Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON MONTAJ VA MAXSUS QURILISh IShLARI (“OʻZMONTAJMAXSUSQURILISh”) UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 400-sonli “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“Oʻzmontajmaxsusqurilish”) uyushmasini tashkil etish” toʻgʻrisidagi Farmonga muvofiq va tarmoqning montaj va maxsus qurilish, sozlash, loyiha-texnologiya tashkilotlari, sanoat korxonalarining bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida samarali faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi trestlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin va bunda ular oʻz xoʻjalik mustaqilliklari va yuridik shaxs huquqini saqlab qolishlari nazarda tutilsin.
2. Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi bir oy muddat ichida:
uyushmani taʼsis etish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni tugallasin;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun uyushma Ustavi loyihasini kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi apparat tuzilmasini, xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondini Ustavga muvofiq mustaqil belgilaydi. Uyushmaga 4 nafar rais oʻrinbosariga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻlish tavsiya etilsin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Ustavda belgilangan tartibda saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. Uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari jamoalar tomonidan saylanadi va uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari tegishli rahbar xodimlari uchun belgilangan moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari joriy etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va tugatilgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi tomonidan ijara korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmining tajriba ishlanmasi boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan birgalikda 1992-yil-1993-yilning I-choragida “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqidagi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarori talablariga muvofiq keyinchalik mulk qilib sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzgan ijara korxonalarini jamoa mulki qilib sotib olish tadbirlarini amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Aloqa vazirligi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi uchun ilgari belgilangan transport vositalaridan, telefon, aloqa turlaridan foydalanish limitlarini saqlab qolsinlar.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarini rivojlantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalarini oʻz vaqtida hal etishga yordam koʻrsatsinlar.
7. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 25-uyga joylashishi belgilansin.
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Montaj va maxsus qurilish ishlari ministrligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1971-yil 29-iyundagi 347-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-noyabr,
513-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 6-noyabrdagi 513-son qaroriga
ILOVA
1992-yil 6-noyabrdagi 513-son qaroriga
ILOVA
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning
ROʻYXATI
ROʻYXATI
93-ijara maxsus tresti, Toshkent shahri
“Oʻzsantexgazmontaj” ijara tresti, Toshkent shahri
“Oʻzpromventilatsiya” ijara tresti, Toshkent shahri
“Sredazteplomontaj” ijara tresti, Toshkent shahri
“Fergananeftteximmontaj” ijara tresti, Fargʻona shahri
“Oʻzbekliftmontaj” ijara maxsus montaj boshqarmasi, Toshkent shahri
Ijara avtobazasi, Toshkent shahri
“Oʻzmontajproyekt” ijaradagi loyiha-texnologiya instituti, Toshkent shahri
“Oʻzmontajpromsnabkomplekt” Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish-tijorat markazi, Toshkent shahri
Oʻquv markazi, Toshkent shahri
Markaziy normativ-tadqiqot stansiyasi, Toshkent shahri
Xoʻjalik hisobidagi “Kontrakt” aholiga maishiy xizmat koʻrsatish firmasi, Toshkent shahri
Toʻytepa metall konstruksiyalari zavodi, Toshkent viloyati, Yangi hayot shaharchasi
“Oʻzmontajavtomatika” Fargʻona boshqarmasi, Fargʻona shahri
“Neftezavodmontaj” trestining Fargʻona 2-montaj boshqarmasi, Fargʻona shahri
“Uzelektromontaj” birlashmasi quyidagi tarkibda:
sobiq “Uzelektromontaj” tresti tashkilotlari
Toshkent yengil metall konstruksiyalari eksperimental zavodi, Toshkent shahri
“Uzbekvzriaprom” ijara korxonasi, Toshkent shahri
“Promsvyazmongaj” Oʻzbekiston boshqarmasi, Toshkent shahri
“Uzmontajavtomatika” Toshkent boshqarmasi, Toshkent shahri
“SredazspetsMU” Oʻrta Osiyo ixtisoslashtirilgan montaj-sozlash boshqarmasi, Toshkent shahri