Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sugʻurtalashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 9-apreldagi PF-4609-son Farmoni)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-sonli “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 9-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq hamda mahalliy tadbirkorlar-eksport qiluvchilarning ishonchli sugʻurta himoyasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
136-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyundagi 136-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sugʻurtalashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Eksport yuk tashishlarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga hamda “Inkoterms” xalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari boʻlgan va tegishli turdagi sugʻurtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Sarmoya, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarga sugʻurta qoplamasi berish tartibida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tijorat tashkilotlari boʻlgan va tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan hamda sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxslar sugʻurta tashkilotlari deb eʼtirof etiladi”;
b) 4-bandda:
birinchi va oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ushbu maʼlumotnoma taqdim etish talab qilinmaydi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sugʻurta mukofotini toʻlash shartlari sugʻurtalanuvchi bilan sugʻurta tashkiloti oʻrtasida tuziladigan sugʻurta shartnomasida qayd etiladi”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “sugʻurta haqi uning joriy schyotiga” soʻzlari “sugʻurta mukofoti uning hisob raqamlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
oʻn birinchi xatboshidagi “sugʻurta haqi” soʻzlari “sugʻurta mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshiga “tashkilotiga” soʻzidan keyin “mazkur Tartibning 121-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma yoʻllaydi, shuningdek” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻttiz toʻqqizinchi xatboshiga “tashkilotiga” soʻzidan keyin “mazkur Tartibning 121-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma yoʻllaydi, shuningdek” soʻzlari qoʻshilsin.
g) IV boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IV. Sugʻurta mukofotini va sugʻurta tovonini toʻlash”;
d) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Tavakkalchiliklarni qoplash sugʻurta tashkiloti tomonidan franshiza belgilanmagan holda xorijiy valyutada amalga oshiriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun tavakkalchiliklarni qoplash sugʻurta tashkiloti tomonidan milliy valyutada ham amalga oshirilishi mumkin”;
e) 10-banddagi “Sugʻurta toʻlovi (sugʻurta mukofoti)” soʻzlari “Sugʻurta mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
j) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
z) 12-banddagi “Sugʻurta toʻlovini” soʻzlari “Sugʻurta mukofotini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
i) quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi qaror sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta tashkilotiga taqdim etiladigan, sugʻurta hodisasini va uning sababini hamda yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar asosida sugʻurtalanuvchining birinchi talabiga koʻra qabul qilinadi:
sugʻurtalanuvchining eksport kontrakti yoki kredit bitimi boʻyicha pul mablagʻlari tushmaganligi toʻgʻrisidagi arizasi;
eksport kontrakti boʻyicha tushum tushmagan invoyslar nusxalari;
eksport qiluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning eksport kontrakti boʻyicha tushmagan pul mablagʻlari miqdori toʻgʻrisidagi xati;
eksport kontrakti boʻyicha yuk xatlari (eksportga sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar) va bojxona yuk deklaratsiyalari nusxalari;
kredit bitimi boʻyicha vakolatli tijorat banki — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan xorijiy hamkorga pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sugʻurtalanuvchi quyidagi hujjatlardan birini:
eksport kontraktlari bajarilishi bilan bogʻliq siyosiy tavakkalchiliklar yuzaga kelganda: xorijiy hamkor mamlakatining normativ-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy hamkor mamlakatidagi vakolatxonasi xati, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati, ommaviy axborot vositalaridagi, internetdagi yangiliklar yoki koʻrsatilgan tavakkalchiliklarning yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. Xorijiy hamkor mamlakatida konvertatsiya qilinadigan valyuta yetishmasligi tufayli transfert kechiktirilsa, Oʻzbekiston bilan xorijiy hamkor mamlakati oʻrtasidagi toʻlovlarni cheklab qoʻyuvchi xorijiy hamkor mamlakatining tashqi qarziga xizmat koʻrsatishga Oʻzbekistonga moratoriy eʼlon qilinganda sugʻurtalanuvchi yuqorida keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda xorijiy hamkorga xizmat koʻrsatuvchi bankning xorijiy hamkor hisob raqamidagi yetarli mablagʻ deponentga qoʻyilganligi va xorijiy hamkor mamlakatining hukumati yoki boshqa vakolatli organining qarori tufayli eksport kontrakti boʻyicha eksport qiluvchiga valyuta oʻtkazishning imkoniyati mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xatini;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bogʻliq siyosiy tavakkalchiliklar yuzaga kelganda: xorijiy hamkor mamlakatining normativ-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy hamkor mamlakatidagi vakolatxonasi xati, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati, ommaviy axborot vositalaridagi, internetdagi yangiliklar, xorijiy hamkor mamlakati sudining qarorlari yoki koʻrsatilgan tavakkalchiliklarning yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni;
tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelganda: eksport kontrakti yoki kredit bitimi boʻyicha tushmagan pul mablagʻlari xorijiy hamkorning qarzdorlikni tan olganligi toʻgʻrisidagi xati, sudning xorijiy hamkorni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sudning qarori yoki xorijiy hamkor mamlakati qonunchiligiga muvofiq xorijiy hamkor tomonidan kontrakt boʻyicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar bajarilishi imkonsizligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etadi.
Sugʻurta tashkilotlariga sugʻurtalanuvchidan ushbu Tartibning mazkur bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.”;
k) quyidagi mazmundagi 14-band qoʻshilsin:
“14. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun berilgan sugʻurta qoplamasi boʻyicha sugʻurta tovoni, ushbu Tartibning 121-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, sugʻurta voqeasi yuz bergan sanadan boshlab 60 kun ichida toʻlanadi, bundan ushbu Tartibning 13-bandi “j” kichik bandida nazarda tutilgan holat mustasno”;
l) A-ilovada:
1-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha agentlik” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Sugʻurta toʻlovi” soʻzlari “Sugʻurta mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Eksport qiluvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki/Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish” bloki chiqarib tashlansin.
m) B-ilovada:
3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha agentlik” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Sugʻurta toʻlovi” soʻzlari “Sugʻurta mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
n) V-ilovada:
4-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha agentlik” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Sugʻurta toʻlovi” soʻzlari “Sugʻurta mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 267-modda)