O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 23-SENTABRDAGI 443-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi Farmonini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 29-martdagi 171-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga 6-banddan “aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish” so‘zlari shuningdek, mazkur qarorga 10-ilovadan “aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari O‘zbekiston respublika uyushmasi: zargarlik buyumlarini tuzatish va tayyorlash korxonalari va ustaxonalari” so‘zlari chiqarib tashlangan holda o‘zgartirish kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni aksiyalarning nazorat paketini davlat ixtiyorida saqlangan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 13-sentabr,
462-son