olmagan o‘quvchilarga ularni bitiruv imtihonlaridan so‘ng 2 oy ichida qayta topshirish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoniqarsiz baho olganda o‘quvchilarga eksternat tartibda imtihon topshirish huquqi bilan maktabda o‘qilganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘quvchi, uning ota-onasi (ular o‘rnini bosadigan shaxslar) yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga Maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘quvchilar umumta’lim muassasasi ustavini bajarishga, vijdonan o‘qishga, maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, boshqa o‘qiyotganlar va xodimlarning obro‘sini va qadr-qimmatini hurmatlashga, muassasa xodimlarining ustav va ichki tartib-qoidalar bilan ularning vakolatlariga o‘tkazilgan talablarini bajarishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumta’lim muassasasidagi intizom u yerda o‘qiyotganlar, tarbiyalanuvchilar, pedagoglarning insoniy qadr-qimmatlarini hurmatlash asosida qo‘llab-quvvatlanadi. O‘quvchilarga nisbatan jismoniy, ruhiy zo‘ravonlik qilish usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun Maktab kengashi a’zolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tuziladi. Bu komissiya o‘quvchi yoki uning ota-onalari (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan yozma, og‘zaki holda tushgan arizalarni ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan o‘quvchiga maktab ustavida belgilangan maktabdan haydashgacha bo‘lgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumta’lim maktablarini boshqarish organlari qaroriga ko‘ra qonunga xilof ravishda xatti-harakat qilganligi, Ustavni qo‘pol ravishda va bir necha marta buzganligi uchun pedagogik ta’sir ko‘rsatishning oxirgi chorasi sifatida o‘n to‘rt yoshga yetgan o‘quvchilarni umumta’lim maktablaridan haydashga yo‘l qo‘yiladi. Etim bolalarni va ota-onalari nazoratsiz qolgan bolalarni maktabdan haydash haqidagi qaror vasiylik organlarining roziligi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quvchini maktabdan haydash haqidagi qaror Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quvchining haydalganligi haqida umumta’lim muassasasi uch kun muddatda mahalliy boshqaruv organlarini xabardor qiladi. Ular bilan bir oy ichida o‘quvchini bundan keyin qayerga joylashtirish masalasini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Pedagogik xodimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Pedagogik ishlarga qabul qilish tegishli maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar bilan kontrakt tuzish asosida maktab direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kontrakt tuzish, uni bekor qilish va uning amalda bo‘lish muddati, ishga qabul qilingan shaxsning huquqi va majburiyatlari, mehnat haqi to‘lash va mehnatni tashkil etish shartlari, ijtimoiy-maishiy va boshqa shart-sharoitlar Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzishning kontrakt shakli to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Umumta’lim maktabini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabni davlat – jamoatchilik tomonidan boshqarish demokratiya, oshkoralik, o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar va maktab xodimlarini birlashtiruvchi maktab jamoasi o‘z vazifasini ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar), mahalla qo‘mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. Maktabni boshqarish jamoaning o‘zini-o‘zi boshqarish va yakkaboshchilik asosida Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan tasdiqlangan va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maktabning o‘quv-tarbiya jarayoniga va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni direktor amalga oshiradi. U tajribali va qobiliyatli mutaxassislar orasidan, jamoa fikrini hisobga olgan holda, maktab o‘z tasarrufida bo‘lgan xalq ta’limining yuqori organi tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab direktorining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab direktori quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv-tarbiya jarayonini rejalashtiradi va tashkil qiladi, uning borishi va natijalarini, maktab dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi, maktab ishlarining sifati va samaraliligiga, bolalikni va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini, o‘quvchilarning ovqatlanishiga javob beradi, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rinbosarlarni tanlab, joy-joyiga qo‘yadi, ularning vazifalarini belgilaydi, maktab pedagogik kadrlarini joy-joyiga qo‘yadi, kabinet va ustaxona mudirlarini, ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar) va o‘quvchilar fikrini hisobga olgan holda sinf rahbarlarini tayinlaydi, ma’muriyat va pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi (shartnoma asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi bilan birgalikda maktab tarkibiy qismini va tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishgan holda uning mazmunini belgilaydi, o‘qitish va mehnatga tayyorlash ixtisosini tanlaydi, maktabning ish tartibini pedagogning tarifikatsiya qilingan ishining umumiy miqdorini o‘zgartirmay o‘quv haftalari va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini, 1-sinfga bolalar qabul qilish (6-7 yosh) ni, o‘quvchilar kiyimi formasining zaruriyati va turini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navbatdagi malaka toifalarini tasdiqlaydigan maktab pedagogika xodimlarining attestatsiya komissiyasiga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab pedagogika xodimlarining ijodiy o‘sishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Pedagoglarning tashabbuslari, ijodiy izlanishlari va tajriba-eksperimental ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quvchilar va pedagoglarning ijodiy faoliyatini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabning ilmiy-tekshirish, ishlab chiqarish, kooperativ tashkilotlar, mahalla qo‘mitalari, ijodiy uyushmalar bo‘limlari va boshqa davlat hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha ajratilgan moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi, istiqboldagi masalalarni hal etish va maktabni rivojlantirish uchun budjet mablag‘larini, shuningdek, maktab fondi mablag‘larini oqilona taqsimlashni ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish yuritishning va maktab hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini hamda hisobotning o‘z vaqtida bo‘lishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi, mahalliy hokimlik oldida o‘z faoliyati uchun javob beradi va ularga vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab direktorining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab (pedkengash) kengashiga maktabning ish rejasi va o‘quv rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish, o‘quv rejalari, dasturlariga o‘quv ixtisosiga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish, o‘quvchilarning o‘quv yil davomidagi va sinfdan-sinfga ko‘chirish imtihonlaridagi bilimlarini tekshirish shakllarini, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vositalari hamda usullarini aniqlash (belgilangan davlat andozalarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng qobiliyatli va iqtidorli maktab bolalarini tanlash maqsadida o‘quvchilarni test sinovidan o‘tkazish, bir necha chuqur o‘rgatiladigan sinflarning X-XI sinflariga tanlov asosida o‘quvchilar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabga zarur bo‘lgan jihozlarni va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxona, tashkilot, kooperativlar va shaxslar orqali chakana savdo tarmoqlaridan sotib olish, ijaraga olish, buyurtma berish, naqd pulsiz va vositachi do‘konlarda mayda ulgurjini limitga hisoblamay olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni taklif etgan holda ta’limga qo‘yilgan majburiy talablar darajasini ko‘tarish maqsadida ayrim fanlar chuqur o‘rganilganda o‘quv rejasidan tashqari qo‘shimcha kurslar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har xil turdagi qurilish ishlarini, maktabni joriy tuzatish, jihozlash, uning xonalari, inshootlari va shu kabilarini yaxshi saqlashga oid ishlarni bajarish uchun tashkilotlar, muassasalar va shaxslar bilan, shuningdek, o‘quvchilar bilan shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy ta’minlashning turli manbalaridan foydalanib, maktabning o‘z fondini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov qog‘ozlari bo‘yicha va chek daftarlari bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobotini mustaqil ravishda olib borish, mavjud ortiqcha anjomlar va asbob-uskunalarni sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab (pedkengash) kengashi bilan kelishgan holda maktab fondidan olinadigan mablag‘larni tejash hisobiga ijodiy ishlovchi o‘qituvchilarning ish haqiga ustamalar belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya yakunlariga ko‘ra o‘qituvchilarga yuqori toifa berilishi haqida takliflar kiritish hamda pedagogika xodimlarini viloyat va respublika malaka oshirish kurslariga, stajirovkaga (shu jumladan, chet ellarga), aspiranturaga tavsiya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishda va o‘qishda alohida yutuqlarga erishgan o‘qituvchilarni, o‘quvchilarni va maktabning boshqa xodimlarini mukofotlarga (shu jumladan, moddiy) tavsiya etish, zarur hollarda ularni jazolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv-ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilish, alohida tadbirlar o‘tkazish uchun zarur mablag‘larni to‘plab boshqa maktablar, o‘quv-tarbiya, ilmiy va maktabdan tashqari muassasalar bilan birlashmalar tashkil etish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan o‘qituvchilar va o‘quvchilar almashish to‘g‘risida, qo‘shma muassasalar tashkil etish haqida, qo‘shma tadbirlar (konferensiyalar, maktab lagerlari va boshqalar) o‘tkazish to‘g‘risida chet el ta’lim o‘quv yurtlari bilan shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabning o‘quv-tarbiya faoliyatidagi kundalik masalalarni hal qilish uchun zaruriyatga qarab maktabning barcha xodimlarini yoki ularning ayrim toifalarini to‘plab majlis o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z o‘rinbosarlarining, pedagoglarning ish faoliyatlari haqidagi hisobotlarini tinglash, Maktab pedagogika kengashi muhokamasiga ularning vakolatlarini davom ettirishlari yoki to‘xtatishlari to‘g‘risida takliflar, shuningdek, ular ishini takomillashtirishga oid takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab Ustavi, Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda o‘tayotgan Maktab (pedkengash) kengashi ishini to‘xtatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maktabni o‘z-o‘zini boshqarishning yuqori organi maktab jamoasining konferensiyasi (umumiy yig‘ilish) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hal qiluvchi ovoz bilan delegatlar konferensiyaga II-III bosqich maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va maktabning boshqa xodimlari jamoasi, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillarining yig‘ilishlarida har uch toifadan teng holda saylanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiya har yili kamida bir marta o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashini, uning raisini to‘g‘ridan to‘g‘riyashirin ovoz berish yo‘li bilan saylaydi, ularning vakolat muddatlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab Ustavini qabul qiladi va unga zarur o‘zgartirishlar kiritadi; maktabni rivojlantirishning, o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘qitish qaysi tilda olib borilishini aniqlaydi, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar jalb etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat tug‘ilgan taqdirda maktabning turli ish yo‘nalishlari bo‘yicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalar, shtablar, kengashlar tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiyalar oralig‘idagi davrda o‘z-o‘zini boshqarish yuqori organi vazifasini Maktab kengashi bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab jamoasi konferensiyasi qarorlari bajarilishini tashkil etadi, jamoa a’zolarining takliflari va tanqidiy fikr-mulohazalarining qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabni rivojlantirish rejasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktor bilan birgalikda davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek, ota-onalar (ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar) bilan bir qatorda davlat va jamoat tashkilotlari o‘quvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metodik va pedagogik kengashlar taqdimiga ko‘ra maktab ta’limini ta’minlashning tarkibiy qismini belgilaydi, o‘qitish va mehnatga tayyorlash ixtisoslarini tanlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab ish tartibini, pedagogning tarifikatsiya qilingan umumiy ish hajmini o‘zgartirmasdan o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘uloti davomiyligini, 1-sinfga qabul qilish yoshini, o‘quvchi kiyimi formasining zarurati va ko‘rinishini belgilaydi, tegishli xalq ta’limi boshqarmasi organlari bilan kelishilgan holda birinchi, shuningdek, navbatdagi sinflar sonini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablag‘larini sarflash hisobotlarini ko‘rib chiqadi, mablag‘ bilan ta’minlashning turli manbalaridan foydalanib o‘z fondini shakllantiradi, maktabning budjet va budjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim pedagoglar, maktab direktori va uning o‘rinbosarlarining ishi haqidagi hisobotlarni tinglaydi, egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yoki nomuvofiqliklari munosabati bilan ularning vakolatlarni uzaytirish yoki to‘xtatish haqida, shuningdek, ularning ishini takomillashtirish yuzasidan konferensiyaga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonunchilik doirasida pedagog xodimlar va maktab ma’muriyatining kasb va lavozim faoliyatiga asossiz aralashishdan himoya qiluvchi zarur chora-tadbirlar ko‘radi, maktab jamoasi mustaqilligini cheklovchi har qanday ma’muriy buyruqbozlikka yo‘l qo‘yilmaydi va mazkur masalalar bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi ma’muriyat, o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoat tashkilotlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uning barcha qarorlari o‘z vaqtida maktab jamoasi, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikka ma’lumot uchun yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi tarkibiga pedagog xodimlar, II va III bosqich o‘quvchilar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillari kiradi. Kengashdagi vakillik normasi va Kengash tarkibining umumiy soni konferensiya tomonidan belgilanadi. Navbatdagi saylovlarda Kengash tarkibining odatda kamida uchdan bir qismi yangilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv yurti direktori lavozimi bo‘yicha Kengash raisi hisoblanadi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Maktab kengashi o‘z tarkibidan byuro, bahsli masalalar va taftish komissiyalarini saylashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi bir yilda kamida 4-marta yig‘iladi. Maktab kengashi a’zolari o‘z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Maktab jamoasi konferensiyasi o‘z a’zolarini muddatidan oldin kengash tarkibidan chiqarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Kengash yig‘ilishida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa va qatnashchilarning uchdan ikki qismi ovoz bergan bo‘lsa Maktab kengashi qarori qonuniy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashining o‘z vakolati doirasida va qonunchilikka mos ravishda qabul qilgan qarorlarini bajarish ma’muriyat va maktab jamoasining barcha a’zolari uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi a’zosi kiritgan har qanday taklif, agar bu taklifni Kengash a’zolarining uchdan bir qismi qo‘llab-quvvatlasa, u mazkur taklifning muhokama qilinishini talab etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab kengashi bilan ma’muriyat o‘rtasida yuzaga kelgan munozarali masalalar maktab jamoasi konferensiyasi (umumiy majlisda) yoki xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi kengashida hal qilinadi.
(3-bandning yigirma yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish o‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasb mahoratlarini va ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida pedagog xodimlarni birlashtiruvchi maktab pedagogika kengashi – hay’at organi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab direktori pedagogik kengashning raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagogik kengash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar)ning turli variantlarini muhokama qiladi, o‘quv-tarbiya jarayoni uslublari, shakllari va ularni amalga oshirish usullarini tanlaydi; pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, pedagogika tajribalarini ommalashtirish ishlarini tashkil etadi, sinov-eksperiment ishlarining borishi va yakunini muhokama qiladi, o‘quv yurtining ilmiy-tadqiqot institutlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar bo‘limlari, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘nalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilar, ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ning fikr-mulohazalarini hisobga olib maktab pedagogika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi, o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish haqida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi malaka (attestatsiya) komissiyalariga takliflar kiritadi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab pedagog xodimlarini shahar, viloyat va respublika pedagogika o‘qishlariga, malaka oshirish kurslariga, (shu jumladan, chet elga), aspiranturaga, shuningdek, turli mukofotlarga tavsiya etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagogika kengashi huzurida fanga oid va boshqa seksiyalar, birlashmalar tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maktabda amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘z Ustavlari va Nizomlari asosida bolalar, o‘smirlar va yoshlarning jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha jamoat tashkilotlari maktab Ustavida nazarda tutilgan o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabda demokratiya va oshkoralikni rivojlantirish, majburiyatlarni bajarishga erishish va o‘quvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun g‘amxo‘rlik qilishga da’vat etilgandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat tashkilotlarining vakillari Maktab (pedkengash) kengashi, direktor o‘tkazadigan majlislarda muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda qatnashish hamda maktab ma’muriyatidan o‘quv-tarbiya jarayoni haqidagi zarur axborotlarni olish, pedagoglarning attestatsiyadan o‘tishida ularning o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi istaklarni aytish huquqiga egadirlar. Pedagogika jamoasi, maktab va bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar tashkilotlarining rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch, mas’uliyat va hamkorlik asosiga quriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maktablarda hujjatlarni yuritish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktab hujjatlarini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab hisoboti davlat statistika organlari talablariga muvofiq taqdim etiladi. Davlat va jamoat organlari tomonidan boshqa xil hisobotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maktabda barcha tekshiruv ishlari faqat xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmalari bilan kelishilgan va maktab direktori, Kengashi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maktab Ustav asosida ish olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab Ustavida Ushbu Nizomda kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar, tegishli xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan berilgan qo‘shimcha vakolatlar, shuningdek amaldagi qonunga zid kelmaydigan va maktab faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalar belgilanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Maktabning moliya – xo‘jalik faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabning moliyaviy mablag‘i davlat darajasiga erishishni ta’minlovchi normativ asosda ajratiladigan budjet mablag‘lari va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi o‘z mablag‘lari hisobiga shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Barqaror normativlar bo‘yicha ajratiladigan, har yili narxlarni erkinlashtirish bilan aniqlanadigan davlat budjeti mablag‘lari maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonlarini, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish va uning xodimlariga ish haqi to‘lashning asosiy moliyaviy manbalari hisoblanadi va ular ta’limga nisbatan majburiy talablar darajasiga erishishni ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetdan moliyaviy ta’minlash normativlarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokimliklar, mahalla qo‘mitalari mintaqaviy ehtiyojlar va shart-sharoitlardan kelib chiqib oshirilgan normativlarni belgilashlari va ularni tegishli mablag‘lar bilan ta’minlashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maktab kam ta’minlangan oilalarning bolalariga umumiy ta’lim fondi, maktab fondi mablag‘lari hisobidan darsliklar, o‘quv-yozuv qurollari, kiyim-bosh, oyoq kiyimlari sotib olishda va tekin yoki imtiyozli ovqatlanishni tashkil etishda moddiy yordam ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maktabning moliyaviy mablag‘lari uning to‘la ixtiyorida bo‘ladi va ular olib qo‘yilmaydi. Bu mablag‘larni taqsimlash huquqi Maktab kengashiga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabning o‘z mablag‘lari quyidagi asosiy manbalar hisobiga shakllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabning xo‘jalik faoliyatidan, maktab tomonidan ko‘rsatilgan pulli xizmatlardan, maktab binosi va jihozlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat, ijtimoiy, kooperativ va boshqa tashkilotlar, o‘quv kooperativlari, sexlar, ishlab chiqarish brigadalari, ota-onalar va boshqa fuqarolarning ixtiyoriy badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, tayanch va boshqa korxonalar, davlat muassasalari, jamoatchilik va kooperativ tashkilotlarning maqsadli qo‘yilmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank krediti va boshqa tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, alohida shaxslarning buyurtmalarini bajarishdan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab ustaxonalari, maktab uchastkasi va issiqxonalari mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maktabda qo‘shimcha o‘quv predmetlari va rejadan tashqari kurslar joriy qilinganda, tajriba-eksperiment ishlari olib borilganda, eksperimental pedagogik maydonchalar tashkil etilganda, yangi turdagi maktablar ochilganda, shuningdek, boshqa hollarda hokimliklar maktabini zarur moddiy-texnika bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar ajratishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’limni rivojlantirishga oid maqsadli eksperimentlar, istiqbolli pedagogik dasturlarni ilgari surgan eksperimental va boshqa maktablarning faoliyati Xalq ta’limi vazirligining markazlashgan fondi hisobidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB fondlari va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan moliyaviy ta’minlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maktab bank kreditidan foydalanishi mumkin. Banklar tomonidan maktabning kundalik faoliyati uchun qisqa muddatli kredit ajratiladi. Moddiy negizni rivojlantirish va ijtimoiy rivojlanish uchun kelgusida qarzni uzish sharti bilan maktabning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi hisobidan uzoq muddatli kredit beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maktab xodimlariga mehnat haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish mehnatga haq to‘lashning amaldagi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lavozim maoshlari va tarif stavkalariga pedagoglarning va boshqa xodimlarning tegishli malaka toifalari uchun kafolatlangan eng kam ish haqi sifatida qaralishi kerak (barcha turdagi I bosqich umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining haftalik dars soati 14 soat, II-III bosqich maktablarida – 16 soat).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka toifalari Attestatsiya to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq maktabning barcha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maktabda lavozim maoshlariga va stavkalariga kasb mahorati, mehnatda erishgan yutuqlari, alohida muhim ishlarni bajargani uchun va bir yo‘la bir necha kasbda ishlagani uchun mablag‘larni tejash va maktab fondi hisobidan tabaqalashtirilgan qo‘shimcha haq va ustamalar berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha haqlar joriy etish va pedagog xodimlar hamda boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bosqich kam sonli maktablarning pedagoglariga, kuni uzaytirilgan guruhlariga, shuningdek, tanlov bo‘yicha yoki fakultativ (davlat tomonidan haq to‘lanadigan) mashg‘ulotlar uchun, o‘quvchilarning sonidan qat’i nazar, faqat alohida sinf yoki guruh o‘quvchilari uchun o‘tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to‘lash amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maktab tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi maktabning xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Rejalashtirishning dastlabki ma’lumotlari: kontrol raqamlar, davlat buyurtmalari, uzoq muddatli iqtisodiy normativlar va limitlar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kontrol raqamlar direktiv xususiyatga ega bo‘lmaydi va ular maktabdagi o‘quvchilar soni, texnik jihatdan jihozlanganlik ko‘rsatkichlari, moddiy, negizini rivojlantirish, maktab jamoasining ijtimoiy rivojlanishi, aholiga puli xizmatlar ko‘rsatish hajmidan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktab tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish deganda quyidagilar tushuniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’limga nisbatan majburiy talablar darajasini oshiruvchi turli pulli fakultativ kurslar va ayrim fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha kurslar, boshqa tashkilotlar (oliy o‘quv yurtlari, madaniyat va san’at muassasalari, ijodiy uyushmalar) dan yuqori malakali mutaxassislarni taklif qilish yo‘li bilan maxsus leksiyalar va maslahatlashuvlar o‘tkazish, san’at, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar bo‘yicha qo‘shimcha darslar uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
katta yoshlilarni o‘qitish uchun turli kurslarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilar va o‘qituvchilarning mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek, korxona va tashkilotlarning buyurtmalarini bajarish natijasida olingan mahsulotlarni sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab xonalari, sport zallari, jihozlar va boshqa buyumlarni ijaraga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab teatrlari qatnashchilari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar kuchi bilan aholiga spektakllar va konsertlar namoyish qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga pulli xizmatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar va tariflar bo‘yicha, bunday narxlar va tariflar bo‘lmagan taqdirda – shartlashilgan narxlar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokimliklar pulli xizmatlar bo‘yicha davlat buyurtmalarini bajarish haqidagi hisobotga maktablar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini ham qo‘shishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori tashkilotlar tomonidan maktablarga pulli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan topshiriqlarning, ular qanday shaklda bo‘lmasin, berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Pulli xizmatlarni ko‘rsatish budjetdan moliyaviy ta’minlanadigan faoliyat o‘rniga amalga oshirilmasligi va pulsiz xizmat ko‘rsatish darajasini kamaytirish evaziga bo‘lmasligi shart. Pulsiz xizmat ko‘rsatish darajasini xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hokimliklar maktablarga zarur inshootlar va binolar, muhandislik kommunikatsiyalari, yer maydonlari, o‘quv qurollari, inventarlarni yetkazib beradilar, maktab binolari va inshootlarini o‘z vaqtida asosli va joriy tuzatib berishni ta’minlaydilar, maktablarni asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun limitlar ajratadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maktabning moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar (asosiy va yordamchi binolar), sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar va asbob-uskunalar, transport vositalari, kutubxona fondi, laboratoriya preparatlari, o‘quv-ko‘rgazmali qurollar, mebel, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun foydalaniladigan boshqa mulklar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab binosi texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi hamda foydalaniladi. Maktablarning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo‘shimcha manbalari, maktab fondi hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maktabda buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish tartibi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Hisobga olish maktab tomonidan mustaqil ravishda yoki markazlashgan tuman (shahar) buxgalteriya orqali olib borilishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha va chek daftarchalari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Maktabning xalqaro hamkorlikda qatnashishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumta’lim maktabi amaldagi qonunchilikka muvofiq xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktab xorijiy o‘quv yurtlari bilan valyutasiz asosda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari orqali o‘quvchilar guruhini o‘qishga, dam olishga, birgalikda o‘tkaziladigan olimpiadalar, ko‘riklar, tanlovlarga yuborish yuzasidan almashish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi to‘g‘ridan to‘g‘riamaliy aloqalar o‘rnatadi.
(VII bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgusta 173-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 11-son, 44-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda)