17.12.2020 yildagi 792-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Suv xoʻjaligi vazirligining respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustdan boshlab:
(3-band a-kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etsin va takomillashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini nazoratga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida seysmologik kuzatuvlar tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va takomillashtirilishiga amaliy yordam koʻrsatsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirsin.
(3-bandning b-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi seysmologik kuzatuv olib boriladigan obyektlar oʻrtasida belgilangan tartibda himoyalangan axborot almashinuvi tarmogʻini tashkil etsin va uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.X. Qoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 17-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
792-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 792-son qaroriga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi (keyingi oʻrinlarda — seysmologik kuzatuv tizimi) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborlarining seysmik holatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisidagi axborotlarni tizimli ravishda toʻplab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilish, suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonidagi seysmik rejim oʻzgarishini baholash va tegishli tavsiyalarni berishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Seysmologik kuzatuv tizimi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi kompleks tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Seysmologik kuzatuv tizimining maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlari (keyingi oʻrinlarda — suv omborlari) seysmologik kuzatuv tizimining obyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni tizimli ravishda amalga oshirish, ularning toʻgʻonlari, qirgʻoq nishabliklari va boshqa alohida inshootlarining seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish, suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish seysmologik kuzatuv tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar seysmologik kuzatuv tizimining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida muntazam ravishda seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida maxsus seysmik tadqiqotlar olib borish, jumladan, suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek, suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlari, ularning toʻgʻonlari, qirgʻoq nishabliklari (qiyaliklari) va boshqa alohida inshootlari, asos qismlari va suv oʻzanlarini turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holati toʻgʻrisida seysmologik kuzatuvlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seysmologik kuzatuv maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borish boʻyicha foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar yoʻlga qoʻyilgan suv omborlari toʻgʻonlarida MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda quyidagi maʼlumotlar “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ga (keyingi oʻrinlarda — elektron platformasi) kiritib boriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seysmologik va seysmometrik kuzatuv maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
choʻkish, siljish, yoriqlar paydo boʻlishi, filtratsiya rejimi oʻzgarishi kabi zilzilaning salbiy oqibatlari boʻyicha maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalari, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati boʻyicha maʼlumotlar va xulosalar.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Seysmologik kuzatuv tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Seysmologik kuzatuv tizimi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida doimiy seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlari va ularning hududida maxsus seysmologik tadqiqotlar olib borish va ularga suvni yigʻish hamda ulardan foydalanishda yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarida, ularning alohida inshootlarida turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holat toʻgʻrisida seysmologik kuzatuvlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv omborlarining seysmologik va seysmik mustahkamlik holatini baholash hamda tegishli takliflarni berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar ularning toʻgʻonlari dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Suv omborlarini toʻldirish bilan bogʻliq zilzilalar monitoringi suv omborlarini toʻldirish va ulardan foydalanish jarayonida seysmik rejimning oʻzgarishini oʻrganish maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Seysmologik kuzatuv tizimi faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat olib borish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Seysmologik kuzatuv tizimi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Seysmologik kuzatuv tizimi suv omborlaridan foydalanish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, suv omborlarini ishga tushirish rejalariga va yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Seysmologik kuzatuvlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi hamda Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan kelishgan holda, suv omborlarida olib boriladigan doimiy seysmologik kuzatuv natijalari va suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalari, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam olish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar shartnoma tuzadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan suv omborlarida olib boriladigan doimiy kuzatuv natijalari va suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalari, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari suv omborlarida seysmologik kuzatuv tizimini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, seysmologik kuzatuv ishlari olib borilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini hamda suv omboriga seysmologik kuzatuvlar uchun oʻrnatilgan asbob-uskunalarni xavfsiz saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Seysmologik kuzatuvlar natijalari asosida toʻgʻonda hosil boʻladigan jarayonlarni oʻrganish va solishtirish uchun kerak boʻlgan maʼlumotlar suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Suv omborlarida seysmologik kuzatuv tizimini amalga oshirish ishlari shartnomalar asosida suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ belgilangan hududlarda doimiy seysmologik kuzatuv tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshiradi va seysmik rejimning oʻzgarishini baholab boradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi hamda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar haqida berilgan maʼlumotlarda seysmik rejimning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda tegishli choralar koʻrish uchun xulosalar tayyorlaydi va elektron platformaga kiritadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti toʻgʻonlarning seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish uslublarini ishlab chiqadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Elektron platformaga kiritilgan xulosalarda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish holatlari koʻrsatilganda, suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshiradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha har ikki yilda malakasini oshirib boradi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Seysmologik kuzatuvlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sirlariga oid monitoring maʼlumotlarini umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, suv omborlaridan foydalanuvchi tashkilotlar monitoring natijalarining tahlili va ular bilan solishtirish uchun kerak boʻladigan suv omborlari ekspluatatsiyasi boʻyicha maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq masʼuldirlar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi hamda Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan kelishgan holda, suv omborlarida doimiy seysmologik kuzatuvlarni olib borish, asbob-uskunalarni sozlash (kalibrovka), maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish maqsadida shartnoma tuzish.

Har yili 10-yanvarga qadar

2-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi

1. Suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni olib borish.

2. Suv omborlari toʻgʻonlarida seysmik rejimning oʻzgarishini baholab borish.

Doimiy

3-bosqich

Fanlar akademiyasi

1. Elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash.

Doimiy,

2. Seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar haqida berilgan maʼlumotlarda seysmik rejimning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda, suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda tegishli choralar koʻrish uchun xulosalar tayyorlash va elektron platformaga kiritish.

MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda zudlik bilan

4-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

Choʻkish, siljish, yoriqlar paydo boʻlishi, filtratsiya rejimi oʻzgarishi kabi zilzilaning salbiy oqibatlarini aniqlab, maʼlumotlarni elektron platformaga kiritib borish.

Doimiy, MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda zudlik bilan

5-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Elektron platformaga kiritilgan xulosalarda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish holatlari koʻrsatilganda, tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Zudlik bilan

6-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi

Suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni olib borish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha malakasini oshirish.

Har ikki yilda

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/792/1636-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 20.09.2023-y., 09/23/479/0714-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)