28.10.2020 yildagi 663-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4165-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 28-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
663-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-oktabrdagi 663-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq atom energiyasidan foydalanish sohasida quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish hamda ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boshqa yuridik shaxslarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ) tomonidan litsenziyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Litsenziya faqat yuridik shaxslarga belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan asosiy shartlardan tashqari quyidagi talablar va shartlar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yongʻin xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish toʻgʻrisida hamda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun tegishli maydonchadan foydalanishga doir ruxsatnomani mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etishning texnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasining tegishli ijobiy xulosalari olinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining birinchi rahbarida atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish shartnomasining buyurtmachisi funksiyalarini bajarishi jarayonida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar hodimlarining litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini va ushbu hodimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha, konstruksiya va texnologik hujjatlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini taʼminlash tizimlari yoʻlga qoʻyilganligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini barpo etish majmuasida ruxsatsiz kirishdan himoya qilishni taʼminlash tizimlarining mavjudligi hamda mazkur tizimlarning normal funksiyasi yoʻlga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini xavfsiz tugatish sharoitlarini taʼminlash qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti qurilish maydonchasini tadqiq etish natijalarini monitoring qilish tizimini va ushbu obyektlarni loyihalashtirish, qurishda zarur xavfsizlikni taʼminlash talablaridan kelib chiqqan holda, uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish, oʻrnatish va ishga tushirishda monitoring natijalarini tatbiq etishni hisobga olish tizimi joriy etilganligini va buning uchun zarur boʻlgan material-texnik vositalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini barpo etish shartnomasi boʻyicha buyurtmachi oʻz funksiyalarini bajarishi uchun zarur moddiy-texnik bazaga ega ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining fuqarolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilish boʻyicha tegishli sugʻurta polisining mavjudligi;

b) yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktidan foydalanish, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilishi sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlaridan foydalanish, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilishi sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yongʻin xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan litsenziya talabgori (yuridik shaxs) toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktiga mulk huquqi va (yoki) boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining birinchi rahbarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma va shu bilan bir qatorda atom elektr stansiyasining birinchi rahbarida atom elektr stansiyasida rahbarlik lavozimida kamida 7 yil, shu jumladan kamida 2 yil atom elektr stansiyasining bosh muhandisi yoki uning oʻrinbosari lavozimida ish stajiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining bosh muhandisida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma va shu bilan bir qatorda atom elektr stansiyasi bosh muhandisida atom elektr stansiyasida rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil, shu jumladan kamida 2 yil atom elektr stansiyasining bosh muhandisi lavozimida yoki uning oʻrinbosari, atom elektr stansiyasida asosiy texnologik boʻlinma rahbari (rahbar oʻrinbosari) lavozimida ish stajiga, shuningdek, rahbar hodimlarda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori ishchi xodimlarining litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik taʼminlanganligini asoslovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidaga norma va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini taʼminlash tizimlari yoʻlga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va (yoki) radioaktiv chiqindilarni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi belgilangan norma va qoidalarga muvofiq saqlash sharoitining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq ishlab chiqilgan avariyaga oid ichki rejaning va mazkur reja litsenziya talabgori tomonidan bajarishiga shayligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq jisman himoya qilinishini taʼminlash tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlarida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha belgilangan muddatdan besh yil oldin mazkur obyektlarni xavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha konsepsiyaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlari (tegishli qismlari) boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yongʻin xavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy xulosalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomaning (sanitar pasportning) mavjudligi;

litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti maydonchasini tadqiq etish natijalarini monitoring qilish tizimini va ushbu obyektlarni loyihalashtirish, qurishda zarur xavfsizlikni taʼminlash talablaridan kelib chiqqan holda, uskunalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, oʻrnatish va ishga tushirishda monitoring natijalarini tatbiq etishni hisobga olish tizimi joriy etilganligi va buning uchun zarur boʻlgan material-texnik vositalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti maydonchasining zarur parametrlarini monitoring qilish tizimining va monitoring natijalarini mazkur obyektlardan foydalanishda hisobga olish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy, radiatsiyaviy, ekologik xavfsizlik, sanoat, yongʻin, sanitariya, axborot xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sohalarida qonun hujjatlari boʻyicha ishlab chiqilgan va litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayonlarni boshqaruvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga zarur boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik xavfsizlik, sanoat, yongʻin va axborot xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, jisman himoya qilish xizmatlarining mavjudligi;

ish joylarida, binolarda, ishlab chiqarish maydonlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida, shunindek, radioaktiv chiqindilarni chiqarishda va tashlashda hamda saqlash joylarida radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlarida xizmat koʻrsatuvchi hodimlarda tibbiy jihatdan qarshi koʻrsatmalarning mavjud emasligi, shu bilan birga, tegishli xodimlar psixiatriya va norkologiya ekspertizasidan ijobiy oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayonlarni boshqaruvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi hodimlarni smenadan oldin nazorat qilishni amalga oshiruvchi tibbiy xizmatning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punkti xodimlarini yillik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning qoʻyilmasligini taʼminlovchi litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan tartibning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan, tashlanadigan va chiqariladigan joylarning atrof — muhitga taʼsirini nazorat qiluvchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik-tahlil laboratoriyasining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining rahbarlari, xodimlari va mutaxassislarini attestatsiya qilish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining fuqarolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilish boʻyicha tegishli sugʻurta polisining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining xodimlarining olgan individual nurlanish dozalarining nazorati va hisobga olish tizimining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Atom energiyasidan foydalanish sohasida boshqa yuridik shaxslarga belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda quyidagi talablar va shartlar qoʻyiladi (atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasi bundan mustasno):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, normalar va qoidalarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yongʻin xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining birinchi rahbari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida kamida 3 yil ish stajiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori ishchi xodimlarining belgilangan malaka talablariga muvofiqligini va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalarga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-texnologik hujjatlarini ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini taʼminlash tizimlarining yoʻlga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik xavfsizlikya, sanoat, yongʻin va axborot xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sohalarida qonun hujjatlari boʻyicha ishlab chiqilgan va litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar tomonidan ishlarni bexatar olib borish yuzasidan litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining fuqarolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilish boʻyicha tegishli sugʻurta polisining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha rahbar, xodimlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash, radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash faoliyatini litsenziyalashga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablar va shartlar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv chiqindilar bilan ishlash jarayonlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash jarayonlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yongʻin xavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy xulosalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik xavfsizlik, sanoat, yongʻin va axborot xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, jisman himoya qilish xizmatlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomaning (sanitar pasportning) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik sohasida litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv chiqindilarni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq foydalanishga topshirilgan jismoniy ximoya qilish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joylarida, binolarda, ishlab chiqarish maydonlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida, shunindek, radioaktiv chiqindilarni chiqarishda va tashlashda hamda saqlash joylarida radiatsiyaviy vaziyatning ishlab chiqarish nazoratining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarda tibbiy jihatdan qarshi koʻrsatmalarning mavjud emasligi, shu bilan birga, tegishli xodimlar psixiatriya va norkologiya ekspertizasidan ijobiy oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni smenadan oldin nazorat qilishni amalga oshiruvchi tibbiy xizmatining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni yillik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning qoʻyilmasligini taʼminlovchi litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan tartibning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosil boʻlgan yoki vaqtincha saqlanadigan radioaktiv chiqindilarni koʻmib tashlashga topshirish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish jarayonida xosil boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalaniladigan obyektda yadroviy va radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan, tashlanadigan va chiqariladigan joylarning atrof — muhitga taʼsirini nazorat qiluvchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik-tahlil laboratoriyasining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarining olgan individual nurlanish dozalarining nazorati va xisobga olish tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning shaxsiy ximoya vositalar bilan taʼminlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning ish joylaridagi radiatsiya holati va ular olgan nurlanishning individual dozalari toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilish tizimining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida quyidagi talab va shartlar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yongʻin xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini saqlab turish maqsadida kadrlarni nazariy va maxsus bilim olishlari uchun tegishli auditoriyalar va sinfxonalarida oʻquv-moddiy bazaga ega taktik-oʻquv boʻlinmasining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy oʻquv texnik vositalar, analitik va oʻquv-trenajor tizimi, shuningdek, oʻquv stendlari bilan jihozlangan oʻquv xonalari, yadro qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni oʻqitish va ularning biliminini tekshirish uchun interaktiv va avtomatlashtirilgan funksiyaga ega tizimning, multimediya axborot tizimining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini saqlab turish boʻyicha “Xavfsizlik madaniyati” oʻquv kursining yoʻlga qoʻyilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv-metodik dasturlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitish dasturlarini (amaliy mashgʻulot, texnologok murakkab vaziyatlar tahlili va boshqalar) amalga oshirish uchun atom energiyasidan foydalanish obyektlarida tajribaga ega psixologik-pedagogik tayyorgarlikdan oʻtgan pedagogik tarkibning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan va litsenziyalovchi organga taqdim etiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch nusxada qogʻoz shaklida atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning (ishning) xavfsizligini asoslash yuzasidan hujjatlar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir nusxada ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi litsenziyalanadigan har bir faoliyat (ish) turi boʻyicha uning xavfsizligini asoslash yuzasidan taqdim etiladigan hujjatlar toʻplamining tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Litsenziya talabgori ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot boʻlgan taqdirda, mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar taqdim qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda oʻz kuchi bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda, yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish va yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarish, shuningdek, yadroviy material va radioaktiv moddalar muomalasini amalga oshirishga masʼul etib tayinlangani toʻgʻrisidagi tegishli qaror nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida mulk huquqi va yoki boshqa qonuniy asoslarda yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar, radiatsiyaviy manba, saqlash punktlari, radiaktiv modda va radiaktiv chiqindilar mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlari (tegishli qismlari) boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yongʻin xavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy xulosalarning nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish jarayonida yadroviy qurilmala va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish toʻgʻrisidagi va yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash (alohida hollarda — ushbu obyektlarni muddatdan oldin foydalanishdan chiqarish) toʻgʻrisidagi qarorlar boʻyicha maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida radiatsiyaviy taʼsir tufayli yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash uchun oʻz moliyaviy mablagʻlaridan va (yoki) sugʻurta polisidan (shartnomasidan) iborat boʻlgan moliyaviy taʼminotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosil boʻlgan yoki vaqtincha saqlanayotgan radioaktiv chiqindilarni (litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan) koʻmib tashlash imkoniyati mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasi va boshqa obyektlar uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar bilan belgilangan atom energiyasidan foydalanish obyektining yongʻinga qarshi himoyasining mavjudligi toʻgʻrisidagi hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma, radiatsiaviy manbalar yoki saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarishni moliyalashtirish manbalari, shu bilan birga, yadroviy qurilma, radiatsiaviy manbalar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining xavfsizligini asoslash va tasdiqlash maqsadida ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun zarur molyaviy manbaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziyalash jarayonida boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda oʻzaro axborot alamashish orqali, shu jumladan elektron shaklda mustaqil oladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi (litsenziyalash yoki litsenziya shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilingan hujjatlarga havola qilingan hujjatlar, agar bunday hujjatlardan umumiy tartibda foydalanish cheklangan va ilgari litsenziyalovchi organga taqdim etilmagan holatlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Litsenziya talabgori ishonchli boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgani uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilgani uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Litsenziyalash mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni litsenziya talabgorining arizasini olgan kundan boshlab, oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkillashtirish va oʻtkazish muddatlari bundan mustasno) qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalar tayyorlash maqsadida litsenziya berish yoki berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun boshqa ekspertlarni ham jalb etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya olish uchun taqdim hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida quyidagilar baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaviy, konstruktorlik va texnologik yechimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga, shuningdek, faoliyatni amalga oshirishda radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz muomala qilish sharoitlarining belgilangan talablarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat turini (ishni) amalga oshirishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha texnik va tashkiliy chora-tadbirlarning toʻliqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalarni jisman muhofaza qilish, nurlanish manbai, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni saqlash, hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etish sharoitlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga muvofiqligi, avariya yuz bergan hollarda, atom energiyasidan foydalanish obyekti ishchilari va aholini himoya qilish boʻyicha tadbirlar rejalari va tadbirlarni bajarishga shayligi, shuningdek, sifatni taʼminlash tizimi va zarur muhandislik-texnik taʼminot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining amalga oshiriladigan faoliyat (ishlar) turining xavfsizligi, atom energiyasidan foydalanish obyektining va bajarilayotgan ishlarning xavfsizligini taʼminlashga layoqatliligi, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlar sifatining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga javob berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektida yadroviy va radiatsiyaviy avariya yuz bergan taqdirda, favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarining mavjudligi va shayligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini tugatish va atom energiyasidan foydalanish obyektini foydalanishdan xavfsiz chiqarish boʻyicha sharoitlarni taʼminlashga layoqatliligi, shuningdek, tegishli loyiha hujjatlarining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Litsenziyalovchi organ hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish jarayonida unda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibiga muvofiq ekspertizadan oʻtkazishni, shuningdek, joyiga chiqqan holda litsenziya talabgori tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirayotgan litsenziya faoliyat turi uchun sharoitlarni baholashni (tekshirishni) tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish tartibida nazarda tutilgan texnik topshiriqda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur texnik topshiriq litsenziyalovchi organning Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik topshiriqda, shuningdek, litsenziya talabgorining baholash (tekshirish) dasturida (oʻtkazilgan taqdirda) mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan masalalar aniqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya olish uchun taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari litsenziya talabgori murojatnomasida koʻrsatilgan muddatlarga qadar toʻxtatilib turilishi yoki litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish toʻgʻrisida ariza qaytarib olgan taqdirda tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organning Hayʼati tomonidan litsenziya talabgori taqdim qilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini baholash (tekshirish) natijalari, shuningdek, xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasi asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlangan kundan boshlab oʻn kun mobaynida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi litsenziyalovchi organ tomonidan atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligi taʼminlanganligi va xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasiga muvofiq, litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish mumkin boʻlgan taqdirda yakunlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlanganligi sanasi litsenziyalovchi organ tomonidan yozma ravishda xavfsizlikni asoslash ekspertizasi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sana xisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida tegishli qaror qabul qilingandan soʻng bir kun davomida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobraqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziya egasi oʻrtasida tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomani imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya beriladigan faoliyat turining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasiga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning litsenziya shartnomasi talablari va shartlarini buzganlik uchun javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasining litsenziya talablarini bajarishi boʻyicha litsenziyalovchi organ tomonidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziya egasi va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziya talablari va shartlariga atom energiyasidan foydalanish obyektining va amalga oshiriladigan ishlarning xavfsizligini taʼminlash uchun rioya etilishi zarur boʻlgan qoidalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talablari va shartlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan oʻtkazilgan ekspertiza (xavfsizlikni asoslash ekspertizasi) natijalaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) obyektda amalga oshiriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turi yoki mazkur obyektga nisbatan oʻtkazilgan ekspertiza (xavfsizlikni asoslash ekspertizasi) natijasida aniqlangan xavfsizlik defitsitini kompensatsiya qilish boʻyicha litsenziya talabgori (litsenziya egasi) tomonidan taklif qilingan tashkiliy-texnik choralardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyekti elementlarining joriy texnik xolatidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan va oldin maʼlum boʻlmagan holatlar aniqlanganda yoki atom energiyasidan foydalanish sohasida yangi norma va qoidalar amalga kiritilganda, litsenziyalovchi organ litsenziya egasidan atom enregiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turini amalga oshirish xavfsizligini asoslovchi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga va litsenziya talablari va shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talablari va shartlariga koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra bunday oʻzgartirishlar litsenziya egasining arizasiga binoan ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziya egasi litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish uchun litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartirishlar aks ettirilgan litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartirishlar kiritilishi rejalashtirilayotganligi sababli yadroviy qurilma, saqlash punkti va (yoki) litseniyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligi taʼminlanishini asoslovchi hujjatlar toʻplami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar toʻplami mazkur Nizomning 8-bandi talablari inobatga olingan holda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 16 va 17-bandlarida keltirilgan tartibga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish yoki unga oʻzgartirish kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomning 17, 18, 22 va 27-bandlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Litsenziya talablari va shartlarini oʻzgartirish, litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun davomida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya egasi atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turi xavfsizligiga taalluqli boʻlgan yangi maʼlumotlar yoki litsenziya olish bosqichida taqdim qilingan maʼlumotlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida yangi maʼlumotlar olingan yoxud mavjud maʼlumotlar oʻzgargan kundan boshlab oʻn besh ish kuni davomida litsenziyalovchi organni xabardor qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar masʼul shaxs tomonidan rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar litsenziya talabgori litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab, litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni uch oy mobaynida taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziya berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) litsenziya talabgorining hujjatlarni tegishli ravishda rasmiylashtirmay taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasida atom energiyasidan foydalanish obyektining va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligi taʼminlanmaganligi va (yoki) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan va atom energiyasidan foydalanish obyektining va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligini asoslovchi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, atom enregiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalariga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosalar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari quyidagilarni koʻrsatganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektining, uning elementlari va tizimlarining haqiqiy holati atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga muvofiq emasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini atom energiyasidan foydalanish obyekti va amalga oshirilayotgan ishlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha belgilangan talablarga rioya etgan holda amalga oshirish uchun imkoniyat yoʻqligini tasdiqlovchi holatlar aniqlanganligini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak (oʻn kundan kam boʻlmagan muddat belgilanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish muddatlari bundan mustasno) qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda litsenziyalovchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va tegishli qaror boʻyicha bayonnomani tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda, ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziat qayta tashkil etilib, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn besh ish kuni davomida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkaziladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Litsenziyalovchi organ litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, uning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litseniatning yadroviy qurilmalar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan oʻz majburiyatlarini bajarayotganligini kafolatlash maqsadida litsenziat tomonidan jalb qilingan pudratchi tashkilotlarni nazorat qilishi samaradorligini oʻrganish (tanishish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni yuklaydigan qaror chiqarish, bunday kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Litsenziya shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, litsenziyani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini quyidagilar asosida toʻxtatib turadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish sohasida amalga oshirilgan davlat nazorati doirasida oʻtkazilgan tekshirish jarayonida litsenziya egasi litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol tarzda buzganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasi tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktidan foydalanish boshlanganidan keyin oʻn yil oʻtgach, ularning xavfsizligini davriy baholash natijalari taqdim qilinmaganda yoki oʻz vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholash natijalari litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining, yadroviy qurilma, saqlash punktining va (yoki) amalga oshirilayotgan ishlarning xavfsizligi taʼminlanmaganligi va hujjatlar bilan asoslanmaganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasi litsenziyalovchi organning aniqlagan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotni yadroviy qurilma yoki saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga va oʻz kuchi bilan yoki boshqa tashkilotlar ishtirokida yadroviy qurilmani yoki saqlash punktini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ekspluatatsiya qilish va ekspluatatsiyadan chiqarish, shuningdek, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar bilan muomalada boʻlish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga yaroqli deb tan olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatning amal qilishi toʻxtatilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol buzishga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noxush hodisaga, yadroviy yoki radiatsiyaviy avariyaga, inson salomatligiga va atrof-muhitga bevosita xavf solishga olib keladigan oʻrnatilgan texnologik reglamentlar, texnologik jarayonlar, yoʻriqnomalar va dasturlarni buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifati, kelib chiqishi va resurs xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks etgan nazorat, sinov natijalarini va boshqa hujjatlarni qalbakilashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlikni asoslashda belgilangan yadroviy qurilmani, radiatsiyaviy manbani, saqlash punktini xavfsiz ekspluatatsiya qilishning cheklovlari va shartlarini buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasining atom enregiyasidan foydalanish obyektining xavfsizligi holatining oʻzgarganligi toʻgʻrisida notoʻgʻri, toʻliq boʻlmagan yoki noaniq maʼlumotlarni taqdim etishi, bunday maʼlumotlarni taqdim etmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etmasligi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektini xavfsiz ekspluatatsiya qilishning cheklovlari va shartlari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yashirish yoki oqibatidan qatʼiy nazar bunday buzilishlar toʻgʻrisida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni oʻz vaqtida xabardor qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan loyihaga tegishli oʻzgartirishlar kiritmasdan va kiritilgan oʻzgarishlar natijalarini litsenziyalovchi organ xavfsizligini baholamasdan atom energiyasidan foydalanish obyektini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va (yoki) buzilishlar oqibatidan qatʼiy nazar atom enregiyasidan foydalanish obyektini rekonstrkutsiya, modernizatsiya qilishda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlari uskunalarini va tizimlarini davriy ekspluatatsiya nazoratining belgilangan muddatlarini va hajmini asossiz oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektini ekspluatatsiya qilish jarayonida resursini oʻtab boʻlgan uskunalarni oʻz vaqtida almashtirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektining ishchilarini tanlash, tayyorlash, mustaqil ishga qabul qilish va xodimlarning malakasini taʼminlash boʻyicha belgilangan tartibini buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organga litsenziya egasining har qanday qayta tashkil etilishi, joylashgan joyi yoki nomi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Agar litsenziya egasi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan holatlarni bartaraf etsa, litsenziyalovchi organ yoki litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud ushbu holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Litsenziya egasini tekshirish natijasida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklarni litsenziya egasi bartaraf eta olmasligi litsenziyani bekor qilishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Litsenziyani bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya egasining litsenziyalanadigan faoliyat turini tugatish toʻgʻrisidagi arizasi, bunday faoliyatning xavfsiz toʻxtatilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya egasining faoliyati tugatilganligi (qayta tashkil etish bundan mustasno), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyani amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi arizaga ilova qilingan litsenziya egasining faoliyati xavfsiz toʻxtatilishini tasdiqlovchi hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish natijalari, shuningdek, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organidan olingan tegishli yuridik shaxs tugatilganligi (yuridik shaxsning faoliyati tugatilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi asosli qarori litsenziya egasiga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish sanasidan kechiktirmay yozma ravishda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Agar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning atom enregiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi olib qoʻyilsa, u obyektni boshqa ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga topshirguniga qadar yoki yangi litsenziya olmagunicha yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi uchun javobgarlikni davom ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Agar litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilsa, litsenziya egasi ushbu litsenziyada nazarda tutilgan faoliyat turini amalga oshirishni toʻxtatib turishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar oʻzgargan taqdirda, litsenziya egasining arizasiga binoan litsenziyalovchi organ tomonidan qoidabuzilishlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalil olinganidan soʻng litsenziyaning amal qilishi tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin litsenziyaning amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi, bu toʻgʻrisida litsenziyalovchi organ litsenziya egasini va litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi xabar berilgan organlarni uch ish kuni davomida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Agar litsenziya bekor qilinsa, litsenziya egasi litsenziyani litsenziyalovchi organga qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalangan faoliyat nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilinishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dublikat berish asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Litsenziyalar reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Davlat boji toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Litsenziya berganlik uchun davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari mazkur Nizomda belgilangan tegishli vazifalarni sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Litsenziya daʼvogari va litsenziya egasi mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzganligi va (yoki) bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 09/20/663/1425-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)