Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 23.09.1992 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAHALLIY SANOAT, AHOLIGA MAISHIY XIZMAT KOʻRSATISH, DAVLAT SAVDOSI HAMDA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARI VA TASHKILOTLARINI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va bozor munosabatlarini keng joriy qilish, tashabbus va tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat tasarrufidan chiqarish va mulkchilikning jamoa hamda xususiy shakllarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, Oʻzbekiston davlat aksionerlik “Savdo” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublika aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uyushmasining mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy sanoat, maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish davlat korxonalarini 1992 — 1993-yillarda mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 1—3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1—3-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishda, koʻrsatilgan tarmoqlarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olinib, quyidagi qonun-qoidalarga amal qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy adolatni, har bir xodim va butun mehnat jamoasi manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtiriladigan korxonalar (tashkilotlar)ning tashkiliy-huquqiy shakllarini mehnat jamoasi tomonidan mustaqil ravishda belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoalarining talabnomalariga koʻra quyi tuzilma boʻgʻinlarni, ularning tayyorligini hisobga olgan holda, mulkchilikning boshqa shakllariga birinchi navbatda aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur korxonadan pensiyaga chiqqan mehnat faxriylariga, shuningdek, ushbu korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasi aʼzolariga imtiyozli shartlarda va pulini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan aksiyalarni, mulkni sotib olish imkoniyatini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning oʻz balanslarida boʻlgan ijtimoiy infrastruktura va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini mehnat jamoalarining oʻz mulki qilib bepul berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi tugallanmagan obyektlarni va davlat korxonalari (tashkilotlari)ni, ularning tarkibiy boʻlinmalarini asosan kimoshdi savdosi orqali va tanlovlar boʻyicha shaxsiy mulk qilib sotishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining toʻliq oshkoraligini, ulardan tarmoq xodimlarining mufassal xabardorligini hamda ularning korxonalar jamoalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, uning hududiy boshqarmalari “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududlardagi mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishni, ularga amaliy yordam koʻrsatishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, 5 mln. soʻm va undan ortiq ustav fondi boʻlgan korxonalarni mulkchilikning boshqa shakllariga, aylantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, 5 mln. soʻmdan kam boʻlganda esa — uning hududiy boshqarmalarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Davlat mulkini va aksiyalarni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish, sotish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida toʻplangan tajribani hisobga olib 4 va 5-bandlarda koʻrsatilgan puxta ishlangan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash uchun 1993-yilning I choragida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yilning 1-aprelida oʻtkazilgan asosiy fondlarni baholashni hisobga olib davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan obyektlarning dastlabki narxlarini belgilash boʻyicha tarmoq meʼyoriy va uslubiy tavsiyanomalarni bir oy muddat ichida ishlab chiqsin va ularni vazirliklar, idoralarga, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalariga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan huquqqa muvofiq aksionerlik jamiyatlari, boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarning taʼsischisi huquqi bilan chiqsin va davlat korxonalari va tashkilotlarini qayta oʻzgartirish tugallangach davlat mulkida qolgan aksiyalar (paylar, ulushlar)ni saqlash va boshqarish huquqi bilan “Oʻzdavjamgʻarma”ga bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy sanoat, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (tashkilotlari) 10-ilovaga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-sentabrdagi 462-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fayz” ishlab chiqarish birlashmasi, “Polimer” ishlab chiqarish birlashmasi, Uychi pillakashlik ishlab chiqarish birlashmasi va Ulugʻbek nomidagi Samarqand plastmassa buyumlari zavodini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meʼyorlashtirilgan tovarlar, non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (uning hududiy organlari), “Oʻzbeksavdo” uyushmasi (uning hududiy savdo-sanoat konsernlari) bilan yangi xususiy mulk egasi oʻrtasida tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisida bitimlar tuzilgan taqdirda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy taʼlim maktablariga, internatlarga, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga, hunar-texnika bilim yurtlariga, zavod va fabrikalar jamoalariga xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish xizmat koʻrsatilayotgan jamoalarning manfaatlarini hisobga oladigan tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisida tuzilgan bitim asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi 15 kun muddat ichida, “Oʻzmaishiyxizmat”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari — bir oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga 1992 — 1993-yillarda — birinchi bosqichda davlat tasarrufidan chiqarilishi yoki xususiylashtirilishi moʻljallanayotgan korxona (tashkilot)larning obyektlar boʻyicha roʻyxatini mehnat jamoalari tomonidan tanlangan qayta oʻzgartirishning tashkiliy-huquqiy shakllarini koʻrsatgan holda taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmalari ishtirokida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda tomonlarning oʻzaro majburiyatlari toʻgʻrisida arizachilar bilan bitimlar tayyorlasin va tuzsin, ularda davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida muayyan davr uchun qayta oʻzgartirilgan korxonaning yoʻnalishini, tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish, mahsulotlar yetkazib berish, ishlar, xizmatlarni bajarish hajmlarini saqlab qolish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzshartnomasavdo” respublika aholisi va xalq xoʻjaligi ehtiyojlari asosida davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalar oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan bitimlarga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida mahsulotlar yetkazib berish, ishlar, xizmatlarni bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzboshengiltaʼminotsotish”, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi bitimlarni imzolagan korxonalarga moddiy-texnika resurslarining zarur limitlarini ajratishni hamda davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish uchun oʻz vaqtida shartnomalar tuzishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz tarkiblariga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar mehnat jamoalarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining iqtisodiy va ijtimoiy mohiyati toʻgʻrisida, davlat korxonalarini qayta oʻzgartirishning turli tashkiliy-huquqiy shakllarining oʻziga xos xususiyatlari, mehnat jamoalarining huquqlari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralari haqida va xususiylashtirish bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar va ularning boʻlinmalari mehnat jamoalarining davlat tasarrufidan chiqarishni amalga oshirishda mavjud xoʻjalik tuzilmalariga kirish yoki chiqish va yangi tashkil etilganlariga kirish toʻgʻrisida mustaqil qaror qabul qilish huquqini kafolatlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir zarur tayyorgarlik hujjatlarini ishlab chiqishni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmalari bilan birgalikda boʻshab qolgan xodimlarni qayta tayyorlash, ishga joylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash haqida”gi Qonuniga muvofiq ularning boshqa huquqlarini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzmaishiyxizmat”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari mahalliy sanoat va kommunal-maishiy xizmat korxonalari, davlat savdosi, umumiy ovqatlanish va matlubot kooperatsiyasi xodimlarining kasaba uyushmalari Markaziy Qoʻmitasi ishtirokida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davrida korxona maʼmuriyatining ilgari tuzilgan jamoa shartnomalarining barcha qoidalariga albatta rioya qilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tuzilgan korxona (tashkilot) davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab uch oy mobaynida yangi jamoa shartnomalari tuzishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlarda band boʻlgan yollanma xodimlar ijtimoiy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat mulki fondi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmalariga davlatga tegishli ulushlar (paylar, aksiyalar)ga muvofiq aksionerlik jamiyatlari, boshqa jamiyatlar va shirkatlar faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini berishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilishi yoki xususiylashtirilishi kerak boʻlgan korxonalar (tashkilotlar)ning kreditor qarzlarini uzish mexanizmi masalasini 15 kun muddat ichida ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 19-noyabrdagi 426-XII-son qaroriga muvofiq davlat tasarrufidan chiqariladigan yoki xususiylashtiriladigan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda tashkilotlarining mulklarini sotib olishda yuridik va jismoniy shaxslarga qarz berishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Ushbu qarorning qanday amalga oshirilayotganligi 1993-yilning yanvar oyida, undan keyin esa yilning har choragida bir marta koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 23-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
443-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga
10-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KORXONALARINING ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fonon” Toshkent ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent oqova suvlarni biologik tozalaydigan eksperimental stansiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaliy sanʼat muzeyi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Savdo” Oʻzbekiston Davlat-aksionerlik uyushmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmos” Respublika ulgurji-chakana savdo birlashmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taom tayyorlash texnologiyasi va umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti Respublika laboratoriyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston isteʼmol bozori va marketing ilmiy-tadqiqot instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hunar-texnika bilim yurti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka oshirish instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat zaxiralarini doimiy joylashtirib borishni taʼminlovchi sovuqxonalar, ombor xoʻjaligi obyektlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-sentabrdagi 462-sonli qarori bilan chiqarilgan)