1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menejment sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish va ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) o‘tkazilganligi va ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur bo‘lgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, tovar va moliya bozorlarida monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarga qo‘llanilgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholab borish va tegishli masalalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
halqaro e’tirof etilgan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, korporativ va loyiha boshqaruvi hamda boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamlarini hamda tadbirkorlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha qisqa muddatli pulli, xususan, keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan o‘qitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi hamda tadbirkorlarga tadbirkorlik va biznesga oid o‘quv materiallarini (jumladan, elektron shaklda) tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi davlat diplomining namunasi 5-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Oliy maktabning muassisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab korporativ boshqaruv va loyiha boshqaruvi, biznes va tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab direktorining o‘rinbosarlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining departamenti direktoriga, kafedra mudirlari markaziy apparatining departamenti direktori o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan tibbiy xizmat amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oliy maktabga Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bilan kelishgan holda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab vazirliklar, idoralar va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari va strategik rivojlanishidan kelib chiqqan holda, sohaviy xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma “ikki diplom” (double degree) modeli asosida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik faoliyati, xizmatlarni tijoratlashtirish va eksport qilish, innovatsion faoliyat natijalari, startap loyihalar asosida tushadigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga va moliya bozoridagi boshqa vositalarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy maktab rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari), professor-o‘qituvchilari va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish, ilmiy darajaga beriladigan qo‘shimchalar va ijtimoiy himoyani ta’minlash maqsadida Oliy maktabning budjetdan tashqari Rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab jamg‘armasi) tashkil etilsin va uning moliyaviy manbai etib to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab jamg‘armasi budjet mablag‘lari (budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida nazarda tutilgan) bilan bir qatorda to‘lov-kontrakt asosida tushadigan mablag‘lari hisobidan Oliy maktab rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari), professor-o‘qituvchilari va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash fondining 185 foizigacha miqdorida tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab jamg‘armasining mablag‘lari Oliy maktab shtatidagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tarif stavkasining 200 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilashga yo‘naltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur qaror 2-bandining oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oliy maktab va uning hududiy filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etishda foydalaniladigan davlat mulki bo‘lgan bino va xonalarning maydonlariga hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari auditoriyalarida tekin foydalanish asosida va kommunal xizmatlar to‘lovisiz o‘quv kurslarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oliy maktab magistraturasida ta’limning kechki shaklida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar belgilangan muddatgacha o‘z kuchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki hafta muddatda Oliy maktab ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Oliy maktab hududiy filiallarini joylashtirish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Oliy maktabning professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlab olish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oliy maktab xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin va yuqori darajadagi zarur zamonaviy bilimlarga va ko‘nikma hamda ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbar va pedagogik mutaxassislar bilan ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oliy maktabda o‘qitishning kredit-modul tizimi to‘g‘risidagi nizomni, oliy ta’limning sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarini, fan dasturlarini va boshqa ichki me’yoriy hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy maktab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Davlat statistika qo‘mitasi, moliya, iqtisodiy taraqqiyot, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik ma’lumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi xorijiy matbuot sharhlari, shu jumladan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy ma’lumotnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qo‘shimcha hukumat aloqasi va zarur aloqa kanali hamda keng polosali Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenziyalangan axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirmasdan ikki hafta muddatda qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabining hamda Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktabga o‘tkazilayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini Oliy maktabga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 30-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
460-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilmasi

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 80 nafar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlardan tashqari), shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 55 nafar, professor-o‘qituvchilar tarkibi — 25 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy tuzilmasi

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlardan tashqari): jami — 8 nafar, shu jumladan: boshqaruv xodimlari — 6 nafar, professor-o‘qituvchilar tarkibi — 2 nafar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Vasiylik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, vasiylik kengashi raisi
2.
A.J. Ortiqov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari
3.
J.I. Abruyev
—
moliya vazirining o‘rinbosari
4.
J.T. Mirzamaxmudov
—
energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi
5.
I.R. Mahkamov
—
transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi
6.
O.A. Pekos
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari
7.
U.Sh. Begimqulov
—
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari
8.
S.X. Bekenov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
9.
A.O. Kamalov
—
Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri
10.
J.Sh. Salixov
—
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori
11.
M.M. Djalalov
—
Toshkent shahridagi INXA universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi
12.
O.B. Yuldashev
—
“Praysvoterxaus Kupers” MChJ auditorlik tashkiloti rahbari
13.
Sh.R. Akbarov
—
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi yetakchi menejeri
14.
lavozimi bo‘yicha
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori
15.
lavozimi bo‘yicha
—
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori, vasiylik kengashi kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoxud mazkur lavozim vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy maktab magistraturasida (keyingi o‘rinlarda — magistratura) boshqaruv kadrlari ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq me’yoriy va qisqartirilgan muddatlarda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistraturada o‘qishni tamomlagandan keyin tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasini beruvchi davlat namunasidagi hujjat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim sirtqi shakllarda, shu jumladan masofaviy o‘qitishni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish ixtisoslashgan yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan xalqaro kelishuvlarda nazarda tutilgan o‘quv rejalari, dasturlar va jadvallar asosida “ikki diplom” (double degreye) modeli bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar magistraturaga o‘qishga “ikki diplom” (double degreye) modeli bo‘yicha xalqaro kelishuvlar talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ikki diplom” (double degreye) modeli bo‘yicha o‘qishni bitirgandan so‘ng xorijiy ta’lim muassasasining diplomi va tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi magistr darajasi diplomi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Magistraturada boshqaruv kadrlari oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq to‘lov-kontrakt hamda xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari asosida, “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration-MBA) mutaxassisligi bo‘yicha ikki yillik va “Loyiha boshqaruvi” (Project Management) mutaxassisligi bo‘yicha bir yillik ta’lim dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘qish muddati va shakllari Oliy maktab tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Magistraturaga xo‘jalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlar fuqarolari hisoblangan, oliy ma’lumotga (bakalavr diplomi mavjud bo‘lganda) va oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo‘lgan (o‘qitishning faqat kunduzgi shakliga) rahbar xodimlari va mutaxassislari suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari o‘quv yilida ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Magistraturaga o‘qishga barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov prinsiplari asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Magistraturada ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish davrida magistratura tinglovchilarining egallab turgan ish o‘rinlari (lavozimlari) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi. Bunda ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada ta’lim olayotgan tinglovchining o‘qishni tamomlash davri yakuniga qadar muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni tegishli ish joyiga qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va o‘qishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Magistraturaga o‘qishga qabul qilishning yillik kvotasi Vazirlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini ingliz ta’lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo‘yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish uchun qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi. Komissiya a’zolarining tarkibi, shuningdek, ish reglamenti Oliy maktab direktori tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Komissiya tinglovchilarni magistraturaga suhbat va test sinovlarini o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nomzodlar uchun suhbatni amalga oshirish bo‘yicha fanlar ro‘yxati komissiya tomonidan aniqlanadi. Test sinovlarini amalga oshirish bo‘yicha fanlar ro‘yxati komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) bilan kelishgan holda belgilanadi. Test sinovlari Oliy maktab va Davlat test markazi kelishgan holda ishlab chiqilgan nizom talablari asosida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Magistraturaga qabul tanlov asosida ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bosqich — nomzodlar tomonidan boshqaruv ko‘nikmalarini egallaganlik darajasi, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini baholash, shuningdek, ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bosqich — Oliy maktabda mavjud mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Suhbatlarning mavzulari hamda test sinovlari fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari Oliy maktab Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda kirish suhbatlari va test sinovlari boshlanishiga qadar kamida bir oy avval Oliy maktabning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) chop etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga va veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nomzodlarning suhbatdan o‘tish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Nomzodlar bilan suhbat Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan Vazirlik vakillari va Oliy maktabning professor-o‘qituvchilari xamda boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilaridan iborat tarkibda tuziladigan maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — maxsus komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nomzodlar bilan suhbat boshqaruv ko‘nikmalarini egallaganlik, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlari saviyasini baholash hamda ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan vaziyatlarga xos vazifalarni hal etish va shaxsiy muloqot shaklida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Maxsus komissiya a’zolarining tarkibi, ish reglamenti, shuningdek, suhbat o‘tkazish qoidalari va uning yakunlari bo‘yicha bilimlarni baholash mezonlari Vazirlik bilan kelishilgan holda Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Suhbat natijalari 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi. Nomzodlar bilan suhbat yakunlariga ko‘ra, maxsus komissiya tomonidan tegishli bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nomzodlarni Oliy maktabga qabul qilish uchun tavsiyanoma to‘g‘risida maxsus komissiyaning qarori tasdiqlangan kvotalardan kelib chiqqan holda, nomzodlar suhbat yakunlari bo‘yicha to‘plagan ballari asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Suhbat yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 25 foizini to‘plagan nomzodlar suhbatdan o‘tgan xisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Suhbat natijalari bo‘yicha nomzodlarning shikoyatlari ular e’lon qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida komissiyaga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni ko‘rib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Nomzodlarning test sinovlaridan o‘tish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oliy maktabga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish va tashkil qilish tartibi Davlat test markazi tomonidan Oliy maktab bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Test sinovlari uchun savollar Davlat test markazi tomonidan kirish imtihonlari bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Test sinovlarining natijalari 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi. Test sinovlarining natijalari vedomostlarga kiritiladi va ular Davlat test markazi direktori tomonidan imzolanib, Oliy maktabga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nomzodlarning test sinovlari natijalari bo‘yicha shikoyatlari natijalar e’lon qilingan sanadan keyin uch ish kuni mobaynida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni ko‘rib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Nomzodlarning kirish suhbati va test sinovlaridan takroran o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Magistraturaga qabul qilish shartlari, hujjatlarni qabul qilish muddatlari magistraturaga hujjatlarni qabul qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin veb-saytda ommaviy e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, magistraturaga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Magistraturaga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilganlar ro‘yxati veb-saytda e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Magistraturaga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar ro‘yxati veb-saytda e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Komissiyaning nomzodlarni magistraturaga qabul qilish haqidagi qarori asosida nomzod (tashkilot) bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tegishli shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi va veb-saytda e’lon qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Oliy maktab tomonidan magistraturaga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinganidan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tinglovchilar magistraturaga komissiya qaroriga muvofiq shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt summasi to‘langanidan keyin Oliy maktab direktorining buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Nomzod tomonidan to‘lov-kontrakt summasi shartnomada ko‘rsatilgan muddatda to‘lanmagan taqdirda, uning o‘rniga to‘plangan ballar soni bo‘yicha navbatdagi nomzod qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tinglovchilar Oliy maktabning ichki tartib-qoidalarini buzganligi yoki akademik qarzdorlik sababli tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, mazkur tinglovchi uchun amalga oshirilgan to‘lov-kontrakt summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Magistraturaga kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Oliy maktab mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish reglamenti O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi komissiya va maxsus komissiya faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat tug‘ilganda, Davlat test markazining mas’ul xodimi yoki eksperti test sinovlari bo‘yicha javoblarni asoslashga jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida nomzodga shu kunning o‘zida shikoyatni qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Nomzod apellyatsiyasining ko‘rib chiqilishida shaxsan ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Nomzodlar Apellyatsiya komissiyasi qarori bo‘yicha uch ish kuni mobaynida Oliy maktabning Vasiylik kengashiga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi shikoyatni Oliy maktab ustavida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Oliy maktab o‘quv kurslariga qabul qilish va o‘qitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oliy maktabda o‘quv kurslari o‘qishni tamomlagandan keyin tegishli tasdiqlovchi hujjatlar (davlat namunasidagi sertifikat) beriladigan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Oliy maktab maxsus ta’lim dasturlari asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro miqyosda tan olingan biznes ta’limi dasturlari asosida zamonaviy menejment va yetakchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, biznesni yuritishning barcha jabhalarini yaxshi biladigan, raqobat sharoitida samarali boshqarish va tarmoqlarni rivojlantirishga qodir bo‘lgan professional boshqaruv kadrlarini (menedjerlarini), shuningdek, biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menedjment, xususiylashtirish, xalkaro moliyaviy xisobot, sud boshqaruvchisi, davlat-xususiy sherikchilik, komplayens va audit yo‘nalishlari bo‘yicha xo‘jalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik subyektlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (diplomli mutaxassis, bakalavr) yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan namunadagi sertifikat berilgan holda, korporativ boshkaruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ularga korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tinglovchilar o‘quv kurslarida tuzilgan shartnomalar asosida o‘qitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. O‘quv kurslarining qiymati Vazirlik bilan kelishilgan holda, Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv kurslarini o‘tkazish sanasi, davomiyligi, ta’lim shakli, shartnoma shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va o‘quv kurslari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi davlat diplomining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
successfully completed the course “_________________”
Director
P.S. Registration № _______
Tashkent “___” ______ 20 __
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 7-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 94-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining Tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 816-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)“ 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 5-son, 98-modda) ilovaning 61-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/460/1132-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)