Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2009 13.03.1997 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2009
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ADVOKATLIK BYuROLARI, HAY’ATLARI, FIRMALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYALARNI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda advokatlik byurolari, advokatlik hay’atlar advokatlik firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek ular qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun quyidagi idoralarda davlat boji to‘lanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun — ro‘yxatdan o‘tkazilganlik uchun to‘lanadigan summaning 20 foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji to‘lanadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan paytda advokatlar hay’ati a’zosi hisoblangan shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi marta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish xohishini bildirgan shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya dublikati berilganligi uchun — litsenziya berilganligi uchun belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish xohishini bildirgan fuqarolar malaka komissiyalari ishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash maqsadida malaka imtihoni topshirishdan oldin quyidagi miqdorlarda yig‘im to‘laydilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan paytda advokatlar hay’ati a’zosi hisoblangan shaxslar — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi marta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish xohishini bildirgan shaxslar — bir oylik eng kam oylik ish haqi miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri S. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 13-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurolari hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsensiyalarni berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom bilan advokatlik byurolari, hay’atlar va firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-BO‘LIM
ADVOKATLIK BYuROLARI, HAYATLARI VA FIRMALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Adliya organlari Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan advokaturaning tashkiliy tuzilmalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlar hay’ati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik firmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Advokatlik hay’atlari firmalari va byurolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun davlat tilida bajarilgan quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurosi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror (advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani oluvchi shaxsning arizasi), advokatlik firmasi, hay’atining ta’sis shartnomasi va ustavi tasdiqlanganligi to‘g‘risida ta’sis majlisi bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis shartnomasining tasdiqlangan nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurosi, firmasi yoxud hay’atining muassislari (sheriklar) tomonidan tasdiqlangan ustavi ikki nusxada (ip o‘tkazib bog‘langan va tartib raqami qo‘yilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhr va burchakli shtampning (mavjud advokatlar hay’ati uchun muhr va burchakli shtamp ottiski), emblema yoki gerb bo‘lgan taqdirda ularning ham ikki nusxadagi namunasi eskizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurosi, hay’ati va firmasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligidan dalolat beruvchi bank to‘lov hujjati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tkazish advokatlik byurosi, firmasi, hay’ati joylashgan joydagi tegishli adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurosini ro‘yxatdan o‘tkazishda ta’sis yig‘ilishi va ta’sis shartnomasi bayoni talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi advokatlar hay’ati ularning ustavlari advokatlar hay’ati umumiy yig‘ilishlari tomonidan tasdiqlangandan, barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan keyin, ta’sis yig‘ilishi va ta’sis shartnomasi bayoni bundan istisnodir, tegishli adliya organlarida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar hay’ati ma’lumotlarining hisobga qo‘yilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga tenglashtiriladi, buning tasdig‘i sifatida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holda davlat boji belgilangan miqdorda va tartibda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsa, shuningdek advokatlik byurosi, hay’ati va firmasi qayta tashkil etilsa u qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik va qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun undiriladigan mablag‘lar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Advokatlik byurosi, hay’ati, firmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda muhrlar va shtamplar namunalari eskizlarini, emblema va gerb bo‘lgan taqdirda ularning namunalari eskizlarini tasdiqlash zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan paytdan boshlab 20 ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan bir hafta muddatda ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida tavsiya beriladi, tavsiya bajarmagan taqdirda ariza beruvchiga yozma xulosa beriladi, unda ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishining sababi aniq dalillanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishining sabablari ariza beruvchi tomonidan asossiz deb topilganda yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganda ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari reyestri yuritiladi (1-ilova).
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurolari, firmalari, hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan advokatlik byurosi, advokatlar hay’ati va advokatlik firmasiga quyidagi hujjatlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli adliya organining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori — ikki nusxada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurosi, firmasi, hay’atining ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavi — 1 nusxada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (2-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurosi, hay’ati, firmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni berish haftada kamida ikki marta amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan advokatlik byurosi, advokatlar hay’ati va advokatlik firmasi bankda hisob-kitob schyoti ochilgandan keyin bir hafta muddatda statistika organlarida va o‘zlari joylashgan joy bo‘yicha soliq organlarida belgilangan tartibda hisobda turishga majburdirlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Advokatlik byurosi, hay’atlari va firmalarini tashkil etish, faoliyati, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, tuzilmasi shtatlari, funksiyalari, mablag‘larni taqsimlash tartibi, rahbar organlar vakolati, ularni saylash tartibi va advokatlik byurosi, hay’atlari va firmalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ularning ustavlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar sifatida advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari va advokatlik firmalari tomonidan o‘z ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda adliya organlari advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalariga aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma kiritishga haqlidir. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek ta’sis hujjatlari talablariga rioya etilmagan taqdirda (ustavda nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ advokatlik byurosi, advokatlar hay’atlari va advokatlik firmasidan xo‘jalik sudi orqali eng kam ish haqining 200 baravari miqdorida jarima undirishga haqlidir.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Adliya organlari bunday da’vo bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilganlari taqdirda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar advokatlik byurosi, hay’ati, firmasi ulardan jarima undirilgandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsalar hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan tashqariga chiqsalar, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ular to‘g‘risida xo‘jalik sudiga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Advokatlar hay’ati va advokatlik firmasi yuqori organi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin adliya organiga tegishli hujjat taqdim etiladi, Advokatlar hay’ati va advokatlik firmasini tugatishni ro‘yxatdan o‘tkazish bunday holda ushbu tuzilmalar boshqaruvi yuqori organi majlisi bayoni asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurosini tugatishni ro‘yxatga olish mazkur byuro muassis advokatning arizasi yoxud adliya organi uning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari adliya organlariga statistika hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha va muddatlarda taqdim etadilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-BO‘LIM
ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYANI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya malaka komissiyasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, malaka imtihoni topshirgan fuqarosiga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – adliya organlari) tomonidan beriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar litsenziya talabgori yashaydigan joydagi adliya organlari tomonidan beriladi.
(15-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qaroriga asosan xatboshi qo‘shilgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, litsenziyalanadigan faoliyat turini ko‘rsatgan holda litsenziya berish to‘g‘risida arizani bevosita yoxud pochta aloqa vositasi orqali adliya organiga taqdim etadi. Arizaga malaka komissiyasining qarori ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Litsenziya olishga da’vogarlik qiluvchi shaxsning arizasiga muvofiq u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin adliya organi imtihon topshirilgandan keyin yigirma kuni ichida malaka komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida litsenziya berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza berish muddatlari ariza beruvchi tomonidan uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan, shuningdek tushgan hujjat-qo‘shimcha, shu jumladan, mustaqil ekspertizadan o‘tkazilgan alohida hollarda adliya organi rahbari ushbu muddatni uzaytirishi mumkin, biroq 10 ish kunidan ortiq emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etish huquqiga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori litsenziya talablari va shartlariga muvofiq bo‘lmaganda, shu jumladan belgilangan tartibda uning layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan taqdirda, shuningdek sudlanganligi qaytarib olinmagan yoki olib tashlanmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori adliya organining litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek adliya organining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga 3 kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish adliya organi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa adliya organi ko‘rsatilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya belgilangan shaklda (3-ilova) beriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Beriladigan litsenziyaga ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami beriladi va u mana shu tartib raqami bilan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar Davlat reyestrlariga (4-ilova) kiritiladi. Litsenziya adliya organi (rahbari o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va ushbu organning muhri bilan tasdiqlanadi. Reyestrni saqlash muddati — 75 yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya blanki qat’iy hisobda turadi, egasi yozilmagan qimmatli qog‘oz darajasida himoyalangan bo‘ladi, hisobga olish seriyasiga va uning tartib raqamiga ega bo‘ladi, bunda seriya abbreviaturasi mazkur litsenziya berilayotgan hududga tegishlilikni ko‘rsatadi. Litsenziyalar blanklarini saqlash va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani berishda “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan paytda advokatlar hay’ati a’zosi hisoblangan shaxslar eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji to‘laydilar, birinchi marta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish xohishini bildirgan shaxslar esa eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji to‘laydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziya yo‘qotilgan taqdirda uning dublikati berilishi mumkin, Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning dublikati berilganligi uchun litsenziya berilgani uchun belgilangan davlat boji umumiy miqdorining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda advokat deb ataladi) “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan advokatlik faoliyati turini amalga oshirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ajnabiy fuqarolarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, agar bu to‘g‘ridan to‘g‘ri Qonun bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, boshqa huquqiy yordam ko‘rsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Advokat kasb-kor faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig‘iga ko‘ra ularning manfaatlarining ifodalash va huquqlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlarda, shuningdek ma’muriy huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi organlarda hisobot sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy yordam ko‘rsatish munosabati bilan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalaridan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa zarur hujjatlarni so‘rash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha mijozning roziligi bilan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini so‘rash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘plangan materiallarni sudlarga va unga ishonganning yoki uning himoyasi ostidagining ishini ko‘rib chiquvchi davlat organlariga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarga iltimosnoma va shikoyat qilish hamda ulardan sababi asoslangan yozma javoblar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Advokat o‘zining kasb-kor faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi, unga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qonunda nazarda tutilgan vositalar va usullardan foydalanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25.Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Mijozning advokatga yordam so‘rab murojaat qilishi faktining o‘zi, mijoz yordam so‘rab murojaat qilgan masalalar, mijoz advokatdan maslahatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning mijoz bilan suhbati mazmuniga tegishli bo‘lib qolgan barcha ma’lumotlar advokatlik siri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Advokatlarning kasb-kor huquqlari, sha’ni va qadr-qiymati qonun tomonidan qo‘riqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokat o‘z kasb-kor vazifalarini bajarayotganda unga ko‘rsatishning istalgan shakllariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Advokatlar mehnatiga haq to‘lash mijoz bilan advokat o‘rtasida erkin tuziladigan kelishuv (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari litsenziya beruvchi organlar sifatida advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, shu jumladan advokatlik faoliyatini belgilovchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek advokatlarning kasb tayyorgarligini nazorat qiladilar.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokat “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etmagan, advokatlik faoliyatini amalga oshirishdan bosh tortgan, shuningdek 6 oydan ortiq vaqt davomida litsenziyada nazarda tutilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanmagan taqdirda adliya organi malaka komissiyasiga unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etishi uchun taqdimnoma kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Advokatlik faoliyatini bundan keyin amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning xususiyatiga bog‘liq ravishda adliya organlari litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki to‘xtatib turish yoxud bekor qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holat mavjud bo‘lgan davrda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi taqiqlanishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda adliya organi qaroriga ko‘ra to‘xtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u aybdor sifatida javobgarlikka tortilgan paytdan boshlab va sudning hukmi qonuniy kuchga kirguncha qadar yoxud oqlovchi asoslarga ko‘ra uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingungacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat tomonidan uning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etishni talab etuvchi adliya organining qarori bajarilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan advokatning qonun hujjatlarini, advokatlik etikasi qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham to‘xtatib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organi litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Ko‘rsatilgan muddat 6 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak, advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilganda adliya organi ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdig‘i olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishi mazkur Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan holatlar boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda, biroq ilgari qabul qilingan topshiriq bajarilgandan keyin, agar mijoz o‘z so‘zida turib olsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda huquqiy layoqati cheklangan yoki advokat huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organi belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan litsenziya talablari va shartlari advokat tomonidan muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham to‘xtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga ko‘ra ham to‘xtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyaning bekor qilinishi mazkur bandda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha litsenziyaning haqiqiy emasligi e’lon qilinishi bilan bog‘liq bo‘lganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organi tomonidan litsenziya quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatning arizaga ko‘ra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda litsenziya olish holati aniqlangan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya sudning qaroriga ko‘ra ham bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning bekor qilish to‘g‘risidagi qaror, qaror berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning kasbiy faoliyatini bajarishda uning harakatlari noqonuniyligini e’tirof etmaydi”.
(30—34-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Adliya organlari litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi, to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda bu haqda advokatni xabardor qiladilar.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda advokat litsenziya bekor qilinganligi to‘g‘risida adliya organining qarori haqida o‘z mijozlarini darhol xabardor qilishi va 10 kun mobaynida litsenziyani uni bergan organga qaytarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi, to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorga adliya organi rahbari (rahbarning o‘rinbosari) imzo chekadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi, to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror ustidan bunday qaror olingan paytdan boshlab bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi axborot adliya organi tomonidan litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan shaxslarning ko‘rib chiqilayotgan ishlarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sud-tergov organlariga ma’lumot uchun yuboriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Adliya organlari yilning har choragida berilgan, bekor qilingan va amal qilishi to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi barcha litsenziyalarning yig‘ma reyestrini yuritadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
______________________________________________________________ hududidagi advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REESTRI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yozuv raqami va reyestrga kiritilgan sana‎

Advokatlik tuzilmasining nomi‎

Yuridik manzili‎

Tugatilganlik to‘g‘risidagi ma’lumot‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI

‎‎Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida

‎‎GUVOHNOMA

‎‎Mazkur guvohnoma _______________________________________________________________da

‎‎(adliya organining nomi)‎‎ ‎‎‎

ro‘yxatdan o‘tkazilgan _____________________________________________________________ga

‎‎(advokatlik tuzilmasining nomi)

berildi. ‎
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan �ana:‎

199 yil “___ ” _____________________ ‎‎

Reyestr №______________‎
M. O‘.‎

imzo‎

(F. I.O.) ‎
(adliya organi rahbari) ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Gerbi ‎‎

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI

‎‎Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi


‎‎‎LITSENZIYA

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan mazkur litsenziya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, agar bu qonun bilan bevosita taqiqlanmagan bo‘lsa, har qanday yuridik yordam ko‘rsatish huquqini beradi. ‎‎

Mazkur litsenziya O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.‎
Litsenziyani bergan adliya organi‎‎_________________________________________
Litsenziya Davlat reyestrida ______raqami bilan qayd etilgan.‎

Seriya GZ № 000102‎

M.O‘.‎ 199 y. “__”_____________‎
(Litsenziya bergan organning rahbari)‎ imzo‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_________________________________ hududida berilgan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT REESTRI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Berilgan litsenziyaning ro‘yxatdan o‘tish raqami‎

Litsenziya olgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi‎

‎Litsenziya olgan fuqaroning turar joyi

Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi, to‘xtatilganligi yoki uning bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Berilgan litsenziyaning seriyasi‎ va raqami

1‎

2‎

3‎

4‎

‎5

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 485-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 206-modda)