O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI NORMATIV HUJJATLARINI TASDIQLASh VA ULARNI AMALGA OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 1993—1996-yillarda O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishlari kerak;
uch oy muddatda respublika ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta’lim muassasalari vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
1998-99 o‘quv yilida ta’limning yangi tizimiga o‘tish to‘liq nihoyasiga yetkazilgunga qadar, III darajali umumta’lim maktablarining ixtisosi belgilanmagan sinflariga o‘quvchilarni tanlovsiz qabul qilishga ruxsat etsin;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda 1994-yilning 1-yanvarigacha yoshlarni ommaviy ishchi kasblari bo‘yicha tayyorlashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda tayyorlov tizimiga O‘zbekiston uchun an’anaviy bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha xalq ustalari va hunarmandlarni ko‘plab jalb qilish nazarda tutilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib uch oy muddatda pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olib pedagogika bilim yurtlari tarmoqlarini tartibga solish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 12-avgust,
406-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1993-y.,8-son,31-modda)