26.03.2020 yildagi PF-5975-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish boʻyicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambagʻallikni qisqartirish vazifalari koʻp jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish oʻrinlarini tashkil etish bilan bevosita bogʻliqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uygʻunligini taʼminlashni, mavjud muammo va toʻsiqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi. Xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy oʻsish maqsadlari va tarkibiy islohotlar oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlash, shuningdek, tashqi va ichki omillar taʼsirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikllarni boshqarishning zamonaviy prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi va mexanizmlarini joriy etish jarayoni kechikmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha yaxlit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, meʼyoriy-huquqiy baza, mezonlar va baholash uslubiyotining mavjud emasligi, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarining aniq ajratib olinmaganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi past darajada qolmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha aniq yondashuv va tamoyillar toʻliq shakllantirilmagan, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq rivojlanishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik taʼminlanmasdan hamda hududlarni rivojlantirishdagi mavjud salohiyat va “nisbiy ustunlik” mezonlaridan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda inson kapitali va demografik omillar inobatga olinmasdan qolmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, mamlakatda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishning aniq yondashuvlarini belgilab olish, tadbirkorlikni moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlashning maqsadga yoʻnaltirilgan, ayniqsa, aholini tadbirkorlikka oʻqitish va kasbga oʻrgatish ishlarini tizimlashtirish, shu jumladan barcha dasturlar hisobidan ajratilayotgan mablagʻlarning sarflanish samaradorligini baholash ishlarini tashkil etishda kamchiliklar kuzatilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, mamlakat sanoatini rivojlantirishning fundamental drayverlari hisoblangan sohalarda mehnat unumdorligini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha aniq mexanizm va dastaklarga asoslangan yagona industrial siyosat va strategiya ishlab chiqilmagan, shuningdek, mazkur jarayonda texnik reglamentlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash va samarali foydalanish masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) etib qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholash indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yoʻnalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qoʻyilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qoʻllab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasida koʻzda tutilgan tadbirlar va islohotlarning mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining oʻsishiga, ish oʻrinlari yaratilishiga taʼsirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kambagʻallikni qisqartirish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy oʻsishning inklyuzivligini taʼminlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻallikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambagʻallik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari va meʼyoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida oʻzaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni oʻz muddatida va sifatli bajarishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda kichik va oʻrta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda kichik va oʻrta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarni hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental toʻsiq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik va oʻrta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud mexanizmlari va qoʻllab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yoʻnalish va loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz taʼminlashga qaratilgan strategiya va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qoʻllaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiyasamaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi boʻyicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining oʻzgarish tendensiyalari boʻyicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib hamda iqtisodiy oʻsishga taʼsiri nuqtai nazaridan samaradorligi past boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bogʻliq tarkibiy islohotlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qoʻllanilishi boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy oʻsish uchun zarur boʻlgan infratuzilmani yaratishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, ish joylarini tashkil etish va hududlarni barqaror rivojlantirishni taʼminlovchi infratuzilmaning strategik rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Davlat investitsiya dasturini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Davlat investitsiya dasturining asosiy yoʻnalishi va loyihalari boʻyicha tegishli ichki va tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat investitsiya dasturini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimiga taʼsirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) infrastrukturani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
(1-band “z” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya koʻlamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yoʻldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi barpo etiladigan yoʻldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmalari mavjud yoʻldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish;
(1-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga taʼsirini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari oʻz biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan texnik reglament va talablarni oʻrnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
(1-band “i” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan oʻrta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatligini taʼminlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, EOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga taʼsirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik bitimlarini tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, vazirlik oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yoʻnalish boʻyicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan “l” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirish strategiyasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni kamaytirish dasturini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida oʻtkazilayotgan sinov natijalariga asoslanib, 2021-yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida minimal isteʼmol savati va yashash minimumi joriy etilishi yuzasidan tegishli qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish boʻyicha barcha oʻrta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar vazirlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qarorlar vazirlik tomonidan kambagʻallik darajasiga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish, texnik reglamentlarni oʻrnatish, yer munosabatlarini tartibga solish, geologiya ishlari, davlat aktivlarini boshqarish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish boʻyicha choralar va siyosatlarning oʻzaro muvofiqligini taʼminlashda vazirlik ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik belgilangan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida bevosita xalqaro moliya tashkilotlaridan grant mablagʻlarini va chet ellik yuqori malakali ekspertlarni muntazam jalb qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlik hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari, shahar va tumanlar hokimliklari kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi navbatdagi amaliy ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda har bir xonadon va oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan qatlamini oʻrganish asosida dastlabki roʻyxatni hamda mahallalar pasportlarini shakllantirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ushbu qatlamini bevosita moddiy va nomoddiy yordam koʻrsatilishi lozim boʻlgan yoki kasbga oʻqitish va tadbirkorlikka oʻrgatish orqali daromadini oshirish mumkin boʻlgan guruhlarga ajratib olish orqali, shuningdek, zarur manbalarni aniqlash va hududlarning oʻziga xos xususiyatlariga asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilishini boshlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar Osiyo taraqqiyot bankining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarini jalb qilish orqali “Oʻzbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining amalga oshirilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish strategiyalaridan, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash vazifalaridan kelib chiqqan holda vazirlik ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish uchun uch yil muddatga investitsiyalar hajmi prognozlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun budjet mablagʻlarining va davlat tashqi qarzining limitini vazirlikka taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining mablagʻlari hamda xorijiy hamkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat investitsiya dasturi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan vazirlik hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi vazirlik bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar mavjud dasturlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, qayta koʻrib chiqsin hamda ushbu dasturlarni 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida koʻzda tutilayotgan umummilliy rivojlanishning maqsadli parametrlariga muvofiqligini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kambagʻallik darajasini qisqartirish borasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan 2020-yilda vazirlikka 100,0 mlrd soʻm ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni kamaytirish dasturida belgilanadigan vazifalarning amalga oshirilishini hamda ushbu yoʻnalishdagi dasturlarning moliyalashtirilishini taʼminlash uchun 2021-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda alohida qatorda tegishli mablagʻlar koʻzda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlik huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) etib qayta tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik 2020-yil 1-mayga qadar Agentlikning faoliyatini uning barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda boʻlinmalarini tashkil etishni inobatga olgan holda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tugatilsin hamda uning funksiya va vazifalari vazirlikka oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini yuritish yuridik shaxs tashkil etmagan holda vazirlikka yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va uning hududiy filiallari vazirlikka oʻtkazilsin hamda ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oliy maktab faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maktab korporativ boshqaruv va tadbirkorlik sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi, uning Nukus shahri hamda barcha viloyatlar markazlarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan hududiy filiallari tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznesni tashkil etish va boshqarish yoʻnalishlarida jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-uslubiyotiga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida mutaxassislarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda aholining keng qatlamini biznes yuritish va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish hamda bu sohada malakali trenerlarni tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2020 — 2022 oʻquv yillari uchun xorijda taʼlim oluvchi nomzodlar roʻyxatini shakllantirishda “iqtisodiy rivojlanish” va “makroiqtisodiy siyosat” yoʻnalishlarida zamonaviy bilimga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaxassis va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini xorijga taʼlim olish va malaka oshirishga joʻnatish uchun amaliy choralar koʻrsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlik Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, davlat zaxiralarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, strategik va safarbarlik zaxirasi tovarlar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish, mahsulotlar narxi keskin oʻzgarishining oldini oluvchi bozor tamoyillariga asoslangan taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni xususiylashtirish boʻyicha Sirdaryo viloyatida oʻtkazilayotgan huquqiy eksperiment muddatini uzaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning kuchga kirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 26-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5975-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5621-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” va “2019-yil 1-iyunga qadar” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” va “2020-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5623-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin, uning” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 5-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 11-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ilovaning 4, 15, 20, 22-23 pozitsiyalari “masʼul ijrochilar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-5953-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “avgustga” soʻzi “oktyabrga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ilovaning 189-pozitsiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bajarish muddati” ustunidagi “avgust” soʻzi “oktyabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)