1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.10.00.00 Seysmologiya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Suv xoʻjaligi vazirligining respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish uchun sotib olinishi zarur boʻlgan asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etsin va takomillashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini nazoratga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida seysmologik kuzatuvlar tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va takomillashtirilishiga amaliy yordam koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 2-ilovada koʻrsatilgan asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari xarid qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi seysmologik kuzatuv olib boriladigan obyektlar oʻrtasida belgilangan tartibda himoyalangan axborot almashinuvi tarmogʻini tashkil etsin va uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.X. Qoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 17-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
792-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17 dekabrdagi 792-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi (keyingi oʻrinlarda — seysmologik kuzatuv tizimi) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborlarining seysmik holatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisidagi axborotlarni tizimli ravishda toʻplab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilish, suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonidagi seysmik rejim oʻzgarishini baholash va tegishli tavsiyalarni berishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Seysmologik kuzatuv tizimi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi kompleks tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Seysmologik kuzatuv tizimining maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlari (keyingi oʻrinlarda — suv omborlari) seysmologik kuzatuv tizimining obyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni tizimli ravishda amalga oshirish, ularning toʻgʻonlari, qirgʻoq nishabliklari va boshqa alohida inshootlarining seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish, suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish seysmologik kuzatuv tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar seysmologik kuzatuv tizimining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida muntazam ravishda seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida maxsus seysmik tadqiqotlar olib borish, jumladan, suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlari, ularning toʻgʻonlari, qirgʻoq nishabliklari (qiyaliklari) va boshqa alohida inshootlari, asos qismlari va suv oʻzanlarini turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holati toʻgʻrisida seysmologik kuzatuvlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seysmologik kuzatuv maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borish boʻyicha foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Seysmologik kuzatuv tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Seysmologik kuzatuv tizimi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida doimiy seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlari va ularning hududida maxsus seysmologik tadqiqotlar olib borish va ularga suvni yigʻish hamda ulardan foydalanishda yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida, ularning alohida inshootlarida turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holat toʻgʻrisida seysmologik kuzatuvlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarining seysmologik va seysmik mustahkamlik holatini baholash hamda tegishli takliflarni berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar ularning toʻgʻonlari dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Suv omborlarini toʻldirish bilan bogʻliq zilzilalar monitoringi suv omborlarini toʻldirish va ulardan foydalanish jarayonida seysmik rejimning oʻzgarishini oʻrganish maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Seysmologik kuzatuv tizimi faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat olib borish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Seysmologik kuzatuv tizimi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborlaridan foydalanish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, suv omborlarini ishga tushirish rejalariga va yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Seysmologik kuzatuvlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan suv omborlarida olib boriladigan doimiy seysmologik kuzatuv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam olish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan suv omborlaridan foydalanuvchi tashkilotlar ishtirokida har oyning 25 sanasiga qadar seysmologik kuzatuvlar davomida olingan maʼlumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va tegishli xulosalar ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kuzatuv natijalarini kompleks tahlil qilish, tegishli xulosalar asosida hisobotlar tayyorlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan har oydan keyingi oyning 5 sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Seysmologik kuzatuv tizimi faoliyati natijasida olingan axborot, ilmiy-tahliliy natijalar, xulosa va amaliy takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hisobot kelib tushgandan boshlab 10 kun muddatda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini nazorat qiladigan “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va “Oʻzbekgidroenergo” AJga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Olingan axborot, ilmiy-tahliliy natijalar, xulosa va amaliy takliflar hisobot kelib tushgandan boshlab 3 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Seysmik rejimning oʻzgarishi natijasida favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi aniqlangan holatlarda yoki kuchli zilzilalarning ehtimoli prognoz qilinganda hamda alohida xavfli vaziyatlar toʻgʻrisida axborot olinganda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari suv omborlarida seysmologik kuzatuv tizimini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, seysmologik kuzatuv ishlari olib borilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini hamda suv omboriga seysmologik kuzatuvlar uchun oʻrnatilgan asbob-uskunalarni xavfsiz saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Seysmologik kuzatuvlar natijalari asosida toʻgʻonda hosil boʻladigan jarayonlarni oʻrganish va solishtirish uchun kerak boʻlgan maʼlumotlar suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Suv omborlarida seysmologik kuzatuv tizimini amalga oshirish ishlari shartnomalar asosida suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan belgilangan hududlarda doimiy seysmologik kuzatuv tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlari va Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutining ilmiy xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi suv omborlarini toʻldirish bilan bogʻliq zilzilalarni monitoring qilish maqsadida doimiy seysmometrik kuzatuvlar olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik kuzatuvlar olib boradi. Suv ombori taʼsir hududida seysmik kuzatuv tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy xulosalar beradi. Suv omborlarini suv bilan toʻldirish va suvdan foydalanish jarayonida seysmik rejimning oʻzgarishini baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti toʻgʻonlarning seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish uslublarini ishlab chiqadi va instrumental kuzatuv maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Seysmologik kuzatuvlar haqida berilgan axborotda seysmik rejimning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda tegishli choralar koʻrish uchun xulosalar va tavsiyalar berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Seysmologik kuzatuvlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sirlariga oid monitoring maʼlumotlarini umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, suv omborlaridan foydalanuvchi tashkilotlar monitoring natijalarining tahlili va ular bilan solishtirish uchun kerak boʻladigan suv omborlari ekspluatatsiyasi boʻyicha maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq masʼuldirlar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan suv omborlarida olib boriladigan doimiy seysmologik kuzatuv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam olish maqsadida shartnoma tuzish.
har yili 10-yanvarga qadar
2-bosqich
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi,Seysmologiya instituti,Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
Suv omborlaridan foydalanuvchi tashkilotlar ishtirokida seysmologik kuzatuvlar davomida olingan maʼlumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va tegishli xulosalar ishlab chiqish.
har oyning 25 sanasiga qadar
3-bosqich
Seysmologiya instituti
Kuzatuv natijalarini kompleks tahlil qilish, tegishli xulosalar asosida hisobotlar tayyorlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etish.
har oydan keyingi oyning 5 sanasiga qadar
4-bosqich
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Seysmologik kuzatuv tizimi faoliyati natijasida olingan axborot, ilmiy-tahliliy natijalar, xulosa va amaliy takliflarni “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasiga, Suv xoʻjaligi vazirligiga va “Oʻzbekgidroenergo” AJga taqdim etish.
hisobot kelib tushgandan boshlab 10 kun muddatda
5-bosqich
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari
1. Olingan axborot, ilmiy-tahliliy natijalar, xulosa va amaliy takliflarni oʻrganib chiqish.
hisobot kelib tushgandan boshlab 3 kun muddatda
2. Seysmik rejimning oʻzgarishi natijasida favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi aniqlangan holatlarda yoki kuchli zilzilalarning ehtimoli prognoz qilinganda hamda alohida xavfli vaziyatlar toʻgʻrisida axborot olinganda tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 792-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish uchun sotib olinishi zarur boʻlgan asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi
1. Raqamli seysmograf (toʻplamda: seysmometr, raqamli registrator, GPS-antenna)
toʻplam
18
18
18
18
72
2. Quyosh batareyasi (toʻplamda: 100 Vt li quyosh paneli, 100 A/Ch li geliy akkumulyator, 12/24 V, 10A quvvatlantiruvchi nazorat asbobi)
toʻplam
18
18
18
18
72
3. Raqamli seysmograf uchun kamera
dona
18
18
18
18
72
2.
Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti
1. Oʻlchov nuqta toʻplami (toʻplamda: raqamli seysmograf, 100 Vt li quyosh paneli, 100A/Ch li geliy akkumulyator, 12/24 V, 10A quvvatlantiruvchi nazorat asbobi, optik tolali ulagich)
toʻplam
22
23
21
25
91
2. Operator xonasidagi toʻplami (toʻplamda: kompyuter, Ethernet switch, Fibre-Ethernet modullari uchun REK shassi)
toʻplam
4
4
4
4
16
3. Optik kabel
m
12800
38900
33700
31500
116 900
4. Oʻlchov nuqta uchun kamera
dona
22
23
21
25
91
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Asbob-uskunalarning TIF TN boʻyicha uzil-kesil kodlari ularni bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha shartnomalarni tuzish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishliligiga qarab, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(izoh qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)