1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlari hamda boshqa sigʻimlarga boʻlgan talablarni, boshoqli don partiyasini qabul qilish, shakllantirish va joylashtirish, narxlar barqarorligini taʼminlashda don sifatini nazorat qilish tartibini, shuningdek, donni saqlash jarayonida texnika va sanoat xavfsizligi, sanitariya talablarini nazarda tutuvchi Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlari hamda boshqa sigʻimlarga xulosa berishga tayyorlash va oʻtkazish uchun umumiy talablarni, shuningdek, don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibini nazarda tutuvchi Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 1-aprelga qadar ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida sotib olinadigan gʻallaning tumanlar kesimidagi taqsimoti hamda boshoqli don saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari xulosasiga ega boʻlgan don korxonalari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-mayga qadar tumanlar kesimida qabul qilinadigan gʻallaning hajmlari va ularni saqlaydigan don korxonalari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 22-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
312-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 312-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli don — oziq-ovqat, ozuqa yem va texnik maqsadlar uchun foydalaniladigan boshoqli ekinlarning doni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donning namligi — don toʻqimalari bilan fizik-kimyoviy va mexanik bogʻlangan, standart sharoitlarda aniqlanayotganda chiqib ketadigan suvning miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donning sifati — moʻljallanishiga muvofiq belgilangan ehtiyojlarni qondirish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi don xossalarining majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donning toʻpi (partiyasi) — sifati boʻyicha bir xil, bir vaqtda qabul qilishga, yuklashga yoki saqlashga moʻljallangan, sifati toʻgʻrisidagi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan donning miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zararkunandalar bilan zararlangan don — hashoratlar yoki kanalar bilan tashqarisi yoki ichi, kurtak, qobiqlari va endospermasi qisman yoki toʻliq kemirilgan don;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ifloslantiruvchi aralashmalar — dondan maqsadli foydalanishda ajratib olinadigan, isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan organik va noorganik aralashmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshoqli donni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ombor — texnologik, konstruktiv va iqtisodiy tavsifga ega boʻlgan, donning miqdor va sifat jihatidan saqlanishini, saqlanadigan donga yer osti suvlari va atmosfera yogʻinlari tushmasligini taʼminlashga moʻljallangan inshoot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sigʻim — don saqlashga moʻljallangan, aniq oʻlchamga ega boʻlgan va maxsus talablarga mos keladigan inshoot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elevator — maxsus sigʻimga ega boʻlgan, mukammal va toʻliq mexanizatsiyalashtirilgan, donni saqlashga moʻljallangan omborxona.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlar hamda boshqa sigʻimlarga boʻlgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxonalarga tegishli boʻlgan barcha bino-inshoot, uskuna va jihozlar bilan birga uning hududi oʻralgan boʻlishi lozim va donni saqlovchi korxonalardagi texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Korxona hududidan atmosfera va yer osti suvlarining quvurlarga chiqib ketishini taʼminlovchi tizimi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududning transport yuradigan qismi, shuningdek, boshoqli don bilan bogʻliq ishlar amalga oshiriladigan barcha maydonlar va joylar asfaltlangan, tungi vaqtlarda yoritilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don omborlari va boshqa sigʻimlarning perimetri boʻylab nishabi 10°C dan kam boʻlmagan va eni 1-2 metr (yer osti suv sathini inobatga olgan holda) yoʻlakchalar, shuningdek, suv oqib ketadigan ariqlar mavjud boʻlishi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Saqlanayotgan don zaxiralari zararkunandalar bilan zararlanishining oldini olishni taʼminlovchi chora-tadbirlar, yaʼni korxonalarning moddiy-texnika bazasini yangi don hosilini qabul qilishga tayyorlash jarayonida obyektlarni kompleks dezinseksiyalash majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Don omborlari va boshqa sigʻimlarning texnik va sanitariya holati boʻyicha quyidagilar talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quruq, shu jumladan, yer osti va oqova suvlarning sizib kirishidan himoyalangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshoqli donga xos boʻlmagan hidga ega boʻlmasligi hamda zarakunandalar bilan zararlanmagan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
omborlarning ichki va tashqi devorlari suvalgan, elevatorlarda berkitilmagan gorizontal va vertikal yoriqlar boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eshiklar zich yopilishi, past va devor qismlari silliq, tirqishlarsiz boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomlarining soz holatda boʻlishi, derazalar omborning ichki tarafidan berkitilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiroqlarga maxsus himoya gʻiloflari kiydirilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shamollatish tizimlari doimiy ish holatida boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yer osti suvlarining sathi past boʻlgan hollarda, qadoqlangan boshoqli donni bevosita (tekis, soz holdagi) asfaltlangan yuzada saqlashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tara va brezentlarni saqlash, zararsizlantirish maqsadida ularni tozalash va gazatsiya qilish, don saqlash omborlaridan ajratilgan alohida xonalarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tara va brezentlarni iflos, namligi yuqori, zararkunandalar bilan zararlangan holda saqlashga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Barcha toifadagi oraliq mahsulot va chiqindilar don omborlaridan ajratilgan alohida sigʻimlarda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Don bilan ishlashda don omborlari va hududni tozalashdan hosil boʻlgan ifloslantiruvchi aralashmalar (qoʻshimchalar) hamda chang uyumlari belgilangan tartibda korxona hududidan tashqariga chiqarib tashlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Don uyumi ustidan yurishda uyum ustiga solingan taxta traplar yoki toʻshamalar ustida poyabzal ustidan kiyiladigan baxilalar yoxud matoli paypoqlarda yurish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Don omborlari va mahsulot omborlariga faqat xizmat qiluvchi xodimlar va saqlanayotgan donning ustidan nazorat va kuzatishni amalga oshiruvchi shaxslar kirishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Don omborlaridan foydalanish jarayonida chang, ifloslantiruvchi aralashmalar, begona jismlar toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Omborxonani muntazam tozalab turish va uskunalarni ozoda saqlash talab etiladi. Omborxonalarda foydalanilmaydigan koʻchma va olib yuriladigan moslamalarni qoldirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Har bir korxonaning ichki tartib-qoidalarida omborlar, elevator sigʻimlarini don qoldiqlari va changdan tozalash, zararkunandalarga qarshi ishlov berish jadvali nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Boshoqli don partiyalarini qabul qilish, shakllantirish va joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yangi hosildan olingan boshoqli donni qabul qilish va joylashtirishni toʻgʻri tashkil etish maqsadida xarid qilinishi kutilayotgan boshoqli don miqdori, shartnomalar (kontraktatsiya, fyuchers, forvard va boshqa), boshqa korxonalardan qabul qilinishi va joʻnatilishi kutilayotgan miqdor, oʻtgan yillardagi boshoqli don qoldiqlari, dastlabki yillar maʼlumotlari boʻyicha kutilayotgan sifat hamda qaysi maqsadga moʻljallanganligini hisobga olish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrim-yigʻim davrida donni uzluksiz qabul qilish, toʻgʻri joylashtirish, unga vaqtida ishlov berish, don sigʻimlari, transport va texnologik uskunalardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida texnologik kartalarni tuzish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bir turdagi don partiyalarini shakllantirish va ularni joylashtirish normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ularning texnologik tavsiyalarini ifodalovchi sifat koʻrsatkichlari, shuningdek, namligi, iflos va donli aralashmalarning mavjudlik holati boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donning namlik va ifloslanganlik holati tasnifi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Alohida hisobga olinadigan koʻrsatkichlar boʻyicha — sovuq urgan, qorakuya, fuzarioz, toshbaqasimon kana va kana (klesh) bilan zararlangan, boshoqli donga xos boʻlmagan hidli, ungan don (5 foizdan ortiq), shuningdek, zararli va qiyin ajraluvchi aralashmalar (O`z Dst 880:2015 da nazarda tutilgan) bilan ifloslangan, pestitsidlar miqdori belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan don alohida joylashtiriladi va unga ishlov beriladi. Qoldiq pestitsidlar miqdori don yetishtiruvchi xoʻjalik hujjatlarida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibida 3 foizgacha ungan don boʻlgan partiyalar alohida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Turi jihatidan bugʻdoy uchun kleykovina miqdori va sifati, namligi va ifloslanganlik holati hamda sifatning boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha bir xil boʻlgan dastlabki yillar hosilining don partiyalarini birlashtirish mumkin, davlat zaxirasiga olib qoʻyilgan donlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Fumigatsiya qilish talab etiladigan dastlabki yillar hosilining donini yangi hosil doni bilan, shuningdek, “oʻz-oʻzidan qizib ketuvchi” donni “sogʻlom” don bilan birlashtirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yangi yigʻib olingan don standart talablari boʻyicha belgilangan meʼyorlarga yetkazilgunga qadar quritilib, gʻaramlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Quruq va oʻrtacha quruq don uyumining balandligi don omborining texnik holati yoʻl qoʻygan darajadagi balandlikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Donni saqlash, yuklash hamda shamollatish ishlarini amalga oshirish maqsadida omborning 10 foiz qismi, elevatorlarda esa — har bir transportyor uchun kamida bitta boʻsh sigʻim boʻlishi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Don topshiruvchilardan qabul qilinayotgan donni korxonalar omborlariga joylashtirish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Donning sifatli saqlanishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Korxonaga kelayotgan donga uning sifatli saqlanishini taʼminlovchi muddatlarda ishlov (tozalash, quritish, sovutish, zararsizlantirish va boshqalar) berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bir yilgacha saqlashga moʻljallangan va sigʻimlarga joylashtirilayotgan donning namlik darajasi 14,5 foizdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kuzgi salqin tushishi bilan oldindan ishlab chiqilgan rejaga asosan korxonaning barcha texnik vositalarini qoʻllash orqali korxonalarda donni qishki sharoitda saqlashga oʻtkazish borasida ishlar amalga oshiriladi. Don partiyalarini sovutish navbati ularning namligi, harorati, zararlanganligiga qarab belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Don massasining harorati +10°C dan 0°C gacha boʻlgan don partiyalari birinchi darajagacha, don massasining barcha qatlamlarining harorati 0°C dan pastgacha sovutilgan don partiyalari ikkinchi darajagacha sovutilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bahorda kunlar isishi bilan donda past haroratni imkon qadar uzoq saqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
omborlarning eshik va derazalarini, elevatorlarning silos usti va silos osti qavatlarini yopib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlanayotgan don haroratini tonggi soatlarda tekshirib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don omborlarini faqat quruq va salqin ob-havoda shamollatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻz-oʻzidan qizishi mumkinligidan dalolat beruvchi saqlanayotgan don haroratining koʻtarilishida, uni zudlik bilan sovutish va quritish choralari koʻriladi. Bunda tozalash, quritish va shamollatish boʻyicha mavjud boʻlgan barcha vositalar, shuningdek, havoning pasaygan va tungi haroratidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiziyotgan don metereologik sharoitlardan qatʼi nazar, tashqi havo haroratiga yaqin kelgunicha sovutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Oʻz-oʻzidan qizigan don birinchi navbatda sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Narxlar barqarorligini taʼminlashda donning sifati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Nazorat quyidagilar ustidan amalga oshiriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donni qabul qilish, saqlash, yuklash, tashish jarayonlarida tabiiy kamayish miqdorlarining asoslanganligi va haqqoniyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobotlarning toʻgʻri yuritilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejasiz qarama-qarshi tashishlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don partiyalarining asossiz xatlovdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don partiyalarining aylanma harakati sunʼiy oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olish boʻyicha tadbirlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi (zararsizlantirish ishlari olib borilganligining asoslanganligi oʻrganiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Don korxonaga kelib tushgan vaqtdan boshlab har bir partiyaning sifati va holati boʻyicha belgilangan reja-jadvallar asosida muntazam nazorat tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda donning namligi, harorati, don zaxiralarining zararkunandalar bilan zararlanganligi, hidi, rangi va amaldagi normativ-texnik hujjatlar bilan meʼyorlanadigan sifatning boshqa koʻrsatkichlari ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Don haroratini elevatorlarda oʻlchash uchun haroratni masofadan nazorat qilishning elektrotermometrik uskunalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don haroratini omborlarda oʻlchash uchun texnik termometrli termoshuplar, harorat indikatorlaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Donni joylashtirish, ishlov berishdan oldin va keyin namlikni tezkor aniqlash uchun namlik oʻlchagichlarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Don haroratini omborlarda kuzatib turish uchun uning yuzasi shartli ravishda har biri taxminan 200 m2 dan boʻlgan qismlarga boʻlinadi. Har bir qism raqamlanib, omborga kirib kelishda koʻrinadigan oʻlchamda yirik raqamlar bilan yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Omborlardagi uyum balandligi 1,5 metrdan ortiq boʻlganda, har bir qismda turli sathda (yuqoriga, oʻrtaga, pastga) uchta termoshtanga oʻrnatiladi. Uyum balandligi 1,5 metrdan past boʻlganda, harorat ikkita qatlamda — yuqorigi va pastki qatlamda oʻlchanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don harorati har safar oʻlchanganidan soʻng termoshtangalar oldingi qism doirasida oʻlchangan joydan 2 metr masofaga shaxmat tartibda, tushirish chuqurligini oʻzgartirgan holda koʻchiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Masofadan nazorat qilish moslamalari bilan jihozlanmagan elevator sigʻimlarida harorat 0,5, 1,5 va 3 metr chuqurlikda termoshtanga yordamida oʻlchanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don sifati va holatini nazorat qilish uchun zarur hollarda, u boʻsh sigʻimlarga koʻchiriladi, boʻsh idish boʻlmagan hollarda esa, sigʻimdan donning 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorini chiqarib turish mumkin va bu don shu sigʻimga yana qayta solinadi. Koʻchirish vaqtida donning harorati, namligi, hidi, rangi va zararkunandalar bilan zararlanganligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Don harorati ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan muddatlarda laboratoriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan tekshirib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Metall sigʻimlarda quruq donning haroratini nazorat qilish 10°C dan ortiq boʻlganda 3 kunda bir marta, 10°C va undan past boʻlganda esa — 7 kunda bir marta nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tekshirish muddatlari don uyumining alohida qatlamlaridan aniqlangan eng yuqori haroratga qarab belgilanadi, harorat masʼul shaxslar va laboratoriya xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Boshoqli donni saqlash uchun joylashtirishda, shuningdek, tozalash, quritish, shamollatishdan soʻng va joʻnatishdan avval uning toʻliq texnik tahlili oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash davrida toʻliq texnik tahlil bir turdagi partiyadan olingan oʻrtacha namuna boʻyicha bir oyda bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don zararkunandalar bilan zararlanganligini tekshirish don harorati 5°C va undan past boʻlganda bir oyda bir marta, 5°C dan yuqori boʻlganda esa — bir oyda 2-marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Metall sigʻimlardan namunalar uyumning yuqori qatlamidan (ustki qopqoq va ichki narvon mavjud boʻlganda, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda), shuningdek, pastki qopqoq orqali donning bir qismini boʻsh sigʻimga oʻtkazish yoʻli bilan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Barcha tahlil va kuzatishlar natijalari laboratoriya jurnalida qayd qilinadi. Bir turdagi donning har bir partiyasiga laboratoriya xodimlari donning sifati toʻgʻrisidagi birlamchi laboratoriya hujjatlarini toʻldirish va yuritish tartibi haqidagi koʻrsatmalarga muvofiq belgilangan shaklda shtabel va elevator sigʻim yorliqlarini yozadi va yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Har bir elevatorda sigʻimlarning sxemasi aks ettirilgan “sigʻim peshtaxtasi” boʻlishi lozim. Bunda elevator sigʻimi, “yulduzcha” (“zvezdochka”) va bunker belgilangan tartibda raqamlanadi, ularga elevator sigʻim yorligʻi tuziladi. Elevator sigʻim yorligʻida don turi, saqlanayotgan don partiyasining massasi, joylashtirilgan sanasi, sifat koʻrsatkichlari aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Donni saqlash jarayoni texnika va sanoat xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Sotib olingan gʻalla saqlanayotgan omborlarda gʻallaning sifati va miqdori toʻgʻri saqlanishini taʼminlash gʻalla saqlanayotgan korxonalar masʼullari zimmasiga, ular ustidan oylik nazorat oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga yuklanadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
“Oʻzstandart” agentligi,
don korxonalari
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha don qabul qilish vasaqlash korxonalarida davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan gʻalla saqlanayotgan omborlarda boshoqli donning sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri saqlanishini nazorat qilish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hisobot yilining
15-martiga qadar
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va
viloyatlar hokimliklari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 1-aprelga qadar ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash maqsadida sotib olinadigan gʻallaning tumanlar kesimidagi taqsimoti hamda boshoqli don saqlash uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari xulosasiga ega boʻlgan don korxonalari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi.
Har yili
1-aprelga qadar
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Tumanlar kesimida gʻallaning hajmlari va ularni saqlaydigan don korxonalari roʻyxatini tasdiqlaydi.
Har yili 1-mayga qadar
4-bosqich
“Oʻzstandart” agentligi,
don korxonalari
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov hamda qiyoslovdan oʻtkazadi va ularning amaldagi talablarga mosligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Hisobot yilining
1-mayiga qadar
5-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi,
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
Don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar roʻyxati hamda ularning don saqlash quvvatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Hisobot yilining
10-mayiga qadar
6-bosqich
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,
don korxonalari
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan donni qabul qilish, saqlash, tashish jarayonlarida miqdor-sifat hisobotlarining toʻgʻri yuritilishi, tabiiy kamayish miqdorlarining haqqoniyligi hamda asossiz yoʻqotishlarning oldini olish ustidan oylik nazorat olib boradi.
Tasdiqlangan jadvalga asosan
7-bosqich
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
don korxonalari
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan donning sifati va miqdori hamda donning saqlanish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
Tasdiqlangan jadvalga asosan
8-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,don korxonalari, fermer xoʻjaliklari
Gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoladigan donni shartnoma asosida don korxonalari tomonidan ijaraga olib saqlanishi mumkin va talabdan kelib chiqib, kelishilgan holda fermer xoʻjaliklaridan sotib olinadi va isteʼmolchilarga yetkazib beriladi.
Gʻalla tayyorlash mavsumi davrida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donning namlik va ifloslanganlik holati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASNIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donning holati
Bugʻdoy uchun meʼyor (foizda)
kuzgi
bahorgi
Namligi boʻyicha
Quruq
14,0 dan oshmagan
14,0 dan oshmagan
Oʻrtacha quruq
14,1 — 15,5
14,1 — 15,5
Nam
15,6 — 17,0
15,6 — 17,0
Xom
17,1 va undan yuqori
17,1 va undan yuqori
Ifloslantiruvchi aralashmalar boʻyicha:
Toza
1,0 dan oshmagan
1,0 dan oshmagan
Oʻrtacha toza
1,1 — 3,0
1,1 — 3,0
Iflos
3,1 va undan yuqori
3,1 va undan yuqori
Donli aralashmalar boʻyicha:
Toza
2,0 dan oshmagan
1,0 dan oshmagan
Oʻrtacha toza
2,1 — 7,0
1,1 — 5,0
Iflos
7,1 va undan yuqori
5,1 va undan yuqori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donning haroratini tekshirib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUDDATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donning namligi boʻyicha holati
Yangi yigʻib olingan don (qabul qilingan vaqtdan boshlab uch oy davomida)
Harorati quyidagicha boʻlgan boshqa donlar
10°C dan yuqori
10 °C dan 0°C gacha
0°C va undan past
Quruq va oʻrtacha quruq
15 kunda bir marta
15 kunda bir marta
15 kunda bir marta
15 kunda bir marta
Nam
har kuni
2 kunda bir marta
5 kunda bir marta
15 kunda bir marta
Xom
har kuni
-
-
-
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 312-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan respublika hududida joylashgan boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlari hamda boshqa sigʻimlarga (keyingi oʻrinlarda — don saqlash sigʻimlari) xulosa berishga tayyorlash va oʻtkazish uchun umumiy talablarni belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xulosa berishda don saqlash sigʻimlarining muvofiqligiga boʻlgan talablar roʻyxati, tekshirish va baholash ishlarini oʻtkazish muddatlari, xulosa beriladigan don saqlash sigʻimlarining Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga mosligi tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xulosa berish ishlariga haq toʻlash, buyurtmachi tomonidan baholash ishlari natijalaridan qatʼi nazar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma talablariga muvofiq tasdiqlangan kalkulyatsiya asosida toʻlanadi. Bunda xulosa berish ishlari toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish (keyingi oʻrinlarda — xulosa berish) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga xulosa berish yuzasidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtma berish va uni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmaga ilova qilingan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtma boʻyicha qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash komissiyasi tarkibini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash komissiyasi tomonidan joylarga chiqib, don saqlash sigʻimlarining holatini, sharoitlarini oʻrganish va baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don saqlash korxonalaridagi mavjud uskuna va jihozlar holatini oʻrganish va baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnomalarni rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan natijalarni tahlil qilish, xulosa berish yoki xulosa berishni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiylashtirilgan xulosani roʻyxatga olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining yuridik hujjatlari nusxasi (korxona guvohnomasi, rekvizitlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don saqlash sigʻimlari joylashgan maydon, bino va inshootlar toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi (kadastr, bino pasporti hujjatlari mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don saqlash korxonalaridagi mavjud oʻlchov vositalari, uskunalar va jihozlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don qabul qilish va saqlashda foydalaniladigan oʻlchov vositalari qiyoslovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot (qiyoslov guvohnomalari nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donni saqlovchi korxonalarda yongʻin xavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya tartibiga qatʼiy rioya etilganligi toʻgʻrisidagi xulosalar nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olishni taʼminlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar buyurtmachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya, yongʻin xavfsizligi xulosalarini va don saqlash sigʻimlariga xulosa olishga buyurtma bergan boʻlsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi xulosasining nusxasi belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markaz buyurtmachining talabiga muvofiq unga xulosa berish ishlari uchun haq toʻlash preyskuranti (tariflari)ni tayyorlaydi va taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Buyurtma berilgandan soʻng Markaz uni koʻrib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va buyurtmani olgan kundan boshlab ikki kun ichida buyurtmachiga don saqlash sigʻimlariga xulosa berishning belgilangan tartibiga asoslanadigan xulosa berishning barcha shartlari, uni amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan shakl boʻyicha qabul qilingan qarorni maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi normalari va talablari mavjudligi sababli qarorda sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi xulosalarini olish zarurligi ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Buyurtma asosida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay baholash komissiyasi tuziladi hamda buyurtmachi tasdiqlangan baholash komissiyasi aʼzolari bilan tanishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar buyurtmachida baholash komissiyasi aʼzolariga asosli eʼtirozlar mavjud boʻlsa, komissiya aʼzolari almashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Baholash komissiyasi oʻn kundan oshmagan muddatda joylarga chiqib don saqlash sigʻimlarining holatini va sharoitlarini, shuningdek, don saqlash korxonalaridagi mavjud uskuna va jihozlar holatini oʻrganishi, baholash ishlarini amalga oshirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Baholash komissiyasi tomonidan barcha oʻrganish va baholash ishlari natijalari boʻyicha bir ish kuni ichida ikki nusxada dastlabki dalolatnoma rasmiylashtirilib, uning bir nusxasi buyurtmachiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Baholash komissiyasi barcha zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab (oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnoma, zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olishni taʼminlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma, sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi xulosalarini) uch ish kunidan oshmagan muddatda don saqlash sigʻimlariga xulosa berishni rasmiylashtiriladi hamda beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Buyurtmachi oʻz xohishiga koʻra, xulosa beriladigan don saqlash sigʻimlarining texnik tavsiflarini taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Buyurtmachi yoki uning vakiliga ularning soʻroviga asosan oʻrganish va baholash oʻtkazish jarayoni bilan tanishish imkoniyati yaratib berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻrganish va baholash natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, dastlabki dalolatnomalarning saqlanishi uchun Markaz masʼul hisoblanadi. Dastlabki dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va Markazga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻrganish va baholash yakunlari boʻyicha baholash komissiyasining salbiy xulosasi mavjud boʻlganda, shuningdek, buyurtmachi tomonidan hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilmaganda Markaz buyurtmachini qonunchilik hujjatlarining normalarga havolalarni hamda rad etish sabablarini aniq koʻrsatgan holda xulosa berish rad etilganligi toʻgʻrisida uch kun ichida habardor qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Saqlash sigʻimlari sharoitlarini oʻrganish va baholash yakunlari boʻyicha maʼlumotlar xulosada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Markaz baholash natijalarini hamda buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib xulosa berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xulosa blankasi raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Markazda saqlanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosa blankasi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Rasmiylashtirilgan xulosa maxsus daftarlarda roʻyxatga olinadi, xulosa roʻyxat raqami mavjud boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xulosa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don saqlash omborlari, ayvonlariga — 1 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elevator, temir sigʻimlar va boshqa maxsus sigʻimlarga — 2 yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosada buyurtma beruvchining toʻliq nomi, don saqlash umumiy hajmi va joylashgan manzili koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Nizoli masalalarni hal etish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) tomonidan Markaz faoliyatini nazorat qilish maqsadlari uchun oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnomalar, sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi xulosalari, don saqlash sigʻimlariga olingan xulosaning amal qilish muddati davomida yoki kamida bir yil davomida saqlanishi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Don saqlash sigʻimlariga berilgan xulosaning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, zaruratga koʻra, buyurtmachi don saqlash sigʻimlariga qayta xulosa olish maqsadida Markazga buyurtma berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Don saqlash omborlari va boshqa sigʻimlarning konstruksiyasi (binolari)ga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilganda bu toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilish uchun Markazni xabardor qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xulosa berilgan don saqlash korxonalari tomonidan oʻzboshimchalik bilan Markazni xabardor qilmasdan, omborlar konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritish holatlari aniqlanganda, xulosa bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Manfaatdor tomonlar xulosa berish natijalaridan norozi boʻlganda, Oʻzagroinspeksiyaga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzagroinspeksiya Markazning qarorlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzagroinspeksiya qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Markaz yillik ish hajmidan kelib chiqib don saqlash sigʻimlarini baholash xulosasi blankalari (S3) bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida maxsus bosmaxonalarga buyurtma berish ishlarini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Markaz rasmiylashtirilgan, bekor qilingan xulosalarni, shuningdek, xulosa berish rad etilgan holatlar hisobini yuritadi hamda ular toʻgʻrisidagi va xulosa berish faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni Markaz direktoriga taqdim etadi, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarni oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Markazning rasmiy veb-saytiga don saqlash sigʻimlariga xulosa berish natijalari boʻyicha quyidagi axborot joylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xulosa berilgan (buyurtmachi) korxonalar roʻyxati, don saqlash hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
don saqlash sigʻimlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob bermagan korxonalarga rad etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Markaz rasmiylashtirilgan, bekor qilingan xulosalar, shuningdek, xulosa berish rad etilgan holatlarning hisobini yuritadi, ular toʻgʻrisida har oyda Oʻzagroinspeksiyaga maʼlumot taqdim etadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oʻzagroinspeksiya, zarur hollarda, Markazdan xulosa berish materiallarini (hujjatlarni) soʻrab olishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xulosada koʻrsatilgan maʼlumotlar haqqoniyligi, shuningdek, xulosa berish muddatlari va tartibining buzilganligi uchun javobgarlik Markazga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining xududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don korxonalari
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don qabul qilish korxonalaridan buyurtmalar qabul qilinadi.
Qabul qilingan buyurtmalar asosida maxsus komissiya tuziladi va buyurtmachini baholash komissiyasi bilan tanishtiriladi, shuningdek, baholash dasturi tayyorlanib tasdiqlanadi.
Har yilning
15-martiga qadar
Buyurtmani olgan kunidan boshlab
4 kun ichida
2-bosqich
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining xududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don korxonalari
Tasdiqlangan komissiya tomonidan joylarga chiqilib, don saqlash sigʻimlarini holatini, sharoitlarini oʻrganish ishlari amalga oshiriladi hamda baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnomalar rasmiylashtiradi.
Buyurtmani olgan kunidan boshlab
15 kun ichida
3-bosqich
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining xududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi
Barcha baholash natijalari va buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilib xulosa taqdim etiladi yoki baholashda natijalari salbiy boʻlgan buyurtmachiga qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda xulosa berish rad etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.
Dalolatnoma tuzilgan kunidan boshlab
3 kun ichida
4-bosqich
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining xududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi
Xulosa berilgan (buyurtmachi) korxonalar roʻyxati, don saqlash hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, don saqlash sigʻimlari belgilangan talablarga javob bermagan korxonalarga xulosa berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saytda eʼlon qilib boriladi.
Hisobot yilining
10-mayiga qadar
5-bosqich
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish boʻyicha maʼlumotlar umumlashtirilib amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritiladi.
Hisobot yilining
25-mayiga qadar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_________________________________________ (Markaz yoki hududiy filialning nomi) __________________________________________ (rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi) __________________________________________ (Markaz yoki hududiy filialning manzili)
Don saqlash sigʻimlarini baholash xulosani berish toʻgʻrisida BUYURTMA
___________________________________________________________________________________________ (buyurtmachining nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi) __________________________________________________________________________________________ (buyurtmachining manzili) buyurtmachi ____________________________ nomidan ______________________________________________
(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)
(don saqlash sigʻimi turi, soni, quvvati)
________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________talablariga muvofiq
(normativ hujjatlarning nomlanishi va raqamlanishi)
Don saqlash sigʻimlarini baholash xulosasini rasmiylashtirib berishingizni soʻraymiz.
Ilova: _____________________________________________________________________________ (ilova qilinayotgan hujjatlar nomi va varagʻi koʻrsatiladi)
Buyurtmachi
___________________
____________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi )
Sana
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi
“Tasdiqlayman” Don yoʻnalishi boʻyicha laboratoriya boshligʻi ________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20____ y. “_____” __________-______
M.Oʻ.
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida QAROR 20___ y. _________ “____” ________________________________ _________________________________________________________ kelib tushgan buyurtmasini koʻrib chiqib
(buyurtmachining nomi)
___________________________________________________________________________________________ (sigʻim turlari va hajmi tonnada) 1. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish uchun ____________________________________________________
(komissiya aʼzolarining lavozimi,
______________________________________________________ tarkibida baholash komissiyasi tasdiqlansin.
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
2. Baholash komissiyasi joylarga chiqib oʻrganish va baholash ishlarini amalga oshirsin. 3. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish ishlari gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshirilsin. 4. Don saqlash korxonalaridagi mavjud uskuna va jihozlar holati oʻrganilsin hamda baholansin. 5. Xulosa berish ishlari uchun toʻlov shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilsin. 6. Don saqlash sigʻimlariga xulosa berishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: 1. ___________________________________________________________; 2. ___________________________________________________________; 3. ___________________________________________________________.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don saqlash sigʻimlariga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi
DON SAQLASH SIGʻIMLARINI BAHOLASH XULOSASI
S3- raqami
Berildi 20__ y. “___”__________
Amal qilish muddati 20 __ yil “___”_________gacha.
Don saqlash sigʻimlari turi ____________________________________________________________________. Don saqlash sigʻimlari hajmi __________________________________________________________________.
Korxona nomi _______________________________________________________________________________. Manzili ___________________________________________________________________________________.
Xulosa quyidagilarga asosan berildi: a) hujjatlar___________________________________________________ b) oʻrganish va baholash dalolatnomasi_______________________________ v) xulosalar____________________________________________________
Alohida yozuvlar:
Masʼul xodim ______________________________________
________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(imzo)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/312/0640-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)