12.08.2020 yildagi 477-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarorining ijrosini ta’minlash, eksport va eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-son qaroriga
1-ILOVA

Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom eksport qiluvchilar va ularning eksportga yo‘naltirilgan faoliyatini moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning mulkiy manfaatlariga sug‘urta himoyasini taqdim etish shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar eksporti — tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risida majburiyat olmasdan olib chiqib ketilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar (ishlar) eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxslari uchun xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish), ularning ko‘rsatilishi (bajarilishi) joyidan qat’i nazar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari tomonidan daromad olish maqsadida chet eldagi biznesga investitsiya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi — eksport qilish tartibi, shartlari va muddatlari kelishilgan bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontragent — eksport shartnomasi doirasida o‘z zimmasiga u yoki bu majburiyatlarni olgan xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalovchi shaxs — eksport qiluvchi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi, ishlar bajarilishi) va xorijiy davlatga jo‘natilishi, kapitalning eksport qilinishi bilan bog‘liq faoliyatni kredit, kafolat, kafillik, lizing yoki boshqacha shaklda moddiy va (yoki) moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy yoki xorijiy investor, tijorat banki, lizing kompaniyasi, mikromoliya tashkiloti yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalash shartnomasi — eksport qiluvchining tovarlar ishlab chiqarishi (xizmatlar ko‘rsatishi, ishlar bajarishi) va xorijiy davlatga jo‘natishi, kapitalni eksport qilishi bilan bog‘liq faoliyatni kredit, lizing, kafolat, kafillik, investitsiya yoki boshqa shaklda moliyalash yoki moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchi — tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta qildiruvchi — eksport qiluvchi yoki moliyalovchi shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta shartnomasi — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish, ushbu tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) ishlab chiqarish hamda kapitallar eksporti bilan bog‘liq faoliyatni siyosiy, tijorat va logistika tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish bo‘yicha yozma kelishuv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar — kontragent yoki eksportchining eksport shartnomasi yoki moliyalash shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiluvchi siyosiy yoki makroiqtisodiy o‘zgarishlar (shu jumladan kontragent mamlakatida import yoki eksportga embargo joriy etilishi, qurolli nizolar, fuqarolar tartibsizliklari, inqilob, terrorchilik harakatlari, rasmiy organlarning kamsituvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi harakatlari, erkin ayirboshlanadigan valyuta yetishmasligi tufayli pul o‘tkazmalarining kechiktirilishi, milliylashtirish, qarz bo‘yicha moratoriylar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari — kontragent yoki eksportchining to‘lovga qobiliyatsizligi, to‘lov majburiyatini bajarmasligi, bankrotlik holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lovga qobiliyatsizlik — to‘lov sanasi kelmasdan avval to‘lov majburiyatini bajarishga iqtisodiy qodir bo‘lmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov majburiyati bajarilmasligi — to‘lov sanasida to‘lovga qobiliyatsizlik sababli to‘lovni amalga oshirmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankrotlik — eksportchi yoki kontragentning O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga yoki xorijiy davlat qonunchilik hujjatlariga ko‘ra bankrot deb tan olinishi;
(2-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov sanasi — eksport yoki moliyalash shartnomasiga muvofiq tovarlar, xizmatlar (ishlar) uchun yoxud moliyaviy mablag‘larni qaytarish (so‘ndirish) majburiyati bilan bog‘liq to‘lov(lar) amalga oshirilishi shart bo‘lgan sana(lar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiligi — yuzaga kelishi sug‘urta qildiruvchining irodasiga bog‘liq bo‘lmagan va kutilmaganda yuzaga kelgan ta’minot, tashish, saqlash, sotish, axborot tavakkalchiliklari oqibatida eksport qiluvchiga zarar yetishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’minot tavakkalchiligi — eksport qilishga mo‘ljallangan tovar va (yoki) xizmatlarni (ishlarni) ishlab chiqarish uchun zarur moddiy resurslar, shu jumladan xomashyo ta’minotining to‘liq yoki vaqtincha to‘xtashi, ushbu moddiy resurslar narxlarining beqarorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish tavakkalchiligi — yuk sifatida eksport qilinayotgan tovar yoki xizmatlarga (ishlarga) tabiiy va texnogen hodisalar ta’siri, eksport qilinayotgan tovarning o‘zlashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash tavakkalchiligi — tashish davrida vaqtincha saqlashga topshirilgan tovarga tabiiy va (yoki) texnogen hodisalar ta’siri, o‘zlashtirilishi, saqlash xarajatlarining beqarorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotish tavakkalchiligi — xorijdagi kontragent mamlakatining iqtisodiyoti retsessiyasi, yangi tovar chiqishi va qonunlar, qoidalar o‘zgarishi oqibatida eksportga chiqarilayotgan tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) narxining pasayishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tavakkalchiligi — eksport predmeti bo‘lgan elektron shakldagi ma’lumotlar jinoyatkor shaxslar tomonidan mo‘ljallangan manzilga yetkazish kanallaridan o‘g‘irlanishi yoki o‘zgartirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutish davri — sug‘urta hodisasi yuzaga kelgandan so‘ng boshlanadigan, sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddat bo‘lib, ushbu muddat ichida yuzaga kelgan zararlar uchun sug‘urta himoyasi to‘lanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faktoring — uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartsiz franshiza — zararning sug‘urta shartnomasida sug‘urta pulining (sug‘urta majburiyatining) ma’lum qismi (foizi) yoki pul mablag‘lari miqdori ko‘rinishida belgilanadigan, sug‘urta bilan qoplanmaydigan qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta shartnomalarida mazkur bandda keltirilgan ta’riflarga ushbu Nizomda keltirilgan ta’riflarga zid bo‘lmagan mazmunda aniqlik kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda “Inkoterms” xalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari bo‘lgan va tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tavakkalchiliklar va sug‘urta shartnomalarining turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta qildiruvchilarga quyidagi tavakkalchiliklarning barchasi yoki biri, yoxud ularning ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ta’riflarida keltirilgan alohida tavakkalchiliklar yoki ularning kombinatsiyasi sug‘urta himoyasi sifatida taqdim etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sug‘urta shartnomalarining turlari quyidagilar bilan cheklanmagan holda, sug‘urta qildiruvchining faoliyatidan kelib chiqib, sug‘urta shartnomalarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) eksport qiluvchi sug‘urta qildiruvchi bo‘lganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligini sug‘urta qilish shartnomasi — kontragent eksport shartnomasiga binoan to‘lov yoki barter (tovar yoki xizmatlar (ishlar) almashinuvi) bo‘yicha majburiyatlarni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida bajarmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) yetkazib beruvchi kreditini sug‘urta qilish shartnomasi — kontragent muddatli to‘lov sharti bilan tuzilgan eksport shartnomasiga binoan to‘lov majburiyatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida bajarmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sug‘urta qilish shartnomasi — bir yil (qisqa muddatli) yoki undan ortiq (uzoq muddatli) davr ichida muddatli to‘lov sharti bilan eksport qilingan tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) uchun to‘lov siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida to‘lanmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchining ishlab chiqarish va eksport faoliyatida logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalarni sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchining xorijdagi biznesga investitsiya sifatida mulkiy va (yoki) moliyaviy qo‘yilmalari, nomoddiy aktivlari bankrotlik oqibatida to‘liq yoki qisman qaytmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyalovchi shaxs sug‘urta qildiruvchi bo‘lganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor kreditini sug‘urta qilish shartnomasi — moliyalovchi shaxs tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarni va (yoki) xizmatlarni (ishlarni) sotib olish uchun berilgan kreditni xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida so‘ndirmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport faktoringini sug‘urta qilish shartnomasi — faktor hisoblanuvchi moliyalovchi shaxsning faktoring mablag‘larini xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida so‘ndirmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish krediti o‘z vaqtida qaytarilmasligidan sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchiga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditni tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida so‘ndirmasligidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan akkreditivni sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qilinayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlar (ishlar) uchun ochilgan akkreditiv moliyalovchi tashkilot tomonidan tasdiqlanib, siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida to‘liq yoki qisman qoplanmay qolishidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat yoki kafillikni sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchi kontragent oldidagi o‘z majburiyatlarini siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiligi yuzaga kelishi oqibatida bajarmasligi natijasida moliyalovchi shaxsning kafolat yoki kafillik bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish majburiyatidan sug‘urta himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing faoliyatini sug‘urta qilish shartnomasi — moliyalovchi shaxs sotib olgan mahsulot siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida taqdim etmasligi va ushbu mahsulot uchun o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilmasligi yoxud eksport qiluvchi moliyalovchi shaxsga tijorat tavakkalchiligi yuzaga kelishi oqibatida lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmasligidan sug‘urta himoyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sug‘urta shartnomalarining shartlariga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sug‘urta shartnomalarini tuzishda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar bo‘yicha shartsiz franshiza o‘rnatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari bo‘yicha shartsiz franshiza miqdori — sug‘urta pulining 50 foizidan ortiq bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklari bo‘yicha shartsiz franshiza miqdori — sug‘urta pulining 5 foizidan ortiq bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy tavakkalchiliklar bo‘yicha kutish davri — 180 kalendar kundan ortiq bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat tavakkalchiliklari bo‘yicha kutish davri — 90 kalendar kundan ortiq bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika tavakkalchiliklari bo‘yicha kutish davri — 30 kalendar kundan ortiq bo‘lishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Muddatli to‘lovni nazarda tutuvchi eksport shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish uchun sug‘urta qildiruvchi tomonidan eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi oldindan to‘langan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sug‘urta shartnomalarida tomonlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtaga oid qo‘shimcha xizmatlar tashkil etilishini kelishib olishlari mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi, zararning hisob-kitobi, kutish davri, franshiza miqdori va qo‘shimcha xizmatlar uchun ajratiladigan mablag‘ning eng ko‘p miqdori, sug‘urta tovonini olish uchun beriladigan hujjatlar, hujjatlar topshirilgan kundan boshlanadigan sug‘urta tovoni to‘lanishi muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta shartnomasiga amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom bilan ruxsat etilmagan istisnolar va shartlarni kiritish mumkin emas.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar xalqaro normativ hujjatlar va qoidalarda ushbu Nizomdan farq qiluvchi sug‘urta qilish shartlari nazarda tutilgan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasiga ushbu xalqaro normalar yoki qoidalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sug‘urta shartnomalarini tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomalarini tuzayotganda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza;

eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa;

moliyalash shartnomasi, agar moliyalash bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa;

agar eksport shartnomasi bo‘yicha muddatli to‘lov bir yildan ortiq davrga taqdim etilsa, tijorat bankining eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchidan yoki mahalliy va xorijiy tashkilotlardan sug‘urta tavakkalchiligining darajasiga aniqlik kirituvchi ma’lumotlarni, shuningdek, eksport shartnomasini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda kontragent tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining roziligi bilan eksport shartnomasini tuzishda ishtirok etishga hamda eksport shartnomasi bo‘yicha tavakkalchiliklarni kamaytirish va oldini olish shartlari, choralari yuzasidan takliflar berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomalarini tuzayotganda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq logistika tavakkalchiligi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa;

logistika tavakkalchiligining qaysi biri sug‘urtalanishidan kelib chiqib, ta’minot, saqlash, tashish yoki ma’lumotlarni elektron shaklda yetkazib berishga oid shartnoma.

15. Sug‘urtalovchiga taqdim etilgan shartnomalarning asl nusxalari, ulardan nusxa olingandan so‘ng, sug‘urta qildiruvchiga ariza qabul qilinayotganda qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sug‘urta qildiruvchi ushbu Nizom doirasida arizalar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida tegishli sug‘urta shartnomasini tayyorlaydi va uning imzolanishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sug‘urtalovchi tavakkalchilik turi va darajasidan kelib chiqib, jo‘natilayotgan tovarlar, binolar, inshootlar, uskunalar va sug‘urtaga aloqador boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarning sug‘urta shartnomasini tuzishdan avval va sug‘urta shartnomasida kelishilgan bo‘lsa, sug‘urta muddati mobaynida sug‘urta qildiruvchining xodimlari ishtirokida monitoring qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring natijalari sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining vakillari tomonidan imzolangan Monitoring o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan keyin Monitoring o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma va sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasini tuzish uchun taqdim etgan boshqa hujjatlar sug‘urta shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sug‘urta mukofoti sug‘urta tariflariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urta tariflarida sug‘urtalanadigan tavakkalchiliklar, eksport qiluvchi va kontragentning moliyaviy ahvoli, eksport qilinayotgan mamlakat, kutish davri, shartsiz franshiza miqdori, sug‘urta shartnomasidagi istisnolar, sug‘urtaga oid qo‘shimcha xizmatlar va boshqa omillar hisobga olinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sug‘urta tariflari aktuar tashkilot tomonidan O‘zbekiston aktuariylar uyushmasi tayyorlagan va tasdiqlagan uslubiy qo‘llanmasi asosida ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Sug‘urta shartnomasining valyutasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha barcha o‘zaro hisob-kitoblar, shu jumladan sug‘urta mukofoti va sug‘urta tovoni to‘lovlari faqat milliy valyutada amalga oshiriladi. Bunda milliy valyutani har qanday chet el valyutasi yoki shartli birliklarga bog‘lagan holda hisob-kitoblarni amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xorijdagi shaxslar bilan barcha o‘zaro hisob-kitoblar erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Zararni ko‘rib chiqish, sug‘urta tovonini aniqlash va to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan tavakkalchiliklar oqibatida zarar ko‘rganda sug‘urta tovonini olish uchun sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va uning miqdori aniqlash uchun yetarli ma’lumotlarni olishda sug‘urtalovchiga ko‘maklashishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sug‘urta tovoni, sug‘urta shartnomasining shartlaridan kelib chiqib, sug‘urta hodisasini joyiga chiqib o‘rganish yoki sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib tuzilgan Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnomaga muvofiq to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sug‘urta tovonining miqdori sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan tartibda aniqlanadigan zararlardan kutish davrida yuzaga kelgan zararlar va shartsiz franshiza miqdorini chegirib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi sharti bilan quyidagi hollarda sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta qildiruvchi va uning xodimlari tomonidan firibgarlik, qonunbuzarlik holatlari yoki sug‘urta shartnomasi, eksport shartnomasi yoki moliyalash shartnomasini tuzayotganda yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida belgilangan monitoring qilish shartlarining buzilishi zarar yuzaga kelishidan avval sug‘urtalangan tavakkalchilik darajasini oshishiga olib kelganligi aniqlansa hamda sug‘urtalangan tavakkalchilik uchun qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga subrogatsiya huquqini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kunidan kechiktirmasdan to‘lanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sug‘urtalovchi sug‘urta xizmatining barcha bosqichlarida, shu jumladan sug‘urta shartnomasini tuzish, sug‘urta tovonini to‘lash bosqichlarida mazkur Nizomda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga aloqador bo‘lmagan o‘rganishlar o‘tkazishi va hujjatlar talab qilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan o‘zaro munosabatlar amaldagi qonunchilik hujjatlari va sug‘urta shartnomasi bilan tartibga solinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

a) Siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish uchun sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:

ariza;

eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa;

moliyalash shartnomasi, agar moliyalash bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa;

agar eksport shartnomasi bo‘yicha muddatli to‘lov bir yildan ortiq davrga taqdim etilsa, tijorat bankining eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma nusxasi.

Sug‘urta qildiruvchining ixtiyoriga

ko‘ra

b) Logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish uchun sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:

ariza;

eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq logistika tavakkalchiligi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa;

logistika tavakkalchiligining qaysi biri sug‘urtalanishidan kelib chiqib, ta’minot, saqlash, tashish yoki ma’lumotlarni elektron shaklda yetkazib berishga oid shartnoma.

2-bosqich

Sug‘urtalovchi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida tegishli sug‘urta shartnomasini tayyorlash va imzolash.

Hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida

3-bosqich

Sug‘urtalovchi,
sug‘urta qildiruvchi

Tavakkalchilik turi va darajasidan kelib chiqib, jo‘natilayotgan tovarlar, binolar, inshootlar, uskunalar va sug‘urtaga aloqador boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarni, sug‘urta shartnomasida kelishilgan bo‘lsa, sug‘urta muddati mobaynida sug‘urta qildiruvchining xodimlari ishtirokida monitoring qilish.

Sug‘urta muddati davomida

4-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni Sug‘urtalovchiga taqdim etish.

Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda

5-bosqich

Sug‘urtalovchi

1. Sug‘urta hodisasini joyiga chiqib o‘rganish yoki sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib, Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuzish;

2. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnomaga muvofiq sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lash.

Sug‘urta hodisasi
va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab
15 kalendar kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksportchilarni sug‘urta qilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga 3-ilovaning XV bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 22-son, 180-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sug‘urtalashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2014-yil 2-iyundagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 23-son, 267-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/477/1166-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)